ru
Feedback
Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi

Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi

Открыть в Telegram

Samarqand tumani MTT va maktablar faoliyati haqida tezkor xabarlarni https://t.me/samtxtb kanalida o‘qib boring. Instagram: https://instagram.com/samtxtb Facebook: https://Facebook.com/samtxtb Murojaatlar uchun: @Samtummurojaatbot

Больше
1 952
Подписчики
-124 часа
-107 дней
+43430 дней
Архив постов
+1
#Jadidlar_Izidan #MaktabMaslahatchilari #SamarqandTuman Samarqand tuman 45-umumiy o‘rta taʼlim maktab maslahatchisi Mustafoqulov O‘tkurbek. © Samarqand tuman "Kelajak" markazi Axborot xizmati.   🌐Telegram  🌐Facebook

#Asosiy_olimpiada #Maktab_bosqichi ASOSIY OLIMPIADANING MAKTAB BOSQICHI YAKUNLANMOQDA! 📢Asosiy olimpiadaning maktab bosqichi
#Asosiy_olimpiada #Maktab_bosqichi ASOSIY OLIMPIADANING MAKTAB BOSQICHI YAKUNLANMOQDA! 📢Asosiy olimpiadaning maktab bosqichi Respublikamizdagi barcha davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari va akademik litsey hamda kasbiy ta'lim tashkilotlarining 1-2-bosqich oʻquvchilari o‘rtasida YAKUNLANISH ARAFASIDA! Agar maktab bosqichida: ➡️ olimpiada belgilangan tartibda o‘tkazilmasa; ➡️ adolatsizlik yoki xolislikka zid holatlar kuzatilsa; ➡️ nazorat materiallarining maxfiyligi buzilsa; ➡️ boshqa tartib-qoidabuzarliklar aniqlansa, ushbu holatlar bo‘yicha @Murojaat_FOM_bot Telegram boti orqali murojaat qilishingiz mumkin. RO‘YXATDAN O‘TISH ⬅️ Ariza yuborish (ta'lim muassasi direktori) yo‘riqnomasi ➖ Platformada ishtirokchi ro'yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi Olimpiadada faol ishtirok eting! Bizni kuzatib boring: ✅Veb-sayt ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook 🔹 YouTube 🔹 Linkedin

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 📢 Kasbiy qayta tayyorlash kurslariga taklif etamiz! Samarqand davlat pedagogika institutida oliy ta’lim muass
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 📢 Kasbiy qayta tayyorlash kurslariga taklif etamiz!
Samarqand davlat pedagogika institutida oliy ta’lim muassasalarining pedagogika va gumanitar ta’lim sohalariga oid ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan mutaxassislar uchun to‘lov-kontrakt asosida kasbiy qayta tayyorlash kurslari tashkil etildi.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul amalga oshiriladi:
➡️ Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash; ➡️ Ta’lim muassasasi logopedi huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash; ➡️ Umumta’lim maktablari psixologi huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash; ➡️ Boshlang‘ich sinflarda o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash. 📞 Murojaat uchun: +998 95 826 82 17 +998 91 546 78 34 📍 Samarqand shahri, Spitamen Shoh ko‘chasi, 166-uy
Bizni kuzating
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash uchun alohida moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlar yaratiladi. Andijonda ishlash istagi bo‘
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash uchun alohida moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlar yaratiladi. Andijonda ishlash istagi bo‘lgan 3 ming ayol bola parvarishi bilan band. Farzandlarini bog‘chaga joylashtirish ularning mehnat bozoriga qaytishiga sharoit yaratishi ta’kidlandi. Viloyatda maktabgacha ta’lim qamrovi 86 foizga yetgan. Tadbirkorlar yana 134 ta oilaviy bog‘cha ochishga tayyorligini bildirgan. Mas’ullarga o‘n kun ichida ushbu bog‘chalar bo‘yicha tegishli bitimlarni rasmiylashtirish masalasini hal qilish topshirildi. Umuman, Andijonda ayollarni ish bilan ta’minlash uchun alohida jamg‘arma tashkil etilib, unga 20 million dollar ajratiladi. Facebook|Instagram|X

