cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Ekologiya boʻyicha eng soʻnggi yangiliklar. @ekologuz🇺🇿Последние новости на экологические темы из Узбекистана. @ekologuzru🇷🇺 The latest news on environmental issues from Uzbekistan @ekologuzenglish🇬🇧 Savol va takliflar uchun bot: @eklguz_bot

Больше
Рекламные посты
25 561
Подписчики
-3824 часа
-1397 дней
-1 55430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Kanalimizga murojaat kelib tushdi. Biz murojaatni o‘zgartirmasdan e’lon qilishni ma’qul topdik. "Zangiota tumani Qahramon mahallasining Shofayz 3-tor, Shofayz 4-tor, Shofayz 5-tor, Shofayz 6-tor ko‘chalarining pastki soyga tutashgan hududiga mahalliy fuqarolar tomonidan chiqindi bilan aralashgan tuproqlar yuk avtomobillarida olib kelinib, ag‘darib to‘kib, daraxtlarning poyalariga shikast yetkazilib, ko‘mib tashlanmoqda. Natijada daraxtlarning qurib qolish xavfi hamda soyning tabiiy muhofaza zonasi ifloslanishi yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari ushbu ko‘chalardagi fuqarolar uylaridan kanalizatsiya oqova suvlarini ham soyga chiqarib tashlashyapti. Avvallari bu soyda baliqlar bo‘lgan, hozir esa bu suvning rangiga va hidiga chidab bo‘lmaydi", deydi murojaatchilarimiz. Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi xodimlari ushbu masalani nazoratga olishlarini va soyning suvini tozaligini hamda atrofidagi daraxtlarni asrashlarini iltimos qilib qolamiz. 📍Manzil (Геопозиция) ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling @eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning                              Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Показать все...
👍 2
00:12
Видео недоступноПоказать в Telegram
Dunyo keng, inson qadami yetmagan joylar hali ham oʻz jozibasini, oʻz haybatini, asliyatini saqlab turibdi.. ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling @eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning                              Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Показать все...
1.42 MB
👍 2
Germaniya shaharlarida kabutarlar o'ldiriladi Ijtimoiy tarmoqlarda “Limburg shahri hokimiyati kabutarlarni tutish va yo‘q qilishga qaror qilgani haqida xabar tarqalmoqda. Hammasiga uylar, ko'chalar va yodgorliklarni qushlar ifloslantirib tashlayotgani sabab bo‘lmoqda». Nemislar hayvonlar va qushlarning huquqlarini birinchilardan bo'lib himoya qilganini hamma biladi. Batafsil: https://www.factchecker.uz/post/germaniya-shaharlarida-kabutarlar-o-ldiriladi ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling @eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning                              Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Показать все...
#Tezkor Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi, kovagi bor daraxtning yorig‘iga chekilgan sigaret qoldig‘i tashlashgan. Daraxt ichidan yonmoqda, uni suv bilan ham o‘chirish imkoni bo‘lmadi. Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi Yunusobod tumani eko inspektorlaridan ushbu daraxtni saqlab qolishda amaliy yordam berishlarini so‘raymiz. 📍Manzil(Геопозиция) ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling @eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning                              Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Показать все...
10.19 MB
🤬 5
00:38
Видео недоступноПоказать в Telegram
Surxondaryoda mahalliy aholi O‘zbekistonda faqatgina Bobatog‘da istiqomat qiluvchi 10 nafar atrofida qolgan sirtlonni urib o‘ldirdi. Ular bu noyob jonivor Xalaro va O‘zbekiston Qizil Kitobiga kirganini bilishmasa ham kerak. Qolgan sirtlonlarni yana terisi uchun o‘ldirish davom etadi va tez orada bu jonivorlar ham Turon yo‘lbarsi singari Qora kitobdan joy oladi. Yo‘qolib borayotgan sirtlonlarni tirigida asrash, ko‘paytirish kerakdir? 2023 yilda ham kanalimizda sirtlonning cho‘ponlar tomonidan o‘ldirilganida Uzun tuman prokuraturasi ishni bosdi bosdi qilib, aybdorlar jazosiz qolgan edi. Bu safar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish vazirligi qat'iy turib, noyob turni yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘layotgan vahshiylarni jazoga tortishiga yordam berar degan umiddamiz. Jinoyatq achon bo‘lganidan qat'iy nazar jinoyatchi jazosiz qolmasligi lozim. Qachonki mazkur jinoyatchilar qattiq jazolansagina yo‘qolib turlarni qirilib ketishning oldini olish mumkin! Xitoyda yo‘qolib ketayotgan pandalar, ularni o‘ldirganlik uchun o‘lim jazosi kiritilganligi sababli tur saqlab qolindi va maxsus pitomniklarda ko‘paytirilmoqda. Butanda qora bo‘yinli turnani o‘ldirganlik uchun 30 yillik qamoq jazosi belgilangan va shu orqaligina mazkur qushlar saqlab qolindi. Yo‘qolib borayotgan, daraxtlarda yashayotgan kenguru- Vallabini saqlab qolish uchun Avstraliya hukumati 36,5 ming dollar miqdorda jarima yoxud 2 yillik qamoq jazosini qo‘llaydi Nahotki biz bunga qodir emasmiz? Jimgina sirtlonlarning O‘zbekiston hududida qirib tashlanishiga qarab tursak?! ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling @eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Показать все...
