cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

TʜE EɴD | 🍉

Ko'p ishlarda yakun bor. Shu haqida gaplashamiz. Iqtiboslar. Shaxsiy qarashlar.

Больше
Рекламные посты
4 953
Подписчики
-1024 часа
-507 дней
-23130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Sening eng go'zal kuning bo'lishi shart bu kun! Pozitiv izlama, uni yarat. Tabassum qil bayraming keldi. Ko'proq yaxshilik qil. Nafaqat o'zingni, atrofingni ham xursandchilikka to'ldir. O'ylanayotgan mavzularinga birozga nuqta qo'y. O'yla, balki seni bu kayfiyating atrofingdagilarga ham o'z ta'sirini o'tkazagotgandir. Qo'y shu dardlaringni, bayram qilish fursati keldi. Qancha hayitlik olganingni menga ham yozib yubor, xo'pmi?) @The_end_rasmiy
Показать все...
10👍 4
00:39
Видео недоступноПоказать в Telegram
OʻQISHGA MARHAMAT!🎓 MUTAXASSISLIKLAR: ➡️Axborot kommunikatsiya texnologiyalari konvergentsiyasi (kunduzgi); ➡️Elektr stantsiyalari, tarmoqlar va tizimlari (Kunduzgi); ➡️Ekologiya va atrof muhitni himoya qilishi (Kunduzgi); ➡️Buxgalteriya hisobi va audit (Kunduzgi); ➡️Аvtomobil transportiga texnik xizmat koʼrsatish va taʼmirlash (Kunduzgi); ➡️Menejment (Kunduzgi); ➡️Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasi va texnologiyasi(Kunduzgi); ➡️Kimyoviy texnologiya(ishlab chiqarish turlari boʼyicha (Kunduzgi); ➡️Maktabgacha ta'lim tashkiloti uslubchisi (kunduzgi); ➡️Buxgalteriya hisobi va audit (kunduzgi) ➡️Agronomiya (kunduzgi); ➡️Bank ishi (sirtqi); ➡️Avtotransport logistikasi (sirtqi); ➡️Sanoat mexanigi (dual); ➡️Veterinariya meditsinasi (dual). 🔍 my.dtm.uz  orqali onlayn qabul qiladi. Murojaat uchun 📞: 📞 94-206-32-11,           📞 93-499-18-14,    📞 91-567-74-21,    📞 94-190-23-03,   📞 93-906-88-66,          Manzil; Jizzax viloyati Paxtakor tumani Oq-buloq MFY Zargarlik ko'chasi  1-uy https://t.me/PSTTexnikumi
Показать все...
3.69 MB
👍 2 1
Repost from The Stranger
Oʻlim haq. Kechagina oramizda yurgan odamlar birdaniga yoʻq boʻlib qoladi. Yaqin insonimiz boʻlsa sezamiz, yigʻlaymiz, qiynalamiz. Begona yoxud sal-pal tanishlarning oʻlimini esa birda bilsak, birda bilmay qolamiz. Bilasizmi, odamlar oramizdan yoʻqolib qolgani kabi bloglar ham yoʻqolib qoladi... Ba'zan shunchaki faoliyati toʻxtaydi, oradan oymi, yilmi oʻtgach tasodifan kirib qolamiz. Qarasak oxirgi post allaqachonlar qoʻyilgan boʻladi. Ilgari odamlar qazo qilsa chala qolgan kitobi, tugallanmagan ishlari, hammadan yashirib yurgan kundaligi kabilar qolardi. Bugun koʻpchilikdan blogi qoladi. Va siz bu blog egasiga nima boʻlganini bilmaysiz. Balki oʻlgandir. Balki hayotini tubdan oʻzgartirgandir. Oʻchirib yuborilgan bloglar kuzatuvchiga hech narsani anglatmasligi mumkin, biroq blog egasi uchun juda koʻp narsani anglatadi. Bu xuddi hayotidagi yaqin kimidandir voz kechish, kasbini, vatanini, hayotini oʻzgartirish kabi muhim voqelik. Bir eshikni yopmaguncha keyingisi ochilmaydi. Har safar orqaga qaytavermaslik uchun koʻpriklarni tamoman buzib ketishimizga toʻgʻri keladi gohida. Yoʻqsa qayta-qayta bir toshga qoqilaveramiz, boshimizni bir devorga uraveramiz, uraveramiz, uraveramiz... Bizni oʻtmish bilan bogʻlab turgan