cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Bashorat Otajonova

Instagram: @poetess_otajonova

Больше
Рекламные посты
334
Подписчики
Нет данных24 часа
-57 дней
-530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Бугун шоир, ҳамкасбим Жонибек Алижоновни туғилган куни. Каналимиз кузатувчилари номидан Шоирни табриклаймиз.
Показать все...
👍 3 2
Repost from N/a
Фото недоступноПоказать в Telegram
*** Зам-зам лабимда ўйнар, Чанқоғим мангу қонмас. То ЙИҒИ келмагунча Мудроқ кўзим уйғонмас. Булутдир маним кайфим , Ҳар дамим мажнун-ҳумор. Ташхиси ёлғон фано, Мен кимман: соғми, бемор? Аммо, аслим тупроқдир Қақраган ердай яшайман. Шу сабаб ёмғир ёққанда, ЯШНАЙМАН... Жонибек Алижонов #24_10_23
Показать все...
👍 4 1🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Мезон кирган пайти кўнглимдан шу сатрлар такрор-такрор ўтавердию мос расм топа олмадим. Бу орада фурсат ўтди-кетди. Ўтган ҳафта Iroda Toshmatova ташаббуси билан билан бир гуруҳ қизлар Ботаника боғига бордик, айландик, суратларга тушдик. Қайтишда ариқча кўриб қолдим, суви тип-тиниқ. E'zoza Umrzoqova сафимизда эди, ичимдагини айтдим, дарҳол 3-4 кадр йиғди. Мана, натижа 🥰
Показать все...
11👍 2🔥 1😢 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🎉 “Anorbooks”da yangi ruh! 🔸 Bu kitob vaqt dovonlaridan “oshib oʻtdi”. 🔸 Bu kitob ustida ancha mehnat qilindi. 🔸 Bu kitobni hatto biz ham uzoooq intiq bo'lib kutdik. 🔥 Nihoyat kitob o'z o'quvchilari qo'liga borishga shay turibdi. SHAVKAT RAHMONni sogʻingan va “ZULFIQOR RUH”ni kutganlar kitobga oldindan buyurtma berishi hamda toʻlov qilishi mumkin. Bu bilan siz oʻz kitobingizga 10 % lik chegirma bilan boshqalardan oldin ega boʻlasiz. Buyurtma uchun: @anorbooks_bot yoki @anorbooks_admin manzillariga yozing. Buyurtma muddati 3 kun! ❗️Eslatma! Tez kunda kitobning katta taqdimoti boʻladi. Chinakam Shavkatona ruhni his qilish uchun siz, albatta, u yerda boʻlishingiz kerak. Sahifalarimiz:👇 Telegram | Instagram | Facebook
Показать все...
🔥 1
Repost from Bashorat Otajonova
Фото недоступноПоказать в Telegram
*** Ихлос билан йўлга чиққан одам Ҳар бир қадамини хайрга йўяр Қанотида ихлос ташиган қуш Ҳаво оқимларин танир бемалол Ихлос билан ариқ лабига тошган сачратқи Илдизларин эркин қўяр тупроққа Тоғдан из олган сувни Уммонгача етказар ихлос Сенга мактуб юборгандим, Бу орада: Ихлос билан йўлга чиққан одам Муроду мақсадига етди Қанотида ихлос ташиган қуш Омон қайтди олис шимолдан Ариқ лабига тошган сачратқи Яшил гиламга айланди Тоғдан из олган сувни Уммонгача элтиб қўйди ихлос Мен эса ҳануз жавоб кутяпман. Башорат Отажонова
Показать все...
3👍 2
03:40
Видео недоступноПоказать в Telegram
🏆 She’rga haykal qo‘yilganini eshitganmisiz? Ijroda Rustam Mirvohid. Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Показать все...
