cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

مسلم دني 🕋

94:5 فَإِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا Воистину, за каждой тягостью наступает облегчение. 94:6 إِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا За каждой тягостью наступает облегчение https://t.me/joinchat/AAAAAFBDcWmYNu_F6GfFvA Reklama: @Radjabovm

Больше
Страна не указанаЯзык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
259
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Показать все...
Nuriyax_

Kitoblar bilan yolg‘iz qolishlik sakiynatdir🌷

على داود أنزلت الزبور.mp31.81 MB
YARATILISH HIKMATI Ana shu ahdu paymon - miysoqdir. Shuning uchun islom ulamolari: <<Kimda-kim kofir bo'lsa yoki dinidan qaytsa, o'zining Alloh taologa bergan miysoqidan qaytgan bo'ladi>>, - deydilar. Alloh subhonahu va taolo Odam alayhissalomni yetti a'zodan iborat qilib yaratdi. Yeru osmonda nimaiki mavjud bo'lsa, shu narsalarning hammasini odam a'zolaridan nusxa qilib oldi. Odamning o'zi zohiriy va botiniy olamdir. Yeru osmonlar va uning orasidagi narsalar ham bir olam. Shuning uchun odamning o'zi <<olam-ul-akbar>>, ya'ni <<eng katta olam>> va yeru osmonlar <<olam-ul-asg'ar>>, ya'ni <<eng kichik olam>>, deyiladi. Alloh taolo Odam alayhissalomni yetti a'zo: yuz, ikki qo'l, ikki tizza va ikki oyoqdan iborat qilib, shulardan eng ulug'i bo'lgan yuzning o'ziga ham yetti teshikni joylashtirdi: ikki ko'z, ikki quloq, ikki burun teshigi va og'iz. Yana boshqa yetti a'zo: miya, tomirlar, paylar, suyaklar, et, qon va teridan iborat qilib yaratdi. @HidoyatTV_01
Показать все...
YARATILISH HIKMATI Buning hikmati: ilohiy taqdirda Odam alayhissalomning imtihon maydoni bo'lgan yer yuziga surgun qilinishi va bu yerda bir oz muddat yashab, o'zidagi g'azab, tama va hasad kabi razil sifatlar bilan kurashib, nafsoniyatidan g'olib kelib, poklanishi, shundan so'ng esa asl vatani bo'lgan jannatga qaytishi mo'ljallangan edi. G'azab, tama va hasadlarini yenga olmasdan nafsoniyatiga qul bo'lganlar esa, Allohning jazosiga uchrab, do'zaxga tushishlari kerak edi. Shundan so'ng <<A'rof>> surasining 172-173-oyatlarida xabar berilganidek, Alloh ulardan ahdu paymon olgan: <<Robbingiz Odam o'g'illarining bellari (pushti kamarlari)dan zurriyotlarni (ruhlari)ni olib, ularni o'zlariga guvoh qilib turib: <<Men Robbingiz emasmanmi?>> - (dedi). (Ular): <<Albatta (Robbimizsan)! Guvohlik berdik>>, - dedilar. Qiyomat kuni: <<Biz bundan g'ofil (bexabar) edik yoki, oldindan ota-bobolarimiz mushrik bo'lganlar. Biz ulardan keyin kelgan zurriyot edik. (O'sha) nohaq kishilarning fe'llari sababli bizni halok qilasanmi?" - deyishlarini (bilganimiz uchun shunday qildik)>>. @HidoyatTV_01
Показать все...
Ichimizda iymon bo'lsin☝️🏻 🎙 "Хожи ота" жоме масжиди имом хатиби Очилди домла! @HidoyatTV_01
Показать все...
''Ichimizda iymon bosn...''.mp33.55 MB
YARATILISH HIKMATI Takabburlik yeru osmon bino qilingandan keyingi birinchi gunoh bo'lib, Azozildek ilm egasini shaytoni la'inga aylantirdi. Shundan so'ng Alloh juma kuni Odam alayhissalomni jannatga kirgizdi va unga: <<Ey, Odam! Yuqoriga qara>>, - dedi. Bu so'zni eshitib, Odam alayhissalom yuqoriga nazar soldi va Arshda <<La ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh>> so'zlari yozilganini ko'rdi. Odam alayhissalom: <<Ey Robbim! <<La ilaha illalloh>> Sening birligingdir, Muhammad kimning ismi?>> - deb so'radi. Alloh taolo: Ey, Odam! U habibimning ismi sharifidirki, Sening ham zurriyotingdir>>, - dedi. Buni eshitib, Odam alayhissalom quvondi va Allohga shukurlar qildi. Keyin Odam alayhissalom o'ng tomoniga qaragan edi, uch go'zal narsani ko'rdi va so'radi: <<Ismlaringiz nima, makoningiz qayerda?