cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

“Tasnim” nashriyoti | 📚

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيمْ Bog'lanish: @Tasnimadmin 📞 : +998931132717 +998908137172 Instagram - instagram.com/tasnimbooks Taklif va savollar - @tasnimbooks_bot

Больше
Рекламные посты
1 838
Подписчики
-624 часа
+257 дней
+3530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#kitob #Alloh_bilan_kõngil_suhbati_namoz Alloh gohida qalbimizni sinovdan o‘tkazish uchun harakatlarimizni puchga chiqaradi. Bor imkonimizdan ayrilgan vaqtdagi qalbimizning holiga qaraydi. Eshik qoqib hech kim kirib kelmaydi. Do‘stlaringiz ko‘ksingizga xanjar uradiki, bajarayotgan amallaringiz kim uchun ekanini anglab yeting: Alloh uchunmi yoki odamlar uchun? 📖 "Alloh bilan ko'ngil suhbati — namoz" — Mehmet Yildiz TelegramInstagramFacebook
Показать все...
🔥 5👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#kitob #Turkiston_kechalari – Ey qizim, g‘olib va mag‘lub o‘rtasidagi munosabatlarda e’tiqod va hur qizning istaklari e’tiborga olinmaydi. – Boshi berk ko‘chaga kirib qolgan amir yon-veriga qaradi, shundagina qasr havosi og‘irlashganini, nafas olishga qiynalayotganini sezdi. Asabiylashganidan dasturxon chetini barmoqlari bilan o‘ynay boshladi: – Xo‘sh... – Undan ko‘ra o‘lganimiz yaxshi! – Nima uchun? – Allohning amri kelgindilar istagidan ustun! – Amir biroz o‘ziga kelib, kichik malikani bag‘riga bosdi. Qizining ko‘zlarida mardona shijoat porlardi. Gulday go‘zal yuzida qo‘rquvdan ko‘ra hurlik uchun o‘limga-da tayyor turgan qalbining holi zohir bo‘lardi. So‘ng xo‘rsinib yig‘lab yubordi: – Hech tasavvur qilolmayapman, otajon… Qanday qilib yosh qizaloqni bu kabi xo‘rlash mumkin? Bundan ko‘ra qatl maydoniga borish oson. 📖 “Turkiston kechalari” — Najib Kiyloniy 💸 Narxi: 30 000 so‘m Murojaat uchun: @Tasnimadmin TelegramInstagramFacebook
Показать все...
🔥 3👍 1
#kitob #Ali_va_Fotima_roziyallohu_anhumo Fotima o‘zini Islomga bag‘ishlagan, din uning butun jism-u joniga, suyak-suyagiga singib ketgandi. U nafaqat xulqda, balki aql va tafakkurda ham har jihatdan otasi Nabiy alayhissalomga haqiqiy voris edi. Yuksak zakovat, mukammal xulq, halimlik va tavoze Fotimaning qiymatini yanada baland qilardi. Hech kimga ozor bermas, fikr-u yodi Alloh roziligini qozonish bilan band bo‘lardi. Saxiy, qo‘li ochiq, o‘zida borini ikrom qilar, zohidona hayot kechirardi. Ibodatga tashna, ixlos-u taqvoda Payg‘ambarimiz alayhissalomning bir parchalari edi go‘yo. U Alloh taoloning insonni ta’riflab: "…haqiqatan, Biz insonni xushbichim (shaklda) yaratdik", degan oyati karimasiga ko‘zgu tutuvchi go‘zal shaxsiyat edi. 📖 “Ali va Fotima roziyallohu anhumo misolida saodatli oila bayoni” — Ali Haydar Zug‘urlu 💸 Narxi: 45 000 ming so‘m. Murojaat uchun: @Tasnimadmin TelegramInstagramFacebook
Показать все...
🔥 2🕊 1
00:06
Видео недоступноПоказать в Telegram
#kitob #Zamzamning_onasi_Hojar 🍂Hojar – g‘ariba, kimsasiz, vatansiz, manzil-makonsiz Ibrohimning imtihoni bo‘lganini bilmaydi. Ibrohimning nimalar bilan sinalganini bilmaydi. Allohga yaqinlikning sinovi og‘ir bo‘lishini bilmaydi. Ibrohimning qurbonligi bo‘lganini bilmaydi. Bilsa-da, yana tabassum qilaveradi. Hojar shunday ayol... Ibrohim kimni suygan bo‘lsa, bu dunyoda u bilan sinalganidan Hojar bexabar. Ibrohimning taqdiri shu: sevganini qurbon qilish! O‘zdan voz kechish – Ibrohimning qismatidir. Ibrohim uni qattiq sevgani uchun uzoqlarga tashlab kelganini Hojar bilmaydi. 📖 “Zamzamning onasi – Hojar” – Sibel Eraslan TelegramInstagramFacebook
Показать все...
2.29 MB
🔥 2🥰 1🕊 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#kitob #Olcha_daraxti 🍒Maktabimizdagi olcha daraxti qish faslida juda mahzun, g‘amgin bo‘lib qoladi. Uning barglari kapalaklar bilan ta’tilga, dam olishga ketishadi. Daraxt tanasidagi dev esa o‘ziga rang-barang ko‘rpa va yopinchiqlar to‘qib olish uchun uning shoxlaridagi gullarni uzib oladi. ☁️Olcha daraxtini yam-yashil yaproqlarisiz uzoqdan ko‘ra olmayman. Baxtimga Estellaning hushtagi bor, hushtakdan daraxtga yaqinlashib qolganimizni bilib olaman. Qolaversa, dadam ham maktabga yetib qolganimizni aytadilar. Avvallari maktabga yolg‘iz kelish uchun juda kichkinalik qilardim. Endi esa Stargardt tumani tufayli kattalarsiz ko‘chaga chiqishimga hech qachon ruxsat berishmaydi... 📖 "Olcha daraxti bilan oramizdagi masofa" — Paola Peretti TelegramInstagramFacebook
