cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

O‘zbek 은혜 bilan

👩🏻‍O‘zbek 은혜ning blog-kanali~ 어디서든 어떻게든 행복할 것! 은구야~ 행복하자~ ♡ #Birinchi dars 👉 https://t.me/Uzbek_EunHye/16 TOPIK uchun: @I_can_get_TOPIK6 YouTube:https://youtu.be/5fcSf85JAp0 Instagram: http://Instagram.com/uzbek_eunhye

Больше
Рекламные посты
2 152
Подписчики
-924 часа
-207 дней
-7630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

BTS, dezinformatsiya, ‘fact-checking’ va ommaviy heyt sabablari haqida 4-qism Koreys mashxurlariga qiziqadiganlar yaxshi bilishadi, Koreyada aydollar, aktrisa/aktyorlar, teleboshlovchilar qisqasi mashxur odam borki har bir harakatini o’ylab qiladi. Efirga ketadigan har bir so’zini filtrdan o’tkazadi. Hattoki kichik noma’qul harakat qilsa biror noto’g’ri gap aytsa bormi, tamom! Koreys jamiyati buni aslo kechirmaydi. “Jamiyatga ta’sir o’tkazadigan odam o’zini shunday tutadimi?! U odamlarga yomon ta’sir o’tkazyapti!” Knetizenlar heyt kommentlar bilan uni gapirganiga pushaymon qildirishadi. Umuman olganda bitta nojo’ya harakat oqibatida aydolning obro’siga putur yetib faoliyati to’xtab qolishi ham mumkin. Shuning uchun mashhurlar gapirgan gapiyu qiladigan harakatlariga juda ehtiyot bo’lishadi. Shu jumladan BTS ham. Shunday ekan yaxshi ta’sir o’tkazishi mumkindir biroq ulardan yomon ta’sir bo’lish ehtimoli juda kam. Lekin 15-16 yasharli K-pop muxlisalari orasidagi ba’zi bir holatlarchi? (Birma-bir aytib o’tirmayman, nimaligini shundoq ham tushundingiz) Bu yomon ta’sir bo’lmasdan nima? Shubhasiz, ular juda katta “o’rnak” olishgan lekin BTSdan emas. Ya’ni bunda BTSning aybi yo’q hisobi. Xo’sh, unda kim aybdor? Ayb o’sha muxlis/muxlisa bevosita aloqada bo’ladigan insonlarda! Umuman olganda, balog’at yoshidagi o’smirlarda juda katta fiziologik va ruhiy o’zgarishlar bo’ladi. U paytda o’smirning o’zi ham qiynaladi: chunki u endi bola emas biroq hali katta inson bo’lishiga ham vaqt bor. Atrofdagilarga esa buni tushuntirish juda qiyin, chunki bu vaziyatda uni hech kim (ayniqsa oilasi) tushunmayotgandek tuyuladi. Oilasi ham farzandi “o’zgarib” qolganidan havotirga tushadi. Uning qadamini tekshirishni boshlaydi, xatti-harakatlariga cheklovlar qo’yadi, erkinligini yo’qqa chiqaradi. Nazoratda ushlamasa buzilib ketadi, deb o’ylaydi. Farzandining shaxsiy chegaralarini buzadi: telefonini tekshiradi ba’zan olib ham qo’yadi (ota-onam biror marta menga shunaqa qilishmagan, telefonim duch kelgan joyda yotardi hatto kodi ham bo’lmagan). Yaqindan gaplashib ko’rish uyoqda tursin uni eshitmaydi ham. O’zini o’zi tushunishga qiynalayotgan, uyida boricha qabul qilinmayotgan bola endi o’sha tushunish, hayrixohlik, taskin, mehrni boshqa joydan qidirishga o’tadi. Topadi ham. Topgani ma’nili insonlar davrasi bo’lsa ho’p-ho’p, biroq unday bo’lmasachi? Davomi bor 😉 @Uzbek_Eunhye
Показать все...