>> Ulardan birinchisi: <<Ismim - Aql, makonim - boshdir>>; Ikkinchisi: <<Ismim - Hayo, makonim yuzdir>>; Uchinchisi: <<Ismim - Ilm, makonim ko'ngildir>>, - dedi. Odam alayhissalom: <<Kelinglar, joy-joylaringizni egallanglar>>, - dedi. Uchalasi ham o'z joylarini egalladilar. Odam alayhissalom behad rohatlandi. Chap tomonga boqqan edi, yana uch narsani ko'rib, cho'chib ketdi va so'radi: <<Otingiz nima va joyingiz qayerda?>> Ulardan birinchisi: <<Otim - G'azab, joyim boshda va miyadadir>>, - dedi. Odam e'tiroz bildirib: <<Bosh - aqlning joyi. Sening boshda o'rning yo'q>>, dedi. G'azab: <<O'rnim bor, men kelsam, Aql ketadi>>, dedi. Ikkinchisi: <<Mening otim - Tama, manzilim - yuz>>, - dedi. Odam bu gapni ham qabul qilmadi va <<Yuz - Hayoning joyi-ku! Sening yuzda o'rning yo'q>>, - dedi. Tama: <<Bor, men kelsam, Hayo darrov g'oyib bo'lur>>, - dedi. Uchinchisi: <<Mening ismim Hasad, joyim ko'ngildir>>, - dedi. Odam alayhissalom: <<Adashibsan, ko'ngil Ilmning joyidir>>, - dedi. Hasad: <<Yo'q, ko'ngil aynan mening joyim. Men kelsam, albatta, Ilm joyini menga bo'shatadi>>, - dedi. Alloh taolo Odamni barcha mavjudotlardan ulug' qilib, uni Aql, Hayo va Ilm bilan ziynatlagandan keyin, g'azab, tama va hasad kabi razil sifatlarni ham berdi. @HidoyatTV_01
Показать все...
😢💔💕
Показать все...
9.56 KB
5.75 MB
#Сийрат Расулуллоҳ солаллоҳу алайҳи ва салламнинг оилалари Оталари Абдуллоҳ ибн Абдулмуттолиб пайғамбаримиз алайҳиссалом туғилмасларидан олдин оламдан ўтганлар. Оналари Омина бинти Ваҳб пайғамбаримиз алайҳиссаломнинг 6 ёшликларида вафот қилганлар. Боболари Абдулмуттолиб ибн Ҳошим пайғамбаримиз алайҳиссалом 8 ёшликларида дунёдан ўтган. Амакилари: Расулуллоҳ солаллоҳу алайҳи ва салламнинг 9 та амакилари бўлган. Уларининг исмлари: Ҳорис, Зубайр, Ҳамза, Зирор, Абу Толиб (Абду¬маноф), Абу Лаҳаб (Абдулуззо), Абдулкаъба, Муғийра, Навфал. Аммалари: Умайма, Баро, Умму Ҳакийм, Сафия, Арво, Отика. Аёллари: Хадийжа бинту Ҳавайлид, Савда бинту Замъа, Оиша бинту Абу Бакр, Ҳафса бинту Умар, Зайнаб бинту Ҳузайма, Умму Салама (Ҳинд бинту Абу Умайя), Зайнаб бинту Жаҳш, Маймуна бинту Ҳорис, Жувайрия бинту Ҳорис, Умму Ҳабиба (Рамла бинту Абу Суфён), Мория бинту Шамъун, С офия бинту Ҳуяй. Ўғиллари: Расулуллоҳ солаллоҳу алайҳи ва салламнинг учта ўғиллари бўлган аммо улар ёшликларида вафот қилганлар. Улар: Қосим, Абдуллоҳ, Иброҳим. Қизлари: Зайнаб, Фотима, Руқайя, Умму Кулсум розияллоҳ анҳунна. Куёвлари: Абул Осс ибн Робиъ розияллоҳу анҳу – Зайнаб бинту Муҳаммад алайҳиссаломнинг турмуш ўртоқлари. Али ибн Абу Толиб розияллоҳу анҳу – Фотима бинту Муҳаммад алайҳиссаломнинг турмуш ўртоқлари. Усмон ибн Аффон розияллоҳу анҳу – аввал Расулуллоҳ солаллоҳу алайҳи ва салламнинг Руқайя исмли қизларига уйланадилар, бир қанча вақт ўтиб Руқайя розияллоҳу анҳо вафот этганларидан сўнг Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг кенжа қизлари Умму Кулсум розияллоҳу анҳога уйланадилар. Шу сабабли Усмон розияллоҳу анҳу «Зиннурайн» - икки нур соҳиби деган ном билан шарафланганлар. Набиралари: Абул Осс ибн Робиъ ва Зайнаб бинту Муҳаммад алайҳиссаломнинг фарзандлари: Али, Умома. Али ибн Абу Толиб ва Фотима бинту Муҳаммад алайҳиссаломнинг фарзандлари: Ҳасан, Ҳусайн, Мухассин, Зайнаб, Умму Кулсум. Усмон ибн Аффон ва Руқайя ибн Муҳаммад алайҳиссаломнинг фарзандлари: Абдуллоҳ. Имом Термизийнинг«Шамоили Муҳаммадия» асари асосида тайёрланди.
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.