cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Zabarjad Mediа

«Zabarjad Media» nashriyoti rasmiy kanali Murojaat uchun: t.me/Sotuv_Zabarjad 🌐Facebook: fb.com/zabarjadmedia 🌐Instagram: instagram.com/zabarjadmedia 🌐YouTube: https://youtube.com/@ZabarajadMedia?si=3o4buNAchOsCF8gZ

Больше
Рекламные посты
2 193
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
-430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

​​#taqriz 📖 Chingiz Aytmatov va Muxtor ShoxonovCho‘qqida qolgan ovchining ohi zori Chingiz Aytmatovni kitobxonman degan odamga tanishtirishning hojati bo‘lmasa kerak. Muxtor Shoxonov esa qardosh qozoq xalqining ajoyib shoiri. Kitob qirg‘iz va qozoqning shoir va nosiri orasidagi suhbatlari asosida yozilgan. Unda azaliy va abadiy, butun insoniyatga aloqador mavzularda suhbatlashiladi. Dastlab, ikki do‘stning oilalari, ular boshiga tushgan ko‘rguliklardan boshlangan gap bir-biriga ulanib, turfa mavzularga – vatan, xalq, siyosat, xalqlar tarixi, nabodat olami, urf-odatlar, afsona-yu asotirlar va muhabbat kabilarga ko‘chib boraveradi. Biz adabiyot darsliklarida nominigina o‘qigan “Manas” qirg‘iz xalq eposi, uni og‘izdan og‘izga olib kuylagan oqin – baxshilar, bu epos butun turkiy xalqlarning qanchalik ulkan ma’naviy merosi ekanligi haqida ancha tasavvurga ega bo‘ldim. Qolaversa, kitobda qirg‘iz va qozoq xalqlarining kelib chiqishi, asli bu nom qayerdan paydo bo‘lgani haqida bir-biridan qiziq afsonalar aytilgan. Bu xalqlarning o‘ziga xos ma’naviy boyligiga aylangan an’analari, odatlarining o‘zi bir alohida olam. Kitobni o‘zimcha suhbat-ensiklopediya deb nomladim. Mavzular anchagina qiziq. Zabarjadmedia nashriyoti sariq adabiyotdek savdosi chaqqon bo‘lmasligini bilib turib shunday kitobni nashr qilishgani uchun juda xursand bo'ldim. Quyida suhbatlarning muhabbatga ajratilgan bobidan iqtiboslar qoldiraman. Mutolaadan charchamang! Mushohada – ongning vazifasi, tuyg‘u – yurakning imtiyozidir. Shunday kunlar ham bo‘ladiki, uni butun boshli bir asrga ham almashtirmaysan. Sevishning o‘zi juda ham katta davlat. Men butun insoniyatni ikki toifaga bo‘lgan bo‘lardim: sevishga qodir bo‘lganlar va muhabbat tuyg‘usidan benasib bo‘lganlar. Insoniyat ertami-kechmi, albatta, o‘zining qudratli manbai – Muhabbatga qaytajak... Mohichehra A’zam @zabarjadmedia – eng yaxshisini ilinamiz!
Показать все...

👍 12🔥 5 3🕊 2🤩 1
00:24
Видео недоступноПоказать в Telegram
#bolalaradabiyoti 🧸 Shirintoy bolajonlar uchun «Mening ertaklar kolleksiyam» turkumiga oid kitoblarni taqdim etamiz. 🔸Dog‘iston xalq ertaklari 🔹Gruzin xalq ertaklari 🔸Afg‘on xalq ertaklari 🔹Italyan xalq ertaklari 🔸Turkman xalq ertaklari 🔹Rus va Karel xalq ertaklari 🔸Osetin xalq ertaklari Umumiy naxi: 70 000 so‘m Buyurtma uchun: @sotuv_zabarjad @zabarjadmedia – eng yaxshisini ilinamiz!
Показать все...
Brown_Green_White_Minimalist_Drinks_Carousel_Mobile_Video_2.mp49.88 MB
🔥 10 4👍 2🕊 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#qisqacha 🔖«Taxtlar o‘yini» haqida ❗️Diqqat: Kitobni tezroq o‘qib tugating, Qirollar bilan to‘qnashishga oz qoldi. @zabarjadmedia – eng yaxshisini ilinamiz!
Показать все...
👍 22🔥 9 3🕊 2🎉 1
​​#kitobdan «Bulutlar bir-biriga aralash boshladi. Ba’zan uzilar, keyin esa yana sherigining ichiga kirib, ko‘zdan yo‘qolishardi. Qayerdadir tepada Xudo ularning safarini tartibga solayotgan bo‘lsa kerak. Endi nega mendek kichkinagina qora mo‘ndiga vaqt topolmayotganini tushungandekman. Bu urushda bir-birini yanchishga tayyor lashkarlar, tank va o‘q-dorilar orasida adolat o‘rnatish bilan band. Kimning tirik qolishi, uning qaroriga bog‘liq axir. Agar hammasi Xudoning irodasida bo‘lsa, bu dehqonlar nega dinlari, rohiblari va cherkovlaridan xavotirlanib qolishdi? Sovet askarlarining niyati mehroblarni buzib, rohiblarni o‘ldirish va xudojo‘ylarni yo‘q qilish bo‘lsa, urushda g‘olib chiqolmasligi aniq. Eng ko‘p mehnat qilgan va eng ko‘p charchagan Xudo ham bandalarini bunday tahlikaga tashlab qo‘ymaydi. Unda, urushda nemislar g‘alaba qozonarkan-da? Lekin ular ham cherkovlarga o‘t qo‘yishar, butun-butun xalqlarning tuxumini quritishardi. Xudoning ko‘zi bilan qaralsa, ikkovining ham yengilishi maqsadga muvofiq bo‘lardi. Qishloqliklar ayollar va bolalar davlat nazoratida xalqqa teng taqsimlab beriladi, deyishgandi. Yanayam kim biladi deysiz?» Yeji Koshinskiy, «Rangi qushcha» kitobidan @zabarjadmedia – eng yaxshisini ilinamiz!
Показать все...

