cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

💞 TaSKiN 💞

#Bismillah 🌸 Qalbingga ayt 🍃 ... Hotirjam boʻlsin ✨... Boshingga faqat 🕊️ .... Allohning yozgan kuni tushadi☝️... ALHAMDULLILAH ❤ MASHA ALLOH ❤❤ SUBHANALLOH ❤❤❤ Dikektor : ABDUJALILOVNA

Больше
Рекламные посты
2 202
Подписчики
-524 часа
-287 дней
-10930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
"Eski seni " PS: Yangi "sen", eski "sen" soʻzlari majoziy maʼnoda yozilgan. Jumboq kabi chalkash qadamsan, Eski "sen" ni yaxshi bilardim. Oʻzgargansan boshqa odamsan, Yangi "sen" ni taniy olmadim. Iforlaring, yuzlaring tanish, Xa, yodimda tabassumlar ham. Oʻsha "sen"ni koʻrgim kelyapti, Yangi "sen" deb koʻzlarimda nam. Eski "men" va hamda yangi "sen", Qarshi chiqar kechmishlar xatto, Esingdami eski "sen" bilan, Baxtli edik quchardik samo. Yangi "sen" ni qahri qattiqroq, Eski "sen" da bor edi yurak. Mayli sodda, yomon boʻlsada, Menga eski oʻsha "sen" kerak. Iltimosim eski "sen" ga qayt, Yangi " sen" ga yoqa olmayman. Avvalgidek samimiy boʻlgan, Tuygʻularni topa olmayman. Qaytarib ber , yokida topib, Oʻsha mening eski " sen" imni. Muallif: Guli_Abdullayeva Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
Показать все...
03:05
Видео недоступноПоказать в Telegram
"Qiz bola boʻlsa oʻqib nima bor ", "Oʻqib dunyoni olib berarmidi", " Yoshi oʻtyapti erga tegsa boʻlmaydimi", "Oʻqishga kirib oʻzgarib ketdi", "Oʻzicha bilimdon" ... Ps:Bas,yetar. Qachongacha? Qachongacha odamlarni shunday gap soʻzlaridan qoʻrqib yashaymiz. "Odamlar nima deydi " deb oʻz maqsadlarimizdan voz kechamiz. Qiz bola faqat oila bekasi, farzand tarbiyasi, uy ishlarini qilish uchun yaratilgan degan tushunchalar ogʻushida yashash toʻgʻrimi. Nahot,qiz bolalarni oʻqishi shu qadar yomon boʻlsa.Biz faqatgina ota-onamizni orzularini amalga oshirish yoki shunchaki oliy maʼlumotli degan nomni olish uchun yurmayapmizku.Axir, kelajak uchun,millat uchun,ayollar faqatgina uy roʻzgʻor yumushlarini bajarishdan tashqari boshqa ishlarni ham qila olishini koʻrsatish uchun harakat qilyapmiz. Balki,avval bunday yurmaganm,qishloq qizi va oddiy oilani farzandi ekanligim uchunmi? Kiyinishim,yurish turishim "muhokama markazida". Menimcha oilam ishonchini oqlab kelayotganmni unutishdi chogʻi. #Abdullayeva_G @dil_ijodkori
Показать все...
436444349_7879734165394669_8684806459880072937_n.mp415.71 MB
Baxt emas ... Mualliflar: ✍️ #Sevara_Izzatullayeva ✍️ #Guli_Abdullayeva Ijroda: 🎙️ Nodira Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
Показать все...
Audio_853013.m4a1.80 MB
00:49
Видео недоступноПоказать в Telegram
Baxt emas. #Sevara_Izatillayeva: Men sizga baxt emas armon bo'laman, Armonni kutasiz baxtlardan kechib. Hatto tushingizga kirmay qo'yaman, Sog'inch ijaraga keladi ko'chib. #Guli_Abdullayeva: Men sizga baxt emas sarob bo'laman, Róyoga ergashib ishqdan tonasiz, Qiynaydi dilingiz tinmay so'roqlar. Xijronni o'tida shamdek yonasiz. #Sevara_Izatillayeva: Men sizga baxt emas hayol bo'laman Parchalab tashlayman orzularingiz. Hammadan izlaysiz kulgularimni, Chalkashib ketadi tuyg'ularingiz. #Guli_Abdullayeva: Men sizga baxt emas afsus bo'laman, Izlaysiz har lahza izimni tinmay. Topolmay alamdan yig'lab qolasiz, Yashaysiz ishq nedur,sevgini bilmay. #Sevara_Izatillayeva: Men sizga baxt emas yomg'ir bo'laman, To'kilib ketaman gullar yuziga . Siz kulib qaraysiz, ko'zingiz yumib, Lekin baxt emasman, armonman sizga. #Guli_Abdullayeva: Men sizga baxt emas shamol bólaman, Uchirib ketaman xalovatingiz . Chang kabi qolasiz g'urborda sónib, Kor qilmas hech bitta nadomatingiz . M: #Sevara_Izatillayeva #Guli_Abdullayeva
Показать все...
IMG_4139.MP48.43 MB
00:18
Видео недоступноПоказать в Telegram
When two hearts are meant for each other no distance is too far Ikki yurak bir-biriga mo'ljallangan bo'lsa, hech qanday masofa uzoq bo'lmaydi... ❤️‍🩹🌏🫶 Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
