cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

𝓚𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝓷 𝓢𝓮𝓼𝓲♡

" Qalbdan chiqqan satrlar ko'kka misli qushdek parvoz ettirajak, muallif sehri ila zar harflarda qog'ozga bitilajak... " Creator and author: #Angel

Больше
Рекламные посты
574
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Shahzoda uni alohida, bir kishilik, qattiq qòriqlanadigan zindonga joyladi. U paytda sen shahzodani xonasida eding. Shahzoda Gregor yigit kishini gapirtirish oson emas deb hisoblab, uni emas seni sòroq qilishda davom etdi. Bu orada malum vaqt Marco janoblari unutildi. Shahzoda ham asl maqsadini unutib, kun-u tun seni yoningda bòladigan odat chiqardi. Bir kuni Marco janoblari zindondan qochib sen bilan kòrishishiga oz qoldi. Shundan sòngina shahzoda Gregor uni ortiqcha deb hisoblay boshladi. Umuman olganda u seni Marco bilan qochib ketishingdan chòchigan. VA UNI ÒLDIRGAN!... XAXAXAXA!... U SENI DÒSTINGNI QASDDAN ÒLDIRGAN! SEN ESA ÒZ DÒSTING QOTILI QÒYNIDA BEMALOL YURIBSAN! Lesli bir muddat gapirishdan tòxtab qizdan qandaydir reaksiya kutdi. Emilini kòzlari yoshlanganini kòrgach esa bor ovozda kulib yubordi. -SEN AHMOQSAN! ÒZ DÒSTI QOTILINI SEVADIGAN AHMOQ!...- dedi u telbalarcha qichqirarkan,- Hòsh, endi nima qilasan? Haqiqatni bilgach ham uni sevishda davom etasanmi?... #Angel
Показать все...
#Ziddiyat 38-qism Sir O'rta asrlar. Shahzoda Karl hududi. -Hududimda bòri nima qilayapti?- Karlni qoshlari chimirilib ketdi,- Qanaqa ont ichish? Gregor, nima qilayotganingni bilasan deb umid qilaman. -Men esa sòzing ustidan chiqasan deb umid qilaman,- Emili Karlga yov qarash qilgancha dedi. -Gapga suqulmay tursang hursand bòlardim, bòrivachcha,- dedi Karl tishlari orasida. -Afsuski seni hursand qiladigan narsa qilmayman. -Nima haliyam òsha ishdan òpkalanib yuribsanmi? Bòrilar kechiruvchan bòladi deb òylardim. -Sendek ahmoqlarga kelganda istisno qilamiz. -Bas qil ikkalang ham,- boshida oģriq turgan Gregor ortiq jim turolmadi,- Bir-biringni ģajishga tayyorsizlar-a? Bòldi biz ketamiz. -Sen bilan yolģiz gaplashib olaylik,- Karl bir sakrab otdan tushdi. -Yolģiz?- Gregor yonidagi qizga kòz tashlab qòydi,- Balki sen bilan ertaga uchrasharmiz? -Istasang uni qochmasligi uchun askarlarim qòriqlab turishadi,- dedi Karl dòstini nima demoqchiligini tahmin qilib. -Shartmas,- Gregor dòstiga norozi qarab turgan qizni kòrib kulgudan òzini zòrģa tiydi,- Ertaga uchrashamiz. Hozir ketganimiz maqul. Gregor dòstini savollaridan bazòr qutilib Emilini yetaklagancha saroyga qaytdi. Bu orada Emili tinmay Karlni yomonlaganini hisoblamagancha yòlda hech qanday qiyinchilikka duch kelishmadi... -Boshqa òsha ahmoqni turqini kòrishni istamayman,- Emili Gregorni yotoģiga yotgancha Karlni yomonlashda davom etdi,- Hech kimdan bu darajada nafratlanmagandim. -Mendan hammi? -HA! -Qiziq...- kuldi yigit,- Men senga undan ham kòp ziyon yetkazgan bòlsam... Qanaqasiga undan kòp nafratlanishing mumkin? -Bilmayman!- Emili kòrpa ostiga kirib oldi,- Yaxshisi uxlayman. Yòqsa asablarim tinchlanmaydi shekilli... -Boya uxladikku! -Men emas sen uxlading. Endi meni galim. -Balki boģda biroz sayr qilarmiz?