cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI

BUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG'ARMASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI Ishonch telefoni— 1271

Больше
Рекламные посты
718
Подписчики
Нет данных24 часа
-37 дней
-2330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Pensiya pulidan kommunal to‘lovlar uchun ushlab qolinishi mumkinmi? “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 65-moddasiga asosan, pensiyalardan chegirmalar sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida qilinishi mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib, pensiya pulidan kommunal to‘lovlar uchun ushlab qolinishi mumkin. Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Pensiya tayinlanishi uchun ariza berayotgan vaqtimda familiyam o‘zgargan. Avvalgi ishlagan tashkilotlarimda boshqa familiya bilan ishlaganman. Muammo bo‘lmaydimi? Agar ish stajini tasdiqlaydigan hujjatda ko‘rsatilgan ismi, otasining ismi yoki familiyasi pasport (identifikatsiya ID-karta) yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘yicha ismi, otasining ismi yoki familiyasi bilan mos bo‘lmasa, ushbu hujjatning mazkur shaxsga tegishliligi holati faqat mehnat daftarchasini yoki ish staji to‘g‘risidagi boshqa hujjatni birinchi marta bergan tashkilot tomonidan tasdiqlanishi mumkin. 👨‍⚖️Boshqa barcha hollarda hujjatlarning taalluqliligi sud tomonidan belgilanadi. ☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457 Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Показать все...
Kitobda sayyor qabul❗️ Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Kitob tuman bo'limi tomonidan "Varganza" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi. 🔷️ Unda fuqarolarning pensiga oid qiziqtirgan savollariga javob berish bilan birga pensiya tizimida olib borilayotgan o‘zgarish va yangiliklar haqida batafsil tushunchalar berib o‘tildi! ☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457 Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
DIQQAT EʼLON! Hurmatli fuqarolar! Aholining pensiya sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Shahrisabz tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi. Davlat pensiyalarini tayinlash, to'lash, qayta hisoblash masalalarida muammolaringiz bo'lsa, joriy yilning 12-iyun kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin. 📍Manzil: Shahrisabz tumani, Hisorak MFY. 2-sonli kasb-hunar maktabi ☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457 Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👉 telegram | instagram | facebook
Показать все...
👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Yakka tartibdagi tadbirkorga ish stajiga yoziladimi? Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan har oyda Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lansa, ijtimoiy soliq to‘langan davr pensiya tayinlashda ish staji hisobida inobatga olinadi. Yaka tartibdagi tadbirkor o‘zi uchun mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq miqdorini mustaqil ixtiyoriy ravishda to‘lash huquqiga ega. ☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457 Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Показать все...
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar yer solig‘idan ozod qilinadi 🔖 Qonunchilikka ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi. ❗️Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir. 📃 Mazkur imtiyoz Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining maʼlumotnomasi asosida beriladi. #huquq #bilasizmi ☎️Murojaat uchun telefon: 787710457 🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Показать все...
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
5 ой ичида Пенсия жамғармасининг Қашқадарёдаги масъуллари 350 маротабадан кўпроқ ОАВлар орқали тарғиботлар ўтказишди Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармасининг Қашқадарё вилояти бошқармаси ҳамда унинг туман, шаҳар бўлимлари томонидан январ-май ойларида пенсия таъминоти масаласида жами 351 маротаба оммавий ахборот воситаларида чиқишлар амалга оширилди. Соҳа масъуллари томонидан тв ларда 15 маротаба, радиода 10, газеталарда 30 ва маҳаллий ҳокимликларнинг расмий саҳифалари ва бошқа манбаалар орқали 296 маротаба оавларда чиқишлар амалга оширилган. Оавларга чиқишларнинг энг кўпи вилоят бошқармаси (193 маротаба) ва Қарши тумани бўлими (24 маротаба) томонидан амалга оширилган. 🇺🇿ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!👇 https://t.me/+UjOf6LoeHTEyZWQy
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Pensiya tayinlanishi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza berdim. Arizam qabul qilinganini qanday bilishim mumkin? Pensiya tayinlashni so‘rab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi murojaat qiluvchining so‘rovnomada keltirilgan mobil telefon raqamiga yoki shaxsiy kabinetiga uning murojaati qabul qilinganligi to‘g‘risida xabarnoma (SMS) yuboradi. ☎️Murojaat uchun telefon: 787710457 🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Показать все...
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Iyun oyidagi pensiya to'lovlari bo'yicha ma'lumot Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilning iyun oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 356 ming 992 nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan 443,6 mlrd so’m miqdoridagi mablag‘lar tijorat banklariga o'tkazib berildi. Aytish kerakki, pensiyalarni bank kartalari orqali oluvchi fuqarolarning bank kartalariga jami 328,4 mlrd so’m mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlanmoqda. Pensiya pullarini naqd pulda oluvchilarga grafik asosida tarqatish uchun tijorat bankiga 115,2 mlrd so'm mablag' moliyalashtirib berildi. Bugungi kunda viloyatimizda pensiya to'lovlarining 74 foizi bank kartalari orqali, 26 foizi esa naqd shaklda amalga oshirilmoqda. Eslatib o'tamiz, belgilangan tartibga ko'ra tulovlarni bank kartasi orqali oluvchilarga pensiya miqdorining 1 foizi miqdorida qo'shimcha pul mablag'i to'lab beriladi. ☎️Murojaat uchun telefon: 787710457 🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Показать все...
👍 2