cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

G'ISHTLI OTA JOME MASJIDI

Masjid haqida yangiliklar Masjid qurilishida faol bo'ling Qurilish ishlari boshland Орқага қайтмайди утган хар фурсат. Бизларга берилган бу жон омонат. Аллохимнинг хукмига қилиб итоат. Хар лахза яхшилик қилайлик умр ғанимат. Эхсонни мукофоти факат эхсон

Больше
Узбекистан73 957Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
164
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Assalomu alaykum! Ertaga masjid qurilishiga hasharga taklif qilamiz. Bundan buyoģiga har kuni ish bor. Imkoningiz bòldi deguncha kelavering. Ayniqsa yoshlarimizdan umidimiz katta. Masjid qurilishi bu katta proyekt, katta ish, siz-u bizga ishonib boshlangan ish. Shu bilan birga savob olish uchun katta imkon. Fursatni qòldan boy bermaylik!
Показать все...
Mevachi yigit-qizlar haqida
Показать все...
4_6033119334962825830.ogg1.49 MB
Aroq haqida
Показать все...
3.73 MB
O‘n uchinchi gunohi kabira SIYDIKDAN POKLANMASLIK Alloh taolo aytadi: «Liboslaringizni pok tuting» (Muddassir surasi, 4). Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ikki qabr yonidan o‘tdilar-da: «Bu ikkisi (ya’ni, qabrdagilar) azoblanmoqda. Gunohi kabira sababli azoblanayotganlari yo‘q. Ha, u gunohi kabiradir. Ulardan biri chaqimchilik qilib yurardi, boshqasi esa siydigidan saqlanmasdi», dedilar» (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qabr azobining ko‘pchiligi siydik sababli bo‘ladi. Bas, siydikdan pok bo‘linglar!» (Doriqutniy rivoyati). Kimki badani va kiyimlarini siydikdan pok saqlamasa, uning namozi maqbul bo‘lmaydi. Hofiz Abu Nua’ym «Hil’a» kitoblarida Shafiy ibn Mati’dan rivoyat qiladi: «To‘rt toifa kimsalar o‘zi azoblanayotgan do‘zax ahliga yana ozor beradilar. Ular «Hamim» (qaynoq suv) va «jahim» (do‘zax olovi) orasida sarson bo‘ladilar, o‘zlariga o‘lim va halokat tilaydilar. Do‘zax ahli bir-birlariga: «Bularga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotganimiz yetmaganiday, yana bizga ozor berishyapti?» deyishadi. Ulardan biri cho‘g‘dan bo‘lgan tobutga qamalgan bo‘ladi. Boshqasi ichak-chavoqlarini tortayotgan bo‘ladi. Yana birining og‘zidan yiring va qon oqayotgan bo‘ladi. Va oxirgisi o‘z go‘shtini yeyotgan bo‘ladi. Tobutdagi kishiga: «Bunga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki: «Bu kishi o‘lib, bo‘ynida odamlarning moli qolgan-da, unga vafo qilmagan». Keyin ichak chavog‘ini tortayotgan kimsaga: «Bunga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki, bu kishi siydik qaeriga tegayotganiga parvo ham qilmasdi, o‘sha yerini yuvib ham tashlamasdi. So‘ng og‘zidan yiring va qon oqayotgan kimsaga: «Bunga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki, bu kishi har bir fahsh va uyatsiz so‘zlarga nazar solib (eshitib), undan rohatlanardi, behayolikdan lazzatlanardi. Oxiri go‘shtini yeyotgan kimsaga: «Bunga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki, bu kishi g‘iybat qilib odamlarning go‘shtini yer va chaqimchilik qilib yurar edi». Allohdan afv va ofiyat so‘raymiz. Albatta, U rahmlilarning rahmlirog‘idir.
Показать все...
Assalomu alaykum! Barchaga kun xayrli bòlsin. Yana bir bor masjidda hashar bòlayotganini eslatib òtmoqchimiz. Kishiga jannatdan ulkan qasr barpo etiladi agar u masjid qurilishiga zarracha mehnati singgan bòlsa. Yangi masjid qurilishi biz uchun juda katta imkon. Kim biladi deysiz yana qachon masjid quriladi. Shu bois xayrli ishlarda bòshashmang, beetibor bòlmang. Pulingiz bilan, kuchingiz bilan va hech bòlmaganda duolaringiz bilan òz hissangizni qòshing. Dòstlaringizni ham jalb eting. Sizni G'ishtli ota masjidida kutamiz!
Показать все...
