cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! +998954792080

Больше
Рекламные посты
1 062
Подписчики
-124 часа
+247 дней
+10130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#qabul_2024 #call_markaz #press_tur ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Qabul-2024 bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashki etildi. Bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu maktablarga 1-iyundan boshlab hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali 20-iyungacha onlayn qabul qilinmoqda. Ota-ona va o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 10-may kunidan 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib kuniga 3000 mingga yaqin murojaatlarga batafsil javob berib kelinmoqda. Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida joylashgan mazkur Call-markaz shu yilning 1-oktyabriga qadar har kuni soat 09:00dan 19:00gacha faoliyat koʻrsatadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 4
03:30
Видео недоступноПоказать в Telegram
Mening tanlovim – Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi!”. 🔘Farzandingizning yorqin kelajagi uchun barcha shart-sharoitlari taxt, ijodiy muhit va professional mutaxassislar yig’ilgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 2024-2025-o’quv yili uchun qabul e’lon qiladi! 📢Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi yangi o’quv yili uchun 7, 8 va 9-sinflarga qabul e’lon qiladi. 📥Hujjatlar joriy yilning 1-20-iyun kunlarida ariza.piima.uz sayti sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi. ⬇️Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi: ▪️ I - ijodiy matn yaratish; ▫️ II - ijodiy suhbat; ▪️ III - 50 ta test. ▫️ ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test; ▪️ ingliz tili fanidan 15 ta test; ▫️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test. ♻️Eslatma: talabgor o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi. ☎️Call-markaz - 1206 Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Показать все...
IMG_1444.MP441.45 MB
👍 11 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda. 📊 Ushbu arizalarning 14-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 1
Jarayondan suratlar
Показать все...
👍 14
Zomin seminarining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yosh ijodkorlarning anʼanaviy Zomin seminarining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. Unda yozuvchilar, shoirlar, tarjimonlar sheʼriyat, bolalar adabiyoti, badiiy tarjima, adabiy tanqid yo‘nalishlari bo‘yicha shoʻbalarga bo‘lingan holda yoshlarning ijod namunalarini ko‘rib chiqdi. Seminarning ochilishida Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosarlari — Minhojiddin Mirzo va Botir Ergashev uning ahamiyati haqida so‘zladi va ishtirokchilarga ijodiy parvozlar tiladi. — Bu yilgi seminarning o‘tgan yilgilaridan farqi shundaki, bunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 9 ta ijod maktabidan  45 nafar yuqori sinf o‘quvchilari qatnashdi va shulardan 5 nafari Toshkent shahar bosqichi ishtirokchisidir. Respublika bo‘yicha 500ga yaqin yoshlarni qamrab olindi. Shundan 200 nafardan ortiq yosh ijodkorlar saralab olindi va hududiy bosqichda ishtirok etdi. Toshkent shahar bosqichida 13 nafar yoshlar o‘zlarining ijodiy isteʼdodlarini namoyon etishdi, deya taʼkidladi yozuvchi Maʼmura Zohidova. Unda yosh ijodkorlarga Suvon Meli, Salim Ashur, Dilshod Rajab, Ulug‘bek Hamdam, Qo‘chqor Norqobil kabi ustozlar mahorat darslarini o‘tdi.    – Men saralash bosqichida “Bolakayning sarguzashtlari”, “So‘qmoq”, “Palto”  nomli kinossenariylarim bilan qatnashyapman, — dedi ishtirokchi  Shahnoza Abdullayeva. – Seminarda Ulug‘bek Hamdam, Qo‘chqor Norqobil kabi qator ustoz ijodkorlar tomonidan ijodiy bilimlarga ega bo‘ldik. Adabiyot maydonida har bir adibning aytar so‘zi bo‘lishi lozimligini angladik. Zomin  seminarining bu yilgi jarayonida ham yosh isteʼdod egalarini kashf qilish, ularning badiiy qobiliyatini yana-da rivojlantirish, ustoz-shogird anʼanalarini yo‘lga qo‘yishga eʼtibor qaratildi. Saralash jarayoni esa yosh qalamkashlar uchun katta mahorat va tajriba maydoni bo‘lgani bilan ahamiyatlidir. Zulayho Ahmadjonova
Показать все...