- Gregor taklif bildirdi. Ammo gapi javobsiz qolganidan tushundiki, qiz allaqachon uxlab qolgan. U doim shunday. Qattiq charchasa yoki nimadandir norozi bòlsa bir zumda uxlab qoladi. Hozir unda ikkala holat ham kuzatilayapti. Gregor kulgancha qizni boshidan kòrpani olib, uni ancha vaqt kuzatib òtirdi. Sòng ishlari borligini eslab istamaygina xonani tark etdi... Kech tushgach uyģongan Emili xonada yolģiz ekanligini kòrib hayron bòldi. Bu paytda shahzoda doim xonasida bòlardi, faqat muhim ishlari chiqib qolsagina istisnolar bòlardi. Demak uni muhim ishi bor. Emili chuqur uf tortgancha shahzodani kutib òtirdi. Orada bugungi yoqimli kunni eslab, oxiri Karlni nomiga haqoratlar yoģdirishni ham unutmadi. Nega bu yigitni kechira olmayotganini òzi ham tushunmayapti. Balki endi Gregor bilan orasi yaxshilanayotganda u barini barbod qilgani uchundir? Aslida buni ham asosiy sabab deb bòlmaydi. Chunki bu ishlarda hammadan ham Gregorni aybi kòproq. Unda Karlchi? Balki hamma gap Karl Emilini bòriligini bilgach ham birga bòlishga istak bildirganidir? Ha, aynan shunday. Emili har qanday tana oģriģiga chidashi mumkin, ammo vampir shahzodani kanizagi bòlishga chiday olmaydi. Gregor bundan istasno. Chunki Emili Gregor òzini sevishini juda yaxshi biladi. Bu munosabatlarni oxiri nima bòlishini bilmasada u shahzodadan ayrilishni umuman istamaydi. Chunki u ham Gregorga allaqachon kòngil qòyib bòlgan. Shuning uchun ham uni kechirgan qiz, deyarli aybi bòlmagan Karlni kechira olmayapti... Qorni ochganini his qilgan Emili xonada ortiq kutib òtira olmadi. Odatda hizmatchi shu paytgacha ovqat olib kelishi kerak edi. Emili qiyinchiliksiz oshxonani topib bordi. U yer uncha katta emas, ammo barcha jihozlari bor edi. Atigi bitta bòri ovqatlanishi uchun shuncha shart-sharoit... Oshpaz ayolni aytishicha Emili kelmasidan oldin bu yerda atigi bir necha xil ovqat pishgan ekan xolos. Òsha ovqatlar ham haftada ikki-uch marotaba pishirilar ekan. Hozir esa shahzodani qatiy talabi bilan oshpaz ayol odamlar hududiga borib turli xil ovqatlarni òrganayapti. Shunga majbur ham. Kim ham "Ovqatda kamchilik bòlsa boshingni olaman" degan gapdan chòchimasligi mumkin?
Показать все...
Qorni tòygan Emili xonasiga yòl oldi. Ammo zindon eshigi oldidan òtayotganida ingragan tovushni eshitib taqqa tòxtadi. Hayoliga faqat Lesli kelardi... Gregor uni qancha qiynaganini eslab òzini yomon his qildi. Axir bu qiynoqlarni òzi ham his qilgan. Va bu azobni u dushmaniga ham ravo kòrmaydi... Emili bir qarorga kelib zindon tomon yurdi. Emili shahzoda uchun qanchalar qadrli ekanligini bilgan soqchilar uni tòxtatib qolisholmadi. Tanish zinalardan pastlagan qiz bu yerga ilk kelgan kunini esladi. Òshanda hamma yaqinlarini yòqotgan qiz òz ajalini kutib yotardi. Taqdirni hazili ila òsha ajali hozirda u uchun eng yaqin odam... aniqroģi vampir... Emili ingragan tovush izidan zindonni oxirigacha bordi. U yerda kiyimlari abgor holatga kelgan Leslini kòrib òzini ģalati his qildi. Qizni sochlari tòzģigan, jarohatlari bitishga ulgurgan edi. Faqatgina eng chuqur jarohatlardangina haligacha qon oqardi. -Ahvolimni kòrib rohatlangani keldingmi?- Emilini kòrgan qiz jonlangandek bòldi. Ammo ovozi juda past tònda chiqdi,- Qara, ajoyib manzara ekanmi? Endi kòngling joyiga tushdimi? -Men buni istamagandim,- Emili pichirladi,- Men Gregorga "Uni azobla" demadim. Bariga òzing sababchisan. -Men?- qiz alam bilan gapirar ekan kòzlari qizil rangda tovlandi. Sòng kutilmagan tezlikda panjaraga yopishdi. Bundan chòchib ketgan Emili beehtiyor ortga bir qadam tashladi,- MEN SABABCHIMANMI? YÒQ! BARIGA MENI HAYOTIMNI BUZGAN SEN IT AYBDORSAN. SEN MENDAN SEVGIMNI TORTIB OLDING!!! SHAHZODA SENDEK KÒPPAKNI NIMASIGA UCHDI HAYRONMAN... -Haqoratlaring hech narsani òzgartirmaydi, Lesli,- Emili qizni qip-qizil kòzlariga tikilgancha dedi,- Vaqtida Gregordan kechirim sòra, hayotingni saqlab qol. -Sen ahmoqsan,- Lesli havsala bilan ovozini pasaytirdi,- Qanaqasiga òzingni shuncha qiynagan, yaqinlaringni òldirgan kimsani sevishing mumkin? -U meni deyarli qiynamadi ham. Òsha sanoqli qiynoqlarga ham òzim sababchi bòlganim uchun ham undan hisob sòrolmayman. Yaqinlarimga kelsak... bu haqida hech narsani bilmaysan. Har qanday shahzoda òzini hududiga kirgan dushmanini òldirgan bòlardi. Yana u payti Gregor meni tanimasdi... Yaqinlarimni ham qasddan òldirmagan. Lesli avval Emiliga tikilgancha past ovozda kulib turdi, sòng telbalardek bor ovozida kulib yubordi. Bu shunchalar daxshatli kulgu ediki, Emilini yana bir qadam ortga chekinishiga sababchi bòldi. -Qasddan òldirmagan???