SURXONDARYO TELERADIOKANALI
Открыть в Telegram
Surxondaryo viloyati teleradiokanali DM rasmiy telegram kanali. Tel: +99876 223 54 59
Больше5 998
Подписчики
-924 часа
+77 дней
-1730 день
Архив постов
#QONUNCHILIKDAGI_YANGILIKLAR
❗️ Mansabdor shaxslarning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zarar qoplananishi belgilandi.
2026-yil 27-iyulda qabul qilingan O‘RQ–1161-son Qonunga ko‘ra, davlat organi yoki uning mansabdor shaxsining noqonuniy qarori, harakati yoki harakatsizligi oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda qoplanadi.
✅ Zarar miqdori sud qarori bilan belgilanadi hamda ijro varaqasi asosida hududiy kompensatsiya jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi.
⚖️ Agar sud aybdor shaxsni aniqlasa, yetkazilgan moddiy va (yoki) ma’naviy zarar aynan o‘sha shaxs tomonidan qoplanadi.
📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.
QIMOR VA TAVAKKALCHILIKKA ASOSLANGAN O‘YINLAR BILAN BOG‘LIQ JINOYAT FOSH ETILDI
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
VALYUTA QONUNCHILIGIDAGI YANGILIKLAR MUHOKAMA QILINDI
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
SIFATLI TA'LIM – YUKSAK NATIJALAR OMILI
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
OLIS VA TOG‘LI HUDUDDA MALINA YETISHTIRISH YO‘LGA QO‘YILADI
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
OBOD MAHALLA – FAROVON HAYOT MEZONI
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
TABIIY OFATLARNI JILOVLASH BO‘YICHA AMALIY SINOVLAR O‘TKAZILDI
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHINING 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
MAXSUS REPORTAJ.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Oqtosh” pansionati sog‘lomlashtirish maskani.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
FAROVONLIK SARI.
16 megavatt quvvatga ega Zarchob-3 kichik GES ishga tushirilishi natijasida yiliga o‘rtacha 70 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi. Bu ko‘rsatkich 23 ming 200 ta xonadon yoki 100 ming nafar aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
MAXSUS REPORTAJ.
Surxondaryoda issiqxonachilik tarmog‘i rivojlanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
Germaniya 2038 yoki 2042-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi
Germaniya futbol ittifoqi 2038 yoki 2042-yilgi Jahon chempionatini o‘tkazish uchun nomzodini ilgari surishni rejalashtirmoqda. DFB boshqaruvi a’zosi Aksel Xellmannning aytishicha, mamlakatda mundialni qabul qilish uchun zarur infratuzilma allaqachon mavjud.“Biz ushbu turnirni mamnuniyat bilan qabul qilardik. DFB ham, uning prezidenti Bernd Noyendorf ham 2042-yil, ehtimol 2038-yil uchun ham ariza topshirishni istaydi. Barchasi FIFA reglamentiga bog‘liq.Germaniyada stadionlar, transport va mehmonxona infratuzilmasi mavjud. Har bir bahs to‘liq stadionlarda o‘tadi. Bu muvaffaqiyatli turnir bo‘ladi. Mamlakatimizda buning uchun zarur barcha sharoit bor”, — dedi Xellmann.Ma’lumot uchun, 2030-yilgi Jahon chempionati Ispaniya, Portugaliya va Marokashda, shuningdek Urugvay, Argentina va Paragvayda ayrim bahslar bilanIjtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating: ✅ TELEGRAM ✅ Facebook ✅ Instagram ✅ YouTube ✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
#QONUNCHILIKDAGI_YANGILIKLAR
🏛 Madaniy meros obyektlari muhofazasi kuchaytiriladi
2026-yil 23-iyulda qabul qilingan O‘RQ-1160-son Qonunga muvofiq, Madaniy meros agentligining vakolatlari kengaytirildi.
Endilikda Agentlik:
🔹 madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
🔹 ularni asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
🔹 madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish va muhofaza qilishni ta’minlaydi;
🔹 tarixiy-madaniy ekspertizani tashkil etadi va o‘tkazadi.
📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
«Nasaf”ga viloyat budjetidan qo‘shimcha 10 mlrd so‘m ajratiladi
Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetining 2026-yil I chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida Qarshining «Nasaf” PFKning moliyaviy faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘ ajratish taklif sifatida kiritildi.Natijada, viloyat hokimi Murotjon Azimov topshirig‘iga binoan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24 martdagi PQ—107-sonli qarorning 10.b-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, «Nasaf” professional futbol klubi uchun 10 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi. Eslatib o‘tamiz, «Nasaf” O‘zbekiston Superligasida 13 o‘yinda 18 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 9-pog‘onasidan o‘rin egallagan. 14-tur o‘yinini jamoa bugun, 28 iyul kuni o‘z uyida «Qizilqum”ga qarshi o‘tkazadi.Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating: ✅ TELEGRAM ✅ Facebook ✅ Instagram ✅ YouTube ✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
Shaxmat. O‘zbekiston terma jamoasi AQSHga mag‘lub bo‘ldi.
AQSHning Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan WR Chess Rapid & Blitz Miami 2026 super-matchi o‘z nihoyasiga yetdi.Ikki kunlik keskin va murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra dunyoning 1-raqamli terma jamoasi bo‘lgan AQSH g‘alaba qozondi. Terma jamoalar rapid va blis yo‘nalishlarida bahs olib borishdi. Natijalar quyidagicha: Rapid: AQSH 5 — 3 O‘zbekiston Blis: AQSH 9 — 7 O‘zbekiston Umumiy hisobda AQSH 14 ochko jamg‘ardi, O‘zbekiston esa 10 ochko bilan kifoyalandi. Turnirda O‘zbekiston sharafini Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Muhiddin Madaminov, Nodirbek Yakubboyev va Shamsiddin Vohidov himoya qildi. AQSH tarkibi esa quyidagicha edi: Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, Uesli So va Levon Aronyan.Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating: ✅ TELEGRAM ✅ Facebook ✅ Instagram ✅ YouTube ✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
"So‘z sizga” tok-shousining navbatdagi sonida «Viloyatda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar: sog‘lom turmush tarzi — salomatlik garovi»” mavzuida so‘z yuritildi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.
Terma jamoada Zidanga u bilan avval ham ishlagan David Bettoni va Hamidu Msaidi yordam beradi. Shuningdek, Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchilari Faben Bartez va Bernar Diomede ham murabbiylar shtabida bo‘lishi kutilmoqda.Zidan futbolchi sifatida Fransiya terma jamoasi safida 108 ta o‘yinda maydonga tushgan. U 1998-yilgi Jahon chempionati va 2000-yilgi Yevro chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.Murabbiy sifatida Zidan "Real Madrid" klubini boshqargan, ketma-ket uchta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan, shuningdek, yana sakkizta sovrinni qo‘lga kiritgan.14 yil davomida Fransiya terma jamoasini boshqargan va 2018-yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan Didye Desham 2026-yilgi Jahon chempionatidan keyin jamoani tark etdi. Fransiyaliklar turnirda 4-o‘rinni egallashdi.
🎬 Bugun O‘zbekiston xalq artisti Karim Mirxodiyev tavallud topgan kun!
Kino va teatr san’atimizning yorqin namoyandalaridan biri, mahoratli aktyor Karim Mirxodiyev bugun o‘zining qutlug‘ 72 yoshini qarshilamoqda.
U o‘zining ko‘p yillik ijodiy faoliyati davomida tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olgan unutilmas va samimiy obrazlarni yaratdi. Aktyorning har bir roli xarakterining teranligi va yuksak ijro mahorati bilan ajralib turadi.
📺 Telekanalimiz jamoasi nomidan:
Karim Mirxodiyevni bugungi quvonchli ayyom bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va yangidan yangi ijodiy parvozlar tilaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
🐯 Bugun 29-iyul “Xalqaro Yo‘lbarslar kuni!”🌎
Tabiatning eng mahobatli va qudratli vakillaridan biri bo‘lgan yo‘lbarslar bugungi kunda jiddiy muhofazaga muhtoj. Oxirgi bir asr davomida dunyodagi yovvoyi yo‘lbarslar soni 95% ga kamayib ketganini bilasizmi?
Ushbu kun shunchaki chiroyli suratlar ulashish uchun emas, balki:
➡️ Brakonerlikka chek qo‘yish,
➡️ Ularning tabiiy yashash joylarini asrab qolish,
➡️ Ekotizim muvozanatini saqlashga e’tiborni qaratish uchun ta’sis etilgan.
Yo‘lbarslar yo‘qolsa, ular yashaydigan o‘rmonlar va butun ekotizim xavf ostida qoladi. Tabiatni birgalikda asraylik! 🌿✨
💬 Do‘stlaringiz bilan ulashing va tabiatni muhofaza qilishga birgalikda chorlaylik!
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
FAROVONLIK SARI
Surxondaryoda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ YouTube
✅ Instagram ✅ Efirni ko'rish
✅ Web-site ✅ Facebook