  • Файл недоступен
  • Файл недоступен
Assalomu alaykum aziz hamqishloqlar! Masjidimizni poydevori kòtarilish arafasida. Rasmlarda kòrganingizdek fundamentga karkaz tòqilayapti. Shu maqsadda sizlarni ertaga tong sahardan hasharga taklif etamiz. Imkoni borlar albatta keling. Bilasiz masjid qurilishida holis ishtirok etganlarga juda katta ajrlar bor In sha Alloh
Показать все...
ech chorasi qolmaguncha, xusumat eshigiga yaqin yo‘lamasligi darkor. Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim nohaq bo‘laturib bahs-munozarani tark etsa, uning uchun jannat chekkasida bir uy bino qilinadi, kimki haq bo‘la turib tark etsa, uning uchun jannatning o‘rtasiga (qasr) bino qilinadi. Kimning xulqi go‘zal bo‘lsa, uning uchun jannatning eng oliy joyiga (qasr) bino qilinadi» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati). Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Xusumat juda xatarli ishdir!» deb aytgan ekanlar. Fasl Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar hidoyatda bo‘lganlaridan keyin faqat talashib-tortishishga berilganlari sababligina haq yo‘ldan og‘dilar», dedilar-da, quyidagi oyatni o‘qidilar: «Ular (bu misolni) Sizga faqat talashib-tortishish uchungina keltirdilar. Axir ular xusumatchi-urushqoq qavmdirlar!» (Zuxruf surasi, 58). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qur’on xususida talashib-tortishish kufrdir» (Abu Dovud, Ibn Hibbon rivoyati). Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Alloh eng yomon ko‘radigan kimsa ashaddiy xusumatchidir!» (Buxoriy, Muslim rivoyati). Rivoyat qilinishicha, kimki xusumatlashayotganda bilmasdan turib tortishsa, to tortishuvni bas qilmaguncha g‘azab ostida bo‘ladi. Boshqa bir rivoyatda shunday deyilgan: «Doim xusumatlashib yurishing gunohkor bo‘lishingga kifoya qiladi». Asarda kelganki: «Sizlarning ustingizdagi narsalarning eng qo‘rqinchlirog‘i – olimning adashishi, munofiqning Qur’on xususida talashib-tortishishi va bo‘yningizni kesadigan dunyo». Fasl Gapirganda farosatu balog‘at bilan so‘zlayman deb chiranish, xuddi notiqlarday viqor bilan tushunish qiyin bo‘lgan jumlalarni so‘zlash va saj – qofiyali qilib gapirishga urinish ortiqcha takalluf hisoblanib, makruhdir. Aksincha, tinglovchi darhol anglab oladigan sodda, tushunarli qilib so‘zlash lozim. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta Alloh sigir kavsh qaytargani singari tiliga erk beradigan so‘zamol kishilarni yomon ko‘radi» (Termiziy rivoyati). Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta sizlarning menga eng suyukligingiz va qiyomat kuni o‘rningiz yaqini – axloqi go‘zalingizdir. Sizlarning menga eng yoqimsizingiz va qiyomat kuni mendan eng uzog‘ingiz – mahmadonalar, tahqirlovchilar va safsatabozlardir» (Termiziy rivoyati). Bilginki, agar haddan oshish va bemavridlik bo‘lmasa, xutba-yu, ma’ruzalarda chiroyli uslubda so‘zlash hech qoralanmaydi. Chunki ular qalblarni Alloh taoloning toatiga ishtiyoqli qilish maqsadida aytiladi. Bu borada esa nutqning go‘zal va ravon bo‘lishi katta ahamiyatga molikdir. Vallohu a’lam.
Показать все...
