Umar Sadullayev | Blog
Открыть в Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Больше5 038
Подписчики
+124 часа
-167 дней
-3730 день
Архив постов
O'quv markazda ikkita asosiy qiyinchiligi bor.
1. Odam yig'ish
2. Ularni ushlab qolish (+to'lovlarini vaqtida olgan holda)
Akademiyamizda ikkisiga ham duch keldik. Ayniqsa ikkinchisi juda qiyin.
"Keyin beraman" deydiganlar juda ko'p topiladi. Mayli vaziyatlarini tushunishimiz kerak deysiz.
Ammo guruhning 80-90% qismi "Keyin beraman"lardan tashkil topib qolsa, yaxshigina muommo bo'lar ekan.
Buni mentor sifatida o'zim, admin sifatida adminlarimiz yaxshigina his qilyapmiz. Qani edi o'quvchilar bir oy oldinroq his qilib, tayyorlanib tura olsa dars to'loviga.
Endi siz azizlarga savol, shunday holatda o'quv markaz nima qilishi kerak? Doimiy "keyin beraman"larni to'xtatish, aytgan vaqtida bermaydiganlarni va yozsa javob yozmaydiganlarni to'g'ri yo'lga solish uchun qanday usullarni bilasiz?
#tanqid #sorovnoma
@JoshDeveloper
Yaqin dasturchi akalarimizdan birlari, offline o'quv markaz ochibdilar.
Meni nomimdan borsangizlar, 90% skidka berishmasmush 😁
Link: https://t.me/pixelschool_uz/4
#tabrik
@JoshDeveloper
Oramizda Angular’ga qiziqayotganlar oshgani sabab, bo’sh vaqtim kichkina maqolachalar yozishni boshlayapman, inshaaAlloh.
Kimga qiziq bo’lsa, birinchi kichik qadamlar haqida quyidagi maqolada.
Link
#angular
@JoshDeveloper
To’g’risin aytsam, bunday yutuqli “challenge” uyushtirish juda mas’uliyatli ish ekan.
Juda qiyin kechdi. Ayniqsa g’oliblarni aniqlash. Yaxshi qilganlar birnechta. Ekspertlar ham harxil insonlarga ovoz berishdi. Eng ko’p berilganini oldik xolos.
“Challenge”da qatnashganlar bir narsani tushunishini xohlar edim.
Yutuq bu pul emas. Yutuq bu tajriba. Siz tajribaga ega bo’ldingiz. Hammangiz.
“Vector IT Academy” - tajriba ulashamiz!
Yaqinda e’lon qilingan “Frontend Challenge” natijalari chiqdi. 👏
Kim yutdi? 🤔
Quyidagi postda: https://t.me/vector_academy_uz/60
#challenge
@vector_academy_uz
"Balki rostan ham...
Ee yaag'e, yozadigan kodingga qara. 😁"
#joke
@JoshDeveloper
Zo'r dasturchi deb o'ylab, chaqirishgandi Yanvarlarda. 😁
Chiqsa videosini ulashaman Xudo xohlasa.
#stayTuned
@JoshDeveloper
Repost from Zo’r dasturchi | Podcast
Zoʻr dasturchi loyihamizning navbatdagi mehmoni kim?
🎤 Bir necha kun avval aynan shu savol orqali soʻrovnoma oʻtkazgandik. Loyihamizning keyingi mehmoni Umar Sadullayev boʻldilar.
👀 Kommentda yozinglar-chi, kimlar Umar Sadullayevni belgilandi?
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Instagram | YouTube | Tik-tok | Telegram
👉 0️⃣1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ - expert dasturchilarning fikr va tavsiyalari
Kelgan javoblarni tekshiryapman. Ko’pchilik birxil xatolar qilishgan. Shu sabab kanalda fikrlarimni ulashib borsam, hammaga foydali bo’ladi deb o’yladim.
➖Tugmacha uchun “p” tegini ishlatish yaxshi emas.
➖Ba’zilar “font”larni noto’g’ri ishlatishgan.
➖ So’zlarda xatoliklar bor.
➖Ranglarda juda ko’p xatolar bor. “O’xshasa bo’ldi”ga yozilgan.
➖Tugmalarni tugma ekanligini bildiradigan “cursor”lar yo’q.
Hali yana davom etamiz…
Qolganini shu post ostiga yozib boraman, yana topsam shu kabi umumiy xatolar.
