ru
Feedback
She‘rlar uchun fon musiqalar

She‘rlar uchun fon musiqalar

Открыть в Telegram

Barcha turdagi eng chiroyli musiqalar hamda mazmunli sheʼrlar bizning kanalda. Murojaat: @Sherga_Fon_Bot ♻️ Reklama xizmati: @Sherga_Fon_Rek 📆 Ochilgan sana: 26.10.2020 Shaxsiy Kanal: @Sh_Anhu 🪶

Больше
6 087
Подписчики
-2024 часа
-467 дней
+130 день
Архив постов
🎹... 🎻... 🎼... 🌿 Mayin Musiqa Eng Sara Musiqalar Bizning kanalda🎧 @Sherga_Fon💌

🎷... 🪻... 🎼... 🌿 Qadrdon Musiqa Eng Sara Musiqalar Bizning kanalda🎧 @Sherga_Fon💌

🎷... 🎧... 🎼... 🫀 Betakror Cover musiqa Eng Sara Musiqalar Bizning kanalda🎧 @Sherga_Fon💌

🎶... 🎧... 🎼... 📿 Abdukarim Mirzayev hikoyalarida foydalanilgan musiqa Eng Sara Musiqalar Bizning kanalda🎧 @Sherga_Fon💌

🌙 Ramazon oyi taqvimi - 2026 Tutadigan ro'zalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin 🤲 🌙 @Sh_Anhu
🌙 Ramazon oyi taqvimi - 2026
Tutadigan ro'zalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin 🤲
🌙 @Sh_Anhu

🌙Ramazon oyida kechirim so‘rab, dilxiraliklarni unutaylik.
Hayotimga hamroh insonlar, Tanish-bilish, do‘st-u yoronlar, O‘tgan bo‘lsa yaxshi, yomonlar, Alloh uchun kechiring meni... Hokimlik bir Yaratganga xos, Banda ishi mo‘minlik xalos, Dildan so‘ray, iqrorlarim rost, Alloh uchun kechiring meni. O‘tkir tig‘dan keskir ba'zan til, Gohi bilmay og‘ritdim ko‘ngil, Tavba ila o‘tdi yana yil, Alloh uchun kechiring meni. Kechmishlarim shu she'rimda jam, Qalb ko‘zini yoshlamasin g‘am, Avfingizga intiqman men ham, Alloh uchun kechiring meni. Kelayotir oylarning shohi, Ko‘rinay der Ramazon mohi, Shu kunlarga mushtog‘lik chog‘i, Alloh uchun kechiring meni. Yuragingiz to‘ldirsin huzur, Birodarim tutgaysiz ma'zur, Mendan o‘tgan bo‘lsa ming uzr, Alloh uchun kechiring meni. Borliqqa nur ingani zamon, Yetishdik deb bo‘lgandik shodon, Ketmoqqa shay endi Ramazon, Alloh uchun kechiring meni. Siz-u menda yana bir imkon, Orzuyimiz Firdavs-u, Rayyon, Niyatiga yetsin har inson, Alloh uchun kechiring meni.

🎷... 🎹... 🎼... ☘️ Juda Chiroyli Musiqa... Eng Sara Musiqalar Bizning kanalda💌 @Sherga_Fon🎧

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 Ayol kishini ovozi avratmi | Abror Muhtor Aliy https://youtube.com/watch?v=uQFAzEAdTBc&si=qPzrmHAdo99nmH2S

#Sheriyat RAMAZONIM KELMOQDA Quyoshni ham kuldirib, Qalbga surur to‘ldirib, Do‘stlarni suyuntirib, Ramazonim kelmoqda. Sahar turing yoronlar, Xatm qiling Qur'onlar, Dod devorsin shaytonlar, Ramazonim kelmoqda. G‘aflat oyi emas bu, Ovqat oyi emas bu, Rahmat oyi demak bu, Ramazonim kelmoqda. Sergaklik vaqti bo‘lgan, Mo‘'minning ahdi bo‘lgan, Islomning fathi bo‘lgan, Ramazonim kelmoqda. Yeng shimaring toatga, Iymoniy halovatga, Erishing saodatga, Ramazonim kelmoqda. Iymon kuchga to‘ladi, Shayton qulflanadi, Ruhul Qudus inadi, Ramazonim kelmoqda. Ramazonda cabr bor, Yetti yuz qat ajr bor, Ming oyga teng Qadr bor, Ramazonim kelmoqda. Bu oy Mardu maydondir, Kutib turgan Rayyondir, Sumu, degan Rahmondir, Ramazonim kelmoqda. Savob ishda ildam bo‘l, Tur, yotma peshqadam bo‘l, Abror sen ham mahkam bo‘l, Ramazoning kelmoqda. Quyoshni ham kuldirib, Qalbga surur to‘ldirib, Do‘stlarni suyuntirib, Ramazonim kelmoqda. Abror Muxtor Aliy Eng chiroyli va mazmunli sheʼrlar bizning kanalda @Sherga_Fon

