cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry 📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy ☎️ Ishonch telefoni: 1243

Больше
Рекламные посты
12 019
Подписчики
+1324 часа
+687 дней
+38330 дней
Архив постов
Dala tadqiqot ishlari avjida 🌲Qishloq xo‘jaligi sohasida ishlar avjiga chiqqan bir paytda “Tuproqsifattahlil” DUKning tuproqshunos xodimlari ham dala tadqiqot ishlarini jadal olib borishmoqda. 📍Bu galgi manzil Navoiy viloyatining Navbahor va Xatirchi tumanlari bo‘ldi. ✅Navoiy viloyati Navbahor tumanining 20867 gektar, Xatirchi tumanining 30864 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari tuproqlari sifatini baholash (bonitirovka) ishlari hamda tuproqning asosiy ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasi bo‘yicha agrokimyoviy kartogrammalarini tuzish ishlari o‘tkazilmoqda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
👏 7 1🔥 1🤩 1🙏 1🕊 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Belgiya kompaniyasi O'zbekistondan dukkakli ekinlar va quritilgan mevalar importini oshiradi 🇺🇿🇧🇪O‘zbekistonning Belgiyadagi favqulodda va muxtor elchisi G‘ayrat Fozilov Belgiyaning "GroupDepre" kompaniyalar guruhi bosh direktori Karolin Depre bilan uchrashuv o'tkazdi. 📊Muloqot chog'ida ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, Yevropa bozoriga O'zbekiston mahsulotlari eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi. 🟢Belgiya vakiliga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning samarali natijalari, shuningdek, respublikada sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi. ✅Bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida O'zbekistondan dukkakli ekinlar importini 2023-yilga nisbatan ikki baravarga ko'paytirish, shuningdek, O'zbekiston eksport mahsulotlari turlarini diversifikatsiya qilish va kengaytirish, xususan, quritilgan meva va sabzavotlar yetkazib berish hajmini oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
👍 7 2❤‍🔥 1🙏 1👌 1🕊 1
04:11
Видео недоступноПоказать в Telegram
Paxtani tomchilatib sug‘orish afzalliklari 💦Yuqoridagi videorolik orqali paxta yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilib olishingiz mumkin. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
👍 4 2 1🔥 1👏 1👌 1🕊 1
Toshkent davlat agrar universiteti talabalari Respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi 🥇Toshkent davlat agrar universitetining 6 nafar talaba yoshlari Mirzo Ulugʻbek vorislari Respublika tanlovida gʻolib boʻlishdi! 📌Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida "Mirzo Ulug'bek vorislari" ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi oʻtkazildi. Eng quvonarlisi, Respublika oliygohlari orasida mazkur tanlov reytingida 1-o’rinda Toshkent davlat agrar universiteti turibti. 🎊Univerisitetimizning 6 nafar talaba yoshlari Respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. 🎗Quyida g‘oliblar bilan tanishishingiz mumkin. ✅Zooinjeneriya fakultati Yoshlar ittifoqi koordinatori Usarov Asilbek; ✅Agrobiologiya fakultati talabasi, Universitet yoshlar ittifoqi kengashi aʼzosi Qodirova Arofat; ✅Agrobiologiya fakultati talabasi Tapkanov Diyorbek; ✅Agrologistika va biznes fakultati talabasi Kreativ yoshlar klubi rahbari Umurzoqov Oʻral; ✅Oʻsimliklar himoyasi agrokimyo va tuproqshunoslik fakultati talabasi Aytbayeva Muhayyo; ✅Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari saqlash va qayta ishlash fakulteti talabasi Baxromxoʻjayev Botirxoʻja; 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
👍 7👏 3 2🕊 2❤‍🔥 1 1🔥 1🎉 1🤩 1👌 1
