cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

SABINA RASULOVA IJODI

Chizgilarim...🌸

Больше
Рекламные посты
206
Подписчики
-124 часа
+67 дней
+730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Tushda uxlashga kiraman deb, telefon yoki kitob titkilab o'tiradigan, eshik ochilgani eshitilsa, tezda yostiqqa egilib oladigan bitta men bo'lmasam kerak a)) 🙂‍↕️🙂‍↕️
Показать все...
😁 8
Yoshlar kuni muborak bo'lsin. Barchamizni yoshlik shijoati va g'ayrati aslo tark etmasin!
Показать все...
🥰 5👍 1
Alam qiladi! Sen Buxoriy kim bilasanmi? Termiziynichi, Moturidiyni yoki Ibn Sino? Ha bilaman)" " -yuzaki nomini bilaman) bu haqiqat-ku kimni aldaymiz! Sen o'z ota-bobongni tanimaysan, bilmaysan o'rganmaysan! -Hada, ustozimni bu haqdagi savodi bo'lmasa menda nima gila? Allohga shukurki maktabdan boshlab institutigacha haftada 3-5 - marotaba ingliz tilini suv kabi o'qiymiz. Bu juda yaxshi— zamon odami bo'lamizda. Lekin 11yil maktabda o'qib, Termiziy kim? Moturidiy kim? Adabiyot kitoblarda aqalli bir soati ajratilmagan a Qoyil! Tarix darsliklarida tug'ildi, yozdi, o'ldi bilan tugatilgan. Buxoriy uchun 11 yilning 45 minutdan 90 minutigina ajratilgan. Vaholanki, Al Jome As-sahihning 4 tomlik kitob har biri 600 betdan ortiq. -Bola Qiziqsa o'qiydida o'zi. Ha))) Qiziqsa, qiziqmasa chet tilini bilishga majburku? Chet tilini bilmasa u odammas hisobi, na ishi na o'qishida tayin yo'q degandek yolg'onmi? Unday bo'lmasa endi bo'ladi, yaqin 10 yilda aynan shu ko'rsatkichga erishamiz. Men chet tilini qoralash niyatim yoq aslo! Ba'zilar aytganidek o'zingiz o'rgana olmaysiz shuning uchun, boshqalarni ham chalg'itasiz deyishdi... Men bu tilni o'rganishdan sira to'xtaganim yoq va barchaga tavsiya beraman! Chet tilidan sertifikatlarga ham ega bo'lyapman! Faqat menga alam qiladi) Moturidiyning asarlari Al Azharda darslik sifatida o'tiladi! Haj safariga borganlardan so'rang, samalyotdan tushgandan so'ng birinchi katta qilib yozilgan Buxoriyning hadislari turibdi! Umuman olganda biz faqat Naqshband u Buxoriyning tug'ilgan va o'lganidan boshqasini bilmaymiz! Qabrlarini ziyorat qilishdan nariga o'tmaymiz. Ular qoldirib ketgan ilmni kim o'rganadi axir. Biz har ikki yilda chet tilidan olinadigan sertifikatimizni yangilash bilan bandmiz. Nimaga, qo'limizdan ishimiz ketadi... Yana kimdir aytdi , glaballashuvda zamon bilan bo'lish kerak, terrorizm kuchayadi buni targ'ib etsangiz) O'sha Afg'oniston, Suriya davlatlari Buxoriyning kimligini bilmagani uchun shunday! Bu aniq, ( qaysidir ma'noda biz zo'r berib yodlayotgan "CHET TILIMIZ" vakillarining domiga tushib qolgan, yoki xatomi? Yana aytaman bu qoralash emas, ayni haqiqat). Men har bir maktablarda Qur'on yodlatilsin demayman. Shunchaki yuqoridagilar borasida darsliklarimizning bir burchagida ma'lumotlar ko'paytirilsin. Axir allomalarimizning asarlari ham islom ma'naviyati ta'sirida yozilgan. ALOHIDA "ALLOMALAR" nomli yoki shular singdirilgan alohida darslik yaratilsin! Ana biz yoshlar uni shakllantirishda bosh qosh bo'lamiz. Faqat tug'ildi, bu asarni yozdi, vafot etdi emas, qilingan ishlaru, asarlar mazmuni kiritilsin. O'quvchi qiziqsa, o'qituvchi qiziqtirsa o'qiydida deyishdi... Qanday qiziqsin ismidan boshqasini bilmasa? Bunday katta kitoblarni o'qish uchun haqiqatdan qunt kerak! Buni esa bolalikdan shakllantirish kerak. "Qur'onni eshitish, eshita olish yuksak ma'naviyat, ma'rifat. Qur'on hech qachon yomonlikka da'vat qilmaydi. Agar uni eshita olsak, eshittira olsak bu muvaffaqiyat bo'ladi. Elimizga nur keladi." O'zb. Res. Prezidenti : Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 6- yanvar.
Показать все...
👏 6👍 1😁 1
Repost from N/a
Фото недоступноПоказать в Telegram
Iste’dodli qizlar uchun ta’lim granti She’r yoki hikoya yozadigan talaba qizlarning ijodiy ishlari va moddiy imkoniyatlarini oʻrganib chiqib, (boshlanishiga) 2 nafar ijodkor qizning yillik shartnoma to’lovini to’lab bermoqchiman. Grant olishni istagan ijodkorlar qizlar 1-iyuldan 1-avgustgacha @Mehrnozbot manziliga beshtadan ijodiy ish va oʻzi haqidagi maʼlumotlarni yuborishlari mumkin. Shuningdek, grant gʻoliblaridan tashqari boshqa isteʼdodli nomzodlar bilan ham ijodiy hamkorlik qilish, sohada rivojlanishlari uchun ko’mak berishniyam xolis niyat qilyapmiz. Postni imkon qadar ijodiy kanallarda ulashib, iste’dodli qizlarni topishimiz uchun koʻmak bering. @mehrnoz_abbos
