🇺🇿 Learn .NET
Открыть в Telegram
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing • Professional .NET va C# darslar • https://learn.net.uz rasmiy kanali
Больше1 360
Подписчики
-124 часа
-87 дней
-3230 день
Архив постов
1 360
LocalMind - AI ProtFolio, Ollamani lokal kompyuterga o'rnatamiz!
Darsning eng qiziqarli va kulminatsion nuqtasiga ham yetib kelmoqdamiz.
Hammamiz qanday qilib GPT, Gemini dan foydalanishni bilamiz. Lekin ulardan offline rejimda foydalansakchi?
Esingizda bo'lsa hozirgi kunda dasturchi bilishi kerak bo'lgan eng muhim bilimlardan bir bu AI bilan ishlash. AI modellarini lokal ishlatish esa undagi talablardan biri edi
Bu yerda nafaqat undan local chat qilasiz, balki qanday qilib uning API laridan foydalanishni ham o'rganasiz. Endi siz AI Api lardan foydalanish uchun GPT uchun
subscription sotib olishingiz shart emas. U tekin va shu yerda.
Zamon bilan hamnafas bo'ling!1 360
LocalMind - AI ProtFolio, Ollamani lokal kompyuterga o'rnatamiz!
Darsning eng qiziqarli va kulminatsion nuqtasiga ham yetib kelmoqdamiz.
Hammamiz qanday qilib GPT, Gemini dan foydalanishni bilamiz. Lekin ulardan offline rejimda foydalansakchi?
Esingizda bo'lsa hozirgi kunda dasturchi bilishi kerak bo'lgan eng muhim bilimlardan bir bu AI bilan ishlash. AI modellarini lokal ishlatish esa undagi talablardan biri edi
Bu yerda nafaqat undan local chat qilasiz, balki qanday qilib uning API laridan foydalanishni ham o'rganasiz. Endi siz AI Api lardan foydalanish uchun GPT uchun
subscription sotib olishingiz shart emas. U tekin va shu yerda.
Zamon bilan hamnafas bo'ling!1 360
C# kursini yakunlay olmaganlar uchun yangi imkoniyat
Softclub Academy’da o‘qishni davom ettiring yoki yangidan boshlang!
Bir oy oldin boshlangan C# Web dasturlash kursida yangi o‘rinlar ochildi.
Kursni turli sabablar bilan yakunlay olmaganlar yoki boshlashga ulgurmaganlar endi o‘qishni davom ettirish yoki qayta boshlash imkoniyatiga ega.
🕒 Kurs davomiyligi: 4 oy (1 oy tugadi, 3 oylik asosiy bosqich boshlandi)
📆 Darslar: Haftada 6 kun, har kuni 2 soat
🧠 O‘quv dasturi:
— ASP.NET va MVC asosida web ilovalar
— SQL va ma’lumotlar bazalari
— Entity Framework Core
— Web ilovalarga sun’iy intellektni integratsiya qilish
🚀 Softclub Academy yondashuvi: Startup Oriented Teaching
Biz nafaqat dasturlashni, balki real loyiha yaratishni o‘rgatamiz.
Har bir o‘quvchi o‘qish davomida o‘z loyihasini ishlab chiqadi — bu loyiha nafaqat portfoliongiz,
balki kelajakdagi startapingizga ham aylanishi mumkin.
⸻
Qo‘shilmoqchimisiz? Komментарiyda “+” belgisi qoldiring — biz siz bilan aloqaga chiqamiz!
1 360
🎯 Muhandislik olamida katta transfer!
Ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuv: sun’iy intellekt muhandisi Jiahui Yu ning OpenAI kompaniyasidan Metaga $100 millionlik transferi muhokamada.
Shu bratni ko‘rib, orqasida kim turibdi deb qiziqib qoldim. Sizga esa vaqt tejashni istab, uning backgroundini tayyorlab qo‘ydim:
👨💻 Jiahui Yu kim?
Sun’iy intellekt bo‘yicha eng kuchli muhandislardan biri. U ilgari Google DeepMind, OpenAI, hozirda esa Metada faoliyat yuritmoqda.