👍 7
Фото недоступноПоказать в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda. 📊 Ushbu arizalarning 13-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 6
#xushxabar #bizning_shunday_o’quvchilarimiz_bor ⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 11-“B” sinf o’quvchisi Mahmarajabova Gulsanamning “Baxt qizi” nomli she’riy to’plami nashr etildi. 👏Iqtidorli o’quvchimizni ilk kitobi bilan tabriklab, ijodiy zafarlar tilab qolamiz! 📌Bosh muharrir: Hilola Nazirova Muharrir: Nigora Askaraliyeva Sahifalovchi dizayner: Asila Umarova 🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Telegram Facebook Instagram
Показать все...
👍 29 8👏 5❤‍🔥 1💯 1
⚡️O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi g‘oliblari taqdirlandiKecha har ikkala ligada 2023/24-o‘quv yili g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Zakovat klubi direktori Deyl Ahmadi g‘olib jamoalarni book reader, kitoblar, diplom va medallar bilan taqdirladi. 📌Bunda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining Zakovat jamoasi respublika bo’yicha 13-o’rin, Toshkent shahri bo’yicha 1-o’rinni qayd etishdi! 🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Telegram Facebook Instagram
Показать все...
👍 17👏 7❤‍🔥 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
#hududlardan_xabarlar #kunlik_dayjest ⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida hududdagi maktab maslahatchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi. ⏺Xiva shahridagi Prezident maktabida prokuratura sohasi mutaxassislari bilan muloqot tashkil etildi. ⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida tibbiy profilaktika tadbiri o‘tkazildi. ⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. ⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Presidential Excellence Award" loyihasining taqdimoti o‘tkazildi. ⏺Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida yillik hisobot konserti dasturi tashkil etildi. ⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabi jamoasi "Zakovat" klubi professional ligasiga yo‘llanma oldi. ⏺Guliston shahridagi Prezident maktabida Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar, Yong‘in xavfsizligi  boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. ⏺Nukus shahridagi Prezident maktabi Qoraqalpog‘iston yoshlar yetakchilari sammitiga mezbonlik qildi. ⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida “Oqila” brendiga asos solindi. ⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida fizika fani bo‘yicha "Amazing race" loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. ⏺Nurafshon shahridagi Prezident maktabida "Yosh kitobxon" tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi. ⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Biloliddin Ziyovuddinov xalqaro sport turnirida g‘olib bo‘ldi. ⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Qoraqalpog‘iston faxriylari bilan bo‘lgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbirida qatnashdi. ⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida velosport bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. ⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi, Oqoltin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari chet tillarini bilish darajasi bo‘yicha xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi. ⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o‘quvchilar yotoqxonasini qurish ishlari boshlandi. ⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Swap Up” kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi. ⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Liderlik va o‘zgarishlarni boshqarish" mavzusida trening darslari tashkil etildi. ⏺Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Gulyor Ro‘zmetova ICT4 Girls olimpiadasining  respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. ⏺Beshariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hududdagi 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qabul jarayonlariga oid muloqot o‘tkazildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Talabgorning hujjati onlayn tarzda topshirilgandan soʻng qancha vaqtda xabar joʻnatiladi?
➖Oʻquvchining hujjatlari ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
Hujjatlarni tahrirlash uchun qancha muddat beriladi?
➖Hujjatlar tahrirlash uchun yuborilganda, oʻquvchilarga yuborilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar toʻgʻrilashga ruxsat beriladi.
Taqdim qilingan arizani qaytarib olsa boʻladimi?
➖Oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 5