cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi e'lon va yangiliklar kanali. 🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz facebook.com/navoiy.mmtb.3 Ishonch telefoni: 792201281 Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Больше
Рекламные посты
4 143
Подписчики
Нет данных24 часа
-227 дней
-5630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#Jarayon Xatirchi tumanidagi pedagoglar ishtirokida “Yangi rejalar amalda” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi. Tadbirni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi shu’ba mudiri D.Imomova ochib berdi. Seminarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 2024-2025-o‘quv yili tayanch o‘quv rejasiga kiritilgan o‘zgartirishlar, yuqori sinf o‘quvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga ko‘ra fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish hamda zamonaviy kasblarni o‘rgatish hamda tanlov hamda biznes va kasb-hunar yo‘nalishlari fanlarining o‘qitilish jarayoni muhokama etildi. Mavzular yuzasidan taqdimotlar qilindi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Показать все...
👍 8
#Attestatsiya #Bayonot_16 ✅ VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
NODAVLAT MTTLAR SONI KO‘PAYMOQDA Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim yo‘nalishini yanada rivojlantirish maqsadida tadbirkorlarga bir qator sharoit va imkoniyatlar yaratilishi natijasida hududlarda kun sayin oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot (ONMTT)lari soni ortib bormoqda. Shunday ONMTTlardan navbatdagisi — "Aqlvoy" Qiziltepa tumani A. Navoiy mahallasi hududida tadbirkor D. Tolipova tomonidan ochildi. 25 o‘rinli ushbu ta’lim tashkilotida bolajonlarga rus tili va mental arifmetika chuqurlashtirib o‘qitilishi rejalashtirilgan. ONMTTning ochilish marosimida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri U. Kamolov, mahalla faollari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Показать все...
👍 6🔥 1👏 1
#Kun_hikmati Ovozingni emas, gapingning darajasini (saviyasini) ko‘tar. Chunki gulni momaqaldiroq emas yomg‘ir undiradi. ✍Jaloliddin Rumiy Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Показать все...
👍 6
#Viloyat_seminari Bugun Nurota tumanidagi 13-davlat maktabgacha va maktab ta'lim tashkilotida "Takomillashtirilgan ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida "Men va mening uyim" mavzusida hamda 9-may - Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab viloyat seminari o'tkazildi. Unda "Maktabgacha ta'lim tashkiloti guruhlarida yangi innovatsion o'yinlar orqali faoliyat jarayonlarini tashkillashtirish" mavzusida markazlardagi faoliyatlar ko‘rsatib berildi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar tomonidan "Men va mening uyim" mavzusida rasmlar chizildi, kichik matnlar tuzildi. Tadbir yakunida bolalarjonlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqslar barchaga manzur bo‘ldi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Показать все...
👍 4🔥 1👏 1
#Jasorat_millat_gʻururi_va_iftixori Mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash an'anaga aylangan. Karmana tumanidagi 27-umumta'lim maktabi CHQBT rahbari Sh.Rashidov boshchiligida o'quvchilar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Pirnazar bobo Turdiyev xonadoniga tashrif buyurib, u kishi bilan suhbatlashishdi. Bayram munosabati bilan otaxon xonadoniga keladiganlar juda ko‘p bo‘ladi. Inson qadriga qaratilgan e’tibor namunasi ulashilgan sovg‘alar, taqdim etilgan guldastalar, yuzu ko‘zlardagi iftixor va minnatdorlik hissida ham namoyon. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Показать все...
👍 7🔥 1🤩 1
RASMIY MUNOSABAT Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Navoiydagi maktabda korrupsiya: Darsga kelmasdan o‘qib, 5 olish qaysi qonunda bor?” sarlavhali ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Ushbu xabarni o‘rganish davomida ma’lumotda keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmaganligini ma’lum qilamiz. Xususan, maktabda dars mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan o‘quvchilarning darsga kelmaslik sabablari o‘rganilganda, darsga ishtirok etmaslik sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud ekanligi, maktabning kundalik.com platformasida muntazam ravishda dars qoldirayotgan yoki darsga kelmayotgan o‘quvchilar yo‘qligi hamda fan o‘qituvchilari tomonidan barcha o‘quvchilarga baholar o‘z vaqtida qo‘yib borilayotganligi aniqlandi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Показать все...