🧠 Mutaxassisligi:
Multimodal tizimlar (AI modelga nafaqat matn, balki rasm, tovush va video bilan ham ishlashni o‘rgatish)
Computer vision, deep learning, generativ modellar
🏢 Faoliyat yo‘li:
🔹 Google DeepMind: Gemini, SimVLM, CoCa kabi loyihalarda ishlagan.
🔹 OpenAI: Perception Team rahbari bo‘lgan. GPT-4o, o3, o4-mini modellarining ustida ishlagan.
🔹 Meta: Endilikda Meta’ning “Superintellekt” guruhi a’zosi. Bu yerda AI’ni keyingi bosqichga olib chiqish maqsadida ishlaydi.
🎓 Ma’lumoti:
University of Illinois Urbana-Champaign universitetida PhD (Falsafa fanlari doktori) darajasini olgan. Jiahui — shunchaki dasturchi emas, u chinakam muhandis.
⚡️ Nega bu muhim?
Bugun odamlarda futbolchilar va muhandislar qiymatini taqqoslash boshlangani bejiz emas. Chunki eng kuchli texniklar 100 millionlik takliflar olayapti.
🧩 Endi sizga savol:
Agar siz “Senior bo‘lsam, AI mendan o‘tolmaydi” deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz — bu katta xato.
AI sizni nafaqat quvib o‘tishi, balki ishingizni o‘zingizdan yaxshiroq qilish ehtimoli ham bor.
🔓 Yagona yechim:
“Junior”, “Senior” degan atamalar eskiradi. Endi faqat yaxshi yoki yomon dasturchi bo‘ladi.
- Kod yozishning o‘zi yetarli emas. Endi:
- Matematika
- Fizika
- Kimyo
- Falsafani ham bilish kerak.
📌 Chuqur fikrlaydigan muhandislar davri boshlanmoqda.
Muammolarni ustida o‘tirib hal qilish emas, ularni kuzatish orqali tezroq yechish davriga o‘tmoqdamiz.
1 360
Sizlarni 1 kun oldin chiqqan video bilan ogohlantirish esdan chiqqan ekankun 😅
🗂️ EF Core’da One-to-Many: Chat ↔️ ChatDetails
Agar sizda har bir Chat uchun bir nechta ChatDetails bo‘lsa, bu — birga-ko‘p (One-to-Many) aloqadir.
Misol uchun: har bir chatda bir nechta xabarlar (chat detallar) bo‘ladi.
📌 Modelar:
public class Chat
{
public int Id { get; set; }
public string Title { get; set; }
public List<ChatDetail> ChatDetails { get; set; } = new();
}
public class ChatDetail
{
public int Id { get; set; }
public string Message { get; set; }
public DateTime SentAt { get; set; }
public int ChatId { get; set; }
public Chat Chat { get; set; }
}
⚙️ DbContext konfiguratsiyasi (OnDelete: Cascade bilan):
protected override void OnModelCreating(ModelBuilder modelBuilder)
{
modelBuilder.Entity<ChatDetail>()
.HasOne(cd => cd.Chat)
.WithMany(c => c.ChatDetails)
.HasForeignKey(cd => cd.ChatId)
.OnDelete(DeleteBehavior.Cascade); // 👈 Muhim!
}
🧨 Nima bo‘ladi?
Agar siz biror Chat ni o‘chirib tashlasangiz, unga tegishli ChatDetails lar ham avtomatik ravishda o‘chiriladi. (Cascade delete)
✅ Foydali holatlar:
- Messengerdagi suhbat va xabarlar
- Buyurtmalar va buyurtma tafsilotlari
- Postlar va sharhlar
Batafsil esa videoda tanishib chiqing 😉1 360
🔧 ASP.NET Core’da Global Exception Handling (xatoliklarni umumiy ushlash)
Web API’larda har qanday kutulmagan xatoliklar foydalanuvchiga chiqib ketmasligi va bir xil formatda javob qaytarilishi kerak.
