cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

hardcore motivator

About myself: coffeeholic, bookaholic, loves music Here you can find: – Dush qabul qilayotganimda kelib qolgan fikrlar; – Million $ lik treninglarda ham aytilmaydigan motiveshnlar – Yana bir balolar...

Больше
Рекламные посты
991
Подписчики
Нет данных24 часа
-57 дней
-5530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Sahifani doim yopavermasdan, Gohida yirtib tashlash ham lozim. ©Ashil Shave
Показать все...
🔥 9👍 5 1 1👏 1
Odamlar yigʻlaydi. Aza tutadi. Seni haqqinga duo oʻqishadi. Yetti kun oʻtadi. Qirq kun oʻtadi. Qabringa kelib turishadi. Yil sayin seni unutishadi. Hech kim kelmay qoʻyadi. Eslashmaydi ham. Goʻyo bunaqa odam yashamagandek. Odam oʻlganidan keyin uni shunchalik tez unutamizki... Maʼno? Bu hayotda maʼno yoʻq. Maʼno izlashni oʻzi maʼnosizlik. Maʼnoni izlab-izlab yana oʻsha maʼnoni izlashni boshlagan joyingga qaytib kelasan. Sen kimsan oʻzi? Oʻqituvchisan? Yoʻq kasbingni soʻramadim. Otaman deysanmi? Bu emas aniq javob. Odam? Yoʻq. Seni maʼnoying nima? Asling nima? Nimasan oʻzi? Nimalar qilib tentirab yuribsan? Ikki oʻlchamli hayot uchun uch oʻlchamli hayot maʼnosiz boʻlganidek, uch oʻlchamli hayot uchun toʻrtinchi oʻlcham koʻrinmas maskan, maʼnodan tashqarida... Maʼnoni maʼnosi kerakmi senga? Vaqting tugayapti. Umring tugayapti. Qurt-qumursqalarni ovqat boʻlasan bir kuni. Eng qoʻrqinchli maʼno — vaqt. U tugayapti... Boshqa narsa yoʻq. Yana maʼno izlab koʻrchi. Mana senga... (Gaplarimni juda diqqat qilib oʻqib yurmanglar. Baʼzan shunaqa valdirab turaman.)
Показать все...
11💯 5👍 4🤯 2 1
Odam hayotdan nuqul maʼno izlamasdan shunchaki yashashi kerak. Boʻmasam oʻlib-poʻlib qoladi...
Показать все...
9👍 2🔥 2
Bitta Qoʻqonni kindigidan, kindiginiyam qora joyidan bir hamkasb aka bor edi. Doim bir prablemasini hal qilsam, ishiga yordam bervorsam yoki bir narsani oʻrgatib yuborsam "bittasiz aka" devurardi. Bu gapni faqat mangamas hammaga aytib yurardi. Bu gapni koʻp ishlataverganidan manimcha asl maʼnosi oʻzining ham esidan chiqib ketgan. Mantiqan oʻylab qaralsa, har kim yagona, bitta. Barmoq izlari har xil. Lekin bugungi gap bu aka haqidamas, barmoq izlari haqida ham emas tema. Gap haqiqiy, qiyomatli doʻst topishda. Kishi hayotida shunday doʻsti boʻladiki, rostdan ham u bitta. U oʻzida bir tiyini boʻlmaganida ham, qarz kerak edi judayam kerak desang boʻldi doʻstim deydi va qayerdan, kimdan iltimos qilib boʻlsa ham, oʻz qadrini boshqalar oldida tushirib boʻlsa ham topib beradi. Bir joyga srochno borib kelishimiz kerak doʻstim desang, qayerga deb oʻtirmaydi: kettik deydi. U bilan pista chaqib, Cola ichib oʻtirsang narmalni joyda oʻtirsak boʻlardi demaydi. U uchun jonni berishga tayyorsan va shuni aniq bilib turasanki, u ham qoʻsh-qoʻllab luboy vaqt jonini bervoradi. U senga Xudoni eslatib turadi. Xato ish qilayotganingni bilib qolsa, eslatadi. U seni sen uni bittada tushunasan. Bunaqasi rostdan bitta. @hardcore_motivator
Показать все...
🏆 13 4👍 3🎉 1
