Engineering Notes
Открыть в Telegram
Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi. Ba'zi postlarda xatoliklar bor. Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat. Contact: @Bobosher_Musurmonov LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov
Больше2 522
Подписчики
+324 часа
-27 дней
-2130 день
Архив постов
2 525
Noto'g'ri ma'lumot berib qo'ymaslik uchun yana aytaman. Tepadagi tushuntirish O'TA SODDALASHTIRILGAN. Bizning olam to'liqsizlik teoremalarida aytilgan formal sistemaga qo'yiladigan shartlarni qanoatlantirmaydi. Hammasi bunchalik oson emas ))
2 525
Menga eng yoqadigan teorema(lar) bu Gödelning to'liqsizlik teoremalari. Bu 2 ta teorema o'ta sodda va qo'pol qilib aytganda, sistemaning ichida turib shu sistemaning ishlashini to'liq ilmiy isbotlab bo'lmasligining "ilmiy isboti". Tepadagi gapni yana bir marta o'qib ko'rishni tavsiya qilaman. Tasavvur qilyapsizmi, matematika bilan hamma narsani isbotlab bo'lmasligining matematik isboti bor (albatta, ozgina "ko'pirtirib" aytganda).
Teoremaga qiziqib qolgan bo'lsangiz uning tarixiga ham qiziqib ko'rishni tavsiya qilaman. Teoremaning asosiy tushunchalarini wikipediadan, original ilmiy ishning inglizchaga tarjimasini mana bu yerdan topishingiz mumkin. Tushuna olmasangiz havotir olmang, siz yolg'iz emassiz ))
Birinchi teoremaning original isboti anchagina murakkab, lekin boshlang'ich to'plamlar nazariyasi va matematik mantiqqa asoslangan alternativ isboti ham bor ekan.
2 525
Matematika, fizika, va umuman, scienceda siz eng yaxshi ko'radigan formula/teorema qaysiz?
O'zimnikini kechroq yozaman ))
2 525
Kecha GoFda tushgan qiziq savol:
O'nlik (decimal) raqamlardan tashkil topgan, uzunligi 3000 bo'lgan string berilgan. Raqamlar orasiga 2 ta "–" (minus) belgisini (hax qil o'rinlarga) shunday qo'yish kerak-ki, hosil bo'lgan expression natijasi shu usulda hosil qilish mumkin bo'lgan eng kichik nomanfiy qiymatga ega bo'lsin.
Masalan, "1234" stringni 12-3-4, 1-23-4 yoki 1-2-34 expressionlarga o'tkazish mumkin. Bularning orasida eng kichik nomanfiy natija 5. Faqat misolda string uzunligi 4 emas 3000 ))
Time limit 1 sekund, ya'ni 10 ^ 9 tadan kamroq operation bajarish mumkin.
2 525
Qozon shahridagi oddiy savdo markazidagi brendsiz kitob do'koni. Bizda Amazondan zakaz qilib 1 oy kutish kerak. Alam qiladi😂
2 525
Qozon shahriga, "Kelajak o'yinlari"ga keldik. Juda katta tayyorgarlik ko'rishibdi.
2 525
#tavsiya #offtopic
Oxirgi 2 yil ichida asosan Hamkorbank va OFB xizmatlaridan ko'p foydalandim. Ikkalasidayam 2 ta jiddiy muammoga duch keldim:
– Xalqaro kartalar. Ayniqsa xalqaro kartadan Uzcard/Humoga o'tmazmalar juda bosh og'riqli. Karta ochayotganingizda operatorlar "bemalol o'tkazsa bo'ladi" deyishadi, faqat "lekin" degan joylari ko'p. Ayniqsa Hamkorbankda bu juda ko'p faktorlarga bog'liq: milliy karta qaysi bankniki, xalqaro karta Visami yoki Mastercard, qaysi tarifda, physical yoki virtual, ... hatto ba'zi servislardan foydalanish uchun karta ochilgan bank filialiga borishimga to'g'ri kelgan. Bularning konversiya logikasi Slackning notification jo'natish logikasidan ham murakkabroq bo'lsa kerak ))
– Mobile app. Ayniqsa OFBda mobile app juda sifatsiz. Imkoniyatlari kam va buglarga to'la.
Qisqasi, 2-3 oy oldin NBUga o'tdim. Shu vaqt ichida anchagina servislardan foydalanib ko'rdim va hali birorta muammo chiqmadi. Xalqaro kartalar bilan ishlash rostdan ham oson. Plus, mobile app ham ancha sifatli va shaxsan men uchun qulay.
Hammasi yaxshi, faqat support biroz muammo ekan: call centerdan javob olish uchun aaaancha vaqt kutishimga to'g'ri keldi.
Qisqasi, tavsuyu.
2 525
Charchagan yoki zerikkan paytda ko'radigan foydali kontent izlayotgandim, mana shu playlist yoqdi:
https://youtube.com/playlist?list=PLowKtXNTBypFbtuVMUVXNR0z1mu7dp7eH&si=vb0NnXRunkTITMXx
2 525
O'rtoq junior Javachilar, Java compiled tilligini o'rganibsiz, zo'r. Faqat Python interpreted deb ustidan kulishdan oldin kodingizni command lineda qanday compile qilib, run qilishniyam o'rganib qo'yinglar-da, faqat "Run" buttonni bosmasdan.
P.S. Keyin faqat IntelliJda "commit and push" qilib, resumega skillar orasiga gitni qo'shishgayam sal uyalinglar, baraka topgurlar.
2 525
Ishqilib, biror programmist yaqinda Humodan borib Uzcardga qo'shilmadimikan? Uzcard Humoga o'xshab ishlashni boshladi.
2 525
Menda hozir Robert C. Martin(Uncle Bob)ning "Clean Code" kitobi bekor turibdi. O'tgan yili Amazondan order qilgandim, hali yap-yangidek. Shuni dasturlash sohasiga oid biror kitobga almashmoqchiman. Sizda sohaga oid biror yaxshi kitob bo'lsa va "Clean Code"ga almashmoqchi bo'lsangiz kommentda yozib qoldirishingiz mumkin.
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
