cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Bayanul lisan

• Arab tilini bayon qiluvchi ilmiy-ommabop sahifa! • Youtube'dagi sahifamiz: https://youtube.com/channel/UCKXZxbKZ91dh1A9NzIvl4qw @nahviy_savollarga_javobbot Bog‘lanish uchun: @Bayanul_lisan_bot yoki @Bayanullisan_admin

Больше
Рекламные посты
4 668
Подписчики
-724 часа
+337 дней
+13830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#Savolga_javob (152) «Mabdaul qiroat»dagi bir kalima e’robi Savol: «Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Nega mabdal qiroatda 28-darsda kelgan jumlada تَوَجَّهنا fe'lidan keyin kelgan so'z nasb holatda turibdi? Maf'ulun fiyh bo'lgani uchun desam u sabab emas dedilar ustozimiz». ❗️Javob: «Mabdaul qiroat»da bunday jumla kelgan ekan: وتوجهنا مدينةَ سمرقند - «va Samarqand shahriga qarab otlandik». «Sihoh», «Lisonul arob» kabi qadimgi mu’jamlarda ham, «Vasiyt», «G‘oniy» kabi zamonaviy qomuslarda ham «ketdi» ma’nosidagi توجّه lozim (maf’ul bihisi yo‘q) fe’l ekaniga ishora qilingan. Bu fe’l yo إلى bilan keladi: توجهتُ إليك, yo zarfi makon bilan keladi: توجهتُ نحوَك. Ustozingiz aytganidek, مدينةَ zarf (maf’ul fiyh) bo‘la olmaydi. Chunki zarfi makon muayyan hududga ega bo‘lmagan mubham joy nomi bo‘lishi shart. المدينة mubham makon emas. Agar hujjat olish davrida yashagan arablar توجهنا المدينةَ kabi uslubda gapirgan bo‘lsa, u holda kitobda kelgan مدينةَ kalimasini jar harfi tushirilgani uchun mansub bo‘lgan ism (منصوب على نزع الخافض) yoki zarflardagi keng imkoniyatga ko‘ra maf’ul bihi bo‘lgan ism (مفعول به على السعة) deyish ham mumkin. والله أعلم @nahviy_savollarga_javobbot
Показать все...
👍 15🔥 5
#Savolga_javob (151) Sababiy sifat Savol: «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu. Ustoz, salomatmisiz. Savolim bor edi: Nega ushbu o'rinda "ٱلظَّالِمِ" so'zi muzakkarda kelgan: ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَخۡرِجۡنَا مِنۡ هَٰذِهِ ٱلۡقَرۡيَةِ ٱلظَّالِمِ أَهۡلُهَا». ❗️Javob: Sababiy sifat bo‘lgani uchun. Mavsufga qaytuvchi zamirni rof’ qilgan sifat «sababiy sifat» (النعت السببي) deb nomlanadi. U doim birlikda bo‘ladi. E’robda va nakira-ma’rifalikda oldidagi (mavsuf)ga, jinsda o‘zidan keyingi so‘zga (foili yoki noibi foili)ga moslashadi. Siz so‘ragan jumlada ham shunday: القريةِ الظالمِ أهلُها (Aholisi zolim qishloq). القرية - mavsuf, الظالم - sababiy sifat, أهلُ - sifatning foili (chunki sifat يظلمُ fe’li ma’nosida). Sababiy sifatga oid to‘liqroq ma’lumotni bu videodan olishingiz mumkin: https://t.me/Bayanul_lisan/1449 والله أعلم @nahviy_savollarga_javobbot
Показать все...
👍 10🔥 1
#Savolga_javob (150) Zammaga mabniy zarf - قبلُ / بعدُ Savol: «Assalomu alaykum. Ba'zi joylarda بعد dan oldin jar harifi kelsa oxiri kasra bo'ladi. Ba'zi o'rinlarda jar harifi kelsa ham oxiri zammaligicha qolaveradi. Nima uchun bunday bo'ladi?». ❗️Javob: Zarfning muzof ilayhisi hazf qilinib, uning ma’nosi taqdir qilinsa, zarf zammaga mabniy bo‘lib qoladi. Masalan, tong haqida so‘z ketgan paytda: جئت من قبلُ deyilsa, bu gap: جئت من قبلِ الفجر yoki من قبلِ الصبح yoki من قبلِ الصباح kabi «tong» ma’nosini ifoda etuvchi istalgan lafz bilan tushunilishi mumkin. Shuning uchun muzof ilayhisi tushirilganda من قبلُ deyiladi. Agar so‘zlovchi muzof ilayhining ma’nosini emas, muayyan lafzini taqdir qilishni ko‘zlagan bo‘lsa, o‘sha zarf oxirini jar yoki nasbning tanvinsiz harakati bilan talaffuz qilishi kerak. Masalan: جِئت من قبلِ yoki جئت قبلَ. O‘xshash savol-javob: https://t.me/Bayanul_lisan/1264. والله أعلم @nahviy_savollarga_javobbot
Показать все...
👍 6🔥 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Javob Toʻgʻri topdingiz. Bu فَـرَاشَةٌ — “kapalak” edi.
Показать все...
12👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qaysi hasharot haqida gap ketyapti? Javoblaringizni izohlarda arab tilida yozib qoldiring. اكتبوا الجوابَ بالعربية.
Показать все...
7👍 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Javob Toʻgʻri topdingiz. Bu نحلة — “asalari” edi.
Показать все...
👍 21 4
#Bildirgilar 1. Ertaga 16:30 da balog‘atdan offline kurs boshlanadi! To‘liq ma’lumot uchun adminga yozing: @Bayanullisan_admin. 2. Va’da qilingan haftalik dars juma kuni - 12-iyul 20:40 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi!
Показать все...
👍 20 3
Hanafiy fiqhi fakulteti dekani Doktor Saloh Abul Hajj hazatlarining Telegramdagi sahifalarini kuzatib boring. Manzil: https://t.me/dr_salahhaj
Показать все...
👍 15 9🔥 1
اكتبوا الجوابَ بالعربية!
Показать все...
👍 8
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qaysi hasharot haqida gap ketyapti? Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring.
Показать все...
👍 7
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.