O‘n ikkinchi gunohi kabira TORTISHUV, BAHS-MUNOZARA VA MUROSASIZLIK Alloh taolo marhamat qiladi: «(Ey Muhammad), odamlar orasida shunday kimsalar borki, uning gapirgan gapi hayoti dunyoda sizga qiziq tuyuladi» (Baqara surasi, 204). Ya’ni, shunday kimsalar borki, bayon qilish san’ati yetukligidan gapirayotgan gapidan lol qolasan, hayratlanasan. Lekin ular yolg‘onchi, munofiqdirlar. Ularning «hunarlari» bu dunyodagina o‘tadi. Oxiratda esa qalblaridagi sirlardan boxabar bo‘lgan, g‘ayblarni bilguvchi Zotgina hokim bo‘ladi. «... Va o‘zi (islomga) ashaddiy xusumatchi bo‘lgan holida dilidagi «iymoni»ga Allohni guvoh keltiradi» (Baqara surasi, 204). Ya’ni, aslida dili kufr va munofiqlik illati bilan muhrlangan bo‘lsa-da, o‘zini iymonli deb da’vo qiladi va bu da’vosini «Alloh shohid» deb isbotlashga urinadi. Holbuki, u ashaddiy xusumatchi bo‘lib, nohaqlik – botil bilan bahs-munozara qiladi. «(Oldingizdan) ketganida esa yerda buzg‘unchilik, ekin va nasllarni halok qilish uchun yugurib-elib yuradi. Alloh esa buzg‘unchilik-fasodni sevmaydi» (Baqara surasi, 205). Ya’ni, fasodni yomon ko‘radi, fasodchilarni yoqtirmaydi. Hujjatul Islom Fazzoliy aytganlar: «Bahs-munozara – o‘zingni bilimdon qilib ko‘rsatib, boshqani tahqirlash niyatida xatosini izhor etib, ta’na qilishingdir». Tortishuv (mujodala) o‘z mazhabini boshqasidan ustun qo‘yish va fikrini ma’qullashdan iborat. Xusumat esa mol yoki boshqa bir ko‘zlagan narsasini qo‘lga kiritish uchun aytgan gapida qat’iy turib olishdir. U gohida biron narsani yoqlashi, gohida e’tiroz qilishi mumkin. Bahsmunozarada esa faqat e’tiroz bo‘ladi». Imom Navaviy aytadilar: «Bilginki, tortishuv goh haq, goh nohaq bo‘ladi. Alloh taolo aytganki: «(Ey mo‘minlar), sizlar ahli Kitob bilan faqat eng chiroyli yo‘sinda mujodalamunozara qilinglar» (Ankabut surasi, 46). «...Ular (siz bilan talashib-tortishadigan kimsalar) bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala – munozara qiling!» (Nahl surasi, 125). «Allohning oyatlari haqida faqat kofir bo‘lgan kimsalargina talashibtortishurlar...» (Fofir surasi, 4). Agar mujodala (tortishuv) haqni aniqlash va uni qaror toptirish uchun bo‘lsa, u mahmud – maqtalgandir. Bordi-yu, haqqa qarshilik ko‘rsatish uchun yoki bilmasdan turib qilinadigan bo‘lsa, u qoralangandir. Mujodalaning joiz va nojoizligi xususida vorid bo‘lgan oyatlar mana shu yo‘sinda nozil bo‘lgan». Ayrim ulug‘lar deydilar: «Xusumatdan ko‘ra dinni ketkazuvchiroq, muruvvatni kamaytiradiganroq va qalbni mashg‘ul qiladiganroq biron narsani ko‘rmadim». Inson o‘z haq-huquqlaridan to‘la foydalanish uchun tortishib turishdan boshqa iloji yo‘q, desangiz, Imom Fazzoliyning quyidagi so‘zlari sizga javob bo‘ladi: «Bilginki, nohaqlik bilan, ilmsiz bo‘laturib, xusumatlashgan kimsalar qattiq qoralangandirlar». Bu sudda qaysi taraf haq ekanini bilmasdan turib, ilmsiz holda xusumatlashib ketgan da’vogarning vakiliga o‘xshaydi. Yana haqini talab qilsa-yu, biroq haddidan oshsa, murosasizlik qilib yolg‘on gapirsa, xusumatchiga aziyat yetkazadigan so‘zlarni so‘zlasa, bunday kishi ham qoralangan. Xuddi shuningdek, xusumatchini bo‘ysundirish va sindirish uchun faqat sarkashlik qilib xusumatlashish ham ta’qiqlanadi. Biroq mazlumning murosasizlik va isrofga berilmasdan, chegaradan chiqmasdan, sarkashlik va aziyat yetkazishni qasd etmasdan turib, shar’iy yo‘l bilan hujjat keltirishi harom emas. Lekin shunday bo‘lsa-da, xusumatni butunlay tark etgani ma’qulroq. Chunki xusumatlashayotganda tilni mo‘’tadil – adolat chegarasidan chiqarmay tiyib turish juda mushkul. Bundan tashqari, xusumat qalbni nafratga to‘ldiradi, g‘azabni uyg‘otadi. Fazab kelsa, tabiiyki, xusumatchilar orasida kek, gina-kudurat hosil bo‘lib, ularning har biri boshqasining qayg‘usidan shodlanadigan va quvonchidan xafa bo‘ladigan hamda bir-birining or-nomusiga til tekizadigan bo‘lib qoladi. Xullas, kimki xusumatlashsa, ushbu ofatlarga duchor bo‘ladi. Hech bo‘lmaganda, qalbi mashg‘ul bo‘lib, hatto namozida ham o‘y-yodi xusumatchisida bo‘lib qoladi. Zero, xusumat, shuningdek, tortishuv va bahs-munozara ham yomonlik manbaidir. Kishi boshqa h
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.