cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Prezident maktablariga tayyorgarlik (UstozUz)

Ushbu kanalda Prezident maktablariga tayyorgarlik uchun tanqidiy fikrlash va noan'anaviy masalalar yechish yo'nalishi bo'yicha materiallar berib boriladi Kanal guruhi: @ustozuzgroup Shaxsiy blog: @ustozuzblog Donat uchun: https://tirikchilik.uz/ustoz

Больше
Рекламные посты
2 195
Подписчики
-124 часа
-207 дней
+14530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Yoshlar ishlari agentligiga taklifim bor. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda bolalarning sifatli taʼlim olishi va jahon bozorida raqobatbordoshligini taʼminlash uchun koʻp ishlar amalga oshirilayapti va bu borada loyihalar oʻz samarasini koʻrsatayapti. Masalan, kitobxonlikni rivojlantirish, chet tillarini oʻqitishni rivojlantirish, dasturlashni rivojlantirish borasidagi loyihalar oʻz maqsadiga erishayapti va tegishli yoʻnalishlarni rivojlantirishga sabab boʻlayapti. Bu yoʻnalishlar juda yaxshi, lekin menimcha yetarli boʻlmayapti. Misol bilan tushuntiraman: Kasbim taqozosi bilan IT yoʻnalishidagi, SMM sohasidagi, dizayn va boshqa sohalarda faoliyat yuritadigan oʻquv markazlar faoliyati bilan yaxshi tanishman, Ulardagi oʻqish jarayoni sifatini taʼminlashdagi asosiy muammo kursga kelayotgan bolalarning bazaviy salohiyati boʻlayapti, yaʼni kelgan bolaga dasturlashni oʻrgatmoqchi boʻlsak, biz unga qanchalik yaxshi sharoitda qanchalik yaxshi oʻqituvchilar boshchiligida dars bersak ham, uning matematik-mantiqiy fikrlashi, kreativligi, maʼlumotlarni tahlil qila olishi kabi qobiliyati boʻlmasa, dasturlashni raqobatbardosh darajada oʻrganishi juda qiyin. Aksincha, agar bolada mana shunday qobiliyatlar boʻlsa, zamonaviy kasblarni hattoki kursga bormasdan juda yaxshi oʻzlashtirganining guvohi boʻlayapmiz. DEMAK, zamoviy kasblarni rivojlantirmoqchi boʻlsak, bu sohadagi kurslar samaradorligini taʼminlamoqchi boʻlsak, eng avval oʻquvchilarning matematik-mantiqiy, tanqidiy fikrlashini oshirish kerak boʻlar ekan. Buni taʼminlash uchun nima qilish kerak? Mamlakatimizda kichik yoshdan mana shunday, matematik-mantiqiy, tanqidiy fikrlashni oʻrganishni targʻibot qilish kerak, xuddi kitobxonlikni yoki IT sohasini ommalashtirgandek, bu sohani ham qoʻllab-quvvatlash kerak. Bu qanday boʻladi? Masalan: Mantiqy fikrlash boʻyicha musobaqalar tashkil qilish mumkin. Bunda bola shunchaki yodlash imkoni boʻlmagan, matematik-mantiqiy fikrlashga asoslangan topshiriqlar, turli xil boshqotirmalar (masalan, Greek logic, Kyodoku kabi boshqotirmalar) orqali musoba tashkil qilish mumkin. Bu musobaqaga bolani anʼanaviy yodlatish-test ishlatish usulida tayyorlab boʻlmaydi, bolada fikrlashni rivojlantish shart va oʻqituvchi ham, ota-ona ham bu yoʻnalishda ishlashga oʻrganishi shart. Yoki Tanqidiy fikrlash boʻyicha, turli fikrlarni tahlil qilishga asoslangan musobaqalar tashkil qilish mumkin. Masalan, fikr tuzishdagi turli xatolar mavjud (ad hominium, strawman argument kabi). Bolalarga biror fikrni berib, bu fikr tuzilishidagi xatolarni aniqlash topshirilsa, yoki, umuman fikrning qanday tuzilganini tahlil qilish topshirilgan musobaqalar tashkil qilinsa, bolalar shunchaki matnni oʻqib tushunishi emas, uni tahlil qila olishini ham aniqlash va rivojlantirish mumkin. Bu kabi loyihalar rivojlanishi bevosita boshqa yoʻnalishlarning ham rivojlanishiga sabab boʻlib, farzandlarimizning umuman jahn bozorida raqobatbardosh boʻlishiga muhit yaratadi. Otabek Raxmonberganov
Показать все...
👍 32
Bugun, 5 iyul kuni soat 19:00 da kanalimda matematika fanidan namunaviy savollarni ishlab beraman. Qiziqqan o'quvchilarni taklif qilaman.
Показать все...
👍 31
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari 📣📣📣📣📣 ‼️Prezident maktablariga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga! ⚡️ Prezident maktablarining 1-bosqich imtihonlariga ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi. ⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o'z "Shaxsiy kabinet"iga kirishi kerak.
📆 Eslatma, Prezident maktablarining kirish imtihonlari 1-bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #Prezident_maktabi 📣📣📣📣📣 🔔 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi! 📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi. 📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. ✅ Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 1
RUXSATNOMALAR CHIQISHNI BOSHLADI!!! Ruxsatnomalarni shaxsiy kabinetdan yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet
Показать все...
👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. 🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 🔬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! ❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. ➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi. ⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
👍 4
Hozir internet aloqam (xalq tilida Wi-Fi) juda yomon axvolda, umuman ishlab bo'lmayapti. Telefon orqali internetni ulash ham foyda bermayapti, telefon ham chala ishlayapti. Bu axvolda bugun online darsni tashkil qilish iloji yo'q. Xudo xoxlasa ertaga tanqidiy fikrlashfan darsimiz davom etadi. Texnik muammolari tufayli bugungi dars qoldiriladi
Показать все...
😢 9👍 5🤬 5💯 2
46:55
Видео недоступноПоказать в Telegram
record.mp4138.30 MB
👍 3💯 2
55:53
Видео недоступноПоказать в Telegram
record.mp4257.92 MB
👍 9💯 3
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.