Показать все...
🔥 4🥰 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#kitob #Turkiston_kechalari Xojasining avzoini ko‘rgan ayoli past ovozda so‘z ochdi: – Sizga nima bo‘ldi, begim? – Amir nam ko‘zlari bilan malikaga boqdi va: – Allohning amri... – dedi. Ayoli hech narsani tushunmay uni yana savolga tutdi: – Noib qabuliga ketgandingiz… men esa xitoyliklardan biror yaxshilik chiqishiga ishonmayman. – Ha, ular rahm-shafqat nimaligini bilishmaydi… – To‘g‘ri aytasiz, begim. Endi ular bilan orangizda qanday so‘z o‘tganini aytsangiz… – Noib qizimizga uylanmoqchi... – amir shunday dediyu telbalarcha qichqirdi... TelegramInstagramFacebook
Показать все...
🔥 3👍 2👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#kitob #Ali_va_Fotima_roziyallohu_anhumo 🕋 Har bir musulmon Ka’bayi muazzama tufayli Makkayi mukarramani, Masjid al-Aqso tufayli Quddusni sevadi, Masjid an-Nabaviy sababli esa ko‘ngillar mudom Madinayi munavvaraga talpinadi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hijratlaridan avval bu shaharning nomi Yasrib edi. Havosi sassiq, iqlimi yoqimsiz, xalqi zaif va nimjon bu hududda silga o‘xshash humma kasalligi tarqalgan edi. Bu dardga chalingan inson tanasiga qizamiqnikidek qizil toshma toshardi. 🦠 Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak qadamlari yetishi bilan hatto tuprog‘idan ham mushk taraladigan bo‘ldi. Bu muborak ifor hozirgacha Madinayi munavvaraning har ko‘chasida saqlanib qolgan. 🏝 📖 “Ali va Fotima roziyallohu anhumo misolida saodatli oila bayoni” — Ali Haydar Zug‘urlu 💸 Narxi: 45 000 ming so‘m. Murojaat uchun: @Tasnimadmin TelegramInstagramFacebook
Показать все...
🤩 4👍 2🕊 2🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#kitob #Ali_va_Fotima_roziyallohu_anhumo "Sizlarga jannat bo‘lsin!" ✨ 🫂Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan Makkadan hijrat qilib chiqdilar. Sobit ibn Qays roziyallohu anhu Madinaning har bir qavmidan mohir jangchilarni to‘plab, uchinchisi Alloh bo‘lgan bu ikki do‘stning istiqboliga oshiqdilar. 🗣Baland va jarangdor ovozi bilan ajralib turuvchi bu sahoba qavmdoshlari nomidan so‘zga chiqib, avvalo Alloh taologa hamd-u sano, so‘ng Rasulullohga salavot aytdilar va ikki olam sarvariga shunday dedilar: "Yo Rasululloh, siz toki bizning shahrimizda turar ekansiz, toki biz tirik ekanmiz, nima bo‘lishidan qat’i nazar sizni himoya qilamiz!" Payg‘ambarimiz alayhissalom xushnud bo‘ldilar va: "Sizlarga jannat bo‘lsin!" — dedilar. 📖 “Ali va Fotima roziyallohu anhumo misolida saodatli oila bayoni” — Ali Haydar Zug‘urlu 💸 Narxi: 47 000 ming so‘m. Murojaat uchun: @Tasnimadmin TelegramInstagramFacebook
Показать все...
🔥 4😢 4🕊 2👍 1👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#sotuvda 🤩 #xushxabar 🥳 Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: 🫧“Ey Ali, sen mening bu dunyo va oxiratdagi birodarimsan!” 🕊“Qizim (Fotima) mening bir bo'lagim, unga ozor yetkazgan narsa menga ham ozor beradi...” deya ta'riflagan, ahli baytning mukarram a'zolarining ibratli shaxsiyat va oilalari haqidagi kitob qayta sotuvda! Biz esa bu kitob qahramonlari haqida Nabiy alayhissalomdan so'ng so'z aytishga qodir emasmiz. 🥹 O'qing, hadya qiling, olamni risolat nuriga to'ldiring! Kitob: “Ali va Fotima roziyallohu anhumo misolida saodatli oila bayoni” Muallif: Ali Haydar Zug‘urlu Muqova: qattiq Hajmi: 240 sahifa Narxi: 47 000 so‘m Murojaat uchun: ✉️ @Tasnimadmin 📞 +998931132717 Barcha kitob do'konlaridan so‘rashingiz mumkin! 🙂 TelegramInstagramFacebook
Показать все...
👍 5🤩 4🎉 2🕊 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#sotuvda #xushxabar 🫧“Ey Ali, sen mening bu dunyo va oxiratdagi birodarimsan!” 🕊“Qizim (Fotima) mening bir bo'lagim, unga ozor yetkazgan narsa menga ham ozor beradi...” Bu kitob qahramonlari haqida Nabiy alayhissalomdan so'ng so'z aytishga qodir emasmiz. 🥹 O'qing, hadya qiling, olamni risolat nuriga to'ldiring! Kitob: “Ali va Fotima roziyallohu anhumo misolida saodatli oila bayoni” Muallif: Ali Haydar Zug‘urlu Tarjimon: Maryam Osiyo Muqova: qattiq Hajmi: 240 sahifa Narxi: 45 000 so‘m Murojaat uchun: ✉️ @Tasnimadmin 📞 +998931132717 Barcha kitob do'konlaridan so‘rashingiz mumkin! 🙂 TelegramInstagramFacebook
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.