- Lesli baqirgancha yana kulishda davom etdi,- Haya, sen hali hech narsani bilmaysanku! Bilganingda òsha vaxshiy shahzoda yonida bir soniya ham qolmasding... -Nimani nazarda tutayapsan?- Emili yutingancha sòradi. -Senga jon deb aytib beraman,- Lesli jilmaygancha gap boshladi,- Òsha qishloqdagilaring bilan bòlgan jangda nafaqat sen, balki yana bitta yigit ham tirik qolgan. Kimligini bilasanmi?- Lesli yana bor ovozida kulib yubordi,- BU ÒSHA! SENI JONAJON DÒSTING MARCO! Emili uni gapidan nafas olishni ham unutib qotib qoldi. Bir tomondan miyyasi dòsti tirik qolganidan hursand bòlsada, ikkinchi tomondan qandaydir kòngilsizlik bòlganini sezib turardi. -U qanday tirik qolgan, bilasanmi?- Lesli qizni ahvolidan rohatlangancha gapirishda davom etdi,- Sarkarda seni tutib olgan. Dòsting esa senga yordamga oshiqqan. Òz navbatida uni ortidan ham vampir tushgan. Dòstimiz Marco vampir askarni òldirib qochishga muvaffaq bòlgan. U seni qutqarish uchun ham chegaradan vaqtincha chiqib turishga majbur bòlgan. Qolgan hamma òlgan. Oradan bir haftacha òtib jarohatlari tuzalgan dòstimiz Marco òzini chirib ketgan miyasi bilan seni yolģiz qutqara olishiga ishonib saroyga kelgan. Va tabiiyki qòlga tushgan.
Показать все...
-Uzur xonim,- och sariqdan kelgan biroz tòlishgan ayol Emilini kòrgach hovliqqancha dedi,- Hozir ovqat tayyor bòladi. Bugun sayohatdan kech kelgansiz deb òylagandim. Shunga ovqatga kechroq qaragandim. -Hech qisi yòq,- Emili stullardan biriga joylashdi,- Erta qaytishimizga tòģri keldi. Bitta ahmoq romantikani beliga tepdi. -Kim?- oshpaz ayol Emilini pichirlab aytgan ohirgi jumlasini ilģagancha dedi,- Kimni haddi siģdi? -Ahamiyati yòq,- qiz beparvo stol ustidagi olmalardan birini olib tishladi,- Òzingizda nima gaplar? Kecha odamlar hududiga borib kelgandingiz... -Ha, umi?- ayol negadir chòchib ketdi,- Shunchaki òsha yerdagi oshpazlardan bir nechta ovqatlarni òrganib, unga kerak bòladigan masalliqlarni olib keldim. -Aytishlaricha oldin oddiy odam bòlgan ekansiz,- Emili oshpaz nega chòchiganini sababini tushungancha dedi,- Bu yerga qanday kelib qolgansiz? -Har oy shahzoda uchun har xil qishloqlardan oltita qiz olib kelishadi,- ayol hòrsingancha gap boshladi,- Haqiqiy qon ancha chanqoqni bostiradi. Shu sabab ham oltita qiz shahzoda uchun bir oyga bemalol yetardi. Men òshalar orasida kelganman... Saroyda inson sifatida ikki hafta yashadim. Sòng... navbat menga keldi... Òshanda atigi 16 yoshda edim. Yashashni juda istardim, juda qòrqoq edim. Shahzoda xonasiga kiritilganimda qòrquvdan hushdan ketganman. Uyģongach esa yiģlagancha undan òldirmasligini òtinib sòraganman. Shahzoda esa ikkita shart bilangina rozi bòldi... -Qanday shart?- dedi Emili ayol gapidan tòxtab qolgach. -Birinchidan men vampirga aylanishim kerak edi... -Ikkinchi shartchi?- Emilini qiziqishi ichiga siģmadi. -Ikkinchidan... òrnimga u uchun boshqa qiz olib kelishim kerak edi,- oshpaz ayol kòzlarini olib qochdi. -Siz nima qildingiz?- Emili Gregorni bu ishi uchun yaxshilab jazolashni kòngliga tugib qòydi. -Shartni bajarish uchun qishloģimga bordim,- ayol yutingancha davom etdi,- Men bir qizni aldab chegaragacha olib borishim kerak edi. Ammo bu ish oson emasdi. Kim ham tanimagan, uni ustiga yaqindagina vampirlar tomonidan olib ketilgan qizga ishonardi? Men alday oladigan yagona odam... singlim edi... -Nima?