Показать все...
👍 2
00:53
Видео недоступноПоказать в Telegram
Roppa-rosa 2 yil davomida QALB NURI faoliyat yuritdi, volontyorlarimiz bilan 10 dan ortiq xayriya jarayonlarida 100 ga yaqin ko'ngillarga iliqlik olib kirishga urindik. QALB NURI ni Sardor Rahimxonga havaslanib ochgan edik. Markaziy Studiyaning "E'tibor markazida" ko'rsatuvi boshlovchisi Muattar G'ulomovadan ta'sirlanib, Navoiy televideniyasida ham "Saxovat" ko'rsatuvini tashkillashtirgan edim. Bugungi kun bahonasida bir eslashlik nasib etdi, Xudo xohlab qolsa, Buxoroda ham uning davomini olishlik nasib aylasin. Bolalikdan orzuyim jurnalist bo'lish edi, ammo taqdirda yozilmagan ekan nachora. Shunday bo'lsada, ora-chora bu sohaning ichiga kirib-chiqib yuribman. Shunisiga ham Alhamdulillah❤️ @SabinaRasulova_ijodi
Показать все...
8.59 MB
6🔥 2
Ovozga, ijroga kamchilik va ko'pchiliklarni aytish sizdan)))
Показать все...
👏 3
03:17
Видео недоступноПоказать в Telegram
To'g'risini aytsam, Navoiy viloyatida OAV da faoliyat yuritish uchun juda yaxshi imkoniyatlar yaratilgan. Hech qanday diplomsiz, ( yo zar - yo zo'rsiz) iste'dodingiz doirasida ko'rsatuvlar tashabbuskoriga aylanishingiz mumkin. Operatorga falon joyda olsakchi ko'rsatuvni desangiz, albatta iloj qiladi. Ayniqsa, "Kelajak yoshlari" loyihalari uchun rahmat❤️ Bir yil mobaynida bir qancha ko'rsatuvlar boshlovchisiga aylanganim va o'zimni jurnalist sifatida kashf etishimga yordam berganingiz uchun tashakkur❤️ "BKB— Bilim Kitob Beradi" "Dunyoga Sayohat" "Saxovat" ko'rsatuvlarida teleboshlovchilik qila oldim. Balki, endi faoliyat yuritolmasman, ammo bir umrlik go'zal xotiraga aylandi🩵 Yuqoridagi videoda esa bir yillik efirga uzatilgan ko'rsatuvlardan qisqacha. ( mgb qisqartirish asnosida sal xiralashgan) @SabinaRasulova_ijodi
Показать все...
32.07 MB
🔥 5👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#today_my_day 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Hurmatli, OAV vakillari! Sizlarni kasb bayrami bilan tabriklayman. Tilagim Yaratgan so'zdan qismasin, hamisha qalamingiz o'tkir bo'lsin! Jurnalistlar ham Vatan posboni. @SabinaRasulova_ijodi
Показать все...
6👍 1🥰 1👏 1
Buxoro viloyatidan yana bir yosh shoira Sevinch Juraqulovadan ijod namunasi *** Horgʻin havo. Pokday dunyo. Koʻlmakchalar - tiniq goʻyo... Tomchilarda qolib ketgan bu yuragim siniq goʻyo. Ul bevafo yomgʻirlarga maftunaman, oshiq goʻyo, Anglolmadim: chinmi, roʻyo? Ohlarimni tinglayotir faqat mendek oshiq gullar... Kutmoqdaman, juft chirogʻim zulmat aro mayoq boʻldi, Tikkadurman, oyoqlarim qurib qoldi - tayoq boʻldi, Ishqni yoqdim! Ishq uyidan quvildim men, "saboq boʻldi", Lekin mushfiq koʻnglim kutar, hamon senga, hamon mahtal. Kutmoqdaman. Yoz chillasi. Nafas yoʻqdek: jazo haqdir, Men-ku, sevdim oʻzdan ziyod, oydan ziyod - kular taqdir, Laylidurman: dalalarga, subhidamga oʻqirman sheʼr, Bilmam, nechun ul maktublar yetib bormas senga har gal. Bu oshiq dil ishqing bilan toʻlib ketgan gulxonadir, Pinhonlarda choʻkib ketgan, soʻz - zindonda, sirxonadir, Jur'atlari, shiddatlari... Hasratlari bir koʻmilgan xilxonadir, Loqayd kuldim, telba boʻldim, tamom oʻldim, kel, shu mahal! Yutdim alam, yetdi nolam, bugun biz-chun tushdi shabnam, Visolingga yetib shu dam, baxt sharobin koʻrib baham, Qogʻozimda, hech boʻlmasa, yashaydurmiz birga biz ham, Qara, erkam, yomgʻirginam, kelayotir bizga ham gal. Yorilmoqda bugun osmon, gullar chalar bizga qarsak, Choparman jon-jonim bilan sen tomonga, men - kelinchak, Lek yoʻlimni toʻsdi dushman, ul qizgʻonchiq gul-u pechak, Yiqildim men, toʻkildim men. Tashqarida yomgʻir chak-chak... Men toʻshakda yotarman zor, mixlab qoʻydi meni zoʻr dard. Lekin mushfiq koʻnglim kutar, hamon senga, hamon mahtal.   
Показать все...
🔥 5👏 3🏆 3 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.