cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry 📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy ☎️ Ishonch telefoni: 1243

Больше
Рекламные посты
11 988
Подписчики
+1324 часа
+227 дней
+43630 дней
Время активного постинга

Загрузка данных...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Анализ публикаций
ПостыПросмотры
Поделились
Динамика просмотров
01
Yer degradatsiyasiga qarshi kurash – bugungi kun talabi 🟢Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-71-son qarori ijrosini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. ⛓Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Tuproq unumdorligini oshirish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boshqarmasi bosh mutaxassisi Umidbek Niyazmetov ishtirok etdi. ✅Institut direktori Shuhrat Bobomurodov qaror ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida har bir hududda tashkil etilgan 500 gektar ko‘rgazmali paxta maydonlarida tuproqni organik modda (gumus) bilan boyitishga qaratilgan seminarni samarali tashkil etish bo‘yicha hududlarga biriktirilgan mas’ullarga topshiriqlar berdi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
6175Loading...
02
👍👍👍👍👍👍👍 Istoben qoramol zoti 🐄Ushbu zot sut yo‘nalishidagi qoramol bo‘lib, Rossiya Federatsiyasi Kirov viloyatining mahalliy mollari ko‘p yillik saralash va ularni xolmogor, shvits, yaroslavl va golland zotlari bilan chatishtirib yaxshilash yo‘li bilan yetishtirilgan. 🐮Tusi qora, qora-ola, qizil va qizil-ola. Ko‘pincha orqasi oq bo‘ladi. 🥛Buqalarining tirik vazni 650–720 kg. Yiliga 3000–3500 litr, ayrimlari hatto 8000-8300 litrgacha sut beradi. Sutining yog‘liligi 4,1–4,2%, ba’zi bir sigirlarniki 5% gacha boradi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
7404Loading...
03
🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍 Kartoshka va pomidor kuyasi. Ularga qarshi qanday kurashish mumkin? ♨️Kartoshka, baqlajon, pomidor va boshqa ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklarga katta zarar yetkazuvchi xavflardan biri bu - kartoshka kuyasidir. U kichkina va och kulrang ko'rinishda bo'lib, bir ko'rishda farqlash imkonsiz. 🛑Zararkunanda 22-26 daraja haroratda va 70-80 foiz nisbiy namlikda yaxshi rivojlanadi. Uning kapalaklari bir-ikki dona urug’ni kartoshka barglariga, ochilib kolgan tuganaklariga, agar tuproq bilan kartoshka ko’milgan bo’lsa, tuproqqa ham qo’yadi. ‼️Tuxumdan chiqqan qurtlar kartoshka bargining, tuganakning ichiga kirib olib oziqlanadi. Ular bitta kartoshkada 15 tagacha bo'ladi. Tuxum ichida yetilganlari, uning qobig'ini kemirib, tashqariga chiqadi va shu joydagi o'simliklarni kemirib zararlaydi. 🍅Pomidor kuyasi asosan pomidor, kartoshka, baqlajon, yovvoyi pomidor ekinlarini zararlaydi. Bu hasharotning kapalagi asosan kechqurun harakatlanadi. Kapalagining uzunligi 8-10 mm bo‘lib, qanotlari kulrang yaltiroq, old tomonida qora dog‘lar joylashgan. ✔️Bu holatni yaxshilash uchun kartoshka va pomidorni omborlarda past xarorat (3-5°)da saqlash zarur. Shunda kartoshka kuyasi rivojlanishdan to'xtaydi va nobud bo'ladi. Kartoshka kuyasi, kungizi va boshka zararkunandalarga karshi kurashishda asosan 20 foizli Koregen, 15 foizli Zamektin, 40 foizli BI-58, 30 foizli Impalla, 10 foizli Koral ishlatiladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
1 3424Loading...