🎵... ... 🫀... 🕊️ Chiroyli Nasheed Eng Sara Musiqalar Bizning kanalda📌 @Sherga_Fon🎧

2025-yil kanal statistikasi
2025-yil kanal statistikasi

🎹... ❄️... 🎼... ❄️ Chiroyli Musiqa Eng Sara Musiqalar Bizning kanalda📌 @Sherga_Fon🎧

Repost from ShohRux Anhu
🫀Qalbdan qalbga
🫀Ko'nglim... 🪶 Qurbonboyeva Hulkar 🎙 ShohRux Anhu 🍃@Sh_Anhu

#Sheriyat Dunyoni dard ila ko'targan ko'nglim, Azobni ranj ila ko'targan ko'nglim. Ko'ksimga tig 'kabi qadalgan ko'nglim, Adashib birovga atalgan ko'nglim... Ustida tog'larni ko'targan ko'nglim, Qop-qora dog'larni ko'targan ko'nglim. Keraksiz toshdayin otilgan ko'nglim, Yolg'onchi rozlarga sotilgan ko'nglim... Duch kelding kimlarga mening zor ko'nglim, Tor qilib dunyoni, o'zi tor ko'nglim. Oqibat, mexrni izlagan ko'nglim, Mexrsiz dillarni siylagan ko'nglim... Qo'y, endi yig'lama bechora ko'nglim, Adashgan sen emas, nachora ko'nglim. Izlagin, toparsan bir kuni ko'nglim- O'zingdayin hasta ko'ngilni ko'nglim...! Qurbonboyeva Hulkar Eng chiroyli va mazmunli sheʼrlar bizning kanalda @Sherga_Fon

🎹... 🎻... 🎼... 🪻Hasratli Musiqa Eng Sara Musiqalar Bizning kanalda📌 @Sherga_Fon🎧

🫀Qalbdan qalbga
🌙 Ayr 🪶Bahodirov Izzatillo 🎤 ShohRux Anhu ☕️@Sh_Anhu

🎹... 🌧️... 💫... 🌧️ Chiroyli pianino Eng Sara Musiqalar Bizning kanalda📌 🎧@Sherga_Fon

​​Ayr Parvardigor tutashtirdi oy-quyoshni, mo'jizadek joylab qo'ydi ko'zga yoshni. Nahot nolam tinglamadi men beboshni?.. Oy-quyoshdek yuz yilda bir tutashmadik –vido vaqti mag'rur edik, yig'lashmadik. Sevgi derdim, chinor ko'ksin qotirg'ichlab, qismat keldi ich-ichimga armon zichlab. Sen yuribsan izimizni o'chirg'ichlab, qochish uchun bir bora ham sirlashmadik –uy oldida oppoq turdik kirlashmadik. Birlashdilar ikki daraxt, ikki tog'lar, o'chdi necha o'chmaydigan dilda dog'lar, baxtli bo'ldi milyon jinni, milyon sog'lar... Baxt qaydidan tushib qoldik, ilashmadik, –olam aro faqat bizlar birlashmadik... Parvardigor tutashtirdi oy-quyoshni... Bahodirov Izzatillo Eng chiroyli va mazmunli sheʼrlar bizning kanalda @Sherga_Fon

🎸... 🎻... 🍃... ❤️ Kara Sevda Soundtrack Eng Sara Musiqalar Bizning kanalda📌 🪱@Sherga_Fon

#Sheriyat Noyabrning so'nggi kunlari Qish nafasi sezila boshlar... Balki shundan, yo boshqa sabab Istmaydi meni quyoshlar. Sovuq havo, g'amgin nigohim Sen o'zingga olma bularni... Men birma-bir sanab yashadim Sen sanamay o'tgan kunlarni. Esib o'tar shamollar keskin Bo'lmasmidi o'rniga yelsang, Bog'larini birga kezardik Kuz ketmasdan avval sen kelsang... Noyabrning so'nggi kunlari... Mahliyo Karimova Eng chiroyli va mazmunli sheʼrlar bizning kanalda @Sherga_Fon