Repost from Saida Mirziyoyeva
BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda
+5
BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida so‘zladim. Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz. Nutqimda Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdim. Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor. — Выступила на 81-й Генеральной Ассамблее ООН. С трибуны этой организации я говорила о позиции Узбекистана в мире, где становится всё больше конфликтов и всё меньше доверия. Наш выбор ясен — открытость, добрососедство и диалог. Мы выступаем за мир, сотрудничество и уважение человеческого достоинства. Говорила о переменах в Центральной Азии, реформах в Узбекистане, экологии и трагедии Арала, развитии искусственного интеллекта, верховенстве закона и правах человека. Сегодня ни одна страна не может справиться с глобальными проблемами в одиночку. Узбекистан готов вносить свой вклад в мир, основанный на доверии и взаимном уважении.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Ipak yoʻli” sanoat zonasi hududida tashkil etilgan texnikum faoliyati bilan
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Ipak yoʻli” sanoat zonasi hududida tashkil etilgan texnikum faoliyati bilan tanishdi. Mamlakatimizda yangi sanoat korxonalarini ishga tushirish bilan bir qatorda ular uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bunda taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlash muhim oʻrin tutadi. “Andijon-Huanya” xalqaro texnikumi ana shu maqsadda tashkil etilgan. Texnikum “Ipak yoʻli” hududidagi toʻqimachilik, mashinasozlik, elektrotexnika va boshqa yuqori texnologiyali korxonalar uchun talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi. Loyihaning umumiy qiymati 15 million dollarni tashkil etib, toʻliq xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi. Natijada 150 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Toʻrt gektar maydonda 5 ming nafar oʻquvchiga moʻljallangan zamonaviy oʻquv binosi qurib bitkazildi. Keyingi bosqichda yotoqxona, laboratoriya binosi, sport maydonchasi, oshxona va yashil hudud barpo qilinadi. Muassasada dual taʼlim tizimi joriy etilgan. Oʻquvchilar nazariy bilimlarni texnikumda egallab, amaliyotni sanoat zonasidagi yirik korxonalarda oʻtaydi. Shu tariqa ular oʻqish davridayoq ishlab chiqarish jarayoni, zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan yaqindan tanishadi. Texnikum joriy yil iyun oyida ishga tushirildi. Hozirda bu yerda 210 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. 2030-yilga qadar yillik qabulni 1 ming 800 nafarga, oʻquvchilarning umumiy sonini esa 4 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarining soni 20 tagacha koʻpaytiriladi. Prezidentimiz texnikumda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, yoshlar va investor bilan suhbatlashdi.
Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

#qonunchilik_hujjatlari 📣 Umumtaʼlim maktablarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy qilinadi ✅ Oʻzbekiston Respublik
#qonunchilik_hujjatlari 📣 Umumtaʼlim maktablarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy qilinadi ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi “Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi tegishli qaroriga muvofiq: 👉 2027-yil 1-yanvardan boshlab — umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy qilinadi. Bunda dastur doirasida: ➖ 1–4-sinf oʻquvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarida tennisga qiziqishni shakllantirish boʻyicha boshlangʻich mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyiladi; ➖ oʻquvchilarning tennisga qiziqishi hamda sport infratuzilmasi mavjudligiga qarab tennis rivojlantiriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tanlab olinadi; ➖ tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tennis boʻyicha sport seksiyalari tashkil etiladi hamda ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanib, sport inventarlari, shu jumladan, “tennis wall” moslamalari bilan Oʻzbekiston tennis federatsiyasi mablagʻlari hisobidan jihozlanadi; ➖ mashgʻulotlar tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trenerlar tomonidan olib boriladi. 👉 Shuningdek, qaror bilan: 🔹 Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblari hamda sovrindorlari: 🥇oltin medal uchun — 25 000 AQSH dollari; 🥈kumush medal uchun — 12 500 AQSH dollari; 🥉bronza medal uchun — 6 250 AQSH dollari miqdorda bir martalik; 🔹 Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar: 🥇oltin medal uchun — 10 000 AQSH dollari; 🥈kumush medal uchun — 5 000 AQSH dollari; 🥉bronza medal uchun — 2 500 AQSH dollari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi. Bizni kuzating ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

