cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Islomiy_she'rlar✨

🕊Assalamu alaykum va rohmatullohi va barakatuh 🕊 23.02.2021 In Sha Allah manfaatli Mo'min va mo'minalar uchun🍃📿❤️‍🩹 Qalbga taskin beruvchi she'rlar faqat bizda❤️‍🩹❤️‍🔥 Allohni tanimaydigan qalblardan uzoqroq yuring!🔐✨💫 Admin @izladingizmi ?

Больше
Рекламные посты
2 048
Подписчики
-1024 часа
-187 дней
+4130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

🤓IELTS / CEFR 🌐Chet elga o'qishga topshirish 🧐General Englishni yaxshilash 🥺Lug'at yodlash texnikalari bo'yicha :👇 @English_Success_TM 🙄🙄🙄🙄🙄🙄🙄
Показать все...
5🔥 2👏 1🤔 1🎉 1
#ROSULULLOH BOY BO'LMAGANLAR ✨ #PREMYERA 🎤ISLOMXON XAYRULLAYEV ✍MOHINUR SODIQ QIZI
Показать все...
1..ROSULULLOH BOY BO'LMAGANLAR +++++.mp312.04 MB
❤‍🔥 9🔥 2👍 1👏 1
Zinoni muhabbat deb nomlashsa ham, Porani hadiya deb atashsa ham, Jahannamni nomi jahannamdir.
Показать все...
👍 39💯 13👏 10😁 6🤣 6🔥 4
00:47
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
IMG_2570.MP44.00 MB
👍 10❤‍🔥 5
SHARQLIK AYOL Sal katta bo‘ldimu, dunyoga boqdim, Ko‘nglimni qurshadi turfa xayollar. Gʻarblik xonimlarning ko‘zidan o‘qdim: “Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!” Nazokat bobida buloqdek tiniq Ovro‘po – hammadan farqlik ayollar. Gʻarblik yigitning-da tasdig‘i aniq – “Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!” Gollivud ko‘rsatar har bir yo‘lakda Ming bir Romeolar bo‘lmish uvollar. Julyetta topilmas boshqa o‘lkada, “Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!” Sharqqa safar qilib ne muarrixlar Mushtipar nigohdan so‘rmish savollar. Javob yo‘q, bu holni ilojsiz sharhlar: “Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!” Huquqshunos xonim aylaydi taftish Va o‘z xulosasin uyalmay yo‘llar: “Nega xo‘rlanmasin, axir, oddiy ish – Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!” Anjeli Joli ham topibdi bir gap, O‘zi ko‘rsa hamki, turli visollar: “Kundoshi bo‘lsa ham indamas, sabab – Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!” Ne zotlar farangiy ishq otashida Kuyib yonmishdirlar, ko‘pdir misollar: Ne bois farangqiz Zidan qoshida? “Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!” Ha, bundoq misollar ko‘pdir ehtimol, Ehtimol go‘zaldir g‘arblik ayollar, Shu sabab aytarsiz balki bemalol: “Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!” To‘g‘ri, sharq ayoli aytmas sevgisin, Bir umr sir tutar yostiqdoshidan, Qattiq rashk qilganin bila olmaysiz, Sezib qolmasangiz ko‘zda yoshidan. O‘sha sharq ayoli qattiq suygandan Muhabbat bog‘iga xayolan kirar, Hayosi o‘ta zo‘r kuchli bo‘lgandan Tushini ham zo‘rg‘a, uyalib ko‘rar. Jimgina qimtinib, kulib odimlar, Samo ham tinglayur buyuk xayol bu. Qaniydi, bilishsa g‘arblik xonimlar - Sevishda beqiyos sharqlik ayol bu! Birovga sochmayin ko‘ngil sirini Qo‘lini jimgina tutgan ham udir, Jangda o‘lib ketgan sodiq erini O‘lguncha indamay kutgan ham udir. Sadoqat bobida cheksizdir didi, Tunlari yostiqqa to‘kar ko‘z yoshin, Musibat chog‘ida ko‘rsangiz edi Sharqlik ayollarning temir bardoshin: ... Momom bor edi, qirq uchinchi yili Qoraxat olganu, kuchaygan dardi. Sovchilar uch yilcha qo‘yishmagan tinch, Farzandi yo‘q edi... Tegsa bo‘lardi. Erga tegsa, birov koyimas sira, Lokin momom mani sharqlik edi-da - Birovning qo‘yniga kirishdan ko‘ra Yoqardi yonishlik xijron dardida. Kutdi, kutaverdi xayol to‘rida, Shod bo‘lib yashardi ishq taskinidan. Birdan... qirq oltinchi yil oxirida Bobom qaytib keldi finn zaminidan. Qoraxat ne bo‘ldi, dersiz, aslida Bunga sabab – jangda ko‘p ofat edi. Bobomning qaytishi sirsiz – aslida Momomning sabriga mukofot edi. Urushgacha o‘n yil yashab befarzand, Ularning qalbiga sanchilardi o‘q. Taqdirni qarangki, ajib, shul kundan Farzandlar tug‘ildi birin-ketin sho‘x. Mana sizga sevgi, mana sizga g‘am! Ko‘ring dunyodagi eng yuksak farqni - Insofdan bo‘lurmu shundan keyin ham Sevishdan bexabar deyishlik sharqni?! Men g‘arblik ayolning sha’niga zinhor Yomon sifatlarni tirkalamasman, Ammo o‘z momomning sha’nin beg‘ubor Himoya qilmasam, farzand emasman. Ey g‘arblik do‘stlarim, bilmasangiz gar Haqiqiy sevgini, buyuk xayolni, Tilingizni tiying qiyomat qadar Tinch qo‘ying, tinch qo‘ying SHARQLIK AYOLNI! ___ © Xayrulla Hamidov
