cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Markaziy Osiyo | library

Каналда сиёсатшунослик, иқтисодиёт, тарих, фалсафа, адабиёт, тилшунослик ва бошқа соҳаларга оид китоблар, қўлланмалар мавжуд. Мақсадимиз илм излаганларга кўмак бериш. Асосий канал - @centerasiastudy Мурожаат учун - @markazga_murojaat_bot

Больше
Рекламные посты
8 471
Подписчики
-624 часа
+57 дней
-1230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Lost Enlightenment Central Asia’s Golden Age from the Arab Conquest to Tamerlane S. Frederick Starr Кутубхона - @centerasia_library Асосий канал - @centerasiastudy
Показать все...
Repost from Markaziy Osiyo
XIX asrda Markaziy Osiyo uchun Rossiya va Buyuk Britaniya kurashi kuchaygani koʻpchilikka maʼlum. Markaziy Osiyo va Eron ustidan hukmronlik uchun kechgan ikki davlat qarama-qarshiligi tarixda “Katta oʻyin” deb ham ataladi. Rossiyaning Markaziy Osiyoga bosimlari kuchayib borishi bilan Angliya Buxoro va Xivaga oʻz elchilarini yubora boshlaydi. Ulardan birinchisi Aleksandr Byornli ancha muvaffaqiyatli harakat qiladi va Angliya birinchi boʻlib Buxoro haqida qimmatli maʼlumotlarni yetkazadi. Biroq ikkinchi va uchinchi elchilar, Charlz Stoddart va Artur Konolli taqdiri ogʻir boʻladi. Amir Nasrullo ularning boshini oldiradi. Qizigʻi, Rossiya bosqinga qarshi kurashda katta yordam berishi mumkin boʻlgan Angliya elchilari juda arzimas sabab bilan qatl qilib yuboriladi. Xususan, tarixchi Mirzo Olim Maxdum Hojining “Tarixi Turkiston” asarida bu voqea haqida shunday deyilgan: “1254 sanayi hijriyda, 1838 milodiyda Buxoroyi sharifga, amir Nasrulloxon huzuriga inglis hukumati tarafidin elchi boʻlub, polkovnik Sutud Dorat/Stoddardt kelgan edi. Mundin buyon inglis hukumati birinchi dafʼatan boshlab, Movaraunnahr hukumati ilan munosabati dustona turmoqqa niyat va mubosharat etgan edi. Elchi boʻlub kelgon Sutud Doratning maslak va muddaosi inglislar tarafidin biror turlik yomon niyat va yo zarar kelturmaslikga amirni ishonturub, boshqa davlatning, yaʼni Rusiyaning bu mamlakatlarga qasd va tajovuzidin saqlamoq va mudofaa etmakni xohlagandin iborat edi. Muning ila barobar, agar amir xohish qilib, munosib koʻrsa, Buxoro askarini jadid va tezotar toʻplar ila silohlanturmak va askariy muallimlar bermak va Rusiyaning xufya harakat muddaosidin Buxoro hukumatini xabardor etmak edi. Amir Nasrulloh inglis elchisini ikki martaba huzuriga qabul qilib, yaxshi muomala koʻrsatib, baʼd ul yaxshi muomalasini tabdil qildi. Polkovnik Sutud Dorat mirzoxona va kotibxona tarbiyasidin olgan yumshoq siyosiyunlarda boʻlmay, askariy tarbiya olmish toʻgʻri, jasur, qattigʻ va oʻtkur bir odam edi. Muning uchun Buxoroning eski usuli rusumlariga ortuq darajada diqqat qilib, zehn solmagan edi. Doimo elchixonadin chiqib, Buxoro bozorlarini tomosho qilur edi. Aksar otliq yurub, Arki oliy maydonidin, yaʼni Registondin oʻtar vaqtda ahli shahar odati boʻyincha otdin tushmas edi. Vaholanki, amir turadigan Arki oliy oldidin oʻtarda amirga eʼzoz yuzasidin otdin tushub oʻtar edilar. Inglis askari maʼmuri Buxoroning bu tarifa eski odatlaridin gʻofil boʻlur edi va yoki bu tartiblarga lozim darajada ahamiyat bermas edi. Har nima boʻlub amir Nasrulloh elchiga gʻazablanib, zindonga solmoqga farmon berdi. Amir Nasrulloh shul darajada qahru gʻazablik edikim, hech bir vazir roʻbaroʻsiga kelib ishning nomaʼqulini aytolmas edi. Ul vaqtlarda Buxaro umarolari orasida Rusiyaning va inglisning va ahvoli olamning nima ekanligini bilgan kishi yoʻq edi. Balki inglis elchisining hibs boʻlganiga xursand boʻlub “bizim amir shul tarifa ulugʻdurkim, bu tariqa shavkatlu inglis elchisini zindonga band qildi”, degan fikrlar ila tafoxir qilur edilar”. Mana shundan keyin Stoddart ikki yil zindonda yotgan va keyin qatl qilingan. Amirning obroʻtalabligi, uning odatlarini bilmagan xorijliklardan ham hurmattalabligi davlatning kelajagiga taʼsir koʻrsatdi. Ikki buyuk davlat raqobatidan unumli foydalanib, oʻz harbiy salohiyatini oshirish oʻrniga amir magʻrurlik va kibr bilan oʻz kelajagiga bolta urdi. Buning tovonini esa uning xalqi toʻladi. Library @centerasia_library Kanalga obuna bo‘ling 👉@centerasiastudy
Показать все...
Markaziy Osiyo

