cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Abituriyent.uz

Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

Больше
Узбекистан28 214Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
499
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Sessiya, seminar, o'qish tashvishlar Leksiya yozishlar, darsdan qochishlar Umrning mazmuni ushbu damlarim Talabalik davrim - oltin damlarim! @rasmiyotmuz
Показать все...
1-martdan ta’lim sifati past maktablarga borib ishlovchi o‘qituvchilarga ustamalar to‘lanadi ▪️Boshqa tuman va shaharlardan kelib ishlaydigan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz; Boshqa viloyatdan kelib ishlaydigan o‘qituvchilarga 100 foiz maxsus ustamalar to'lanadi. 👉 @rasmiyotmuz
Показать все...
"Majidov hammasini grantga kirgizasan" - Prezidentning Qashqadaryoda yoshlar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvidan. P/S: Karate bo'yicha jahon chempioni bo'lgani sababli Zulfiya mukofotiga loyiq deb topilgan bir qiz 13 yilga qamaldi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu masala keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Bu bilan nima demoqchiman, imtiyozlar taqsimotini qayta ko'rib chiqish kerak. Zulfiya xonim sportchi bo'lmaganku? Undan tashqari yana 22taga yaqin imtiyozlar bor. Yurtimizda 50ta qatlam bo'lsa, bularning yarmiga imtiyoz bor, yarmiga yo'q. Shu sababli ham imtiyoz masalasi qayta ko'rib chiqilishi kerak. 👉 @rasmiyotmuz
Показать все...
1.66 MB
OTMlarda o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi Hukumatning tegishli qarori (№824, 31.12.2020y) bilan, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab respublika OTMlarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish tartibi joriy etiladi. Shuningdek, qarorga ko‘ra: ✅ OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda professor-o‘qituvchilar nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o‘taydi va malaka oshiradi. ✅ OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda o‘qituvchilar nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlari asosida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshiriladi. OTMlarning akademik mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab: ✅ OTMlar huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan OTM professor- o‘qituvchilarining mehnatiga soatbay haq to‘lash OTM talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi; ✅ ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanadi; ✅ OTMlarda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestasiya komissiyasi raislari tegishli OTM rektori (filial direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Shuningdek, qaror bilan OTMlarda o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi hamda quyidagi sxema asosida bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilandi. @rasmiyotmuz
Показать все...
- ⚡️20-yanvar – 1-kurslar uchun kontrakt to'lash va talabalikka qabul qilishni rasmiylashtirishning so'nggi kuni - Eslatib o‘tamiz, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTMlar rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, OTMlar bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda xorijiy fuqaro sifatida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2021-yil 20-yanvari etib belgilangan. @rasmiyotmuz
Показать все...
Har yili kontraktni 4ga bo'lib tolash tartibi qanday bo'ladi? Ma’lum qilinishicha, belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi. Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin. Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak. Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi. @rasmiyotmuz
Показать все...
#OTM_Yangiliklari 📌Prezident qarori asosida Nukus DPI huzurida matematikaga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi. 🔰Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish maqsadida 2020 yil 3 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi. 〽️Qaror asosida, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Amudaryo akademik liseyi negizida Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi. Matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktabga bu yilgi o‘quv yilida matematika, fizika va ingliz tili fanlari bo‘yicha umumta’lim maktablarining 7-, 8- va 9-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi. O‘quvchilar yotoqxona va tushlik ovqat bilan ta’minlanadi. ❗️Hozirgi vaqtda ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilarni qabul qilish davom etmoqda. @rasmiyotmuz
Показать все...
#Premyera 🎥 Million jamosi konsert dasturi (Buxoro 2020) ➫ Yaqinlarga ulashing👇🏻 @rasmiyotmuz
Показать все...
Millon 2020 buxoro.mp4317.40 MB
Toshkentga talabalar qaytgani sezildi. Bugun ko'chalar va jamoat transportlari har doimgidan ancha gavjum. Bugun talabalar shaharchasida ko'pchilik talabalarda kuzatganimiz – tibbiy niqob taqmaslik yoki niqobni iyagiga tushirib olganiga guvoh bo'lish mumkin. Umuman olganda, gap faqat talabaning tibbiy niqob taqmaganida emas. Ko'pchilik insonlar ham niqob taqishni unutdi va bunga beparvo bo'lmoqda. Do'stlar, hali koronavirus balosidan insoniyat butkul xalos bo'lmadi. Hali bu ofatning to'liq davosi topilmadi. Insonlar shu kasallik tufayli vafot etishda yoki kimningdir vafot etishiga sababchi bo'lib qolishda davom etmoqda. ❗️Eslatmoqchi bo'lganimiz: tibbiy niqob taqishni kanda qilmang. Albatta, har doim niqob taqib yurishingiz – bu faqat o'z salomatligingiz uchun. O'zingizni ehtiyot qiling. O'zini asraganni Xudo asraydi. #niqobtaqing @rasmiyotmuz
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.