🛡 Global Exception Handling sizning API’ingizni:
✅ Barqaror qiladi
✅ Foydalanuvchi tajribasini yaxshilaydi
✅ Xatolik loglarini boshqarishni osonlashtiradi
Murakkabmi?
Bugun you tobe ga joylashtirgan darslik bilan osongina tanishib chiqing!
1 360
Shoshiling!
Zafar Urakov (Software Engineer II At AspenPublishing)
ochayotgan guruhlarida
3 ta joy qolgan ekan. Kelasi hafta 1-iyuldan darslarni boshlaydi. Kurs 2 oyga mo'ljallangan. Bu kursni tugatganingizdan so'ng sizda c# dasturlash tili bo'yicha kuchli bilim bo'ladi. Bemalol bu kursdan keyin mening you tobedagi AspNet Core ga bag'ishlangan darslarimni mustaqil o'rgansangiz yoki Zafar bilan qolgan yo'lni ham birga bosib o'tishingiz mumkin.
Siz bu kursda quyidagilarni o'rganasiz:
✅ Asosiy tushunchalar: o‘zgaruvchilar, shartlar, sikllar, metodlar, massivlar
✅ GitHub’dan foydalanish
✅ Telegram botlar yaratish
✅ Kichik dasturlar — kalkulyatorlar, testlar, matn ishlovchilar
Dasturlashga kirmoqchi bo'lgan tanishlaringizga yuborib qo'ying.
💬 Savollaringiz bo‘lsa 👉🏼 @zafar_urakov1 360
🛡️ Parollarni qanday saqlayapsiz? To‘g‘ridan-to‘g‘ri DB ga?! 😱
Agar siz foydalanuvchi parollarini ma’lumotlar omboriga “oddiy ko‘rinishda” (plaintext) saqlayotgan bo‘lsangiz... unda muammo katta! 😬
❌ Nega bu xavfli?
Hacker sizning bazangizga kira olsa, foydalanuvchilar parollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiladi.
Bu — ishonchni yo‘qotish, mijozlardan ayrilish, qonunbuzarlikka olib kelishi mumkin.
👨💻 To‘g‘ri yechim qanday?
Parollarni hech qachon o‘z holida (plaintext) saqlamang. Buning uchun ikkita asosiy usul mavjud:
1️⃣ Hashing (tavsiya qilinadi)
📌 Parolni bir yoqlama algoritm orqali “heshlab” tashlaysiz. Uni qaytarib ochib bo‘lmaydi.
🔒 bcrypt, PBKDF2, Argon2 kabi zamonaviy hashing algoritmlaridan foydalaning.
2️⃣ Encryption/Decryption
📌 Parolni shifrlab saqlaysiz va kerak bo‘lganda yechasiz. Bu usul nozik hollarda ishlatiladi (masalan: Wi-Fi parollari, API keys).
🎯 Amaliy tavsiya:
Soxta xavfsizlik hissidan ehtiyot bo‘ling — MD5, SHA1 KABI eski hashinglar endi ishlamaydi.
Agar siz haqiqiy loyihada passwordni qanday
heshlash haqida bilmoqchi bo'lsangiz, quyidagi havolani bosing
✋ Siz parollarni qanday saqlaysiz? Heshlab, Encryptlab, yoki... hali plaintextda yuribsizmi? 😅
Kommentariyada yozib qoldiring! 👇1 360
✍️ C# da
var ni qachon ishlatish kerak?
Ba'zida kod yozayotganda var degan qulaylik borligini bilamiz. Tezroq yoziladi, chiroyli ko‘rinadi, lekin... hammaga bir savol: Har doim var ishlatish to‘g‘rimi?
❌ Har doim emas.
var – bu qulaylik, lekin noto‘g‘ri joyda ishlatilsa, kodingizni tushunishni qiyinlashtiradi. Ayniqsa, oradan vaqt o‘tgach yoki boshqa dasturchi sizning kodingizni ko‘rsa.
