cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

XALQ TA'LIMI XODIMI

Ushbu kanalda pedagoglar uchun ta'limiy yangiliklar berib boriladi. • Admin: @xalq_talimi_xodimi_bot

Больше
Рекламные посты
2 213
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

📚 MUTOLAA - SHIFO Shifokorlar kitob mutolaasi juda foydali muolaja ekanini isbotlashdi. Detektiv va sarguzasht asarlar diqqat-e’tibor, qunt-sabot va kuzatuvchanlikni chiniqtiradi. Murakkab syujetlar mahzun o‘y-xayol va tashvishlardan chalg‘itadi. Noxush fikr miyaga o‘rnashib qolgan, ruhan siqilgan paytlarda kitob o‘qish muolaja vazifasini o‘taydi. Ilmiy fantastik asarlar yuz berish ehtimoli bor narsalar haqidagi tasavvurni kengaytiradi, o‘y va istaklarni cho‘chimay xayoldan o‘tkazish, boshqalarda ham shunday fikr va istak bo‘lishi mumkinligini tan olish imkonini beradi. Bunday kitoblar turli vahima va qo‘rquvlardan aziyat chekuvchi, qat’iy tartibda yashovchilarga tavsiya qilinadi. Nazmiy asarlardagi aniq ritm organizmda kechayotgan jarayonlarni me’yoriga keltiradi, kayfiyatni ko‘taradi, kishida o‘z kuchiga ishonch uyg‘otadi. Depressiya holatlarida, shuningdek, insultdan keyingi duduqlanishni davolashda ham bu usul qo‘llanadi. Ertak va folklor adabiyoti esa, qiyinchiliksiz muomala qilish qoidalariga, kuzatuvchanlikka odatlantiradi. Bu turdagi kitoblar shoshqaloq, itoatsiz, so‘zga kirmaydigan bolalarni tarbiyalashda qo‘l keladi. Huquqiy adabiyot xavotirli vaziyatlarning oldini olish, ziddiyatlarsiz muomalaga kirishishga o‘rgatadi. O‘smirlarga o‘tish davrida yordam beradi, jarrohlik amallaridan so‘ng kayfiyatni ko‘taradi. Falsafiy va diniy adabiyotlar dunyoning yaxlitligi, unda insonning o‘rni haqida tasavvur beradi. O‘tkir ruhiy zarbalar, surunkali ruhiy siqilishlardan xalos etadi. @xalq_talimi_xodimi
Показать все...
QUR’ONI KARIMNING MATEMATIK MO‘JIZALARI ✅ Kun (yaum) so‘zi Qur’onda 365 marta keladi. Yilda 365 Kun bor. ✅ Kunlar (ko‘plikda) so‘zi 30 marta kelgan. Oyda 30 kun (hijriy 29-30, melodiy 30-31, o‘rtancha- 30 kun). ✅ Kun so‘zining barcha shakllarida 475 marta keladi. 475=19*25. Bunda bir yil ichida quyosh o‘z o‘qi atrofida 25 marta aylanar ekan. Quyosh va oy esa erga nisbatan bir xil holatga har 19 yilda kelar ekan. ✅ Huddi shuningdek yil so‘zi ham Qur’oni Karimda 19 marta ishlatiladi. Bir yil ichida Er o‘z o‘qi atrofida 365 marta aylansa, oy 12 marta aylanadi. Faqat bu erda noto‘liqlik bor, ya’ni matematik so‘zda "qoldiqlik" bo‘linadi. Har 19 qamariy yilda ushbu tafovut yo‘q bo‘lar ekan. ✅ "Yil" (sinet, sinin) so‘zi Qur’onda ikki shaklda kelgan ekan. Sinet so‘zi 7 marta, sinin so‘zi 12 marta. Jami, yuqorida aytilganidek, 19 marta. O‘sha 19 qamariy yilning 7 tasi 355 kun, 12si esa 354 kunni o‘z ichiga olar ekan. ✅ Oy (shaxr) so‘zi Qur’oni Karimda 12 marta kelgan. ✅ Oy (Qamar) surasining birinchi oyatidan Qur’on yakunigacha 1389 oyat bor. Taajubki, inson Oyga ilk qadamini hijriy 1389 yili bosgan. ✅ Quyosh so‘zi 33 marta, soya so‘zi 33 marta, sharq va g‘arb so‘zlari 16+17=33 marta, nur so‘zi 33 marta kelgan. ✅ Yer so‘zi 12 marta, Dengiz so‘zi 32 marta kelgan. Ularning nisbati 0,375. Ma’lumki, sayyoramizda Er va suv sathining nisbati ham 0,375 ga teng. Zafar Hoshimov tayyorladi. @xalq_talimi_xodimi
Показать все...
