cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

@Tem1rov.ins Rasmiy🎬

ACTOR🕴 . BLOGER📲 . SHOIR📝 . Taklif va Savollar Uchun📥 Lic: @Tem1rov_ins Spamlar ucun @Tem1rov_bot ☝☝ Guruhimiz / @Tem1rov_ins_gr Unutmang Bizda obunachi kam bo'lsa ham Prasmotr Yetarlicha..☝ .

Больше
Рекламные посты
198
Подписчики
-124 часа
-47 дней
-2130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Tandir boshi, issiq nonni eslayman Gohida shodlanib, gohi bo'zlayman Kimdur davlat izlar butun jahondan Menchi bu dunyodan ona izlayman 👵❤️‍🩹
Показать все...
Kimdir jannat istar qiyomat kuni Kimlar baxtiyordur, do'stu yor bilan Menchi baxt topgayman, o'sha lahzada Suhbatlashib qolsam bir nochor bilan 🧑‍🦼🤝
Показать все...
Gullar olib berolmagan pulim qursin Qo'lingizni tutolmagan qo'lim qursin Boy onaning qizisizku unutibman Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️‍🔥 Qo'lim loyga botgan edi moylargamas Omadim ham oqar suvga, soylargamas Deyar ediz meni sevish boylargamas Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️‍🔥 Aytishibdi ular bizni tengimasku Tor uyida ko'karmaysan kengemasku Kambag'alning sevgisi bu sevgimasku Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️‍🔥 Sevgimizni sotib keting bozorizga Olib etib qo'yay bir kun mozorizga Ortingizga boqmay ketdiz yor, zorizga Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️‍🔥 Kibringizning bo'yi uzun yetolmayman Unutdim deymanu kechib ketolmayman Ko'changizga kirsam hatlab o'tolmayman Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️‍🔥 Xatlarimni yoqib tashlang o'tlar chaqib Go'zal kelin bo'ling, tillo zirak taqib Yoqib keting yurakni ham, birga yoqib Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️‍🔥 Boburning dil izhori bu satrlarim Uni ado qildi deying makrlarim Ajalimni kutgan movounnakrlarim Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️‍🔥 Qo'ying endi ismimni ul o'g'lingizga Izhorlarim tugib, tugib ko'nglingizga Borolmadim aytmabsizku to'yingizga Ko'nglizga Tushgan Meni Yo'lim Qursin❤️‍🔥
Показать все...
Men Onamni Sog'indim 👵❤️‍🩹 Tunda yostiq quchaman Goh yonaman, o'chaman Kelsa, quchoq ochaman Men onamni sog'indim 👵❤️‍🩹 Oysiz kechaman go'yo Yolg'iz ko'chaman go'yo Qasam ichaman go'yo Men Onamni Sog'indim 👵❤️‍🩹 Oyog'iga bosh qo'yib Yig'lasam to'yib, to'yib Kelgan bemminat suyib Men Onamni Sog'indim 👵❤️‍🩹 Ovqatimni ta'min yo'q Sevay desam g'anim yo'q Boshqa mening kamim yo'q Men Onamni Sog'indim 👵❤️‍🩹 Ovqatiga jon qo'shib Suzib yelgan ex jo'shib Yoshlarim ko'zim teshib Men Onamni Sog'indim 👵❤️‍🩹 #Boburbek_Temirov 21.06.23 Muallif Huquqisiz Foydalanilmasin❌
Показать все...
Xolimni Bir So'rmaganlar Bor😊👌 Kibr qilib tolmaganlar bor Qo'lim tutib qolmaganlar bor O'z o'timda qovruldim kecha Xolimni Bir So'rmaganlar Bor😊👌 Jigarim deb et etim yulib Ketganlar bor ustimdan kulib Yo'qchilikda qo'yganman bilib Xolimni Bir So'rmaganlar Bor😊👌 Singanda bir xolim so'rmagan Yotlarim bor , bilib bilmagan O'lim qoldi faqat ko'rmagan Xolimni Bir So'rmaganlar Bor😊👌 Maqtab nonu tuzimni yeyib Ketganlar bor nomard bu deyib Bundaylardan ketganman to'yib Xolimni Bir So'rmaganlar Bor😊👌 Davralarni to'rinda yo'qman Eshitganim faqat ul do'qman Gohi borman, gohida yo'qman Xolimni Bir So'rmaganlar Bor😊👌 Xudo bersin rizqimni o'zi Qolganlarni oshkordir yuzi Boburning bir aytarli so'zi Xolimni Bir So'rmaganlar Bor😊👌 #Boburbek_Temirov 21.06.23 Muallif Huquqisiz Foydalanilmasin❌