✅ Qoidasi oddiy:
Agar o‘ng tomonda nima tur qaytishini aniq bilsangiz — bemalol var ishlating.Ammo agar o‘ng tomonni ko‘rib turib ham qanday tur qaytayotganini tushunish mushkul bo‘lsa — aniq turini yozing. 👨💻 Misol:
// 👎 Qanday turdagi obyekt qaytayotganini darrov tushunish qiyin
var result = GetStudent();
// 👍 Endi esa aniq: bizda Student modeli qaytmoqda
Student result = GetStudent();
🎓 Model:
public class Student
{
public string FullName { get; set; }
public int Age { get; set; }
}
🧾 Method:
public Student GetStudent()
{
return new Student
{
FullName = "Nodir Abdumurotov",
Age = 22
};
}
👉 Xulosa: var – bu kuchli yordamchi, lekin har doim unga suyanmang. Kodni o‘zingizga va boshqalarga tushunarli qilish — bu professional yondashuv.1 360
🎯 Dasturchilar duch keladigan TOP 3 muammo
(Shunchaki kod yozish emas, muammo yechish san’ati)
1️⃣ Authentication & Authorization
Internetda minglab maqola, video, kutubxona bor — lekin enterprise darajadagi xavfsizlikni ta’minlash hamon murakkab.
Bu faqat token yaratish yoki JWT bilan cheklanmaydi. Har bir foydalanuvchi roli, sesiya boshqaruvi, refresh tokenlar, OAuth, SSO... — bu texnikalar o‘zaro uyg‘un ishlashi kerak. Aks holda, xavfsizlik — birinchi zaif nuqtaga aylanadi.
2️⃣ Multithreading
Parallel dasturlash — backend dunyosining eng nozik va xavfli bo‘limi.
Threadlarni boshqarish, data race, deadlock, async/await konseptlari — bu sohalar chuqur bilim va tajriba talab qiladi. Notog‘ri qo‘llanish — butun tizimning barqarorligini xavf ostiga qo‘yadi.
3️⃣ Naming — haqiqiy san’at
Ko‘pchilik bu muammoni arzimas deb biladi. Aslida esa — bu dizayn muammosi.
O‘zgaruvchilar, funksiyalar, klasslar, komponentlar nomi — 1 o‘qishda tushunarli, kontekstga mos, va keraksiz izohsiz bo‘lishi kerak.
obj, stuff1 kabi nomlar bilan yaratayotgan san'atingiz bilan ertaga nafaqat oʻzingiz balki jamoangizning ham eʼtiroziga sababchi boʻlishingiz mumkin.
> Yaxshi nom — yomon dizaynni yashira olmaydi, lekin yomon nom — eng yaxshi dizaynni ham tushunarsiz qiladi.
💬 Sizningcha, yana qaysi muammolar bu ro‘yxatga qo‘shilishi mumkin? Tajribangiz bilan o‘rtoqlashing.1 360
📌 Online c# kurs qidirayotganlar uchun!!!
Zafar Urakov - hozirda AspenPublishing kompaniyasida Software Engineer II lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Siz bu kishini Hassan Habib ning ARK loyihasini ishlab chiqish jarayonidagi stream dan juda yaxshi taniysiz.
Juda kuchli dasturchi. Tavsiya qilaman!
1 360
🚀 Yangi! Boshlovchilar uchun dasturlash kursi — Learn C# Programming
💻 Dasturlashni noldan o‘rganmoqchimisiz?
Men, 2+ yillik C# tajribasi va Amerika kompaniyasida ishlaydigan professional dasturchi sifatida, sizga 2 oylik intensiv onlayn kurs taklif qilaman.
📝 Nimalarni o‘rganasiz:
✅ Asosiy tushunchalar: o‘zgaruvchilar, shartlar, sikllar, metodlar, massivlar
✅ Kichik dasturlar — kalkulyatorlar, testlar, matn ishlovchilar
✅ Hech qanday tajriba shart emas — faqat qiziqish va o‘rganishga tayyorlik
💡 Nega C#?