✅Амир Темур шахсига оид китоблар мажмуи; ✅Марказий Осиё тарихи ва бугуни билан боғлиқ бўлган манбалар; ✅Афғонистон ўзбекларининг тарихи ва бугуни бўйича манбалар; ✅Сиёсатшунос, социолог ва тарихчилар ўқиши муҳим бўлган манбалар; ✅Таълимга оид интернет ресурслари; ✅Илмий тадқиқот ишлари учун энг фойдали манбалар; ✅Илмий тадқиқот фаолияти учун муҳим норматив ҳужжатлар; ✅Қизиқарли маълумотлар; ✅Ёш олимлар учун фойдали платформалар; ✅Илм-фан соҳасидаги қидирув тизимлари; ✅Актуал ва мутлақо бепул курслар. ✅ Илмий тадқиқотчилар, докторантлар, магистрантлар ҳамда илм-фанга қизиқувчилар учун муҳим бўлган маълумотлар Library @centerasia_library Каналга уланиш👇 @centerasiastudy

👍 3👎 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
✍🏻Yozuvchi Muhammad Alining telegramdagi rasmiy sahifasi: https://t.me/muhammadaliijodi 📡Kanalda kamyob, siz uchratmaydigan faktlar, maʻlumot va sheʻrlar ham mavjud.
Показать все...
👍 1 1
00:56
Видео недоступноПоказать в Telegram
Orol dengizining 1960-yillardagi ko'rinishi Library @centerasia_library Kanalga ulanish👇 @centerasiastudy
Показать все...
😢 9👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
«Давлат бошқаруви санъати: Ўзгараётган дунё учун стратегиялар» Маргарет Тэтчер "Давлат бошқаруви санъати" — 1979−1990 йилларда Буюк Британия бош вазири бўлган машҳур «темир хоним» Маргарет Тэтчернинг китоби ҳисобланади. Тэтчер бу китобни 2003 йилда мамлакат раҳбарига қўлланма сифатида чиқарган ва уни Рональд Рейганга бағишлаган. "Давлат бошқаруви санъати" — кўп қиррали китоб бўлиб, у мамлакат раҳбариятининг амалий қўлланмасидан ташқарига чиқади. Унда Тэтчер турли мамлакатларнинг муаммоларини таҳлил қилади ва уларнинг ривожланиши учун прогнозлар беради, барқарор ички ва ташқи сиёсат учун демократиянинг қадрини исботлайди, халқаро хавфсизликни муҳокама қилади, кўплаб таниқли сиёсий воқеаларга ўз фикрини билдиради. Китобда ХХ асрнинг иккинчи ярмидаги жаҳон сиёсий жараёнлари ҳақида умумий тушунча берилган. Library @centerasia_library Каналга уланиш👇 @centerasiastudy
Показать все...
👍 5🔥 1
02:04
Видео недоступноПоказать в Telegram
Shayboniylar davri bo‘yicha yirik mutaxassis Akbar Zamonovning Muhammad Shayboniyxon haqidagi fikrlari. Ps: yana kimdadir fikrlar bo‘lsa kanal botiga yozma yoki video, audio shaklda yuborishi mumkin. Library @centerasia_library Kanalga ulanish👇 @centerasiastudy
Показать все...
👍 2🔥 1🤔 1🤯 1
Илмий, оммабоп кутубхона @centerasia_library
Показать все...
Repost from Markaziy Osiyo
Фото недоступноПоказать в Telegram
🌟 Rus tilidan A1 va A2 darajalari uchun onlayn kurs! 🌟 Sizni rus tili bo'yicha maxsus tayyorlangan onlayn kursimizga taklif etamiz! 📚 Nima kutishingiz mumkin?
Asosiy grammatik qoidalar va so'z boyligi Kundalik suhbatlarda qo'llanishi mumkin bo'lgan iboralar Interaktiv video darslar va audio materiallar O'qituvchi bilan jonli muloqot va amaliy mashg'ulotlar
📅 Kurs davomiyligi:
Har bir daraja uchun 1 oy. Umumiy davomiylik 3 oy davom etadi.
⏰ Dars vaqti:
Ertalab, kunduzi, kechqurun
💻 Texnik talablar:
Kompyuter yoki smartfon Tezkor internet Quloqchin
‼️Rus tilini o'rganishni xohlaysizmi? Bizning kursimiz siz uchun! 📌 Ro'yxatdan o'tish uchun: @edu_fficient подпишитесь на канал👇 @rustili_yulduz
Показать все...
👍 3
Амир Темур салтанатида хавфсизлик хизмати. ©️Ҳамдам Содиқов каналга уланиш @centerasiastudy
Показать все...
👍 2
Ўзбекистон Республикаси Давлат герби тўғрисида Ўзбекистон Республикасининг Қонуни ва Олий Кенгашининг Қарори лойиҳаси, герб чизмалари. Markaziy Osiyo | Library | Science
Показать все...
👏 8👍 3👎 1😁 1