04
Qashqadaryoliklar pillachilikda ham ilg‘or 🐛Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi pillakorlar mavsum boshidan yeng shimarib, 1332 quti pilla qurtini parvarishlashga kirishdilar. 🟢Xomashyo qabul qilish maskaniga rejadagi 86 tonna yuqori sifatli pillani yetkazib berishni reja qilganlar. ✅Ilgʻor va tashabbuskor pillakorlarimiz bu yil ham birinchilardan boʻlib, pilla topshirish mavsumini boshlab berdilar. 📌Xususan, joriy mavsum “Bo‘ston” hududidagi 16 ta kasanachi pilla parvarishlab, shartnomaviy rejaga asosan 1442 kg hosil topshirib, tumanda birinchi bo’lib rejani bajarishdi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
1 78311Loading...
05
Yer resurslarini boshqarish – yuqori hosildorlik demak 🇺🇿🇬🇪Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti delegatsiyasi a’zolari ishchi guruh Gruziyada bo‘lib turibdi. 🔝Tashrif davomida, Gruziya yer resurslarini barqaror boshqarish va yerdan foydalanishni monitoring qilish milliy agentligi hamda “O'zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti o‘rtasida qishloq xo‘jaligi yerlaridan uzoq muddatli foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalarini (tuman yer tuzish sxemalarini) ishlab chiqish sohasidagi faoliyati bilan tanishish yuzasidan bir qator kelishuvlar amalga oshirilmoqda. 🟢Aytish kerak, Gruziya yer resurslarini barqaror boshqarish va yerdan foydalanishni monitoring qilish milliy agentligi Gruziya Atrof-muhit va qishloq xo'jaligi vazirligi qoshida yerdan foydalanish maqsadini aniq belgilash hamda qishloq xo'jaligi yerlarini barqaror boshqarish sohasida yetakchi korxona hisoblanadi. ✅Zero, bu kabi hamkorlik qishloq xo‘jaligi sohasi rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
1 6668Loading...
06
Parranda chechagi kasalligi. U qanday kechadi, davolash mumkinmi? 🐓Parranda chechagi – kontagioz kasallik bo‘lib, terida o‘ziga xos chechaklar paydo bo‘lishi, og‘iz bo‘shlig‘ida shilliq pardaning yallig’lanishi, yuqori nafas olish yo‘llari zararlanishi va kon’yuktivitlar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. 🦠Ushbu kasallik tovuqlarning bosh qismida, tojida, sirg‘alarida, quloqlarida toshmalarning rivojlanishiga olib keladi. Parranda organizmiga virus tushgandan keyin qonda ko‘payishni boshlaydi. Natijada butun tana zararlanishni boshlaydi. 🔽Kasallikning davom etishi 3-4 haftani tashkil qiladi. Bu vaqt davomida tuxum tug’ish keskin tushib, tana ozg’inlashib borishi mumkin. ❗️Tovuqlardagi bu holatni yaxshilash uchun dastavval follikulyar uslubda vaksinatsiyalash talab etiladi. Kunlik oziqlanish ratsioniga jiddiy e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Kasallik vaqtida aniqlanib, emlash zudlik bilan amalga oshirilmasa tovuq nobud bo’lishi mumkin. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
1 5197Loading...