C# — eng ommabop tillardan biri. Veb, desktop, mobil va o‘yin dasturlarida qo‘llaniladi
💼 Boshlang‘ich C# dasturchilari yiliga $10,000–$60,000 maosh olishadi (joy va tajribaga qarab)
🕒 Kurs haqida:
1️⃣ Davomiyligi: 2 oy
2️⃣ Format: Haftasiga 3 ta jonli dars
3️⃣ Amaliy mashqlar + yakuniy loyiha
4️⃣ Boshlanishi: 1-iyul ‼️
🎯 Yakunda:
Siz oddiy dasturlarni tuza olasiz va ASP.NET Core kabi keyingi texnologiyalarni o‘rganishga tayyor bo‘lasiz
💬 Savollaringiz bo‘lsa 👉🏼 @zafar_urakov
#tavsia #reklama #talim
1 360
AI Portfolio-3 One-to-One Relationship Amaliy Ishlatish - EF Core - ASP.NET Amaliy Loyiha C#
🔗 EF Core’da One-to-One (bir-birga) munosabat
📘 Entity Framework Core asoslari
EF Core’da one-to-one munosabat bu — bitta obyekt faqat bitta boshqa obyekt bilan bog‘langan bo‘lgan holat. Masalan, har bir User faqat bitta UserProfile ga ega bo'lishi mumkin.
🧱 Model yaratish:
public class User
{
public int Id { get; set; }
public string Name { get; set; }
public UserProfile Profile { get; set; } // Navigation property
}
public class UserProfile
{
public int Id { get; set; }
public string Bio { get; set; }
public int UserId { get; set; } // Foreign Key
public User User { get; set; } // Navigation property
}
🔧 Fluent API orqali konfig:
protected override void OnModelCreating(ModelBuilder modelBuilder)
{
modelBuilder.Entity<User>()
.HasOne(u => u.Profile)
.WithOne(p => p.User)
.HasForeignKey<UserProfile>(p => p.UserId);
}
Agar sizga buni loyihada qanday ishlatishni o'rganmoqchi bo'lsangiz qu LocalMind AI Portfolio darsimizning navbatdagi sonini ko'rishni maslahat beraman!
Havola: https://www.youtube.com/watch?v=NzPjtXaDR6I&list=PLG2w4duP-rS3kLG2jrjBZ15eXcsQMlCKf1 360
#Vakansiya — Brightman agentligi
Bizning buyurtmachimiz — bu dasturiy ta'minot ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, korporativ axborot tizimlarini yaratish va xizmat ko‘rsatish sohasida loyihalarni amalga oshiruvchi kompaniya.
Loyiha onlayn kinoteatrni rivojlantirish bilan bog‘liq.
Mutaxassisdan nimalarni kutamiz?
- C#, .NET Framework, .NET Core, ASP.NET Core texnologiyalarida kamida 3 yillik ish tajribasi;
- PostgreSQL bilimlari (yoki MS SQL, boshqa shu kabi ma’lumotlar bazalari);
- ORM vositalaridan foydalanish tajribasi: EF, Dapper yoki boshqalar;
- REST servislarini ishlab chiqish, JSON bilan ishlash tajribasi;
- API ishlab chiqish va uchinchi tomon API'larini tushunish (veb-servislar bilan ishlash);
- Git versiya nazorati tizimi bilan ishlash tajribasi: GitLab va GitHub;
- Ilovalar ishlab chiqish jarayonlarini tushunish.
Kompaniya siz belgilagan ish haqi kutishingizni ko‘rib chiqishga tayyor.
Agar sizda savollar bo‘lsa, mamnuniyat bilan javob beramiz.
Taklif sizga qiziqmi?
Aloqa uchun: @elena_brightman
Ish turi: Masofaviy (online)
Til: Rus tili yoki ingliz tili
1 360
🚫 Main/Master ga toʻgʻridan-toʻgʻri push qilmang!
Kecha kechqurun Tarteebda vazifani yakunlab, barcha oʻzgarishlarni bevosita main branchga yuborganim sababli TelegramBotlar ishlamay qoldi.