NAVOIYLIK YOSHLAR MILLIONLAR O'YINI FUTBOLDA 🔹 Viloyatimiz yoshlari "YOSHLIK SPORT JAMOALARI" bo'yicha sportning futbol turidan viloyat birinchiligiga tuman va shaharlardan kelgan raqib jamoalari ustidan g'alaba qozonish uchun zo'r ishtiyoq bilan bahs o'yinlariga kirishdi. ⚽️ Har bir kechgan o'yinlar o'zining qizg'in bahslari bilan bir-biridan farqlandi. Ushbu musobaqaning 5-7-sinflar bahsida: 🥇-o'rinni Navoiy shahar 8-maktab  jamoasi; 🥈-o‘rinni Xatirchi tuman 13-maktab jamoasi; 🥉-o‘rinni G'ozg'on shahar 3-maktab jamoasi egalladi. 8-10-sinflar o'rtasidagi bahslarda: 🥇-o'rinni G'ozg'on shahar 3-maktab jamoasi; 🥈-o‘rinni Konimex tuman 10-maktab jamoasi; 🥉-o‘rinni Navoiy shahar 2-maktab jamoasi egalladi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Показать все...
👍 2🔥 1🤩 1
🧠 Fizika fani bilimdonlarini musobaqaga chorlaymiz! 📌 Bolalar ombudsmani, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyat hokimliklari, Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta’lim markazi bilan hamkorlikda yirik loyihaga start berdi. Joriy yilning 22-may kuni Respublika bo‘yicha 8-9-10-11-sinflar o‘rtasida "Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun fizika fanidan o‘zbek va rus tillarida onlayn musobaqa o‘tkaziladi. Aziz bilimdonlar❕ Fizika bo‘yicha xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlikning ilk debochasi bo‘lgan musobaqani o‘tkazib yubormang. Qobiliyat va imkoniyatlaringizni bilimlar maydonida kengaytirish sari qadam tashlang. 🏆 Gʻoliblar munosib rag‘batlantiriladi va sertifikat bilan taqdirlanadi. 👇🏻 Musobaqada ishtirok etish uchun quyidagi botlardan birida ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi: @tasimo3_bot @tasimo2_bot @tasimo1_bot @tasimo_bot ➡️Ro‘yxatdan o‘tish uchun yo‘riqnoma: https://youtu.be/bu9TpKsI0NE 📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998555084400, @nordikedu Telegram|Facebook|Instagram|X
Показать все...
👍 1
#Attestatsiya_2024 #quvonchli_natijalar Viloyatimizda o‘tayotgan attestatsiya jarayonlari qizg‘in davom  etmoqda. ✅Geografiya fani yo‘nalishi bo‘yicha malaka test sinovlarida ishtirok etgan pedagoglar orasidan yuqori natijalarni qayd etayotgan o‘qituvchilarimiz safi ortib bormoqda. ✅Jumladan, Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi o'qituvchisi Shohida Bafoyeva 96 ball bilan oliy, Qiziltepa tumani 41-maktab o'qituvchisi Madina Kenjayeva 94 ball bilan oliy, 26-maktab o'qituvchisi Mohigul Zaripova 90 ball bilan oliy, 10-maktab o'qituvchisi Dilrabo Hamroyeva 90 ball bilan oliy, Xatirchi tumani 33-maktab o'qituvchisi Farog'at Tangatarova 92 ball bilan oliy, Navoiy shahar 22-maktab o'qituvchisi Yulduz Yo'ldosheva 92 ball bilan oliy malaka toifasini qo'lga kiritidi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Показать все...
👍 14🔥 3🤩 1