🌐 Google bilan hamkorlik yangi bosqichda: O‘zbekistonda AI, raqamli xizmatlar va yangi avlod kadrlari ekotizimi yaratiladi O
+3
🌐 Google bilan hamkorlik yangi bosqichda: O‘zbekistonda AI, raqamli xizmatlar va yangi avlod kadrlari ekotizimi yaratiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Google kompaniyasi vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Google o‘rtasidagi texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.
💝 Biz so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirdik. Buning natijasida O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yo‘l ochilmoqda,- deydi Administratsiya rahbari.
❗️ Bugun bu hamkorlik oddiy raqamli xizmatlar doirasidan ancha kengayib, O‘zbekistonning IT salohiyatini oshirish va Markaziy Osiyoda texnologik markaz sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan strategik yo‘nalishga aylanmoqda. ➡️ Bu hamkorlikning eng muhim natijalari quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: 💳 Google Pay O‘zbekistonda ishga tushadi 🔷Visa va Mastercard kartalari uchun Google Pay xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. 🤖 O‘zbek tili Google Gemini’ga integratsiya qilinadi 🔷 Google Cloud Gemini platformasida o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlash mahalliy tildagi AI yechimlarini yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. BigQuery va Dataplex kabi texnologiyalar esa iqtisodiyot tarmoqlarida katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha pilot loyihalarda qo‘llaniladi. 🛡 Kiberxavfsizlik va raqamli kadrlar 🔷 Google texnologiyalari asosida milliy kiberxavfsizlik yo‘nalishida mutaxassislar salohiyatini oshirish, yangi o‘quv dasturlari va xalqaro sertifikatlash imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. 🎓 O‘zbekiston kadrlari Google ekotizimiga kirib bormoqda 🔷 Coursera orqali Google’ning «Inson + AI» kurslarida 737 mingdan ziyod foydalanuvchi ta’lim olgan va sertifikatlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, har yili 25 nafar talabani Google ofislarida stajirovkaga yuborish rejalashtirilgan. Eng muhimi, hamkorlik startaplarni qo‘llab-quvvatlash, xakatonlar o‘tkazish, ta’lim va AI bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash orqali mahalliy IT ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan. 🧊 Google bilan hamkorlikning yangi bosqichi O‘zbekistonda texnologiyani shunchaki iste’mol qilishdan uni yaratish, moslashtirish va eksport qilishga o‘tish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Kompaniya bilan juda ko‘p yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyati bor. Oldimizda esa katta va muhim vazifalar turibdi,- deb ta'kidladi S.Mirziyoyeva.

Repost from Saida Mirziyoyeva
BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoq
+8
BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda. Ular qatorida, jumladan, O‘zbekiston ham bor. Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi. — Штаб-квартира ООН в рамках 81-й сессии Генеральной Aссамблеи принимает делегации почти 130 стран, включая Узбекистан. Делегация нашей страны в ходе общих прений заслушала доклады ряда глав государств.

Repost from Rasmiy axborot
⚡️ Ayni vaqtda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida M
⚡️ Ayni vaqtda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zlamoqda.
▶️  Jonli efir: https://webtv.un.org/en
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Saida Mirziyoyeva
BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoq
+8
BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda. Ular qatorida, jumladan, O‘zbekiston ham bor. Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi. — Штаб-квартира ООН в рамках 81-й сессии Генеральной Aссамблеи принимает делегации почти 130 стран, включая Узбекистан. Делегация нашей страны в ходе общих прений заслушала доклады ряда глав государств.