- Emili endigina olmani tishlagan edi, oģzidagi olma bòlagi pastga tushib ketdi,- Rostan... shunday... qildingizmi?... -Yòq, albatta,- oshpaz jilmayishga urindi,- Urinib kòrdim, ammo qila olmadim. Shahzoda menga ikki kun muhlat bergandi. Qaytmasam ortimdan askarlar kelishardi. Men òrnimga hech kimni olib borishga jurat qilolmagach ortga qaytdim. Òlimimni tan olib òzimni shahzodaga topshirdim. Ammo u... qonimni oxirigacha ichmadi... Endi òlaman deganimda meni vampirga aylantirdi. Vampir hayotiga kònikishim oson bòlmadi, albatta. Oldin oddiy hizmatchi edim. Sòng oldin odam bòlganim va ovqat qilishni bilganim uchun ham shahzoda meni oshpaz qilib qòydi. -Hayotingizdan mamnunmisiz?- Emili noqulay bòlgancha sòradi. -Albatta! Siz kelishingizdan oldin oilamdagilarni rosa soģinardim. Sharofatingiz bilan har hafta ovqat bahonasida ularni kòrib kelayapman. Yana saroyda sevganim ham bor. -U ham sizni sevadimi? -Ha... yaqinda turmush qursak ajab emas. Xullas, hayotimdan nolimayman. Shahzodadan esa meni tirik qoldirgani uchun òlgunimcha minaddorman... Emilini yuziga tabassum yugurdi. Shunda anglab yetdiki, Gregor kòringanidek yomon emas. U nafaqat Emiliga nisbatan, balki boshqalar uchun ham yaxshi bòla oladi. Shunchaki uni asl kòrinishini kòrish hammaga ham nasib etavermaydi... -Xonim, ovqat tayyor,- oshpaz ovqatni suzishga kirishdi,- Hozir tatib kòruvchini chaqiraman... -Shartmas,- Emili qarshilik bildirdi. -Ammo shahzoda ovqat zaharlanmaganligiga ishonch hosil qilish uchun oldin boshqa odam yeb kòrishini tayinlagan. -Bilaman. Buni keragi yòq, sizga ishonaman,- Emili oshpazni qòlidagi ovqatni olib tanovvul qilishga tushdi,- Hmm... juda mazali chiqibdi. -Rahmat, xonim,- ayol Emilini ishonchidan òzgacha entikkancha dedi. -Siz uchun oddiygina "Emili". Oshpaz jilmayib qòyish bilan cheklandi. Emilini oxirgi gapi uni òziga yaqin kòrganidan dalolat berardi. Ayolga bu hush yoqib, yangi dòsti bilan uzoq vaqt suhbatlashib òtirdi...
Показать все...
-Endi sòramaysan deb qòrqib turgandim,- Miya birdan kulishdan tòxtab, joyiga òrnashib òtirib oldi,- Sevimli yovuz qahramonim... Loki! U va Tony "Marvel" olamini haqiqiy yulduzlari. Bu qahramonlarsiz hozir uni filmlarini uncha qiziģi qolmagandek... -Gap bilan bòlib filmni ham tugatdik!- gapni burdi Karl qiz hozir ham boyagidek "òtlab ketishini" fahmlab,- Balki endi romantik film kòrarmiz? -Yòq, qòrqinchlisidan kòramiz,- Miya yigitdan pultni tortib olib òzi istagan filmini qòydi. Ammo filmni boshidanoq Karlni yelkasiga bosh qòyib uyqu saltanatiga ravona bòldi... Ğalati tushlardan uyģonib ketgan Miya kòzini ishqalagancha atrofga qaradi. U besh daqiqasinigina kòrishga ulgurgan film allaqachon tugagan ekan. Soat ham birdan oshibdi. U esnagancha òzi bosh qòyib yotgan yelka sohibiga qaradi. Uni kòzlarini yumgancha qimirlamay yotganini kòrib biroz hayron bòldi. -Karl... Karl...- dedi u yigitni turtib. -Ha,- Karl bir zum kòzini ochib qizga savol nazari bilan qaradi. -Uxlayapsanmi? Axir òzing vampirlar uxlamaydi degandingku... -Uxlamayotgandim,- yigitni ovozi boshqacha chiqdi,- Shunchaki... seni uyģotgim kelmadi... Shunga... kòzimni yumib... -Nega tutilib gapirayapsan?- Miya esnagancha yana yigitni yelkasiga bosh qòydi,- Ranging ham battar oqarib ketdi. Huddi nimadandir qòrqqandek... Karl bir nuqtaga qaragancha jim qoldi. U uzoq vaqt kecha qizni xotiralarida nimalarni kòrgani-yu, unga yolģon gapirganini hayol qilib òtirdi. Bu orada Miya yana uxlab qolishga ulgurgandi. Buni sezgan Karl qizni sochlaridan ohista siladi. -Bariga men aybdorman...- Karl qizni peshonasiga lab bosgancha pichirladi,- Òshanda seni himoya qila olmadim... Kechir... #Angel
Показать все...