❗ Sababi — Program.cs faylida vaqtincha commentga olingan servislar mavjud edi. Ular localda ishni tezlashtirish uchun vaqtinchalik o‘chirilgan edi, ammo bu oʻzgarishlarni qayta yoqishni unutganman.
🔎 Muammo loyiha deploy qilingach, mijozlar shikoyati orqali aniqlandi. Bu esa ishlab chiqarish muhitida jiddiy uzilishlarga sabab boʻldi.
✅ Biz xatolardan to‘liq qutulolmaymiz. Ammo cheklovlar orqali ularning sonini kamaytirish – bizning qo‘limizda.
🔒 Shu sababli, endilikda main/master branchga bevosita push qilishni taqiqladik. Endi barcha o‘zgarishlar faqat Pull Request orqali, kamida 1 nafar dasturchi tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng birlashtiriladi.
🎯 Maqsad — tez ishlash emas, barqaror va sifatli mahsulot yetkazish.
👉 Siz ham main/master ga toʻgʻridan-toʻgʻri push qilmang.
1 360
🔐 AI Portfolio - LocalMind ASP.NET Core bilan AI ChatBot - .NET Avtorizatsiya va Autentifikatsiya - 2
Kuni kecha ASP.NET Core'da autentifikatsiya (foydalanuvchini aniqlash) va avtorizatsiya (ruxsatlarni boshqarish) bo‘yicha video dars You Tobega chiqarildi. Bu mavzu web ilovalarda xavfsizlikni ta’minlashda juda muhim.
✅ Autentifikatsiya – bu foydalanuvchini tanib olish jarayoni. Misol: login va parol orqali tizimga kirish.
✅ Avtorizatsiya – bu foydalanuvchining tizimda bajarishi mumkin bo‘lgan amallarini belgilash. Misol: faqat admin foydalanuvchilarga maxsus sahifaga ruxsat berish.
🔧 Dars davomida quyidagilarni ko‘rsatdim:
JWT asosida autentifikatsiya qilish
[Authorize] atributidan foydalanish
Rolga asoslangan ruxsatlar (Roles = "Admin")
🎥 Agar siz ham ASP.NET Core bilan web ilova qilayotgan bo‘lsangiz, bu mavzu siz uchun juda foydali bo‘ladi!
📌 Darsni ko‘rib chiqing va savollaringiz bo‘lsa bemalol yozing.
1 360
AI Portfolio - LocalMind Asp.Net Core bilan AI Chatbot. .Net da Avtoeizatsiya va Autentifikatsiya
Dars efirga uzatlishni boshladi
1 360
🎓 SoftClub Academy da offline dars berayotganimdan xabaringiz bor. Bu yerdagi statuslarni ham sizlar bilan boʻlishgim keldi.
C# darslarimizda bu hafta OOP’dagi Encapsulation tushunchasini ko‘rib chiqdik.
Encapsulation — sinf (class) ichidagi ma’lumotlarni yashirish va ularni faqat belgilangan usullar orqali boshqarishdir. C# tilida buni private field + public property yordamida juda aniq ifodalash mumkin.
💡 Misol: Property orqali balance boshqaruvi
public class BankAccount
{
private decimal balance;
public decimal Balance
{
get { return balance; }
private set
{
if (value >= 0)
balance = value;
}
}
public void Deposit(decimal amount)
{
if (amount > 0)
Balance += amount;
}
public void Withdraw(decimal amount)
{
if (amount > 0 && amount <= Balance)
Balance -= amount;
}
}
🔍 Bu yerda:
- balance maydoni tashqaridan ko‘rinmaydi (private).
- Balance nomli property orqali faqat o‘qish (get) mumkin, yozish esa faqat sinf ichidan (private set).
Bu model orqali ma'lumotlar xavfsiz saqlanadi va noto‘g‘ri ishlatish oldi olinadi.
Agar private field ga property orqali access olmasam yana qaysi yoʻl bilan uning qiymatini oʻzgartirishim yoki tashqi dunyoga koʻesatishim mumkin edi?
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
