cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Hikmatli dunyo | Rasmiy kanal✔

Nasihat avvalo o'zimga!🖋 @Olimxojayev_Umar

Больше
Страна не указанаЯзык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
179
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Biz ertaklar toʻqish bilan emas, balki hayotda qilgan ishlari ertakka oʻxshashi bilan tanilgan ummatmiz! Ha, islom ummati shuni uddalay olgan ummat! https://t.me/+T8tKCsUpEPXQJZla
Показать все...
​​-Alo... Valekum assalom bolam yahshimisan? O'chirib qo'ymay tur ozroq gaplash... -Qiynalmayabsanmi, uyingdan uzoqda begona odamlar ichida? -Hammasi yahshi deysanmi? Yahshi, lekin ovozinga nima qildi tomog'ing og'riyabdimi? Doim aytaman senga issiqroq kiyinib yur , sovuq suv ichma deb, lekin hech aytganimni qilmaysan, yoshligingdayam....... -Yuborgan kiyimlarimni oldingmi? -Kiymayman, eski mo'dadan ortda qolgan deysanmi, (egnidagi eski kamzurini tugmasini qadarkan) mo'dangni qayerdanham tushunardim bolam men...! -Dadangmi? (O'qtin o'qtin yo'talib) Dadang ham ancha yahshi bo'lib qoldi, lekin haliyam oyoqlarini og'rig'i qolmayabdi. -Pulim tugadi deysanmi? Bolam, bir amallab yetkizib tur, dadang ham ishga chiqolgani yoq, aksiga olib singlingni to'yida beraman deb olib qoygan tilla ziraklarimga ham hech xaridor topilmayabdi... -Hop bolam pul topishim bilan yuboraman...! -Ishlarim bor deysanmi? Mayli bolam seni ham vaqtingni oldim bo'lar bo'lmas gaplar bilan, o'zingni ehtiyot qil, sendan umidimiz katta, bizni uyaltirib.....! -Aloo, bolam! -Aloo! -Qayta qayta javobsiz chaqiruv..... ©️ Umar P/s: Bu postni nima uchun va yozishga meni nima undaganini to'g'risi bilmayman, kanalga joylashga ham ancha o'ylandim, umid qilamanki oramizda bunday farzandlar yo'q.🙂
Показать все...

Gʻaroyib soʻzlar... Sukut ― bu soʻzlashish ilmidagi eng qiyin ilmdir. Mish-mish ― tovush tezligidan ham tez tarqaluvchi narsa. Munofiq ― boringda seni maqtaydi, yoʻgʻingda senga xiyonat qiladi. Ish ― kundalik ozuqa boʻlib, u bilan barcha turdagi ochlik toʻygʻiziladi. Sirlar ― lozim boʻlgan vaqtda boshqalar sening ziddinga foydalanishlari mumkin boʻlgan maʼlumotlar. Muhabbat ― shunday hissiyotlar oroliki, uning har tarafidan musibatlar bilan oʻralgan. Toʻgʻrilik ― shunday qitʼaki, undan keyin boshqasi kashf qilinmaydi https://t.me/+T8tKCsUpEPXQJZla
Показать все...
Bu gapimdan keyin hech kim qolmasa kerak deb o'ylagandim!😁 Hayotda kimgadir kerakligingni bilishdan ortiq baht bo'lmasa kerak.🙂 https://t.me/+T8tKCsUpEPXQJZla
Показать все...
#Dolzarb Sizlardaham bormi, qaysidir tanishingiz sizni qandaydir kanalga qo'shib qo'yadi, siz bo'lsa hurmatsizlik bo'lmasin deb u kanalni arxivlab chiqib ketolmay yurasiz!?😕 P/s: Yaqinlarim, agar sizlardaham men aytgandek holat meni kanalim bilan kuzatilsa hech o'ylanmay chiqishilar mumkun😐 (Odam soni unchali muhummas men uchun)
Показать все...
- ​​​​Bechora din... g‘ar-o‘g‘rilar uchun qalqon bo‘ladi. - Bechora din... maraz-muttahamlar uchun qalqon bo‘ladi. - Bechora din... ablahlar uchun qalqon bo‘ladi https://t.me/+T8tKCsUpEPXQJZla
Показать все...
"Aya barbir tushunmaysiz" Ayang seni o'qishda bir narsa tabirlaring-u, vazifalaringni qayerdan ham bilsin, oddiy o'qimagan bir ayol bo'lsa. Ayang seni yangi chiqqan yopinchiqlar-u, hijoblaringni qayerdan ham bilsin, ko'rgani momolarining paranjisi-yu, o'z egnidagi uzun ko'ylak, boshdan tashlab avratlarin yopgan ro'moli bo'lsa. Ayang Telegram, Instagram ... laringni qayerdan bilsin, qo'lidagi zo'rg'a olislarda yurgan sen bilan gaplashishga yaraydigan telefon bo'lsa. Ayang seni oliy maqsadlar-u istaklaringni qayerdan bilsin, u uchun kecha ham, bugun ham, erta ham, orzu, maqsad ham, hammasi faqat sen va sen bo'lsang. Ayang ularni qayerdan tushunsin, "o'zim", "men" degan tushunchasiz yashayotganiga 25 yil bo'lgan bo'lsa. P.S. O'ylamay gapirgan gaplarim uchun uzr so'rashim kerak. @Karimov_blogs
Показать все...
​​O'n kundan buyon hech narsa yemagan och bilan kunda besh mahal ovqatlanib yurgan to'qning nonga qarashlari bir xil emas. (Ma'no qidir)
Показать все...

​​Inson so'zining ma'nosi nima? Insonning insonligi shundaki, dard chekkanda chiqargan saboqlari darddan forig' bo'lgach unutilib ketadi. Insonning insonligi shundaki, u hech qachon aybdor emas, negaki biror ayb (gunoh) ish qilsa albatta shaytonni yoki nafsini ayblaydi. Insonni insonligi shundaki, insonlarning ko'z o'ngida taqvodor ko'rinib, yolg'iz qolganda shaytonga ulfat bo'lishni juda yahshi uddalaydi. Insonning insonligi shundaki, ular o'zilari hohlagandek emas, boshqalarning ular haqidagi fikrini muhum deb hisoblab yashaydi. Insonning insonligi shundaki, o'zi muhtoj bo'la turib boshqalarga hursandchilik ulasha oladi. (Meningcha) P/s: Yana bilmadim! https://t.me/+T8tKCsUpEPXQJZla
Показать все...

Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.