07
O'zbekiston-Rossiya: Yangi hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yiladi 🇺🇿🇷🇺Bugun Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Rossiya Federatsiyasining “Sibur Holding” OAJ MDH bo‘yicha savdo rahbari Igor Shugor boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. 💬Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik o'rnatish hamda yangi loyiha masalalari muhokama etildi. 🟢Xususan, O'zbekistonda polimer xomashyosini qayta ishlash orqali qishloq xo'jaligida ishlatiladigan plastik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish borasida loyiha doirasida takliflar tinglandi. O'z navbatida vazir I.Abdurahmonov bu kabi loyihalar orqali O'zbekistonga politielin mahsulotlarining importini kamayishiga hamda mahalliy ishlab chiqarishning rivojlanishiga poydevor bo'lishini aytib o'tdi. Shuningdek, vazir suv tejovchi texnologiyalarga kerakli bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, issiqxona xo'jaliklariga zarur bo'lgan politielin mahsulotlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish borasida “Sibur Holding” OAJ vakillariga o'z takliflarini berib o'tdi. 📌Uchrashuv davomida, “Sibur Holding” OAJ vakillari loyihani amalga oshirishda mahalliy mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha ham takliflarini berib o'tdi hamda bu bo'yicha dasturga ega ekanliklarini, loyihani amalga oshirish jarayoni bilan parallel ravishda mutaxassislar tayyorlash kurslari ham yo'lga qo'yilishini ma'lum qildi. ✅Uchrashuv yakunida I.Abdurahmonov hamkorlikka tayyor ekanligini, Qishloq xo'jaligi vazirligi vakolat doirasida har qanday yordamga tayyor ekanligini bildirib o'tdi. Bundan tashqari tomonlar o'rtasida Ishchi guruh tuzish borasida kelishuvga erishildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
1 6586Loading...
08
Media files
1 6369Loading...
09
Media files
1 77516Loading...
10
Media files
1 73014Loading...
11
🇺🇿 🇷🇺Eksporti hajmini oshirish masalalari Rosselxoznadzorda ham muhokama etildi ✅ Xabaringiz bor, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi vakillari ishchi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida boʻlib turibdi. Tashrifi doirasida Agentlik rahbari Ibrohim Ergashev Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati (Rosselxoznadzor) rahbari Sergey Dankvert bilan uchrashdi. ✍️ Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish masalasi muhokama etildi. Maʼlumot uchun, Rossiya Federatsiyasining Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi mazkur tashkilot veterinariya va fitosanitariya yoʻnalishida federatsiya hududida nazoratni amalga oshiradigan organ hisoblanadi. 💬 Muloqot davomida tomonlar bugun qishloq xoʻjaligi sohasidagi holatni tahlil qilib, tovar ayirboshlash soʻnggi yillarda keskin oshganini taʼkidladilar. Endigi maqsad meva-sabzavotlarning sifatini yanada oshirish, saralash va qadoqlashga alohida eʼtibor qaratib, bunda fitosanitariya qoidalariga amal qilish muhim. 🟢 Ijobiy tajriba sifatida Jizzax viloyatida barpo etilgan “BMB-NRC Agrologistics” agrologistika markazi keltirildi. Markaz hududida fitosanitariya laboratoriyasi tashkil etilgan boʻlib, Rossiyaga eksport boʻladigan mahsulotlarning tekshiruvini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilgan. Bunda mahsulot buzilishining oldini olish, tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish, hujjatlar rasmiylashtiruvida ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish nazarda tutilgan. 🤝 Kelishuv doirasida fitosanitariya yoʻnalishida hamkorlikni yanada kengaytirish, Rosselxoznadzor vakillarining Jizzax viloyatidagi “BMB-NRC Agrologistics” agrologistika markaziga tashrifini tashkil etish rejalashtirildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
1 8695Loading...
12
🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 O’g’itlardan ko’ra samarali - oltingugurt. Nega uni tanlash kerak? 🧬Hozirda mineral o‘g‘itning fosforli, azotli va kaliyli turlariga e’tibor yuqori. Buning boisi – azotli o‘g‘it o‘simlik tanasini o‘stirishga, kaliyli o‘g‘it o‘simlik tanasini mustahkamlashga va fosforli o‘g‘it esa hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi. 🔝Bulardan tashqari tarkibida mis, rux kabi mikroelementlarni, qolaversa, kaliy, azot va fosforni tutgan kompleks o‘g‘itlar ham odatda birlamchi vosita sifatida tanlanadi. Biroq, o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish va o‘sish jarayonini samarali tezlashtirishda oltingugurtning ahamiyati katta. 🛑O‘simliklarni himoya qilish jarayonida oltingugurt bilan oziqlantirish muhim o’rin tutadi. U o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun juda zarurdir. Uning yetishmasligi esa o‘z-o‘zidan hosil sifatining pasayishiga va o’simliklarni turli xil kasalliklarga chalinishiga olib keladi. ✅Tuproq tarkibidagi oltingugurt o‘simliklarning me’yorda o‘sishi uchun yetarli emas. Barcha turdagi ekinlarning o‘sishini tezlashtirish uchun 2-5 marotabagacha maydalangan yoki kolloid holdagi oltingugurt bilan ishlash tavsiya etiladi. Shuningdek, u hashoratlarni o‘zidan qochiruvchi xususiyatga ham ega. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
1 97212Loading...