🔖"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2026-yil 23-sentabr № 197 (1796),sonida "ENG KUCHLI USTOZLAR ENG YAXSHISIGA MUNOSIB" sarlavhali maqola chop etildi. Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ijtimoiy tarmoq sahifalariga ulaning! ⬇️⬇️⬇️       📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube📱Veb-sayt📱instagram

🔥🔥🔥🔥🔥🔥 🌟BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ! — SAMARQAND TUMANIDA “MA’RIFAT KARVONI” 🔺Samarqand tumani maktabgacha va ma
+8
🔥🔥🔥🔥🔥🔥
🌟BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ! — SAMARQAND TUMANIDA “MA’RIFAT KARVONI”
🔺Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limida bo'lim tasarrufida faoliyat yuritayotgam ma'naviy-ma'naviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirokida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari o‘tkazildi. ➡️Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tantanasidagi nutqida ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati keng yoritildi. 🔺Shuningdek, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning natijalari, shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
📎Tadbirdan asosiy maqsad ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotlari orqali yangi davrning yangi odamini, Yangi O‘zbekistonning yangi dunyoqarashga ega fuqarolari ongini shakllantirishdir
🖌Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi axborot xizmati @samtxtb

#Digital_Rights_Week 🌟Jamiyat va inson huquqlari: raqamli davrda yangicha yondashuv ✅Ta’lim maskanlarida o‘quvchi-yoshlarnin
+3
#Digital_Rights_Week 🌟Jamiyat va inson huquqlari: raqamli davrda yangicha yondashuv ✅Ta’lim maskanlarida o‘quvchi-yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish, ularning hayoti va salomatligini asrash hamda xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan amaliy tadbirlar izchil davom etmoqda. ✅O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-martdagi 91-son qarori hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining topshirig‘i ijrosi doirasida Samarqand tuman 22-umum ta’lim maktabi “Bola huquqlari portali” va “Digital Rights Week” doirasida amaliy dars mashg‘ulot o‘tkazildi. ✅"Digital Rights Week" haftaligi hamda huquqiy savodxonlik darslari tashkil etilmoqda. Xususan, navbatdagi interaktiv dars jarayonida o‘quvchilar bilan birgalikda: ✅"Jamiyat" va unda fuqarolik institutlarining tutgan o‘rni (jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar va ularning faoliyati); Inson huquqlari va ularning zamonaviy jamiyatdagi kafolatlari; Raqamli makonda shaxsiy huquqlar, kiberxavfsizlik hamda axborotdan to‘g‘ri foydalanish madaniyati; ✅"Mening huquqim buzilganda" mavzusidagi real keyslar va muammoli vaziyatlar tahlili atroflicha muhokama qilindi. Bunday mazmunli darslar yoshlarning nafaqat nazariy bilimlarini, balki ularning ijtimoiy-huquqiy hayotda o‘z burch va huquqlarini chuqur anglaydigan yetuk shaxs bo‘lib shakllanishlariga xizmat qiladi. 🖌Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi axborot xizmati @samtxtb

#DIQQAT_TANLOV 📣 “Gender tenglik faoli” milliy tanloviga start berildi! Jamiyatda gender tenglik tamoyillarini mustahkamlash
#DIQQAT_TANLOV 📣 “Gender tenglik faoli” milliy tanloviga start berildi! Jamiyatda gender tenglik tamoyillarini mustahkamlash, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash borasida faol tashabbus ko‘rsatayotgan tashkilot va muassasalarni aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi e’lon qilindi.
🏆 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: 🔶 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy tashkilot” 🔷 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol respublika tashkiloti” 🔶 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hokimlik” 🔷 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol nodavlat notijorat tashkiloti” 🔶 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tadbirkorlik subyekti” 🔷 “Gender tenglikni targ‘ib qilishda eng faol telekanal va radiokanal” 🔶 “Gender tenglikni targ‘ib qilishda eng faol bosma nashr” 🔷 “Gender tenglikni targ‘ib qilishda eng faol internet nashri”
📌 Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi: 1️⃣ Tuman/shahar bosqichi 2️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichi 3️⃣ Respublika bosqichi — hududiy bosqich g‘oliblari hamda respublika tashkilotlari o‘rtasida. 📁 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar tegishli hujjatlarni tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga taqdim etishlari mumkin. ✨ Gender tenglikni ta’minlash va targ‘ib qilish yo‘lida faoliyat yuritayotgan barcha tashkilot, korxona, muassasa va jamoalarni ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/SamOXQB_yangiliklari