00:26
Видео недоступноПоказать в Telegram
🧐 To'g'ri ovqatlanish tartib-qoidalari qandayligini bilasizmi? 🤨 To'g'ri ovqatlanish qoidalariga ko'ra kun davomida necha marotaba ovqatlanish kerak? 🧑‍🎓 Inson sog'lom bo'lishi, salomatligini saqlashida to'g'ri ovqatlanish juda muhimdir. Manba: @itsmuzb @xalq_talimi_xodimi
Показать все...
Tabiiy fanlar 7-dars первый.mp423.33 MB
HIKMATLAR XAZINASIDAN... 🎯 Sen hayotda o‘yinchi kabi bo‘l, hakam kabi bo‘lma. Zero o‘yinchi nishonni poylaydi, hakam esa xatoni! 🎯 Hayotingizdagi: yaxshi odamlar - xursandchilikni, yomon odamlar - tajriba beradi. 🎯 Judayam yomon odamlar dars bersa, judayam yaxshi odamlar esa xotira beradi. 🎯 Birovning o‘tmishi haqida hukm chiqarmang - hali o‘z kelajagingizni bilmaysiz. 🎯 Izlagan odam adashishi mumkin. @xalq_talimi_xodimi
Показать все...
🔰 O'QITUVCHILARNING ODOB-AXLOQQA OID MAJBURIYATLARI: ✅ odob-axloq qoidalariga rioya qilishda o‘quvchilarga ibrat bo‘lish; ✅ maktab manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyish; ✅ biror-bir noxush voqea yoki xodisa ro‘y bersa, zudlik bilan u haqida ma’muriyatga bildirish; ✅ umumta’lim maktabining sha’ni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish; ✅ umumta’lim maktabi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon etkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik; ✅ dars jarayonida o‘quvchilarga odob-axloqqa oid milliy an’analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targ‘ib qilish; ✅ yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali «ommaviy madaniyat» xurujlaridan ogoh etib borish; ✅ ta’lim oluvchilarni ma’naviy — ahloqiy tarbiya ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga ko‘maklashish. @xalq_talimi_xodimi
Показать все...
01:52
Видео недоступноПоказать в Telegram
Kompyuterdagi nosozliklarni aniqlash va tuzatish! 📌 Kompyuterdagi biror uskuna ishlamay qolishini sababini aniqlash va uni bartaraf etishni eng sodda usuli. *Kompyuterdagi ba'zi muammolarni mustaqil bartaraf etishni o'rganib olish barcha uchun manfaatli bo'ladi degan umiddamiz! Manba: @Kompyuter_akademiyasi @xalq_talimi_xodimi
Показать все...
Kompyuterdagi nosozliklarni aniqlash va tuzatish!.mp44.33 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
XALQ TAʼLIMI VAZIRI JAMG‘ARMASI HISOBIDAN HAR OYLIK USTAMAGA DAʼVOGAR PEDAGOGLARNI SARALASH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TADI Joriy yilning 16 dekabr kuni Xalq taʼlimi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2023 yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari boshlanadi. Qayd etish joizki, 2023 yilda Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 2000 nafar etib belgilandi va bu kvota “Boshlang‘ich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo‘nalishlari bo‘yicha tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlandi. Ushbu kvotaga nomzodlar “Xalq taʼlimi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli Qarorida belgilangan tartibga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan taqdim etildi. Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/879 @xalq_talimi_xodimi
Показать все...