18.47 MB
🆘️🆘️🆘️ "Ochiq mikrafon" loyihasining 5-sonini o'tkazdik. Umuman olganda, loyiha haqida fikrlar ijobiy. Chet eldan O'zbekistonga qaytgan yurtdoshlar ham keladi har gal va rahmat aytishadi "bizdayam shunday davralar bor ekan xursand bo'ldik, davom ettiringlar". Ustozlar ham oldiga chaqirib, tashlab qo'ymaslikni, kengaytirish kerakligini aytyapti.  Do'stlarimiz loyiha rang-barang bo'lib bormasa, yana bir-ikki martadan keyin qiziqish so'nadi deydi. Bu fikrlarning hammasi yaxshi , biz o'zimiz ham shu aytilgan fikrlarni o'ylaymiz, doimiy bir xil loyihaning keragi bo'lmay qolishini yaxshi tushinamiz. Ko'p loyihalar bir xilligi uchun borib-borib jozibasini yo'qotgan. Shundan qochib shu loyiha qildik. Lekin bitta muammo bor. Biz tashkiliy masalada ishlovchilar juda ozchilikmiz. Bor-yo'g'i 3-4 odam. Va ular ham allaqachon tashkilotchilikdan bezib qolishdi. Chunki tashkiliy guruhdagilar ham xuddi ishtirokchilar kabi ijodkor. Ularning ham ijodi, ishi, o'ylovi ko'p. Bu turishda oxir-oqibat ularning ham joniga tegadi. Undan tashqari loyihadan biror moddiy foyda ko'rmaymiz. Tashkiliy ish esa bir soatlik yo ikki soatlik emas. Deyarli hafta davomida miyaning bir cheti shu bilan band bo'ladi: ishtirokchilarni saralab ol, rasmini toptir, musiqa tanlat, poster, e'lon, avvalgi sonlarni yutubga, tarmoqlarga joyla, maqola yoz u haqda, ustoz taklif qil, qo'shiqchi gaplash, zalni hozirlar, ovoz bilan ishla, chiroq bilan ishla, auditoriya yig'ilishi uchun smm bilan shug'ullan... Xullas, loyiha davom etishi uchun bizga yordam kerak. Bu yordam qanday ko'rinishda bo'ladi, farqi yo'q: moddiy yordam berolsangiz, moddiy bering, Vaqtingiz bo'lsa, ko'ngilli bo'lib tashkiliy guruhga qo'shiling, Biror nashriyot bo'lsangiz, loyihani homiyligingizga oling, bizga pul kerak emas, ammo kamera, maqola yozuvchilar, fotograflar va joy, ovoz rejissyori , sahna rejissyorlari uchun kerak - agar mabodo rejissyor bo'lsangiz, bizga yordam bering: boshlayotgan ijodkor bo'lsangiz ham, o'zingizga ham tajriba. Smm chi bo'lsangiz, bizga juda zarur xizmatingiz - ijodkorlardan ko'ra jamoatchilik bilan aloqani siz yaxshi tushinasiz. Joy masalasi ham muammo. Chunki Bookuz ning podvalida havo yetmayapti. Bir soat o'tirgan odamning miyasiga kislorod yetmay, yuragi o'ynab qolyapti. Qo'lingizdan kelsa, joy masalasini hal qilib bering. Ijodkor do'stlardan esa tashkiliy masalaga vaqt ayamay qo'lko'mak bo'lishni so'rayman: chunki saralab olish, ijodkorlarni maromida ro'yxat qilish - umuman bu taraflarini siz yaxshi tushinasiz. Qo'shiqchilar bilan aloqasi borlar, siz har galiga davramizga mos san'qtkorni chaqirib berish orqali yordam bera olasiz. Tvda ishlaydigan, siz shi loyihani tvga olib chiqish orqali ommalashishiga yordam bera olasiz! Xullas, bizga ko'ngillilar kerak! Bizga emas, Toshkent madaniy muhitida bitta loyiha yashab qolib, quloch yoyib, keng davralarga chiqishi uchun!
Показать все...
👍 7
Repost from Ochiq mikrofon
Фото недоступноПоказать в Telegram
Mustaqil ijodkor yoshlar birlashmasi, Oyina.uz portali, Book.uz hamkorligidagi Ochiq mikrofon loyihasining 5-sonini kutib oling! 🔸Nazm Go‘zal Ro‘ziyeva, Dilmurod Do‘st, Madina Norchayeva, Anvar Eshnazarov. 🔹Nasr Bobo Ravshan, Nafosat, Farhod Eshon, Zoir Zokirov. 🔥 Kecha mehmonlari —yozuvchi Nazar Eshonqul va shoira Sohiba Hayot. Keling, tinglang, his qiling! O‘z she’r va hikoyalaringiz bilan ishtirok eting. ⏰ 16-sentabr, 18:00 📌 Book.uz https://t.me/ochiq_mikrofon
Показать все...