#Ziddiyat 37-qism Film Hozirgi kun. Soat òn birlarga qarab uyģongan Miya avvalo uyqusi òchishini sabr bilan kutdi. Kechasi bilan uxlay olmagan va tongga qarab kòzi ilingan qiz uchun bu oson kechmayotgandi. Kim ham bir kunni òzida ikki kishini òldirib shunchaki uxlay olishi mumkin? Balki shundaylar bordir, ammo hali hayotda yomonlik kòrmagan, kòrgan bòlsa ham eslay olmaydigan Miyani qòlidan bu ish kelmaydi. U erinibgina yotoqdan turdida, oģrib qolgan kòzlarini ishqaladi. Tòzģib ketgan sochlarini nomigagina yiģib, dushga kirib chiqdi. Òziga qarash ham kòngliga siģmagan qiz asta pastga yòl oldi. Aslida u och qolgani uchun oshxonaga bormoqchi edi, ammo mehmonxonada òychan òtirgan Karlni kòrib bu fikrini òzgartirdi. -Hayrli kun,- Miya divanda òtirgan yigitni yoniga joylashdida, stolda turgan bitta cola shishasini oldi,- Nechuk buncha òychan va homush òtiribsan? Aslida men shu holatda bòlishim kerak emasmidi? Iyagini qòliga tirab bir nuqtaga tikilgancha òtirgan Karl kiprik qoqib ham qòymadi. -Karl?- coladan hòplagan qiz yigitdan javob bòlmagach dedi,- Eshitayapsanmi meni? -Nima?- òzini turtishgandan hayollari tarqab ketgan Karl bir muddat òzini ònglay olmay qoldi,- Miya? Uyģondingmi? Qachon kelding? -Nima balo gaplarimni eshitish tugul yoninga kelib òtirganimni ham sezmadingmi? Hayoling qayerda? -Men shunchaki...- Karl gapini davom ettirmay bosh chayqab qòydi. -Nima sen shunchaki?- Miya uni ahvolini tahlil qilishga kirishdi,- Karl... Kecha òtmishimni kòra olmaganingda seni ayblamayman. Aytganingdek men ham uncha umidlanmadim. Òzing aytdingku kuch barbir yetmadi deb! Shunday ekan buni òylab siqilishga hojat yòq. -... -Masalan men bu haqida umuman òylamayapman,- shunday deya Miya shishadagi colani bir kòtarishda bòshatdi,- Ahh... òtkirroģidan kerak bòlayapti. Mobodo uyingda ichkilik yòqmi? -Bu haqida òylamayotganinga ishonching komilmi, Miya?- Karl qizni ohirgi gapidan sòng kesatgancha dedi. -Yòq. Ammo òylamaslikka harakat qilayapman. Bunda menga ichkilik yordam beradi. -Shubham bor. Sen ichkilik ichsang battar siqilishga òtarkansan. -Jin ursin. Demak òshanda barda senga nimadir deganman,- Miya yigitni yoqasidan oldi,- Gapir, nima dedim?! -Meni yoqtirib qolganingni aytding,- Karl jilmaygancha gap boshladi,- Aytishingcha kollejda senga yordam berganimda senda menga nisbatan iliq tuyģular paydo bòlganmish. -Rostan shunday dedimmi?- Miya qoshlarini chimirdi, sòng bir nuqtaga tikilgancha labi chetida kulib qòydi,- Demak men ichganimda yolģon gapirar ekanmanda? Qoyil! Anchadan buyon ichkilik menga qanday tasir qilishiga qiziqib kelayotgandim. Sharofating bilan bilib oldim. Rahmat, turqi sovuqqinam. Karl peshonasini òpib qòyib xonadan chiqib ketgan qizni ortidan oģzini ochgancha qarab qoldi. Sòng yuzidagi hayrat òrnini bir zumda quvonch egalladi... Nimalardir yeb qornini tòydirib olgan Miya endi nima qilishi haqida òylab qoldi. Modomiki kimligi aniqlanmagan ekan endi Karlni yonida hammasiga kònib yashashga majbur. Umuman olganda endi unga kimni yonidaligini ham, qayerdaligini ham qiziģi yòq. Zerikib Karlni izlashga tushgan Miya uni xonasidan topdim. -Karl...- xonaga bostirib kirgan Miya telefonda gaplashib turgan, qizni kòrgach tezlikda telefonni òchirgan yigitga tikilgancha gapini davom ettira olmay qoldi. -Jin ursin, nega taqillatmasdan kirasan?- Karl òzini asabiy kòrsatish barobarida telefonini chòntagiga joyladi. -Kim bilan gaplashayotganding?- dedi qiz shubhalangancha. -Yordamchim bilan. Buni senga aloqasi yòq, hududimga doir ishlar... -Unda nega men kirgach shoshib gòshakni qòyding? -Chunki men undan òlja uchun kim nomzod bòlishi mumkinligini sòrayotgandim. Anchadan buyon qon ichmadim axir,- dedi Karl asabiy qoshlarini uchirgancha,- Nima shu gapni eshitishni xohlaganmiding? Shaxsan men buni sen tòģri qabul qilishinga ishonmay gòshakni qòydim. -Men zerikdim demoqchi edim,- Miya shubhalanishni bas qilar ekan, gapni burib yubordi,- Balki biroz aylanib kelarmiz?
Показать все...