Dasturlash tillari bo‘yicha sertifikatlar topshirildi 🇺🇿🇰🇷Xabaringiz bor, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Janubiy Koreyaning “CAMTIC” vakillari bilan hamkorlikda Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etib kelinmoqda. 💻O'quv seminarning navbatdagi kunlarida “Aqlli issiqxonalar”ni boshqarishda foydalaniladigan dasturlash "Python" va "Java" tillari va dasturlash algoritmlari to‘liq yoritib berildi. 🧩Bunda o‘quv - seminar ishtirokchilari “Aqlli issiqxonalar” ni boshqarishda foydalaniladigan dasturiy maxsulotlarni "Python" va "Java" dasturlash tillarida yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazdilar. ⛓Bundan tashqari, o‘quv-seminarning so'nggi kunida “Aqlli issiqxonalar”ni boshqarishda foydalaniladigan dasturlash "C++" va "C" tillari va dasturlash algoritmlari bo‘yicha test sinovlari hamda amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. ✔️O‘quv-seminarning yakuni bo‘yicha test sinovlarni va amaliy mashg‘ulotlarni yaxshi bajargan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
👍 5❤‍🔥 2 1🔥 1🤩 1🕊 1
Toshkent davlat agrar universiteti talabalari Amerikada amaliyot o‘taydi 🟢Kuni kecha “Toshkent davlat agrar universiteti talabalarini Amerika Qo'shma Shtati Missuri Universitetiga amaliyotga (stajirovka) yuborish to'g'risi”da navbatdan tashqari ilmiy kengash yig’ilishi o’tkazildi. 🟢Mazkur yig’ilishda Qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari A.Shukurov, universitet prorektorlari, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etishdi. 💬Yig'ilish davomida Missuri Universiteti bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida TDAU va Missuri Universitet ma’sul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan uch bosqichli suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan 7 nafar talabalarning Amerika Qo‘shma Shtatlarida amaliyot o’tashi uchun yo’l xarajatlari Qishloq xo’jaligi vaziri tomonidan qoplab berilishi ma'lum qilindi. 📌Ma'lumot o'rnida, mazkur amaliyot 13-iyundan 20-avgustgacha bo‘lib o‘tishi belgilangan. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
👍 11🕊 2❤‍🔥 1 1🔥 1👏 1🤩 1
G‘o‘za parvarishidagi muhim masalalar 📍Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani “Far - Isaboy ota” hamda “Xonobod g‘alabasi” fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za parvarishidagi muhim masalalarga bag‘ishlangan seminar bo‘ldi. 🟢Seminarda viloyat va tuman qishloq xo‘jaligiga daxldor mas’ullar, hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi. 💬Seminar davomida birinchi o‘g‘itlashni yakunlash va ikkinchi o‘g‘itlashga zaxira yaratish, hasharotlarga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi. 📌O‘z navbatida, bu yil ob-havoni o‘zgaruvchan kelayotgani tufayli g‘o‘za qator oralariga alohida e'tibor qaratish, begona o‘tlardan tozalash masalasiga alohida e'tibor qaratildi. 👍Seminar asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda galdagi vazifalar ko‘lami belgilab olindi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
4👍 2 1❤‍🔥 1🔥 1👏 1🤩 1👌 1🕊 1
QVZ: Toshkent davlat agrar universitetining "Yangi yulduzlar" jamoasi "Toshkent shahar hokimi kubogi" sovrindori bo‘ldi 🎭"Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida Poytaxt oliy taʻlim muassasalari QVZ jamoalari oʻrtasida “Turkiston” sanʻat saroyining yozgi amfiteatrida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. 🏆Toshkent davlat agrar universitetining “Yangi yulduzlar” jamoasi Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar”, Toshkent tibbiyot akademiyasining “Adrenalin”, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Bolalar” hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Atom” jamoalari “Toshkent shahar hokimi kubogi” uchun bellashdi. 🎉Bellashuv soʻnggida yuqori natija bilan Toshkent davlat agrar universitetining "Yangi yulduzlar" jamoasi birinchi pog’onani egalladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показать все...
👍 5❤‍🔥 2 1🔥 1👏 1🎉 1🤩 1👌 1💯 1