PEDAGOGIK OLTIN TAVSIYALAR 🔶 Maktabga xursandchilik bilan kirib boring, maktabdan yoqimli charchoq bilan chiqib keting. 🔷Tabbasum qilishni unutmang. 🔶 Yodingizda tuting: e’tiborsiz shifokor bemorning badaniga shikast yetkazishi mumkin, e’tibosiz o‘qituvchi esa - bolaning qalbiga. 🔷 Darsga kirishdan oldin hozir nima uchun bu yerda ekanligingizni va nima qilishingizni aniq biling. 🔶 Har safar o‘quvchiga qo‘pol munosabatda bo‘lishdan oldin, bolaligingizni eslang va har ehtimolga qarshi muz qaymoq eb oling (qizishmang). 🔷 Yodingizda tutung: agar ovozingiz qo‘pollashib, xirrilashib ketayotgan bo‘lsa, demak qaerdadir xato qilgansiz. 🔶 Eng oliy pedagogik muvaffaqiyat ― o‘quvchilarning tabbasumi. 🔷 Agar oddiy faktni katta kashfiyot kabi taqdim eta olsangiz va o‘quvchilaringizni hayratlantira olsangiz, asosiy vazifangiz bajarildi deb hisoblashingiz mumkin. 🔶 Agar mashg‘ulotingizga "mehmonlar" tashrif buyurgan bo‘lsa, o‘zingizni mamlakatning eng qobiliyatli pedagogi va eng zo‘r aktrisasi (aktyori) kabi tuting. 🔷 Ma’muriyatingizni hurmat qiling va qadrlang, shunda siz baxli, uzoq pedagogik hayot kechirasiz. 🔶 G‘azablanganigizda milliongacha sanang. 🔷 Xatolaringizdan hijolat bo‘lmang. Shunda ular yildan yilga kamayib boraveradi. 🔶 Ishingizga bor kuchingizni sarflang, lekin maktabdan chiqqaningizda oddiy insoniy hayotni ham unitib qo‘ymang. "Maktab" va "Shaxsiy hayot" tugmachalarini vaqtida yoqib o‘chirib turing. 🔷 Agar oqshomda o‘quchilaringizni eslab, yuzingizda tabbasum paydo bo‘lsa - bu baxt. 🔶 Yodingizda tuting: yaxshi o‘qituvchilar uzoq umr ko‘radilar va deyarli hech kachon kasal bo‘lmaydilar. @xalq_talimi_xodimi
Показать все...
🔸 Tugmachalar majmuasi Windows operatsion tizimi, Microsoft Office dasturlari va boshqa dasturlarda foydalaniladigan tezkor klavishlar jamlanmasi. *Ushbu jamlanma sizga kompyuterda yanada tezroq ishlashingizga yordam beradi degan umiddamiz. Muallif: Qudrat Abdurahimov @xalq_talimi_xodimi
Показать все...
Tugmachalar majmuasi@xalq_talimi_xodimi.exe3.35 KB
🔰 O'QITUVCHILARGA ODOB-AXLOQIDA MAN ETILADIGAN HOLATLAR: ❌ jamoa a’zolarining shaxsiyatini va qadr - qimmatini kamsitish, o‘zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish; ❌ jamoa a’zolari va boshqalar ustidan turli ig‘vo, g‘iybat va bo‘htonlar uyushtirish; ❌ o‘quvchilar bilan o‘z hamkasabalarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish; ❌ o‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotlardan asossiz chiqarib yuborish; ❌ o‘quv mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;o‘quv mashg‘ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish; ❌ maktab hududida spirtli ichimliklar ichish va tamaki maxsulotlarini chekish kabilar qat’iyan man etiladi. @xalq_talimi_xodimi
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.