cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Бухоро вилоятида Қурилиш Назорати

Больше
Рекламные посты
458
Подписчики
+224 часа
+27 дней
+430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

➖ Qurilish obyektining 2-qavatida g‘isht terish ishlari loyiha yechimlari va QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” me’yoriy hujjat talablariga zid bajarilmoqda ya’ni loyihada devorlarda pishiq g‘isht berilgan bo‘lsada amalda qisman penablokdan foydalanilgan hamda bo‘ylama choklar sement qum aralashma qorishma bilan to‘liq to‘ldirilmayapti va armosetka g‘isht devorga loyiha asosida 5Ø5VR-I o‘rnatilmagan; ➖ konsol qismida bajarilgan temir-beton plitalar loyixa talabi asosida bajarilmagan. konsol qismidagi orayopma plitalarda antiseysmik kamarlar to‘liq bajarilmagan. 🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.
Показать все...
➖ Qurilish obyektining 2-qavatida g‘isht terish ishlari loyiha yechimlari va QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” me’yoriy hujjat talablariga zid bajarilmoqda ya’ni loyihada devorlarda pishiq g‘isht berilgan bo‘lsada amalda qisman penablokdan foydalanilgan hamda bo‘ylama choklar sement qum aralashma qorishma bilan to‘liq to‘ldirilmayapti va armosetka g‘isht devorga loyiha asosida 5Ø5VR-I o‘rnatilmagan; ➖ konsol qismida bajarilgan temir-beton plitalar loyixa talabi asosida bajarilmagan. konsol qismidagi orayopma plitalarda antiseysmik kamarlar to‘liq bajarilmagan. 🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha sifatsiz bajarilgan ishlarni demontaj qilish bo‘yicha buyurtmachiga topshiriq berilib, buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.
Показать все...
❗️Buxoro viloyati qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Kogon shahar “A.Navoiy” MFY hududida pudratchi “Raxmatov Maxmud Fatulloyevich” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan “Savdo va maishiy xizmat ko'rsatish binosi” obyektida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi. ✅Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi. ➖ obyektda g‘isht terish ishlari QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” me’yoriy hujjat talablariga zid bajarilmoqda ya’ni kalonna va rigellarda devorlarning ulanishi (uprugaya prokladka) MM-1 va SG-1 ishlari bajarilmagan; ➖ binoning quyma temir-beton zina kataklari bino qavatlari bilan birgalikda (parallel tarzda) bajarilishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, amalda mazkur binoda qurilish-montaj ishlari 1-2-qavatda zinapoya kataklarisiz olib borilmoqda. Binoning konstruktiv yaxlitligini ta’minlanmagan;
Показать все...
❗️Buxoro viloyati qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Kogon shahri Oltinko'l ko'chasi hududida pudratchi “Yuksalish dom stroy” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan “Ko'p tarmoqli xizmat ko'rsatish markazi” obyektida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi. ✅Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi. ➖ obyektda orayopma ishlari loyiha talabi asosida bajarilmagan; ➖ ish turlari bo‘yicha yopiq ishlar dalolatnomalari tuzilmagan; ➖ qurilish materiallari va buyumlarining muvofiqlik to‘g‘risidagi sertifikat va pasportlari taqdim etilmadi; ➖ Obyektda texnika xavfsizligiga rioya etilmasdan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda 🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.
Показать все...
👎 2
➖ Obyektda gazablok terish ishlari loyiha asosida bajarilmayapti ya'ni 675 mmda СГ-1 setkalar o'rnatilmasdan g'isht terish ishlari bajarilmoqda. 🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha qurilish ishtirokchilariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.
Показать все...
Buxoro viloyati qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Buxoro shahar, Bunyodkor MFY, Sanoatchilar ko‘chasi, 152-uy hududida buyurtmachi “Wega shop stroy” MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan “Ko‘p qavatli turar-joy binosi” obyektida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi. ✅ Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi. ➖ Binoning 3, 4, 5-qavatlarida gazoblok terish ishlarida ҚМҚ 2.01.03-19 me’yoriy hujjatning 3.5.6 bandi talablari asosida bajarilmagan ya’ni har 3 metrda parda devorlarda metal mustahkamlagich(krepleni)lar bajarilmagan. ➖ Obyektda texnika xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan ya'ni ishchilar maxsus kiyim bosh bilan ta'minlanmasdan qurilish montaj ishlarini olib bormoqda.
Показать все...
➖ binoning tom qismidagi yog'och ustunlar loyihaviy uzellar asosida bajarilmagan. 🔴 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.
Показать все...
❗️Buxoro viloyati qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan G‘ijduvon tuman Sarvari MFY hududida pudratchi “Nur inshoot” MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilayotgan “50 qatnovga mo’ljallangan “A. Navoiy” OSHPni rekonstruksiya qilish” obyektida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi. ✅Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi. ➖ OShP binosining qavatlararo bog'lovchi temir beton zinapoya va metal perillalari (tutqich) orasidagi masofa turlicha bajarilgan natijada mar-mar terishga joy qoldirilmagan; ➖ OshP binosining tashqi bazaltqoplamasi loyiha va normativlarga zid ravishda bajarilmoqda ya’ni loyihada har 1 kv.m da 9 dona anker bilan bazaltni devorga mahkamlash ko’rsatilgan bo’lib amalda 1 kv.m ga 4-5 dona anker mahkamlanmoqda; ➖ binoning tashqi bazalt qoplamasi devor sirtiga to'liq yopishishi ta’minlanmagan va bazalt shoflari pena qorishmasi bilan to'ldirilmagan;
Показать все...
✍️ havola #@Q2N1I 👇 🚰Buxoro viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi va "Buxoro suv ta’minoti" AJ xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Olot tumani “Dilkor” hamda "Denov" MFY larda iste’molchilarning ichimlik suvidan foydalanishini monitoring qilish, ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni aniqlash bo‘yicha nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. ❗️O‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davrida ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar aniqlanib tegishli tartibda ma’muriy koddeksning 163-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy choralar ko‘rilmoqda.
Показать все...
👍 1
✍️ havola #@Q2N1I 👇 🚨 Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan Buxoro shahar Alpomish ko‘chasi 31-uy 1-xonadon Pridastgir 7/8-uy 61-xonadon o‘rganildi. O‘rganish natijasida mazkur uyning oldi tomonida yengil konstruksiyali soyabon (ochiq ayvon) qilinib, akfa romlar bilan o‘rab olinganligi aniqlandi. Holat yuzasidan hududiy inspeksiya mutaxassislari tomonidan 15 kun muddatda mulkdorga o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha qurilmani bartaraf etish ya’ni oldingi holatiga keltirish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berildi. ❗️Biroq ko‘rsatmada belgilangan muddatda qo‘shimcha qurilgan qurilmalar bartaraf qilinmagan taqdirda mulkdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 159-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, jarima jazosi tayinlanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Показать все...