#Samarqand #Maktabgacha_taʼlim ✅MTT guruh xonalarida 5 ta rivojlanish markazini tashkil etish bo’yicha namunaviy video yo’riqnoma ishlab chiqildi 🔹Unda quyidagi markazlarni tashkil etish, jihozlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi: ➡️Qurish, konstruksiyalash va matematika; ➡️Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish; ➡️Til va nutq; ➡️Fan va tabiat; ➡️San’at.
❗️Muhim! Video yo‘riqnoma tavsiyaviy xususiyatga ega. MTT pedagoglari “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi, bolalarning ehtiyojlari, guruh xonasi imkoniyatlari va mavjud resurslardan kelib chiqib, rivojlanish markazlarini ijodiy tashkil etishlari mumkin.
🗣Asosiy maqsad — har bir bola mustaqil tanlov qilishi, izlanishi, o‘ynashi va ijod qilishi uchun qulay rivojlantiruvchi muhit yaratish. ➡️Video yo‘riqnoma Samarqand shahridagi 67-sonli davlat MTTda tasvirga olindi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

✍️✍️✍️✍️✍️ MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI 🌟Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limida ta’lim tizimidagi dolz
+6
✍️✍️✍️✍️✍️ MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
🌟Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limida ta’lim tizimidagi dolzarb vazifalar muhokama qilinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar belgilandi.
✅Bo'lim boshlig‘i Sh.Abulxayrov rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdilar.
✅Yig‘ilishda dastavval tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy-ma’naviy hamda psixologik muhitni yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, bolalarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish, ta’lim tashkilotlaridagi brokeraj komissiyalari faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. ✅Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarning taklif va tashabbuslari tinglanib, muhokama qilingan masalalar yuzasidan aniq vazifalar, tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar belgilab berildi.
🖌Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi axborot xizmati @samtxtb

#Диққат_эълон ✅ O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028-o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi. ❗️Joriy yilning 5-sentabridan 5-oktabriga qadar nomzodlar www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

❓Sizda menejerlik sertifikati bormi? Unda o‘z salohiyatingizni yangi bosqichda namoyon etish vaqti keldi! Agar Siz maktab bos
❓Sizda menejerlik sertifikati bormi? Unda o‘z salohiyatingizni yangi bosqichda namoyon etish vaqti keldi! Agar Siz maktab boshqaruviga yangicha nigoh bilan qaraydigan, jamoani ortidan ergashtira oladigan, tashabbusni o‘z qo‘liga olishdan cho‘chimaydigan va ta’lim sifatini yuksaltirishga chin dildan hissa qo‘shishni istaydigan bo‘lsangiz- bu imkoniyat aynan Siz uchun! Bu shunchaki lavozim emas - bu maktab kelajagiga ta’sir ko‘rsatish, o‘qituvchilar jamoasini bir maqsad sari birlashtirish, o‘quvchilar uchun munosib ta’lim muhitini yaratish va o‘z rahbarlik salohiyatingizni amalda namoyon etish imkoniyatidir. Aniq qarash va maktab taraqqiyoti uchun yangi g‘oyalar bo‘lsa, o‘zgarishlarni boshlash uchun ayni vaqt! Kelajakdagi muvaffaqiyatli maktablar kuchli rahbarlardan boshlanadi. 📍 Manzil: manager.uzedu.uz portali orqali (onlayn shaklda) ⏰ Ariza topshirish muddati 21-sentabrdan 25-sentabrgacha 🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati             📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube📱Veb-sayt📱instagram