cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Urganch tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

Urganch tumani MMTBda ro`y berayotgan voqealar, yangiliklar, tadbirlar, loyihalar, seminar va uchrashuvlar hamda ta`lim sohasidagi asosiy hujjatlar haqida kanal Sizni qiziqtirgan, qiynayotgan savollar bo'lsa @urganchtxtbbot savol yo'llang!

Больше
Рекламные посты
700
Подписчики
-224 часа
-87 дней
-3330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️⭕️ Birozdan so’ng Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jonli muloqot boshlanadi! Unda: ➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari; ➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari haqida so’z yuritiladi. ✔️ Savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil, 14-noyabrdagi 914-son qaroriga asosan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda beriladigan imtiyozning 2024-yilgi sohibasi, O'zbekiston bolalar tashkiloti Xorazm viloyati bo'limi faol sardori - Eniyazova Ruxsora Jo‘shqinovna! 📌 Yillar davomidagi faoliyati bilan tashabbuskorlik, jamoatchilik va jonbozlikning timsoliga aylanib ulgurgan haqiqiy O‘zbek qizi, bizning qadrdonimiz R.Eniyazovani kichik muvaffaqiyati bilan samimiy qutlaymiz! #KunTabrigi #Imtiyoz Hurmat bilan, Xorazm viloyati Sardorlari Kengashi Axborot Xizmati
Показать все...
👍 3
00:23
Видео недоступноПоказать в Telegram
Mashg'ulotlar davom etmoqda ✔️“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi oʻquv yilida yana 3000 nafar yigit va qizlar saralab olinadi. 📱Onlayn bepul kurslarga yozilish uchun roʻyxatdan oʻting ➡️ @rtmtestrobot Loyiha atmosferasini his qilishingiz uchun ushbu video reelsni e'tiboringizga havola qilamiz. #Al_Xorazmiy_vorislari 🚀Telegram |📷 Instagram
Показать все...
atmosfera.mp49.11 MB
01:37
Видео недоступноПоказать в Telegram
33.11 MB
👍 1
👍 1
📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI URGANCH TUMANIDA! Хаbaringiz bor,  Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi huzuridagi Respublika  “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan barcha hududlarda  “Barkamol avlod bolalari” festival-tanlovi tashkil etilib, eng bilimli va zukko o‘quvchilar aniqlab olinmoqda.   Ushbu tanlovning Urganch  tuman bosqichida 1500 dan ziyod o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, ularning 21 nafari g‘olib deb tanlab olindi.  Festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tdi: ✅“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at); ✅“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” — yo‘nalishi (Robototexnika); ✅“Jismoniy tarbiya va sport” — yo‘nalishi (Shaxmat); ✅“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” — yo‘nalishi (Munchoqli bezak); ✅“Turizm va ekologiya” — yo‘nalishi (Landshaft dizayni); ✅“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” — yo‘nalishi (Mental arifmetika); ✅“Xorijiy tillar” — yo‘nalishi (Ingliz tili). 🎉Tadbirda toʻgarak a'zolari  tomonidan sahna ko‘rinishlari,  kuy-qo'shiqlar va ijodiy ishlar namoyish qilindi.      Festival-tadbirda Oliy Majlis Senati a'zolari U.Sharipov,  F.Sa‘dullayeva, Maktabgacha va maktab ta‘limi Urganch tuman bo‘limi bosh mutaxassisi M.Jumaniyozovalar ishtirok qilishdi. ✨Gʻolib deb topilgan 21 nafar o‘quvchi -yoshlar  Urganch tuman "Barkamol  avlod " bolalar maktabi tomonidan  diplom  va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Показать все...
👍 1
2024-2025-ўқув йилида олий ва профессионал  таълим муассасаларига кириш учун онлайн рўйхатдан ўтган абитуриентларга “Абитуриент рухсатномаси”ни бериш бошланди. 👨🏻‍💻 Абитуриентлар тест синовларида иштирок этиш учун “Абитуриент рухсатномаси”ни my.uzbmb.uz сайтига шахсий идентификация рақами ҳамда паспорт церияси ва рақамини киритган ҳолда олишлари мумкин. 📋 Абитуриентлар тест синовига паспорт (ID-карта) ва абитуриент рухсатномаси билан белгиланган вақтдан кечикмаган ҳолда келишлари лозим. ❗️ Паспорт нусхаси ёки бошқа ҳужжатлар билан келган, шунингдек, кечикиб келган абитуриентлар тест синовларига киритилмайди!
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Internet ijtimoiy tarmoqlarida keng tarqalayotgan kiberjinoyatlarning oldini olish maqsadida ushbu kanallarda muhim ma'lumotlar berib borilmoqda. Kanallarga a'zo bo'lishingiz tavsiya qilinadi. Urganch tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi matbuot xizmati @urganchedu
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Internet ijtimoiy tarmoqlarida keng tarqalayotgan kiberjinoyatlarning oldini olish maqsadida ushbu kanallarda muhim ma'lumotlar berib borilmoqda. Kanallarga a'zo bo'lishingiz tavsiya qilinadi.
Показать все...
01:31
Видео недоступноПоказать в Telegram
#qabul_2024 📣📣📣 Diqqat, e’lon! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi  huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun joriy yilning 4-,5-,6- iyul kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida har kuni 3 smenada kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
✔️ 1-smenadagi talabgorlar ertalab soat 6:30 da kirishni boshlab, soat 8:00 dan soat 9:30 gacha test sinovlarini topshirishadi. ✔️ 2-smenadagi  talabgorlar soat 11:00 dan kirishni boshlab, soat 12:00 dan soat 13:30 gacha test sinovlarini topshirishadi. ✔️ 3-smenadagi talabgorlar soat 16:00 dan kirishni boshlab, soat 17:00 dan soat 18:30gacha test sinovlarini topshirishadi.
❗️Belgilangan smena uchun belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar kirish imtihonlariga qo‘yilmaydi. 📍Ixtisoslashgan maktablarda o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlarning kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzil – Urganch shahar Yoshlik ko‘chasidagi Sport Manejiga  belgilangan soatlarda yetib kelishlari so‘raladi. Mo‘ljal: Urganch shahar, Avtoshox bekati ko‘chasi. Eslatib o‘tamiz, talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga SMS – xabarnoma orqali imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz https://ariza.piima.uz/application/cabinet orqali yuklab olishingiz mumkin.
Показать все...
9.04 MB
👍 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.