cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

⛪️Kattaqo`rg`on shahar Axborot-Kutubxona Markazi rasmiy kanali©️ 📜 Tavsiya etiladigan badiiy asarlar 📰Yangiliklar 💽Audio va Video resurslar 🥇Tanlov va 🎁aksiyalar 🎤Tadbirlar 📝Test 🇺🇿http://kattakurgon.shakm.uz https://t.me/kitobreadbook

Больше
Страна не указанаЯзык не указанКниги18 505
Рекламные посты
198
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat #davra_suhbati 2023- yilning 5-aprel sanasida Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markazi "Axborot-bibliografiya" o'quv xonasida Milliy gvardiya xodimlari va o'quvchi yoshlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi PQ-46 sonli Qarori 12-bandida belgilangan "Inson huquqlari" haftaligi doirasida "Inson huquqlari - oliy qadriyat" nomli davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida Milliy gvardiya xodimi Xodiyev Tursunboy tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oyalar, Konstitusiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida ma'lumotlar berildi, fikrlar bildirib o'tildi. Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
Показать все...
00:37
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Amir_Temur ⚡️Amir Temur tavallud topgan kun arafasida 1402-yil Anqara yaqinida bo‘lib o‘tgan jang sahnasi qayta tiklandi. Amir Temur, uning o‘g‘illari Shohruh Mirzo va Mironshoh, shuningdek, 20 yoshli nabirasi Abu Bakr Mirzolarning tasvirlari sun’iy intellekt — Midjourney yordamida qayta tasvirlandi.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#AJAB_DUNYO Ikki buyuk shoir, ikki musofir - Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Sizni o‘ylatmasmi bu jumboq, bu sir, Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur... Buni tasodifmi atayin, ayting, Qitmir qismat o‘yni deyinmi yo bir? Ko‘rib qo‘y, Turkiston, ikki shoh bayting - Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Jafo etganga ham jabr etmadik, Gadoni siyladik goho, Xudo bir. Daholarimiz qadriga yetmadik - Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Yer yonar jahannam afg‘onda yal-yal, Kulrang ko‘rpa yanglig‘ bulut yonodur. Yonar ne tiklagan bo‘lsa bir mahal - Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Ikki buyuk hikmat, ikki xush zabon, Ikki buyuk dildan yo‘qdir sado bir. Biz g‘animga bejang topshirgan qo‘rg‘on - Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur. Uchrashishmagandi ular hayotda, Yoturlar yonma-yon ikki lahatda. Nima deysiz endi, hayot-hayot-da - Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur! ✍️ Muhammad Yusuf Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#mehr_kutubxonasi 2023 yil 5-aprel kuni Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Mehr kutubxonasi" loyihasi asosida shahrimizning "Navbahor" MFY da yashovchi G'ulomov Salimjon bilan uchrashdi. Mutaxassislar S. G'ulomov bilan dildan suhbatlashib, uni qanday kitoblar o'qishi bilan tanishib, shu asosida AKM fondidagi kitoblardan tafsiya etishdi. S. G'ulomov tavsiya etilgan kitoblar bilan tanishar ekan, xursanchiligini yashira olmadi, o'z minnatdorchiligini bildirdi va kutubxonaga a'zo bo'lish istagini aytdi. AKM mutaxassisi Sh. Nurullayeva kerakli adabiyotlarni doimo yetkazib berishini ta'kidlab, S. G'ulomovni AKM foydalanuvchilar safiga kiritdi. Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz 📚 "Sariq devning o‘limi" ✍️ Xudoyberdi To‘xtaboyev Qadrli kitobxonlar! O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboevning "Sariq devni minib" sarguzasht romanining ikkinchi qismi - "Sariq devning o‘limi"da asar qahramoni Hoshimjon hayotida ma’suliyatli davr boshlanadi. Tabiatan ziyrak, fahm-farosatli Hoshimjon katta bir operatsiyada qatnashib, uning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi. Voqealar rivoji esa asarni mutolaa qilish davomida tanishasiz. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markaziga taklif qilamiz. Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Amir_Temur Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel Shahrisabz, Kesh shahri yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor qishlogʻi(hozirgi Yakkabogʻ tumani)da tug'ilgan va 1405-yil, 18-fevral Xitoyga yurishi chog'ida Oʻtror shahrida vafot etgan. Amir Temur oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi hisoblanadi. Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Taragʻay esa barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#tonggi_kayfiyat * * * Mudroq bosgan dilim, Aytaman bir sir, Tangri uyquni-da Pallada tortar. Uyqu – ham Nasiyaga berilgan umr, Uyqung ortgan sayin Qarzing ham ortar… ✍Muhammad Yusuf Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
☀️ Assalomu alaykum,                             ☕️xayrli tong!      Bugun, 5-aprel, chorshanba. Har tongni goʻzal narsalarning niyati bilan boshlang... "Bugun albatta yaxshiliklar boʻladi" - deya yaxshi gumonda boʻling. Chunki tilaklar duoga aylanadi, duolar esa albatta ijobat boʻladi! Yangi kun barchamizga xayrli kelsin!
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
"Konstitutsiya — meniki, seniki, bizniki" Batafsil: https://telegra.ph/Referendum-2023-Konstitutsiya--meniki-sizniki-va-barchamizniki-04-04-3 Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
Показать все...
#Bir_adib_haqida_suhbat 2023 yil 4-aprel kuni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot kutubxona markazi "Axborot-bibliografiya" oʻquv xonasida, “Bir adib haqida suhbat” loyihasi doirasida, "Ezgulikka baxshida umr" nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda Kattaqoʻrgʻon shahar ijodiy-maʼnaniy ishlar boʻyicha targʻibotchi, shoira Ruxsora Olloyorova, AKM mutaxassislari hamda bir guruh MFY xotin-qizlari ishtirok etdilar. Tadbirni Sh.Nurullayeva ochib, oʻlka yozuvchi shoiralari haqida ularning ijodi haqida o’z fikrlarini bildirdi. So’ngra R.Olloyorova o’z fikrlari bilan o’rtoqlashar ekan, o’z ijodidan o’rin olgan she’rlaridan o’qib eshittirdi. Tadbir davomida shoira hayot yo’li va ijodi haqida so’zlab berdi. Shuningdek, shoiraning “Baxtim gʻunchalari” va “Kimligimni soʻz aytar” sheʼriy kitoblaridan sheʼrlar oʻqildi. Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan shoiraning kitoblariga bibliografik sharh berildi. Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
Показать все...