👍 2
Serialning yangi qismlari tez kunda “Yoshlar”da! 😂 Davomini kutayapsizmi? 😂
Показать все...
😁 16🔥 2👏 1
Bu yerda “delulu” so’zi nima degani, deb so’raysizlar deb o’ylagandim. Lekin mandan ham yaxshi bilasizlar chog’i 😂😂😂
Показать все...
😁 7🕊 2🗿 2👏 1
Ashaddiy antiBTSchilar kanalni tark etishyapti lol
Показать все...
😁 25👍 4🤩 3🤔 1🕊 1
BTS, dezinformatsiya, ‘fact-checking’ va ommaviy heyt sabablari haqida (3-qism) Hozirgi kunda BTSga muxlislik qiladiganlar (fanat degim kelmadi LoL) bilan birga o’lgudek yomon ko’radiganlar ham yetarlicha topiladi. Ayniqsa, O’zbekistonda. Eng qizig’i, ularning ko’pchiligi BTS kimligini ham bilmaydi, bir nechta koreys yigitlar rasmi orasidan ajratib berishini so’rasangiz tanimaydi ham)) Lekin qayerdadir nomi chiqib qolsa bas, bisotida bor yomon so’zlarni ishlatib bir narsadan olib ikkinchisiga soladi. Men bu vaziyatni koreyslardagi islomofobiyaga o’xshataman. Ko’p koreyslar Islom dini haqida deyarli bilmaydi lekin musulmonlardan qo’rqadi, uzoqroq yurishga harakat qiladi hatto yomon ko’radiganlari ham bor. Bir koreys bunga yangiliklarda ko’radigan terroristik harakatlar va ularni uyushtiradiganlar “musulmonlar” ekanligini sabab qilib ko’rsatgani esimda: “Yangiliklarda musulmonlar doim urush qilib, qo’poruvchilik harakatlarini uyushtirishini ko’rsatishadi…” Tabiiyki, bunday xabarlardan keyin ular Islom dini haqida o’rganib ham o’tirishmaydi axir hamma ular qo’poruvchi deyapti, demak, (ularning nazarida) bu din ham yaxshilikka olib bormaydi. Xuddi shu kabi BTSni yomon ko’rishlariga aynan BTS muxlislari sababchi bo’lishadi. Ular o’zlarini o’ta noma’qul tutishlari sabab A.R.M.Y so’zining ma’nosi umuman yo’qolib olomon, jangdan boshqasini bilmaydigan jangari armiya ko’rinishiga keladi. Ular shu darajada o’zgarishadiki buni hamma yaqqol seza boshlaydi. Bunda esa odamlar albatta BTSni ayblashadi. “U BTSni tarafini olib shunaqa qilyapti, o’sha …., ….., …..lar unga yomon ta’sir qilgan..” Bu o’rinda men ularni oqlamoqchi emasman. Biroq bir narsani aniq aytib o’tishim lozim. Men ham BTSni eshitaman. Konsertiga ham borganman, festivallarida ham qatnashaman, tug’ilgan kunlarda qilinadigan cafe eventlarga ham boraman. Ko’rib turganingizdek, es-hushim joyida, yomon ta’sirlanib qolmaganman. Koreyada-ku mayli, O’zbekistonda ham uyda ish qilayotganimda BTSni musiqasini qo’yib qo’yardim. Hech kim nima eshityapsan, o’chir, demagan. Uydagilarim hech qachon menga BTSni ta’qiqlashmagan. Nimaga? Chunki men yomon tarafga o’zgarib qolmaganman, ularni deb qayerdadir kim bilandir urushib so’kishib (Astag’firilloh) yurmayman. Yoki ulardan turmush o’rtoq yasab olib delulu xayollarda bo’lmayman (agar men ham shunaqa qilganimda menikilar ham allaqachon BTSni yig’ishtirishimni aytishgan bo’lardi 😅). Davomi bor ☺️ @Uzbek_Eunhye
Показать все...