Показать все...
👍 13❤‍🔥 5 1🥰 1
Bir siqim tuproqdan yaralgan odam, Ruhni bag’ishladi Tangrim o’sha dam, Jannatu do’zaxga ana bir qadam, Bu esa mo’minga oddiy haqiqat. Yashash joying tuproq, emish tuproqdan, Nega chiqolmaysan ayt bu so’roqdan, Kel endi qaltirab yurma titroqdan, Bu esa mo’minga oddiy haqiqat. Jo’shqin bir siqim tuproqdan inson, Umringni qanchalik bezama oson, Yashab o’tgandan so’ng tuproqsan inson, Bu esa mo’minga oddiy haqiqat. *** Kimki osmon bo’lsa bir kun yer bo’lgay, Manglayida dona qaro yer bo’lgay, Sher bo’lmagan joyda eshshak she’r bo’lgay, Bu yo’llarda ko’pni hali ko’rar ko’zim. Birov borki, tuyani ham ko’rmay yutgan, Butun umr qo’llarida ko’za tutgan, Nom-nishonsiz iz qoldirmay o’tib ketgan, Bu yo’llarda ko’pni hali ko’rar ko’zim. Dono dema, Jo’shqin sendan donolar bor, O’zni sotib kun ko’rguvchi barnolar bor, Odam yashar it yo’qlamas binolar bor, Bu yo’llarda ko’pni hali ko’rar ko’zim. @diniy_sherlar
Показать все...
👍 13❤‍🔥 6💔 2🔥 1💯 1
00:41
Видео недоступноПоказать в Telegram
🌙 АРАФА МУБОРАК ҚАДРДОНЛАРИМ!!!     🌞Ассалому алайкум. 🌞 Нурларга тўлишди кўк, осмон, Қувончга тўлишди кенг жаҳон, Ҳамманинг уйида паловхон, Арафа муборак азизлар. Мунаввар кунларда зар ёғар, Осмондан барокат,дур ёғар, Кексалар юзидан нур ёғар, Арафа муборак азизлар. Куйлайди ҳофиз-у, бахшилар, Ҳаётнинг ҳуснига нақшилар, Дунёга зеб берган яхшилар, Арафа муборак азизлар. Оналар болам деб куюнган, Қалблари меҳрга тўйинган, Эртага ҳайит деб суюнган, Арафа муборак азизлар. Қувончга ёр бўлсин умрлар, Ҳар дилда ҳаловат,ҳузрлар, Аллоҳга беадад шукурлар, Арафа муборак азизлар.
Показать все...
2.42 MB
❤‍🔥 6👍 5 2🍓 1
МАРҲУМ МУСОФИР ЙИГИТНИНГ ОТАСИНИ ДИЛ НОЛАСИ. Ҳувиллаган ҳовлида, Ҳувиллатдинг отангни, Юрак бағрин қон қилиб, Зор йиғлатдинг отангни. Кўзларимга тор дунё, Додларимда кўп нолам, Кўксим ўйиб қайларга, Ташлаб кетдинг жон болам. Деразамнинг пардаси, Ҳилпирайди ҳар онда, Сендан хабар келди деб, Ўйғонаман азонда. Тақдир экан шум хабар, Менга етиб келдилар, Мусофирдаги ўғлинг, Кеча тунда ўлдилар. Бу хабардан довдираб, Зулматга тўлди олам, Жасадингни қучоқлаб, Зор йиғлайман жон болам. Тобутингни устига, Гуллар тушаб бормайман, Хабар берган дўстингни, Қучиб зор зор йиғлайман. Кўча бошдан дўстларинг, Ёр ёр айтиб келмасмиди, Ойдеккина бир гўзал, Остонамдан кирмасмиди. Дарвозадан тобутинг, Чиқардилар оҳ болам, Жигарларинг додидан, Нетай бағрим қон болам. Бу дунёга бир келиб, Жоним болам айт неттинг, Тупроқларга бош қўйиб, Мангу уйқуга кетдинг. Дардим кимга айтаман, Сўниб бўлди дил алам, Бир кун мен ҳам қайтаман, Жаннатий бўл жон болам. На тирикман на ўлик, Шеьр ёзишга йўқ қалам, Дардим куйда тарқатай, Қабрингда ёт тинч болам. Улуғбек 2023,11,08. @diniy_sherlar
Показать все...
😢 10👍 8 1🔥 1🕊 1💯 1💔 1
Показать все...
@TinglangTv_🎧_–_Aisyah_Istri_Rasulullah_Arabic_|_محمد_طارق_ومحمد.mp32.95 MB
🥰 4👍 3😭 3❤‍🔥 2🕊 2💔 1
Anta nuruullohi fajron J'ita ba'dal u'sriy yusron Robbunaa laaka qodron Yaa imaamal anbiyaai ➖➖➖➖➖➖➖➖ Anta fil vijdaani xayyun Anta lil aynayni doyyun Anta i'ndal xavdi riyyun Anta haadun va sofiyyun Yaa Habibiy yaa Muhammad ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ Yaa Nabiy salaam alayka Yaa Rosuul salaam alayka Yaa Habib salaam alayka Solavaatullooh alayka ➖➖➖➖➖➖➖➖ Yaa Nabiy salaam alayka Yaa Rosuul salaam alayka Yaa Habib salaam alayka Solavaatullooh alayka @diniy_sherlar
Показать все...
@TinglangTv 🎧 – Ya nabiy 20220105-191904.m4a1.77 MB
19👍 11🕊 1💘 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.