Repost from Suhrob Ziyo
"Ochiq mikrofon" haqida ochiq fikrlar "Ochiq mikrofon"da chiqish qilishdan ko‘ra ishtirokchilarni tinglash ko‘proq hayajonli bo‘ldi. Bu minbar bugungi yoshlar ijodi haqida hukm berishga imkon beradi. Masalan, shoirlar uchun o‘zini anglashdan ko‘ra, o‘zini anglatish she'rlarda bo‘rtib ko‘rinadi. Ya'ni, qalbni chuqur tadqiq etish ikkinchi darajaga tushib, uning ayni paytdagi holatini sharhlash she'rlarda asosiy mazmunni tashkil qilayotgandek. Bu holatdan loyihada chiqish qilgan, Rahmat Bobojon, Gulnor va kamina ham chetda emas. Shuning uchun ham "Ochiq mikrofon" bugungi yoshlar orasidagi adabiy muhitni tamsil etayotganiga ishonaman. Faqat Bashorat Otajonovaning yozganlari sharh etishdan tadqiq etish bosqichiga qadam qo‘yayotganini aytish mumkin. Bu haqda avval ham yozgandim. Chiqishimdan so‘ng Firdavs Shokirxo‘ja davriy mavzularga berilib qolganimni, eskirmas mavzularga qo‘l urish zaruratini eslatdi. Men eskirmas esa o‘zimning atrofimdagi ijtimoiy muammolarga o‘ralashibyurganimni bilgan holda ular haqida yozishda davom etaman. Chunki bu muhitni o‘zgartirmasdan yozilayotgan mavzuni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Gulnoz Mo‘minovaning chiqishi davraga baland she'riy ruh bag‘ishlaganini ham aytib o‘tish shart. Nasrga kelsak. Xoliyor Safarov, Firdavs Shokirxo‘ja, Manzura Abdullayeva, Ma'mura To‘rayevalarning o‘qigan hikoyalari bugungi nasr bugunning odami bilan hamnafas ekanini ko‘rsatadi. Bu to‘rt ijodkorning o‘qigan barcha hikoyalarida ijtimoiy ruh ham, kishining ma'naviy to‘lg‘onishlari ham bor. Xoliyor Safarovning "Onamning yolg‘onlari" hikoyasini tinglab, tomog‘imga yig‘i tiqildi. Chunki dunyodagi hamma onalar bir xil "aldaydi". Hali hikoyaning ta'siri tugamay loyiha mehmoni yosh xonanda Yusuf Eltoyevning voqeband qo‘shig‘i odamni ado qildi. Ma'mura To‘rayeva va Xoliyor Safarov hikoyalarida ijtimoiy yuk ko‘proq. Bu asarlar millatning fojiasiga aylangan mehnat migratsiyasi mavzusiga yosh o‘zbek nasrida adabiy rakursda qaralayotganini ko‘rsatadi. Manzura Abdullayevaning hikoyasida ayol qalbining beqaror kechinmalari surat detali asosida ochishga uriniladi. Firdavs Shokirxo‘ja o‘qigan hikoya shakliy izlanish jihatidan ham ahamiyatli. Bir hikoyada nasr, drama, nazm komponentlaridan samalari foydalanilgan. Eng muhimi bu ko‘zlangan g‘oyani ochib berishda qo‘l kelgan. "Ochiq mikrofon"da nosirlarning chiqishlari nasriy asarni ham o‘qib berib yetkazish mumkinligini, tomoshabin uchun bu qiziqarli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatyapti. Xullas, keling, ko'ring, tinglang va o'zingiz baho bering. Balki, men adashayotgandirman?! Suhrob Ziyo @suhrob_ziyo1
Показать все...

👍 4🥰 2
Repost from SHOM.UZ
Фото недоступноПоказать в Telegram
Koʻngil ichida bir gul, Gulning ichida koʻngil… (Na sen borsan, na men yoʻq) Koʻzgu ichida osmon, Osmon ichida koʻzgu… (Na sen borsan, na men yoʻq) Qushning koʻzida bir tush, Tushning ichida bir qush… (Na sen borsan, na men yoʻq) Koʻzimni yumsam sen bor, Koʻzimni ochsam sen yoʻq. Koʻzingni ochsang men bor, Koʻzingni yumsang men yoʻq. Qara, sen-u men jumboq Ibtidodan intiho: Na men yoʻqman, na sen bor! Башорат  ОТАЖОНОВА @shomuz    -  Yo‘limiz   bir!
Показать все...
2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.