video_2024-07-11_07-30-21.mp411.76 MB
😱 9😡 5🤯 3😢 2
00:17
Видео недоступноПоказать в Telegram
Toshkent shahrimiz havoning ifloslanishi bo‘yicha birinchi o‘rinlarni qo‘ldan bermay kelayotgani hech kimni ajablantirmay qo‘ydi. Havoning ifloslanishiga avtomillaru, faqatgina zavod va fabrikalargina emas, qahvaxona, restoranlar ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Toshkent shahri Uchtepa 25-mavzu Chavandoz restoranida ovqat tayyorlanish jarayonida burqsiqib chiqayotgan tutun videoda ko‘rinib turibdi. Ovqatlanish shahobchalari egalari ham murilarga fil'tr o‘rnatishsa havo ozgina tozalanarmidi? ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling @eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Показать все...
video.mp43.24 MB
7
00:42
Видео недоступноПоказать в Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda kalamushlarning Toshkentdagi Chilonzor metro bekati yonida yugurib yurgani aks etgan video tarialgan edi. Kemiruvchilarni yshiotish uchun shhahar SES xodimlari zaharlangan xo‘rak tashlab chiqishdi. Ammo tanganing boshqa tomoni ham bor. Zaharni qushlar, mushuklar, itlar, hatto kichik bolalar ham og‘ziga olishi mumkin. ⚠️ Chilonzor metro bekati yaqinida itlar bilan sayr qilayotgan aholiga zaharlanish holatlarining oldini olish uchun ayniqsa ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi. Kemiruvchilardan qutilish uchun shahardagi boshpanasiz mushuklarni o‘ldirmay, balki ularning yashashiga sharoit yaratib berib, boqish kerak. Istanbulni eslang, shahar mushuklar yordamida kemiruvchilardan qutulgan! ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling @eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
Показать все...
4845E388D2B1974549E51AD4EF02B48A_video_dashinit.mp414.96 MB
👍 5 4
00:16
Видео недоступноПоказать в Telegram
Hayvonlar, bolalar kabi, o'yinchoqlarni yaxshi ko'rishadi ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling @eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
Показать все...
IMG_9014.MP45.76 MB
🥰 6🔥 2🤗 2
#Rasmiy_munosabat Kanalimizda "Mirzo Ulugʻbek tumani, Yalangʻoch massivida 2-3-iyul kunlari amalga oshirilgan "tozalash" natijasida bir necha daraxtlar, shu jumladan qimmatbaho daraxt navlari moratoriyga qaramay noqonuniy kesib tashlandi. Yetmaganiga “Yashil makon” dasturi doirasida mahalla ahli tomonidan ekilgan daraxtlar sindirib tashlandi va ularga jiddiy shikast yetkazildi" mazmunida xabar e'lon qilingan edi. Ushbu holat bo’yicha Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining Mirzo Ulug’bek tumani inspektorlari tomonidan tegishli tartibda o’rganish ishlari olib borildi. Unga ko’ra Shaxriobod MFY hududidagi qurigan archalarni kesgan fuqaroga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtK ning 79-modda 1-qismi bilan jarima jazosi qo’llanildi. Bu haqida bizga Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling Biz bilan @eklguz_bot orqali bog'laning Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Показать все...
👍 3 1🤡 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Rasmiy_munosabat Kanalimizda “Yunusobod tumani, 4-mavze, Billur MFY dagi 1,5 gektarlik daraxtlari bor maydon o’rab olindi. Biz yashil maydonimizdan ayrilamizmi?” mazmunida xabarni e'lon qilgan edik. Ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining Yunusobod tumani inspektorlari tomonidan o’rganilib, belgilangan tartibda mas’ul shaxslarga majburiy ko’rsatma berilib, kafolat xati olindi. Daraxtlar xatlovga olinganini ma’lum qilamiz. Bu haqida bizga Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling Biz bilan @eklguz_bot orqali bog'laning Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Показать все...
🤡 4👍 2 2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.