13
Malina rеzavor mevasi fitosanitar ruxsatnoma asosida qaysi davlatlarga eksport qilinmoqda? 🍓Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda malinani yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin. 📈Bunda sifatli, sara va qadoqlangan malina dunyo bozorlariga yuqori narxlarda eksport qilinadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
2 0473Loading...
14
📺“O‘zbekiston 24” telekanali orqali “Agrar sohada ilm-fan integratsiyasi” sarlavhasi ostida maxsus reportaj efirga uzatildi. 🟢Unda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan innovatsion loyihalar xususida so‘z yuritilgan. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
2 23714Loading...
15
O‘zbekiston - Rossiya: manfaatli hamkorlik yo’lidagi yana bir qadam 🇺🇿🇷🇺Xabaringiz bor Qishloq xo‘jaligi vazirligining bir guruh vakillari amaliy va ishchi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi. 🟢Agrar sohadagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalariga qaratilgan tashrif manfaatli kelishuv va investitsion loyihalarni jalb qilishga qaratilgan uchrashuvlarga boy ekani bilan ahamiyatli. 🟢Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari Sankt-Peterburg shahar sanoat siyosati, innovatsiyalar va savdo qo‘mitasi vakillari bilan uchrashdi. 📈Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish kabi dolzarb masalalari tilga olindi. 💬Bundan tashqari, uchrashuvda Sankt-Peterburg shahridagi yirik biznes vakillari tomonidan, O‘zbekiston Respublikada mahalliylashtirish va ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qiziqish bildirildi. Zero, agrar sohani rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, qoʻshilgan qiymat zanjirni yaratishda bu kabi hamkorlik aloqalari muhim rol oʻynaydi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
2 3574Loading...
Yer degradatsiyasiga qarshi kurash – bugungi kun talabi 🟢Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-71-son qarori ijrosini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. ⛓Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Tuproq unumdorligini oshirish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boshqarmasi bosh mutaxassisi Umidbek Niyazmetov ishtirok etdi. ✅Institut direktori Shuhrat Bobomurodov qaror ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida har bir hududda tashkil etilgan 500 gektar ko‘rgazmali paxta maydonlarida tuproqni organik modda (gumus) bilan boyitishga qaratilgan seminarni samarali tashkil etish bo‘yicha hududlarga biriktirilgan mas’ullarga topshiriqlar berdi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
1
👍👍👍👍👍👍👍 Istoben qoramol zoti 🐄Ushbu zot sut yo‘nalishidagi qoramol bo‘lib, Rossiya Federatsiyasi Kirov viloyatining mahalliy mollari ko‘p yillik saralash va ularni xolmogor, shvits, yaroslavl va golland zotlari bilan chatishtirib yaxshilash yo‘li bilan yetishtirilgan. 🐮Tusi qora, qora-ola, qizil va qizil-ola. Ko‘pincha orqasi oq bo‘ladi. 🥛Buqalarining tirik vazni 650–720 kg. Yiliga 3000–3500 litr, ayrimlari hatto 8000-8300 litrgacha sut beradi. Sutining yog‘liligi 4,1–4,2%, ba’zi bir sigirlarniki 5% gacha boradi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