👍 25🥰 9 4🤩 3😍 1🐳 1
Ertaga postning qaymog’i - ommaviy heyt sabablari haqida gaplashamiz 😌 Bugun post kutmay uxlayveringlar ~
Показать все...
🥰 18❤‍🔥 7👏 6 4🕊 4🤩 2🐳 1
Bu yerda irshaygan smaylni yigitlar qo’ygani aniq 😂
Показать все...
😁 27👍 13👏 4🐳 3🤩 1🗿 1
Awwww my girls are best 😌 O’zimning aqllilarim 😘
Показать все...
🥰 43😁 9🐳 7👍 6❤‍🔥 5🤩 1🕊 1
BTS, dezinformatsiya, ‘fact-checking’ va ommaviy heyt sabablari haqida (2-qism) … Shu paytgacha BTS haqida aytmagan gaplari qolmadi o’ziyam: gey (xuddi tepasida chiroq yoqib turgandek LoL), makiyaj qiladi (xuddi o’zbek artistlari makiyaj qilmaydigandek), ular nomidan gapirib masxaralashlar (masxarabozlar masxarabozligini qilishi kerak-ku nimayam derdik) va hokazo. Bularni-ku tushunsa bo’lar, oxirgi ko’rgan narsam hammasidan o’tib tushdi. Qisqasi mavzusi Koreya va koreys madaniyatidan 2km uzoq bo’lgan instagram sahifasi BTSni satanizm(ni yoqlash, targ’ib qilish)da ayblagan (sodda qilib tushuntirganda “satanizm” bu shaytonni ulug’lash, Astag’firilloh) hamda bunga isbot qilib YouTubedagi bir videoga link qoldirgan. Linkdan o’tsangiz u YouTube kanal fanatning kanali ekanligini va BTSning rasmiy kanalga aloqasi yo’qligini ko’rasiz. Video ham BTSning umuman boshqa mavzuda ishlangan videolaridan qilingan fanedit video, xolos (WTH, bro?? Qanday qilib shu bilan bunday jiddiy ayblovni qo’yish mumkin?). Shuni menga yuborishdi. U sahifada odam ko’p ekan, demak, boshqalar ham tarqatgan. Katta ehtimol bilan bu o’zi to’g’rimi-yo’qmi, deb tekshirib ham o’tirishmagan. Chunki ular o’sha sahifaga ishonishadi, unda gapirgan gaplarni hattoki bu dezinformatsiya (xato axborot) bo’lsa ham to’g’ri, deb qabul qilishadi. Natijada ‘fact-checking’ (ma’lumotning to’g’ri va aniqligini tekshirish) ham qilmay buni boshqalarga yetkazishga shoshilishadi. Aslida buni ham tushunsa bo’ladi, har holda internetda hamma ko’ngliga kelganini qilib og’ziga kelganini gapiradigan zamonda yashayapmiz. Hammayoq dezinformatsiyaga to’la. Odamlar ‘fact-checking’ nimaligini bilishmaydi ham. Lekin bundan faqat o’zlari zarar ko’rishlarini bilishmaydi. BTSdan chekinib oddiy misol keltiraman. Yaqinda bir rusiyzabon blogerning videosiga ko’zim tushib qoldi. Videoda bir davlat sayohat qilishga juda yaxshi davlat, arzon deb ta’riflangan. Videoda ba’zi joylar (mas, Pusandagi mashhur qirg’oqlardan biri) juda tanish ko’rindi. “Nahotki bu Koreya? Koreyada sayohat u qadar arzonmas ediyu..” Video oxirida esa bloger “Bu davlat Vietnam!” deb qolsa bo’ladimi! “Ang? Vietnam? Vietnamda Pusandagi qirg’oq nima qilyapti?” Izohga kirib qarasam allaqachon bu haqida yozishgan ekan. Blogerning javobi esa daxshat: “Ozgina Pusan videosi bo’lsa nima qilibdi shunga??” Balki texnik xatolik bo’lgandir deb o’ylagan men (soddaligim qursin) hayratda qoldim. Tasavvur qilyapsizmi, u butun boshli davlat haqida gapirib boshqa davlat videosini ishlatgan. Ertaga kimdir Vietnamga borib o’sha qirg’oqni qidirsa bormi… Mana nima uchun ‘fact-checking’ kerak. Qo’pol qilib aytganda, laqillatib ketishlariga ham aynan shu ma’lumotni tekshirish ko’nikmasi bo’lmagan odamlarning o’zlari sababchi bo’ladilar. Shunday ekan, internetda biror narsaga ishonish va uni kimgadir yuborishdan oldin o’zingiz o’sha narsaning to’g’riligiga ishonch hosil qilishingiz kerak, bo’lmasa tuxmat, ig’vo va fitnani tarqatishga sherik bo’lib qolishingiz mumkin. Davomi bor 😁 @Uzbek_Eunhye
Показать все...