Показать все...
CtRHB3ztmIg.mp41.42 MB
Bolaligim. Bolaligim seni sog'indim, Eslayapman kulgularimni. Yodga oldim ikki ko'zda yosh, Sarson qilib tuyg'ularimni. Bolaligim eng begʻubor dam, Baxtli edim, dilda yo'q g'ubor. Qani endi yana bir marta, Bolalikka qaytsaydim takror. Xa esimda tor, chang koʻchalar, Onam yopgan kulcha nonlar ham. Xazil qilib quvnashar edik, Dilimizda yoʻq edida gʻam . Ilk bolalik oʻsmirlik yillar, Sevgi nima bilmasdim essiz. Rozi edim vaqt ortga qaytsa, Bir bor sevsam qolmasdim hissiz. Yulduz sanab bedor tun aro, Kapalaklar quvardim chopib. Armon nima bilmasdim sira, Lek, ulg'aydim dard oldim topib. Qiziq edi ham totli biram, Og'ritmasdi qalbimni so'zlar. Yig'latmasdi xatto odamlar, Faqat baxtdan porlardi ko'zlar. Bir mayizni boʻlardik yeyib, Ranjitsalar xafa boʻlmasdim. Onam alla aytib bersa bas, Kerak bo'lsa katta boʻlmasdim. Umrining zoʻr qaynoq pallasi, Yetmas edi tutqichga boʻyim. Bolaligim seni sogʻindim, Faqat senda hayol va oʻyim. Muallif: #Guli Abdullayeva Ijroda: Nodira https://t.me/dil_ijodkori
Показать все...
Audio_833801.m4a1.87 MB
GULIM Muallif:✍ #Guli_Abdullayeva Ijroda: 🎙IsLoMBeK_InTiZoRiY Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
Показать все...
2.60 MB
In shaa Alloh. Bir kun kelib Xudo xohlasa, Bamisoli oydek toʻlaman. Yaratganim qoʻllab tursa bas, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! Dovrugʻimdan titraydi dunyo, Davrim kelar, davron suraman. Ota-onam sha'ni, hurmati, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! "Qiz bolasan oʻqib nima bor ?", Deganlarga koʻrsatib viqor. Mehnat qilib takror va takror, In shaa Alloh zoʻr boʻlaman! Siz koʻrasiz, shijoat bilan, Sabr qilib, matonat bilan. Qalbimdagi jasorat bilan, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! Kutar meni men kutgan kunlar, Ortda qolib bedorli tunlar. Meva berar zahmatli yillar, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! Ezgulikka boʻlgancha yoʻldosh, Yaxshilikka boʻlib yelkadosh. Koʻzlar toʻkar faqat baxtdan yosh, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman! Akam bergan ishonchlar haqqi, Yaqinlarim quvonchi haqqi. Alloh bergan sabr hurmati, In shaa Alloh zoʻri boʻlaman. Muallif: #Guli_Abdullayeva Ijroda: Nodira Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
Показать все...
Audio_751832.m4a1.37 MB
Ayro yoʻllar. Nurab borar qoya kabi jismda ruh, Toʻqnashmaydi endi boshqa nigohlar ham. Bogʻlab turgan,bizlar yurgan yoʻllar aro, Izlasakda topolmaymiz koʻzlarda nam. Koʻzlar rangi unutildi soʻzlargacha, Qiyofalar elas-elas jonlanadi. Soʻngi tola, soʻngi natoj bari tamom. Qotillikka yurak amri yonlanadi. Bari sarob xazon kabi soʻndi umid, Tutashtirmas, bizni birga qilmas manzil. Goʻyo oddiy oʻyinchoqdek oʻyin boʻldik, Taqdir kuldi ustimizdan qilib xazil. Titrab, xorgʻin olislarga boqib mushtoq, Kun sanayman termulgancha yoʻllaringni, Kuta kuta umid asta soʻnib borar, Jonsiz tanam balki tegar qoʻllaringga. Muallif: ✍️#Guli_Abdullayeva Ijroda: 🎙️Nodira Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
Показать все...
Nodira (2).m4a1.37 MB
Ajab boʻpti. ( Xazil she'r ) Noz qilasan toʻymaysan, Yo nazarga ilmaysan. Jim sevgani qoʻymaysan, Sevmasang ajab boʻpti. Rashk qilasan pinhona, Meni qilding devona. Erkatoyim bir dona, Sevmasang ajab boʻpti. Oʻlayda turishningda, Adoman kulishingdan. Sani bu yurishingdan, Sevmasang ajab boʻpti. Mensimaysan bizlarni, Kuydirasan koʻzlarni. Eshitmading soʻzlarni, Sevmasang ajab boʻpti. Olib berardim oyni, Yulduzlardagi joyni. Mendayin yangi boyni, Sevmasang ajab boʻpti. Yuraver oʻzingni ob, Tinch qoʻydim boshqasin top. Izlaysan a bir kun xoʻp, Sevmasang ajab boʻpti. Muallif: Guli_Abdullayeva Bizning manzil 👉 @dil_ijodkori 👈 Oʻzgacha hislar maskani 🤍✨https://t.me/dil_ijodkori
Показать все...