#challenge
@JoshDeveloper
Azizlar, bepul tarifini birnechta sharoiti yaxshilar ham so’rab yozayapti ekan.
“Sharoiti yo’qlar uchun” so’zini suv iste’mol qilmanglar iltimos.
#eslatma
@JoshDeveloper
Ramazon munosabati bilan Frontint.uz kursini narxini tushirdik.
Eski narxlar:
➖Classic - 790 000 so’m
➖Pro - 850 000 so’m
➖Premium - 1 200 000 so’m
Yangi narxlar:
➖Bepul - 0 so’m (sharoiti yo’qlar uchun)
➖Pro - 350 000 so’m
➖Premium - 450 000 so’m
Yangi narxlar bilan tanishish uchun sayt: Frontint.uz
Adminga bog’lanish: @FrontintAdmin
P.s: Mockint.uz dan chegirmalar olib tashlandi.
#frontint #ulashing
@JoshDeveloper
Gitlab yoki Github link ulang deyilgan edi. Kodni ko'rishimiz uchun. 🥲
#joke
@JoshDeveloper
Bunisi aniq yuta olmaydi menimcha.)
"Frontend challenge"ga natijalar kelyapti. Qarasam bu ahvol.
Ha mobil dizayni yo'q, ammo "mobile-friendly" qilib ketish ham kerak-da.
Kuzatamiz, hali vaqt bor)
#challenge
@JoshDeveloper
Repost from Umar shares
Bugundan tarovih namozlari boshlanarkan.
Alloh ibodatlarimizni qabul qilsin.
Bu fursatlarni boy bermaslik kerak.
Kirayotgan Ramazon muborak bo'lsin. Go'zal tarzda o'tkazish nasib qilsin. 🌙
#ramadan
@umar_shares
"JS, TS va Angular" kursimda JS tugab qoldi. Keyingi haftadan TS'ni boshlaymiz.
Kursdan bir-ikkita chiqadiganlar ham bor ekan.
Oramizda JS'ni bilaman degan va kursimda o'qishni xohlaganlar bo'lsa, @vector_academy_admin ga yozishi joiz. ;)
#vectorAcademy
@JoshDeveloper
Kompaniya kanalida suhbat uyushtirgandik.
Sarlavhalarini man yozmadim. 😂️️️️️️
#suhbat
@JoshDeveloper
Repost from UNICON SOFT
#texnosuhbat
"Dasturchilar ham ishsiz bo'lib qolishi mumkin" – Google e'tirof etgan dasturchi bilan suhbat
https://www.youtube.com/watch?v=T9alx4h8prg
Repost from Vector IT Academy
Xoʻsh, yutuqli oʻyinga tayyormisiz? 👀
👐 Unday boʻlsa, boshladik:
➖ Figma dizaynni 3 kun ichida Frontend dasturga o’giring;
➖ javoblarni Google forms’ga yuboring.
😊 Muhimi — pul emas, aqlni charxlash. Lekin aytganimizdek, sovrinimiz bor!
Tushunmagan joyingiz va savollaringiz boʻlsa, izohlarda yozishingiz mumkin ✍️
@vector_academy_uz — tajriba ulashamiz!
I’m back!
48 soatlik blok ekan. Qayta kirdim. Lekin juda bir kasofat ekanda spam bergan “odam”. 😃️️️️️️
@JoshDeveloper
Repost from Vector IT Academy
Yaqinroq keling: “soqqali” ish bor! 🥳
👨💻 Agar siz, Frontend dasturchi boʻlsangiz, 9-mart kuni start oladigan yutuqli oʻyinimizda ishtirok etishingiz mumkin.
Sizdan ugina, bizdan bugina! Shartlarimiz:
➖ Telegram kanalimizga obuna boʻlasiz;
➖ unga tashlanadigan Figma dizaynni 3 kun ichida tugatasiz va oʻyin ishtirokchisiga aylanasiz-qoʻyasiz 😎
📊 Jarayon: vazifalarning hammasini ovoz berishga qoʻyamiz, eng koʻp ovoz olgan 7 kishining orasidan bitta gʻolibni ekspertlar bilan tekshirib aniqlaymiz.
💸 Natija: gʻolib boʻlgan insonga 500.000 soʻm miqdorida mukofotimiz bor.
🤫 Bu hali hammasi emas: endi shu kabi yutuqli oʻyinlarni tez-tez oʻtkazib turamiz, inshaAlloh. Kuzatib boring, balki keyingisi ayni sizning darajangizga mosdir!
@vector_academy_uz