Tavakkal qilmasdan natijaga erisholmaysan. Lekin daryoning chuqurligini ikkala oyogʻing bilan oʻlchama. @hardcore_motivator
Показать все...
👍 15🔥 5 2 2
Olov kabi hujum qil va tog'dek jim bo'l. @hardcore_motivator
Показать все...
🔥 12👍 5 1
Ingliz tilida "ordinary" soʻzi bor, "oddiy" degani. "Extraordinary" soʻzining tarjimasi esa "gʻayrioddiy", "olamshumul" maʼnolarini beradi. Bu ikkita soʻzni "extra" soʻzi farqlab turibdi. Bu soʻzning alohida maʼnosi esa "qoʻshimcha" , "yana biroz" maʼnolarini anglatadi. Buyuk odam boʻlish juda qiyin degan safsatani unutish kerak. Menga ishonishingiz mumkin, buyuk odam boʻlish ayniqsa hozir qiyin boʻlmay qoldi. Oddiy odamdan buyuk, olamshumul odamni farqi nimada? Buyuk odam oddiy odamdan biroz koʻproq ishlagan, biroz koʻproq harakat qilgan, biroz koʻproq sabr qilgan, biroz koʻproq bilgan, biroz koʻproq terlagan odamdir. @hardcore_motivator
Показать все...
🔥 7👍 4 4 1🥰 1
Hayot ertak emas. Togʻlar ortida yashil vodiy yoʻq. © Oqil Toʻraqul @hardcore_motivator
Показать все...
🔥 13 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Barcha buyuklarning qismatida yolgʻizlik bor. @hardcore_motivator
Показать все...
🔥 16👍 4 2
Nigeriyalik yosh xodimning maqolasi "Kelajak yoshlar qo'lida" Bu yozuvni qaysidir jin urgur nomi esimga kelmayapti xullas bir gazetada ko'rib qoldim. Qayerga borsang "yoshlar, yoshlar...". (Oʻzim ham yoshman) Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Yoshlarga oid davlat siyosatini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi, Yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Yoshlar yetakchilari, Yoshlar kelajagimiz jamgʻarmasi, Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili, Yoshlar ijod saroyi, Yoshlar daftari, Yoshlar teleradiokanali, Yoshlar muammolarini oʻrganish instituti, Yosh kitobxon tanlovi, Eʼtiborga muhtoj yoshlar bandligi, "Yoshlar - yoshlar uchun" shiori ostidagi bir narsa, Volontyor yoshlar, Yoshlar balansi, Yoshlar portali, Yoshlar gov uz, Yoshlar ijod saroyi, Yoshlar media xoldingi, Yoshlar festivali, Yoshlar ovozi, Rahbar va yoshlar uchrashuvi, Yoshlar kuni, Yoshlar oyligi... Yana juda koʻp... Bu roʻyxat uzunligi oyga yetadi. Shuncha tashkilot, chora-tadbir, mablagʻ, shuncha jamgʻarma, shuncha eʼtibor — bir qarashda hammasi biz yoshlar uchun. Xoʻsh kelajak bizni qoʻlimizdami rostdan? Boshqa tomondan qaraganda, bu sohada bir-birini funksional takrorlovchi tashkilotlar, oʻgʻriliklar boʻladigan tadbirlar, ishlamaydigan (boshqa maqsadda ishlaydigan) jamgʻarmalar. Poʻkak qancha shishirilgan koʻrinmasin baribir uning ichi boʻm-boʻsh. Kimdir kimlarnidir aldayapman deb oʻylab oʻzini aldayapti. Kelajakni oʻylamayapti. Vatanni oʻylamayapti. Masalan men bu yil yoshlar yili ekanligini amalda his qilmadim. Aksincha yoshlarni yomon koʻrishadi, yoshlarni chetga surib qoʻyishadi, yoshlarga ishonch bildirishdan qoʻrqishadi. Kelajak yoshlar qoʻlida deyildimi yoshlar uchun sal-pal yaxshiroq kelajakni qoldirish kerak... @hardcore_motivator
Показать все...
🔥 8👍 2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.