👍 6🔥 5
#kitobdan «Bulutlar bir-biriga aralash boshladi. Ba’zan uzilar, keyin esa yana sherigining ichiga kirib, ko‘zdan yo‘qolishardi. Qayerdadir tepada Xudo ularning safarini tartibga solayotgan bo‘lsa kerak. Endi nega mendek kichkinagina qora mo‘ndiga vaqt topolmayotganini tushungandekman. Bu urushda bir-birini yanchishga tayyor lashkarlar, tank va o‘q-dorilar orasida adolat o‘rnatish bilan band. Kimning tirik qolishi, uning qaroriga bog‘liq axir. Agar hammasi Xudoning irodasida bo‘lsa, bu dehqonlar nega dinlari, rohiblari va cherkovlaridan xavotirlanib qolishdi? Sovet askarlarining niyati mehroblarni buzib, rohiblarni o‘ldirish va xudojo‘ylarni yo‘q qilish bo‘lsa, urushda g‘olib chiqolmasligi aniq. Eng ko‘p mehnat qilgan va eng ko‘p charchagan Xudo ham bandalarini bunday tahlikaga tashlab qo‘ymaydi. Unda, urushda nemislar g‘alaba qozonarkan-da? Lekin ular ham cherkovlarga o‘t qo‘yishar, butun-butun xalqlarning tuxumini quritishardi. Xudoning ko‘zi bilan qaralsa, ikkovining ham yengilishi maqsadga muvofiq bo‘lardi. Qishloqliklar ayollar va bolalar davlat nazoratida xalqqa teng taqsimlab beriladi, deyishgandi. Yanayam kim biladi deysiz?» Yeji Koshinskiy, «Rangi qushcha» kitobidan @zabarjadmedia – eng yaxshisini ilinamiz!
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Yoʻlda boʻl, choʻlda boʻl, Doim kitob bilan boʻl.
Nashriyotimiz kitobini manziliga yetguncha oʻqib ketayotgan kitobxon. Rasm Facebookdan olindi. @zabarjadmedia – eng yaxshisini ilinamiz!
Показать все...
👏 21👍 9🔥 5
00:24
Видео недоступноПоказать в Telegram
#yoshkitobxon 📚 «Yosh kitobxon» tanlovi ro‘yhatidan o‘rin olgan bir qancha kitoblar nashriyotimizda nashr etilgan. Yuqorida ular bilan tanishishingiz mumkin. ❗️Tanlovda qatnashayotgan do‘stlaringizni xabardor qilishni unutmang. @zabarjadmedia – eng yaxshisini ilinamiz!
Показать все...
Green_Beige_Beauty_Skincare_Product_Promotion_Sale_TikTok_Ad_1.mp43.38 MB
🔥 11👍 9 1🎉 1
#muallif Mirmuhsin (Mirmuhsin Mirsaidov) 1921-yil 3-may kuni Toshkentning Kesakqo‘rg‘on mahallasida kulol oilasida tug‘ilgan. Eski shahardagi 1-maktabni va Toshkent davlat pedagogika universiteti Til va adabiyot fakultetini tugatgan. Shoir Mirmuhsinning ilk toʻplamlari «Er yurak», «Vatan». U koʻplab sheʼrlar, «Usta G’iyos», «Doʻlan», «Yashil qishloq», «Qadrdonlar», «Shiroq», «Nevara» singari dostonlar, «Adib va Ziyoda» kabi sheʼriy roman muallifi. Uning «Dorbozlar», «Jamila», «Hikoyalar», «Qizil durralar», «Sozanda» singari hikoya va qissalar toʻplamlari bor. «Arab hikoyalari», «Iskandariya koʻrfazi», «Moʻtilal», «G’urbatdagi odam», «Chodrali ayol» hikoya va qissalarida Sharq xalqlari hayotini tasvirlaydi. Nashriyotimizda Mirmuhsinning «Ilon o‘chi» romani va «Onaizor» qissa, hikoyalar to‘plami nashr etilgan. @zabarjadmedia – eng yaxshisini ilinamiz!
Показать все...
🔥 9👍 5 3
00:21
Видео недоступноПоказать в Telegram
#video Yangi olgan kitobimni uyga qanday olib kiraman. @zabarjadmedia – eng yaxshisini ilinamiz!
Показать все...
IMG_9510.MOV3.99 MB
🔥 25👍 8 5🤩 5💯 3🤔 2🎉 2👌 2🕊 1
#sotuvda ✨ Jahon adabiyoti durdonalari 📖 Ken Kizi – Kakku uyasi uzra parvoz Sahifalari soni: 400 bet Muqova: qattiq Narxi: 55 000 so‘m 〰️〰️〰️〰️〰️〰️ 📖 Yeji Koshinskiy – Rangin qushcha Sahifalari soni: 256 bet Muqova: qattiq Narxi: 45 000 so‘m 〰️〰️〰️〰️〰️〰️ 📖 Oskar Uayld – Dorian Greyning portreti Sahifalari soni: 320 bet Muqova: qattiq Narxi: 45 000 so‘m 〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Umumiy narxi: 145 000 so‘m 130 000 so‘m Buyurtma uchun: @sotuv_zabarjad @zabarjadmedia – eng yaxshisini ilinamiz!
Показать все...
👍 16🔥 7🤩 4 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.