1👏 1💯 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍 Kartoshka va pomidor kuyasi. Ularga qarshi qanday kurashish mumkin? ♨️Kartoshka, baqlajon, pomidor va boshqa ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklarga katta zarar yetkazuvchi xavflardan biri bu - kartoshka kuyasidir. U kichkina va och kulrang ko'rinishda bo'lib, bir ko'rishda farqlash imkonsiz. 🛑Zararkunanda 22-26 daraja haroratda va 70-80 foiz nisbiy namlikda yaxshi rivojlanadi. Uning kapalaklari bir-ikki dona urug’ni kartoshka barglariga, ochilib kolgan tuganaklariga, agar tuproq bilan kartoshka ko’milgan bo’lsa, tuproqqa ham qo’yadi. ‼️Tuxumdan chiqqan qurtlar kartoshka bargining, tuganakning ichiga kirib olib oziqlanadi. Ular bitta kartoshkada 15 tagacha bo'ladi. Tuxum ichida yetilganlari, uning qobig'ini kemirib, tashqariga chiqadi va shu joydagi o'simliklarni kemirib zararlaydi. 🍅Pomidor kuyasi asosan pomidor, kartoshka, baqlajon, yovvoyi pomidor ekinlarini zararlaydi. Bu hasharotning kapalagi asosan kechqurun harakatlanadi. Kapalagining uzunligi 8-10 mm bo‘lib, qanotlari kulrang yaltiroq, old tomonida qora dog‘lar joylashgan. ✔️Bu holatni yaxshilash uchun kartoshka va pomidorni omborlarda past xarorat (3-5°)da saqlash zarur. Shunda kartoshka kuyasi rivojlanishdan to'xtaydi va nobud bo'ladi. Kartoshka kuyasi, kungizi va boshka zararkunandalarga karshi kurashishda asosan 20 foizli Koregen, 15 foizli Zamektin, 40 foizli BI-58, 30 foizli Impalla, 10 foizli Koral ishlatiladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
👍 2 1🙏 1👌 1💯 1
Qashqadaryoliklar pillachilikda ham ilg‘or 🐛Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi pillakorlar mavsum boshidan yeng shimarib, 1332 quti pilla qurtini parvarishlashga kirishdilar. 🟢Xomashyo qabul qilish maskaniga rejadagi 86 tonna yuqori sifatli pillani yetkazib berishni reja qilganlar. ✅Ilgʻor va tashabbuskor pillakorlarimiz bu yil ham birinchilardan boʻlib, pilla topshirish mavsumini boshlab berdilar. 📌Xususan, joriy mavsum “Bo‘ston” hududidagi 16 ta kasanachi pilla parvarishlab, shartnomaviy rejaga asosan 1442 kg hosil topshirib, tumanda birinchi bo’lib rejani bajarishdi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
👍 3 2 1❤‍🔥 1🤩 1🕊 1
Yer resurslarini boshqarish – yuqori hosildorlik demak 🇺🇿🇬🇪Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti delegatsiyasi a’zolari ishchi guruh Gruziyada bo‘lib turibdi. 🔝Tashrif davomida, Gruziya yer resurslarini barqaror boshqarish va yerdan foydalanishni monitoring qilish milliy agentligi hamda “O'zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti o‘rtasida qishloq xo‘jaligi yerlaridan uzoq muddatli foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalarini (tuman yer tuzish sxemalarini) ishlab chiqish sohasidagi faoliyati bilan tanishish yuzasidan bir qator kelishuvlar amalga oshirilmoqda. 🟢Aytish kerak, Gruziya yer resurslarini barqaror boshqarish va yerdan foydalanishni monitoring qilish milliy agentligi Gruziya Atrof-muhit va qishloq xo'jaligi vazirligi qoshida yerdan foydalanish maqsadini aniq belgilash hamda qishloq xo'jaligi yerlarini barqaror boshqarish sohasida yetakchi korxona hisoblanadi. ✅Zero, bu kabi hamkorlik qishloq xo‘jaligi sohasi rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