👍 33💯 16 7❤‍🔥 3🐳 3🕊 1💋 1
BTS, dezinformatsiya va ‘fact-checking’ haqida Eslatma: bu post yozish orqali kimnidir oqlash yoki ommaviy madaniyatni targ’ib qilish maqsadida emasman. Masalaga obyektiv qaray olmasangiz shunchaki postni o’tkazib yuboring. Rahmat. Shu kunlarda o’sha mashhur BTS guruhi va ularga mening munosabatim haqida ko’plab savollar oldim. Albatta, Koreya, koreys tili va madaniyatiga qiziquvchilardan bunday savollar olish men uchun oddiy hol, biroq Koreya va koreys madaniyatiga umuman aloqasi bo’lmaganlarning osmondan tushgandek BTS haqida gapirishi meni biroz hayratlantirdi. Chunki menga aynan o’shalarning instagram sahifasidagi storislarini yuborishar “shunday shunday gaplar yuribdi, shunga qanaqa qaraysiz” deb so’rashardi. Biz talaba paytimiz koreys tilini o’rganuvchilargina koreys qo’shiqchilarini bilishar u paytda bizda k-pop bu qadar ommalashmagan edi. Oxirgi vaziyatga qaraganda k-pop bizda ham ancha mashhur ko’rinadi. BTSning global miqyosda ommalashib ketishi o’zbeklarni ham chetlab o’tmagan chog’i hatto aktrisa-yu blogerlar ham shu mavzuga “yopishib” qolishibdi. Aslida ularni ham tushunsa bo’ladi, instagramdagi blog-sahifalar uchun aktivlik suv va havodek muhim, izohlar (comments) ulashishlar (share) qancha ko’p bo’lsa ularga shuncha yaxshi. Shunday ekan ular “trend”da bo’lishlari kerak, ayni paytdagi ommaviy va qaynoq mavzularda post/storis/rilslar qilishlari lozim. Izohlarning yaxshi yomonligini esa ahamiyati yo’q, Instagram izohlarning ma’nosiga emas miqdoriga qaraydi. Hozirda BTSning dunyo bo’ylab millionlab muxlislari borligini hisobga olsak har ikkinchi mavzu ular haqida bo’lishi va imkon bo’lishi bilan ulardan foydalanishga urinish o’ta tabiiy holat. Bu har holda Koreya hukumati (hattoki AQSh prezidenti ham) ularning ommabopligidan foydalanib qolishga uringani oldida hech narsa emas. Demak, BTS hozirda shunchaki hayp qilishga juda mos, foydali “qaynoqqina mavzu”, xolos… Davomi bor 😌 @Uzbek_Eunhye
Показать все...
💯 35👍 13❤‍🔥 7🥰 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.