-Ketishim kerak,- Karl javonidan kiyim tanlay ketdi,- Bugun muhim ishlarim bor. -Mendan muhim ish yòq,- Miya javon eshigini yopib yigitga asabiy qaradi,- Modomiki meni ushlab òtirmoqchi ekansan, demak kònglimga qarashga ham majbursan. -Shahzodalar asiralarini kòngliga qarashmaydi. -Tòģri, ammo men asiradan yuqoriroq poģonadaman. Shunday emasmi? Karl òziga ayyorona kulib qarab turgan qizga qarshi ortiq bir sòz ham ayta olmadi. Shunchaki uni taklifiga kòndi. Bu Miyani shubhalantirmay qòymadi. Chunki har bir gapiga "yòq" deb turadigan, òz bilganidan qolmaydigan shahzoda bugun negadir òzgarib qolgandi. Yana Miyaga nisbatan ovozini kòtarish va jerkish kabi holatlar ham butkul yòqolgandi. Balki bunga Miyani qotilligi sababdir?... Balki Miyani psixikasi buzilayapti deb qizga yumshoqroq muomilada bòlayotgandir? -Sen ģirromlik qilding. Barbir "Tir" da men yaxshiroq otdim,- aylanishdan qaytishayotganda Miya òz "arzini" ayta boshladi,- Men ģolibman. -Nima farqi bor? Men ģolib bòlgan bòlsam ham sovģa senga tegdiku!- Karl kulgancha orqa òrindiqdagi katta ayiqqa ishora qildi. -Ammo men asl ģolibman! Sen esa ģirromchisan! Chunki seni kòzing menikidan òtkirroq! -Shunga men aybdormanmi?- yigit qancha jahl qilishga urinmasin bu janjaldan zavqlanayotgani yuzidan ayon edi. -HA! Barbir men yutdim... -Hòp,- Karl kulgancha, noiloj kòndi. -Iyy, mashinani shu yerda tòxtat! Tòxtasangchi!- Miya kòrgan narsasidan kòzlari porlagancha baqirdi. -Nima bòldi?- hovliqqancha mashinani chekkaga olgan Karl tushunqiramay sòradi. -Qara, shirinlik dòkoni. -Nima qilibdi shunga?- Karl chuqur nafas chiqarar ekan havsala bilan sòradi. -Men senga "Shirinlik dòkoni" dedim!- Miya qoshlarini uchirdi,- Tushunayapsanmi? -Yòq. Bu nima degani? -Bu puldan chòz degani, ahmoq!!! Bugun seni aniq bankrot qilaman,- Miya shoshgancha eshigini ochdi,- Kettik... Karl bugunni òzida ikkinchi bor qizni ortidan kulgancha qarab qoldi. Sòng mashinadan tushib uni ortidan ergashdi. Kayfiyatsizlik bilan boshlangan kun Miyani injiqligi va Karlni roziligi bilan quvonchli òtdi. Miya shokaladga bir hafta hech narsa yemaydigan darajada bòkdi. Òzi ahvolini Karlga shunday tariflagan bòlsada ertasi bu gapini esiga ham olmay qolgan shokoladlarga hujumga òtishini yaxshi anglab turardi. -Fantastika bòyicha "Marvel"ga yetadigani yòq,- kechgi "kino taym" vaqtida Miya popkorn yegancha dedi,- Aslida bu kompaniyani filmlarida barcha janrlar mujassam bòlgan... -Menga ham uni filmlari yoqadi,- qizni yonida òtirgan Karl televizordan kòz uzmagancha dedi. -Men senga vampirlar haqidagi filmlar yoqadi deb òylardim. -Aslida bunday filmlarni òlsam ham kòrmayman,- yigitni yuzi burishdi,- Hammasida biz haqimizda oldi-qochdi gaplar. Eshitsam shunchaki ensam qotadi. -Kel yaxshisi "Marvel" haqida gaplashamiz...- Miya popkornni yana bir bòlagini oģziga soldi,- Masalan senga qaysi qahramon yoqadi? -Albatta "Thor"...- Karl ikkilanmay javob berdi,- U yaxshi jangchi va shahzoda. Yana juda kuchli ham. -Va biroz shon-shuhratparast. Huddi sening òzing...- Miya qattiq kulib yubordi,- Qoyil, ğirt òzinga òxshaganini yoqtiribsan. -Òzingchi? -Hmm... Shubhasiz Tony Stark! -Rosti men Piter Parker yoki Wanda ni aytishingni kutgandim,- Karl hayratini yashirmadi,- Nega aynan Tony? -Chunki uni atrofidagilarni bari biror super kuchga ega, ammo u oddiy odam! Tushunayapsanmi, u oddiy odam bòla turib havf-xatardan qòrqmaydi,- qiz berilib tariflagach yana popkorn yeyishga tushdi,- Yana uni xarakteri menga juda yoqadi! Yoqimtoyligi ham... -Menimcha juda chuqurlashib ketding,- dedi Karl norozi ohangda. -Yoqtirgan yovuz qahramoning qaysi?- sòradi Miya qiziqish bilan. -Altron! Bu javobdan Miyani oģzidagi popkorn otilib ketdi. Òzi esa piq etib kulib yubordi. -Kim?- dedi u hamon kulishdan tòxtamay,- Altron? Seni didingga chindan ot tepgan ekan. Eng qiziģi òzingni oq oting tepgan... -Bas qil,- Karl tinmay kulayotgan qizga havsala bilan qaradi,- Buni nimasi kulguli? Hòsh... òzingga kim yoqadi?
Показать все...
Besh oy hech narsa yozmagan odam sifatida xato va kamchiliklar bòlsa uzur sòrayman.
Показать все...