Показать все...
Qayta Sevgim Kelaveradi😔 Oy shulasi etib ko'zimni Erkalasa silab yuzimni So'zlab dildan izhor so'zimni Takror Ko'rgim Kelaveradi Qayta Sevgim Kelaveradi😔 Tomchi suzsa dengizga oqib Toshlaridan marjonni taqib Yuragimga yana o't yoqib Takror Ko'rgim Kelaveradi Qayta Sevgim Kelaveradi😔 Sochni silar allalab taroq Zulmat yetsa shay turar chiroq Yopib qalbga kafandan yamoq Takror Ko'rgim Kelaveradi Qayta Sevgim Kelaveradi😔 Tuproq o'ynar shamolda xandon Yozsam xatlar yig'laydi shamdon Esga tushsa o'tmish, eski on Takror Ko'rgim Kelaveradi #Boburbek_Temirov 21.06.23 Muallif Huquqisiz Foydalanilmasin❌
Показать все...
Onam Bo'lsa Qaniydi😔 Diydori ko'zdan yiroq Dilda ajib bir so'roq Qilsa hamki qo'ng'iroq Onam Bo'lsa Qaniydi😔 Surati qalbga tugal Sog'inchi ko'zga tugal Yo'qlamay qo'ydi jigar Onam Bo'lsa Qaniydi😔 Tunlarim kunsiz gohi Yig'layman unsiz gohi Ovqatim tuzsiz gohi Onam Bo'lsa Qaniydi😔 Kir yoqamda boqaman Sekin changin qoqaman Usiz kimga yoqaman Onam Bo'lsa Qaniydi😔 Hamma o'zi bilan mast Taqdir olar mendan qast Dunyo poylaridan past Onam Bo'lsa Qaniydi😔 Tunda allalaydi oy Qiyo boqmay oqar soy Sochlari oq hoynahoy Onam Bo'lsa Qaniydi😔 Dunyo kamlaringni qoy Qancha Darding, menga yoy Onamsiz ta'tirmi to'y Onam Bo'lsa Qaniydi😔 #Boburbek_Temirov 21.06.23 Muallif Huquqisiz Foydalanilmasin❌
Показать все...
Qayta Sevgim Kelaveradi😔 Oy shulasi etib ko'zimni Erkalasa silab yuzimni So'zlab dildan izhor so'zimni Takror Ko'rgim Kelaveradi Qayta Sevgim Kelaveradi😔 Tomchi suzsa dengizga oqib Toshlaridan marjonni taqib Yuragimga yana o't yoqib Takror Ko'rgim Kelaveradi Qayta Sevgim Kelaveradi😔 Sochni silar allalab taroq Zulmat yetsa shay turar chiroq Yopib qalbga kafandan yamoq Takror Ko'rgim Kelaveradi Qayta Sevgim Kelaveradi😔 Tuproq o'ynar shamolda xandon Yozsam xatlar yig'laydi shamdon Esga tushsa o'tmish, eski on Takror Ko'rgim Kelaveradi #Boburbek_Temirov 21.06.23 Muallif Huquqisiz Foydalanilmasin❌
Показать все...
Tuproqlarda Ukam Hoyi✋😭 Men bosgan bu yo'llar uzra Tafti iliq cho'llar uzra Mayus majnuntollar uzra Tuproqlarda Ukam Hoyi✋😭 Rohat ko'rmay azob yutgan Jannatlarni izlab ketgan 30ga ham kirmay o'tgan Tuproqlarda Ukam Hoyi✋😭 Tuproqlarda ukam hoyi Tuproqlarda ukam hoyi Bosavermang, o'tib, ketib Tuproq osti ukam joyi Cho'llarni ham bog'dek qilgan Otam boshin tog'dek qilgan Izzatni hurmat deb bilgan Tuproqlarda Ukam Hoyi✋😭 Qani rohat, qani huzur Yig'lasangiz aybim uzur Bo'lmay ketgan padar buzur Tuproqlarda Ukam Hoyi✋😭 Bozorlardan olib nonlar Kelgin, o'tir, to'lsin yonlar Alpomishdek ey yoronlar Tuproqlarda Ukam Hoyi✋😭 #Boburbek_Temirov 21.06.23 Muallif Huquqisiz Foydalanilmasin❌
Показать все...