iplar oʻrgimchak toʻriga oʻxshaydi. Bir kitob, bir qoʻshiq, bir kino, bir blog va yana nimalargadir oʻralashib qolaveramiz. Yangi hayot boshlash uchun oʻrgimchak toʻrlaridan qutulishga urinamiz. Kitoblarni yoqamiz, qoʻshiqlardan qochamiz, bloglarni oʻchiramiz. Gohida bular foyda bermaydi, gohida esa beradi. Moddiy xotiralar biz oʻylaganimizdan koʻra koʻproq taʼsir qiladi hayotimizga. Bundan ikki-uch yil oldin, karantin paytlarida sevib oʻqiydigan ikki-uchta blogim bor edi. Kimningdir fikrlarini, hislarini oʻqir ekanmiz, beixtiyor unga taqdirdosh boʻlamiz. Blog mualliflarining taqdirlari qiziq men uchun. Baʼzisi oʻchdi, baʼzisi egasiz uyday huvillab yotibdi. Ikkinchi qoʻl kitoblar sotiladigan doʻkonlarga kirsam gʻalati boʻlaman. Eski kitobni qoʻlimga olganimda unda biror yozuvni koʻrsam oʻyga botaman. Koʻp hollarda uni kimdir kimgadir uzun va samimiy tilaklar yozib sovgʻa qilgan boʻladi. Deylik, bundan ellik yil muqaddam bir qiz bir yigitga sovgʻa qilgan kitob qoʻlimga tushdi. Keyin nima boʻldi ularning taqdiri? Birga boʻlishdimi? Yoki va'dalarga vafo qilinmadimi? Yoki oila qurib, roʻzgʻor tashvishlari bilan boʻlib, kitob oʻqimay qoʻyishdimi? Yoki umr boʻyi kitob oʻqishdiyu, oʻlimlaridan soʻng bu kitoblar farzandlari uchun keraksiz yuk boʻlib, arzon-garovga sotib yuborildimi? Yoki... xuddi biz blogimizni oʻchirganday oʻtmishdan xalos boʻlish uchun egasi voz kechganmi u kitobdan? Biz hayot joʻsh urayotgan koʻchalardan kimningdir kulgisini bagʻrimizga mahkam bosib oʻtamiz. Kun kelib birdaniga yoʻqolib qolamiz. Unutilamiz. Koʻp hollarda oʻlmasimizdan ancha oldin unutilgan boʻlamiz. Shu bois biz ham unutishni oʻrganishimiz kerak. Baʼzi xotiralar qanchalik aziz boʻlmasin umr boʻyi koʻtarib yurishga ogʻirlik qiladi. @salimov_blogi
Показать все...
💯 14👍 7 6❤‍🔥 2🔥 2 1🐳 1
So'ngi kunlarni muxtasar qilib "Dabdala" deb bemalol nomlasak bo'ladi. Har jabhada. Lekin ashula unaqa darajada dabdalamas. @The_end_rasmiy
Показать все...
Best_ guruhi.mp33.57 MB
10👍 6😐 3😁 1👌 1🤨 1
Shunchaki kitob yutib olishingiz uchun: https://t.me/kitob_uchun_ming_som/1930
Показать все...
1
Assalomu alaykum. Sizlardan bir iltimosim bor. Mana shu ssilka orqali botga kirib startni bosib beringlar. Kanallarga a'zo bo'ling, nomerizni yuboring va ishtirokchiga aylaning. So'ngra menga ball berilar ekan. Sizlar sababli kitob yurib olay, In Shaa Alloh
Показать все...
👍 1
Ramazon Hayiti Muborak bo'lsin. O'tkan Ramazon oyidagi qilingan ibodatlar, yaxshi amallar - kun tartibimizga aylansin. Bu muborak oy har gal islohni o'zimizdan boshlashimiz kerakligini eslatadi. Hayitlik berishni, eng muhimi - olishni ham unutmang 😁 @Tingla_Hayot
Показать все...
😁 11👍 4
Izzat_Shukurov_Vafodorim_|_Official_Music_Video_|_2024_|_Иззат_Шукуров.mp34.29 MB
❤‍🔥 21🐳 2🕊 1
04:38
Видео недоступноПоказать в Telegram
— Ilk bahorim mani.. @The_end_rasmiy
Показать все...
Izzat_Shukurov_Vafodorim_|_Official_Music_Video_|_2024_|_Иззат_Шукуров.mp456.34 MB
16😢 3🐳 2👍 1🕊 1
00:35
Видео недоступноПоказать в Telegram
🌕❤️‍🔥 #Buxoro #muhit
Показать все...
13.70 MB
10🔥 4❤‍🔥 3🕊 3👍 1🐳 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.