-KERAKMAS. Suzishni òrganishni istamayman!- Emilini ovozi hamon vahimali chiqardi,- Uyga ketaylik. -Tentak qiz,- Gregor kulishda davom etib qizni òziga qaratmoqchi bòldi. Ammo qaysar qiz u meni tashlab yubormoqchi degan hayolda qimir ham etmadi,- Seni tashlab yubormayman. Shunchaki menga qara. Shu gapdan sòngina Emili òzida jasorat topib boshini yigitni yelkasidan uzoqlashtirdida, unga qaradi. Gregor yuzi vahimali tus olgan, nam sochlaridan suv tomchilab turgan, tinmay hansirayotgan qizni peshonasiga peshonasini tirab oldi. -Tinchlan,- dedi u ham hayajondan hansiragancha,- Qara seni ushlab turibman. Va hech qachon qòyib yubormayman!... Bu gaplardan sòng Emili tinchlanishga harakat qila boshladi. Shunchaki yigitni qip-qizil kòzlariga tikilgancha, barini unutishga urindi. Garchi sharshara ovozi bunga halaqit bersada, Gregor qizni tinchlantirishni uddalay olgandi. Qiz bilan boģliq bu holat uni hayajonga solib qòygandi. Ammo bu ham unga kor qilmay qizni sovuqdan oq tusga kirishga ulgurgan lablariga labini bosdi. Davomiy bòsadan sònggina qizni lablaridan istamaygina uzoqlashdi. Atrofga alanglab hech kim yòqligini tekshirar ekan, qizni mahkam ushlagancha sayozlikka yaqin joydagi harsang tomon suzdi. Harsang tosh suvda joylashgan bòlib ancha kattaligidan ustki qismi suvdan chiqib turar, unga bemalol ikki kishi siģardi. Shunda ham u toshga faqat qizni joylashtirdi, òzi esa hamon suvda turardi. Atrofni yana bir bor tekshirgan Gregor ishini davom ettirib yana qizni lablariga lab bosdi. Emili boshida bòsalarga javob qaytargandek bòldi, ammo yigitni jiddiylashib ketayotganini his qilgach uni òzidan sekin itardi. -Hazillashayapsanmi?- dedi u kòzlarini hayratdan katta-katta ochgancha,- Kimdir kòrib qoladi... -Atrofda hech kim yòq,- Gregorni ovozi hayajondan boshqacha chiqdi. -Ammo... -Menga ishon...- Gregor qizdan bòsa olishda davom etdi. Emili boshida qarshilik qilgandek bòldi-yu, keyinchalik hislariga yengildi... -Uxlay olmayapman,- Emili osmonga tikilancha Gregorni baģrida yotar ekan pichirladi,- Tòģrida, bòritus vampirlar hududida qanday uxlashi mumkin? Senga esa barbir. Xatto meni himoyammi ham òylamay uxlab yotibsan. Qiz gapirishdan tòxtab bir maromda nafas olgancha uxlab yotgan shahzodaga yomon kòz bilan qarab qòydi. -Hatto meni qochishimdan chòchimay uxlab yotibdiya...- Emili asabiy dedi. Sòng zerikib ketganidan yigitni uyģotishga urindi,- Shahzoda! Uyģon, ketamiz. -Biroz sabr qil,- Gregor kòzlarini ochmagan holatda minģirladi. -Sabr qilmayman... Tòģri, bu yerga kelishni òzim istagandim. Ammo suvda suzishni ham va... Emili ikki yuzi qizargancha gapirishdan taqqa tòxtab yigitga qaradi. Hayriyatki u bu gaplarni eshitmagan, yoki eshitsa ham etibor bermagan. Bu qiz uchun ayni muddao edi. Chunki bu gaplardan sòng shahzoda uni aniq mazahlagan bòlardi. -Jin ursin,- ot ovozini eshitgan Emili bu yerga kimdir kelayotganini payqab dedi,- Shahzoda uyģon. Yòqsa hozir meni òldirishadi. Otliqlar ovozi endi yaqindan eshitila boshlagach Gregor shahd bilan òrnidan turdi. Òtkir kòzlari ila otda kelayotgan bir-necha kishini payqab, Emilini ortiga yashirdi. Òzi esa jangga shay holatda turib oldi. Toki otliqlar yaqinlashib ularni yuzi aniq kòringuniga qadar. -Gregor?- otini tòxtatgan Karl dòstiga hayrat ovozida yuzlandi,- Nima saroyimga yòlni topa olmay qoldingmi? Yolģizmisan? Askarlaring qani? -Seni yoninga ketmayotgandim,- Gregor askarlarini ketkazib yuborgan Karlga qanday bahona aytishni òylay boshladi. -Tushunarli, demak sharsharaga dam olishga kelgansan,- yigit òzicha tahlil qildi. -Kòrdingmi, u sharshara haqida bilarkan...- Gregorni ortiga yashirinib turgan Emili nihoyat gapirishga qaror qilgandi. U yuzini hayrat ifodasi qoplagan Karlga ikkilanishsiz peshvoz chiqdi,- Endi uni sharsharadan pastga otib yuboramizmi? Ont ichgansan axir... #Angel
Показать все...
