ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

Engineering Notes

Engineering Notes

Открыть в Telegram

Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi. Ba'zi postlarda xatoliklar bor. Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat. Contact: @Bobosher_Musurmonov LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov

Больше
2 603
Подписчики
+124 часа
+17 дней
-130 дней
Архив постов
Ko'pchilik President Tech Award "OpenBudget 2" bo'lib ketgani haqida yozayapti. Ochig'ini aytsam, xuddi shunday bo'lishini kutgandim. Sababi, bizda oddiy aholining katta qismi ovoz berishni hali ham mustaqil tanlov emas, shunchaki kimnidir "podderjka" qilish sifatida qabul qiladi. Do'stini, qarindoshini, ustozini yoki shunchaki biror narsa evaziga. Katta gapirayotgan bo'lsam uzr, lekin menimcha shu ovoz berganlarning katta qismi loyiha qolganlaridan yaxshiroq bo'lgani uchun emas, shunchaki kimdir so'ragani uchun ovoz bergan (ehtimol, qolgan variantlarga umuman qiziqib ham ko'rmagan). Unda hakamlar g'olibni aniqlashi yaxshiroq variantmi? Balki. Agar hakamlar rostdan ham xolis bo'lsa va sohani yaxshi tushunsa. Sohaga tushunmaydigan qaysidir katta tashkilot rahbarini hakam qilib qo'yish ham foyda bermaydi (yoki "kimgadir" foyda beradi). Qisqasi, hozircha bu tanlovning men ko'rgan yagona yaxshi tomoni, loyihani ommaga ko'rsatish va ehtimol, yaxshi investor topish imkoniyati. Yutish uchun esa hozircha yaxshi loyihaning o'zi kamlik qiladi.

NEERCga borayotganlar bormi? ))

photo content

Bugungi advent of code masalasini hozirgina ko'rdim. Lagrange polynomial bilan bruteforce qilib yuborsammikan deb o'ylab turibman ))

Repost from Tabiiy Intellekt
GPT is becoming a Turing machine : "Tegishli "promtpting" orqali, GPT-3 modellarni kompyuter ilmi va intervyularda uchraydigan muammolarni yechuvchi takrorlanuvchi dasturlardek iterativ tabiatga undash mumkin... " Boshqa joyda o'qigan edim, LLM'larning o'rgatish vaqtida qilingan xarajatlar bilan bashorat/generatsiya vaqtidagi xarajatlar orasida kompromis bor. Ko'p va to'g'ri qilingan o'rgatish tushunarliki kuchli modellarni yuzaga keltiradi. Teskari fikr esa juda qiziqarli: kam o'rgatilgan model ham juda kuchli hisoblovchi bo'lishi mumkin yetarlicha ko'p xarajat qilinsa. Bu qarash LLM'larga berilgan "promtp"lar ahamiyatini oshiradi. Fikrimcha, kerakli prompt'larni yoza olish va hech kimda yo'q ma'lumotlarga ega bo'lish yaqin kelajak tadbirkorlari xususiyatlaridan biriga aylanadi.

Hali bugungi "Advent Of Code" masalasini yechishga ulgurmadim, lekin yo'lda 1-qismiga ko'z yugurtirib chiqdim. Agar hech narsani esdan chiqarmagan bo'lsam, oddiy integral orqali O(1) da hisoblasa bo'ladi. Shaxsan men uchun kutilmagan masala.

Men: — MDCga registratsiya qilsammikan yo yo'qmi? Baribir C# ni bilmasam... 2 minutdan keyin: — Eee, shoshma, Javani bilaman-ku.

Repost from Python FAQ
Tanlov 2023 - 💰 5 million so'mlik yutuq Python dasturlash tilidan O'zbek tilidagi savollar tanlovi: savol tuzing va bizga jo'nating. ⏰ 2023-yilning 1-dekabridan 2023-yilning 21-dekabrigacha savollar qabul qilinadi.

Qaysi dasturlash tilidan boshlay deb so'raganingda P.S. Rasmlarni ruxsatsiz ishlatdim, rozi bo'lasizlar.
Qaysi dasturlash tilidan boshlay deb so'raganingda P.S. Rasmlarni ruxsatsiz ishlatdim, rozi bo'lasizlar.

10 minutda boshlaymiz

Martin Görnerdan ML bo'yicha ko'p qiziqtirgan savollarimga javob oldim.
Martin Görnerdan ML bo'yicha ko'p qiziqtirgan savollarimga javob oldim.

"I choose Python because it's way faster". LOL ))

Mehmon chaqirmoqchi edim, o'zim chaqiriladigan bo'ldim. Talk database internals'ga endi qiziqishni boshlaganlar uchun foydali bo'ladi deb umid qilaman. P.S. Anaqqisa, posterni share qilsanglar xursand bo'lardik.

Repost from Otabek’s I/O
#TechTalks 2-soni efirda! Applied Labs kompaniyasida Software Engineer bo'lib ishlagan, Backend va Data Engineering sohasiga
#TechTalks 2-soni efirda! Applied Labs kompaniyasida Software Engineer bo'lib ishlagan, Backend va Data Engineering sohasiga aloqador ko'plab foydali postlar yozgan mexmon - Bobosher Musurmonov bilan o'zgacha suxbat. Ushbu suhbat ochiq, samimiy va boshqalaridan qiziq bo'ladi, ishonavering. Sizga qiziq bo'lgan savollarni esa izohlarda qoldiring. Vaqt: 21:00 (Toshkent vaqti bilan) Sana: 26-Noyabr Mavzu: Trip to Database internals @otabekswe

Bugun birinchi marta ish uchun ChatGPT ishlatib ko'rdim. Ish effektivligini anchagina oshirar ekan. Hozircha yangi narsa o'rganish uchun emas, linux, docker, postgresql va hokazolarga "cheatsheet" sifatida ishlatayapman. Menimcha shunisi yaxshiroq.

Well, of course, I know him. He's me.
Well, of course, I know him. He's me.

Category theorydan functional programmingga kirib kelgan idealarni original kontekstda o'rganish sohadagi "pitfall"larga tushib qolishdan saqlaydi va to'g'ri yo'nalishda fikrlashga yordam beradi deb o'ylayman. Masalan, "funksiya kodni duplicate qilmaslik uchun ishlatiladi" degan keng tarqalgan fikr paydo bo'lishiga sabab ham konseptni noto'g'ri kontekstda o'rganish. Natija? Functional programmingni procedural programmingdan ajrata olmaydigan avlod va ular keyingi avlodga ham shunday deb o'rgatishda davom etayapti.

Yaqinda Asaxiy Booksdan birinchi marta e-book sotib olib o'qidim. Bu mendagi kitob o'qish bilan bog'liq eng yomon experience bo'ldi. Mobile app buglarga to'la, hozircha hech kimga tavsiya qila olmayman. Ochig'i, buni kanalda yozish niyatim yo'q edi. Lekin bir necha kun harakat qilib ham tech supportga bog'lanolmaganim uchun (telefon orqali ham, Telegram bot orqali ham) shu yerda yozishga qaror qildim. Kanalda Asaxiy booksda ishlaydiganlar bo'lsa bemalol shaxsiyga yozishingiz mumkin, buglar haqida batafsilroq yozaman.