👍 6🔥 3🕊 2❤‍🔥 1 1 1👏 1🤩 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Parranda chechagi kasalligi. U qanday kechadi, davolash mumkinmi? 🐓Parranda chechagi – kontagioz kasallik bo‘lib, terida o‘ziga xos chechaklar paydo bo‘lishi, og‘iz bo‘shlig‘ida shilliq pardaning yallig’lanishi, yuqori nafas olish yo‘llari zararlanishi va kon’yuktivitlar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. 🦠Ushbu kasallik tovuqlarning bosh qismida, tojida, sirg‘alarida, quloqlarida toshmalarning rivojlanishiga olib keladi. Parranda organizmiga virus tushgandan keyin qonda ko‘payishni boshlaydi. Natijada butun tana zararlanishni boshlaydi. 🔽Kasallikning davom etishi 3-4 haftani tashkil qiladi. Bu vaqt davomida tuxum tug’ish keskin tushib, tana ozg’inlashib borishi mumkin. ❗️Tovuqlardagi bu holatni yaxshilash uchun dastavval follikulyar uslubda vaksinatsiyalash talab etiladi. Kunlik oziqlanish ratsioniga jiddiy e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Kasallik vaqtida aniqlanib, emlash zudlik bilan amalga oshirilmasa tovuq nobud bo’lishi mumkin. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
3❤‍🔥 1 1🔥 1🤩 1🙏 1👌 1🕊 1💯 1
O'zbekiston-Rossiya: Yangi hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yiladi 🇺🇿🇷🇺Bugun Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Rossiya Federatsiyasining “Sibur Holding” OAJ MDH bo‘yicha savdo rahbari Igor Shugor boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. 💬Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik o'rnatish hamda yangi loyiha masalalari muhokama etildi. 🟢Xususan, O'zbekistonda polimer xomashyosini qayta ishlash orqali qishloq xo'jaligida ishlatiladigan plastik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish borasida loyiha doirasida takliflar tinglandi.
O'z navbatida vazir I.Abdurahmonov bu kabi loyihalar orqali O'zbekistonga politielin mahsulotlarining importini kamayishiga hamda mahalliy ishlab chiqarishning rivojlanishiga poydevor bo'lishini aytib o'tdi. Shuningdek, vazir suv tejovchi texnologiyalarga kerakli bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, issiqxona xo'jaliklariga zarur bo'lgan politielin mahsulotlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish borasida “Sibur Holding” OAJ vakillariga o'z takliflarini berib o'tdi.
📌Uchrashuv davomida, “Sibur Holding” OAJ vakillari loyihani amalga oshirishda mahalliy mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha ham takliflarini berib o'tdi hamda bu bo'yicha dasturga ega ekanliklarini, loyihani amalga oshirish jarayoni bilan parallel ravishda mutaxassislar tayyorlash kurslari ham yo'lga qo'yilishini ma'lum qildi. ✅Uchrashuv yakunida I.Abdurahmonov hamkorlikka tayyor ekanligini, Qishloq xo'jaligi vazirligi vakolat doirasida har qanday yordamga tayyor ekanligini bildirib o'tdi. Bundan tashqari tomonlar o'rtasida Ishchi guruh tuzish borasida kelishuvga erishildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
👍 7❤‍🔥 1👏 1🤩 1🕊 1
Diqqat viktorina! 🐄 Ushbu qoramolning vatani....Anonymous voting
  • Rossiya 🇷🇺
  • Germaniya 🇩🇪
  • Italiya 🇮🇹
  • Buyuk Britaniya 🇬🇧
0 votes
6 2👏 2🤩 2💯 2 1❤‍🔥 1🔥 1🎉 1👌 1🕊 1
Diqqat viktorina! 🐄 Ushbu qoramol qaysi zotga mansub?Anonymous voting
  • Shvits
  • Golshtin
  • Istoben
  • Ola-bula
  • Simmental
0 votes
👍 8💯 5🕊 3👌 2 1 1🔥 1👏 1🎉 1🤩 1🙏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
👍 9💯 4❤‍🔥 2 2🤩 2 1 1🔥 1👏 1🎉 1