#Ziddiyat 36-qism Sharshara O'rta asrlar. Shahzoda Karl hududi. -Bu... bu axir òsha sharshara-ku...- Emili hayrat ovozida bazòr gapirdi,- Ota-onam bu yer haqida juda kòp ertaklar aytib berishardi. Uni òsha surbet dòstingni hududidaligini bilmagandim. -Òsha surbet dòstim hududida bunday joy borligini bilmasa ham kerak,- Gregor sharshara va uni atrofidagi manzaraga zavq bilan qararkan pichirladi,- Agar bila turib meni bu yerga olib kelmagan bòlsa, ont ichamanki, uni shu sharsharadan pastga otib yuboraman. -Buni jon deb tomosha qilgan bòlardim. -Senga òzim tomosha kursisi tashkillashtirib beraman, qochoq xonim,- yigit kulgancha otdan tushib, Emilini ham tushishiga kòmaklashdi. -Balki men òsha nusxani òldirishimni tashkillashtirib berarsan? -Uni nega yoqtirmasligingni hech tushuna olmayman,- shahzoda òzini bazòr kulgudan tiydi,- Axir u emas men seni qiynaganmanku. -Ammo bunga u sababchi bòlgan,- dedi Emili asabiy ovozda. Sòng endi oģiz juftlagan yigitni gapini bòldi,- Va u menga ilk kòrganimdayoq yoqmagan edi! -Menchi?- Gregorni yuziga ayyorona tabassum yugurdi. -Seni kòrishimdan avval ham yoqtirmasdim,- Emili qoshlari chimirilgan yigitga jilmayish hadiya etib sharshara tomon qadam bosdi. -Endichi?- dedi Gregor qizga yuzlanib. Undan javob bòlmagach esa kulgancha ot tomonga qaytdi. U "yoqasan" deb ham, "yoqmaysan" deb ham aytmadi. Bu òz-òzidan qiz uni yoqtirishini anglatadi. Atrof Emilining ota-onasi aytib bergan ertakdagidanda juda gòzal edi. Sharsharadagi suv katta oqim bilan pastga, ya'ni kòlga oqib tushar, har tushganida toshlarga urilib qattiq shovqin paydo qilardi. Huddi harsanglar bilan bellashayotgandek... Va bu jangda suv ģolib kelayotgandi. Chunki katta bosim sabab toshlarni ustki qismi yemirilishga ulgurgan edi. Kòldagi suv shu qadar tiniq ediki ichidagi jonzodlarni aniq kòrish mumkin. Emili manzaraga mahliyo bòlib turgan payt, Gregor sharshara yaqinidagi maysalar ustiga dasturxon yozdi. U bu kabi yumushlarni qilib òrganmagan bòlsada qizni bu gòzal manzarani kòrishdek zavqlanishdan chalģitishni istamadi. Dasturxonga òzi bilan olib kelgan, Emili yoqtiradigan mevalardan qòydi. Va eng asosiy "syurpriz" mevani yashirib qòyishni ham unutmadi. Ishini yakunlagach qizni yoniga borib, ohistalik bilan ortidan quchdi. -Aytishlaricha bu yerda avval bòrilar yashagan ekan,- Emili shahzodani taftini his qilishi bilanoq gap boshladi. -Bunga juda kòp vaqt bòlgan. -Sòng yerlarni taqsimlash jarayonida bu yer Karlni otasi qòliga òtgan,- Emili gapini davom ettirdi,- Shuning uchun ham kòplab bòrilar bu sharsharani yaxshi bilishadi. Hatto ertaklarga kiritilgan. Ammo eng qiziģi hech kim unga nom bermagan ekan. -Biz beramizmi? -Bunga surbet dòsting qanday qararkan?- Emili Karlni hayoliga keltirar ekan òz-òzidan yuzi burishib ketdi. -U nima ham derdi?- shahzoda qizni yuz ifodasidan kulgancha dedi,- Qaytangi bizdan hududida yangi makon kashf etganimiz uchun rahmat deydi. -Bunga kòzim yetmayapti... Òsha ahmoqni oģzidan bunaqa sòz chiqishiga ishonmayman. -Haa, undan yaxshigina jahling chiqqan kòrinadi,- Gregor òzicha xulosa qildi,- Yòqsa har ikki gapingni birida uni yomonlamasding. -Balki sharsharaga ismimizni bòlaklaridan kelib chiqib nom berarmiz?- Emili uni gapiga javob berishni istamay, hayoliga kelgan ilk gapni aytdi,- Masalan... "Greli" qalay?... -Hmm...- yigitni yuzini òychanlik qopladi,- Rosti... Menga bachkanadek tuyildi. -Bachkana?-Emilining qoshlari chimirildi,- Nimasi bachkana ekan? Mayli, unda umuman nom bermaymiz. Emili yigitni qòlini siltagancha undan uzoqlashdi. -Jahling burningni uchida turadiya?!- Gregor kulgancha dasturxonga òtirib olgan qizni yoniga joylashdi,- Ammo men seni kayfiyatingni kòtarishni bilaman. Emili shahzoda òziga uzatib turgan olov rang mevaga hech narsa bòlmagandek tikilib turaverdi. -Bu safar òxshamadi,- dedi qiz norozi ohangda,- Mandarin yegim kelmayapti. -Bu mandarin emas. -Qanaqasiga? Rangi va hajmi bir xilku! -Ammo tami emas,- shahzoda qizni òziga savol nazari bilan qarab turganini kòrib gapini tòldirdi,- Bu apelsin.
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.