cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

2-Respublika tibbiyot kolleji

Shayhantoxur tumani 2-Respublika tibbiyot kolleji, Manzil: Turkqo’rg’on ko’chasi 9 uy, mo’ljal: Nur kafesi. 2ой Республиканский медицинский колледж, Адрес: ул. Турккурган дом 9. Ориентир кафе Нур. Тел: 99871 226-50-68

Больше
Страна не указанаЯзык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
1 097
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
O'QISH UCHUN TO'LOV KONTRAKT HAMDA GRANT ASOSIDA TAVSIYA ETILGAN O’QUVCHILAR HUJJATLAR TO’PLAMI 1. Diplom yoki 11-sinfni bitirganlik haqida attestat(asli). 2. Pasport kopiya 4 nusxa. 3. Rasm 3x4 8 dona. 4. Talabalikka tavsiya etilganlik haqidagi DTM ma’lumotnomasi. 5. Konvert 2 dona (kattasidan). Hujjatlar bilan kollej qabul komissiyasiga 3 kun muddatda kelib hujjatlarni topshirishingiz so'raladi.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
❗️«Ўзбекистондаги коллеж ва техникумларда ўқиш 17 октябрдан бошланади» — Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги 👉 @UnchaMuncha
Показать все...
#Mandat #professional_ta’lim ⚡️ Kollej va texnikumlar mandati e’lon qilindi 🔰 Ma’lumki, Davlat test markazi tomonidan 2022-yil 3-7-oktabr kunlari 2022/2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari o‘tkazildi. 🖥 Bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.dtm.uz saytida e’lon qilib borildi. ✅ Bugun, 15-oktabr kuni esa mazkur test sinovining yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 Talabgorlar tanlov natijalarini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. 📌 Shuningdek, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) ikki kun davomida professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. 📋 Bunda apellatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma beriladi. ❗️Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart. ✅ Apellatsiya shikoyati ikki ish kunida apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Professional_taʻlim ⚡️Kollej va texnikumlarda 3 ta taʻlim shakli boʻyicha oʻqish 17-oktabrdan boshlanadi Maʼlumki, 2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual taʻlim shakllari boʻyicha Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni kirish imtihonlarisiz toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga qabul qilinadi. Yuqoridagi tartibda oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar uchun taʻlim jarayonlari 2022-yil 17-oktabrdan boshlanadi. Maʻlumot oʻrnida, 2022/2023-oʻquv yilida kollej va texnikumlarga: - sirtqi taʼlim shakli boʻyicha 36 140 nafar; - kechki taʼlim shakli boʻyicha 1 596 nafar; - dual taʼlim shakli boʻyicha 4 870 nafar abituriyent onlayn roʻyxatdan oʻtgan. ❗️Oʻqishga kirgan abituriyentlar tegishli taʼlim muassasalarining qabul komissiyasiga murojaat etishlari soʻraladi. Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Показать все...
DIQQAT! ⚡️2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI rasman tasdiqlandi. 👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha: Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. Matematika - 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan Maksimal ball – 11 ball. O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball. 👉 Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha: 1-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball. 2-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan. Maksimal ball – 63 ball. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball. 📌 5 ta fan bo'yicha maksimal ball 189. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показать все...
Profta'lim fanlar majmuasi2022.pdf5.51 KB
⚡️ Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 📆 2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2022-yil 3-8-oktabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari: 1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi. 📚 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi. ⏳ Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi. 📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun: 🔹 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball); 🔹 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball); 🔹 majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi. 👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin. ❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
DIQQAT! ⚡️2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI rasman tasdiqlandi. 👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha: Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. Matematika - 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan Maksimal ball – 11 ball. O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball. 👉 Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha: 1-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball. 2-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan. Maksimal ball – 63 ball. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball. 📌 5 ta fan bo'yicha maksimal ball 189. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показать все...
Profta'lim fanlar majmuasi2022.pdf5.51 KB
#Qabul_2022 #Professional_ta'lim ⚡️ Kollej va texnikumlarga qabul boshlandi ✅ Bugundan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi. 🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показать все...
Edu.uz

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования 📞 1006 📧 [email protected] 🌐 www.edu.uz 📲 instagram.com/edu.uz/ 📲 facebook.com/eduuzrasmiy 📲 http://youtube.com/c/eduuz

​ССВ: Тиббиёт коллежи ва Жамоат саломатлиги техникумларига қабул жараёнлари бошланиш арафасида Ҳозирги вақтда юртимизда 27 та тиббиёт коллежи ва 47 та Жамоат саломатлиги техникумлари фаолият олиб бормоқда. ⏳Уларга янги ўқув йили учун қабул жараёнлари жорий йил 10 августда бошланиб, 10 сентябрга (шу куни ҳам) қадар давом этади. Қабул Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 11 ноябрдаги “Ўзбекистон Республикасининг профессионал таълим муассасаларига ўқишга қабул қилишни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори асосида ташкил этилади. ❇️2022/2023 ўқув йили учун Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан Абу Али ибн Сино номидаги жамоат саломатлиги техникумларига қабул квотаси жами 11 минг 670 та этиб белгиланиши, шундан: 🙍1минг 367 таси давлат гранти; 🙍10 минг 303 таси тўлов-шартнома асосида бўлиши кўзда тутилмоқда. ❇️Тиббиёт коллежларига эса жами 7 минг 800 та ўрин ажратилиб, шундан: 🧑‍⚕️780 таси давлат гранти; 🧑‍⚕️7 минг 20 таси тўлов-шартнома асосида белгиланиши кутилмоқда. Тиббиёт коллежлари ва жамоат саломатлиги техникумларига ўқишга ҳужжат топшириш учун қуйидагилар керак бўлади: 📌паспорт ёки туғилганлик ҳақида гувоҳнома нусхаси; 📌умумий ўрта таълим (11-синф негизида) ёки ўрта махсус, касб-ҳунар таълим муассасасини тугатганлик ҳақидаги ҳужжатнинг нусхаси; 📌600х800 ўлчамдаги рангли фотосурат; 📌I ёки II гуруҳ ногиронлиги бўлган, “Меҳрибонлик уйлари” тарбияланувчиси ёки кам таъминланган оила фарзанди бўлган абитуриентлар тегишлилиги бўйича ногиронлик гувоҳномаси нусхаси, туман(шаҳар) ҳокимининг “Меҳрибонлик уйлари”га жойлаштириш бўйича қарори ёки ижтимоий ҳимояга муҳтож оилалар фарзандлари учун Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги ҳузуридаги бюджетдан ташқари Пенсия жамғармасининг маълумоти. Қабул Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги расмий веб-сайти орқали онлайн тарзда амалга оширилади. ❗️Электрон платформага юкланган ҳужжатлар “PDF” форматида сканер қилинган бўлиши лозим. Сканер қилинган ҳужжатларнинг талаб даражасида бўлмаслиги абитуриентнинг рўйхатдан ўтказилмаслигига асос бўлади. Тиббиёт коллежлари ва жамоат саломатлиги техникумларига кириш имтиҳонлари Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест маркази томонидан ўтказилади. Соғлиқни сақлаш вазирлиги Матбуот хизмати. @ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.