cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Kompyuter lingvistikasi va tilshunoslik

17.08.2020 Umumiy tilshunoslik va kompyuter lingvistikasiga doir materiallar, shaxsiy kuzatuv xulosalari berib boriladi. https://github.com/mokhiya

Больше
Страна не указанаЯзык не указанБизнес5 688
Рекламные посты
394
Подписчики
Нет данных24 часа
+27 дней
+930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Boshidan o'tganlar tushunadi 😄 @komp_ling_uz
Показать все...
🤣 12😁 5👍 3👀 3
GDG festivali Har yili axborot texnologiyalari olamidagi ko'plab taniqli mutaxassislar va havaskorlarni bir joyga jamlovchi GDG festivaliga yana start berildi. Bu — festivaldagi kaminaning birinchi ishtiroki bo'ladi. Qatnashgan barchadan ijobiy fikrlarni eshitgach, albatta, borishga arzigulik ekanligiga amin bo'ldim. Haqiqiy AT muhitini his qilishni istasangiz, sizni ham taklif qilaman. Festivalda ko'rishamiz. @komp_ling_uz
Показать все...
IT PARK Toshkent viloyati filiali

4👍 1🔥 1👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Hal qiluvchi nol butun nechi 0.4 — respublika olimpiadasida 2-o'rinni olish uchun yetmagan ball. 0.5 — ... Lekin bu natijalar keyingi qadamlarda, izlanishlarda to'siq bo'lmadi, bo'lmaydi. Qaytaga, biz kutmagan yangi imkoniyatlarni ochadi. Bu — hikmatlar dunyosi, har ish xayr va hikmat bilan ro'y beradi. Sonlar aslida hech narsani hal qilmaydi, balki maqsadlarimiz va amallarimiz insonning insonligini ko'rsatadi. To'g'risi, ko'p tayyorlanishsiz, hatto 3 oylik standart kursning ham yarmiga yetishga ulgurmay olingan natija yomon emas. Lekin shu qisqa muddat ichida juda ko'p kishilarning yordamidan manfaat ko'rdim. Sizlarsiz buning uddasidan chiqish qiyin edi. Avvalo, aytishga ham arzimas kichik yutuqlardan tog'dek faxrlanadigan ota-onamga, do'stdek qo'llagan ustozimga, qisqa ta'tilga ruxsat bergan ishxonadagi boshlig'imga, doimiy ruhiy madad bergan barcha do'stlarimga rahmat! ❤️ P.s: chindan ham shu 0.5 nimanidir hal qiladimi? :) @komp_ling_uz
Показать все...
🔥 12🎉 5 2👏 2👍 1🥰 1
Ilmiy ishlarni (maqolalarni) qayerdan o'qiyman? (Yoxud eng ko'p so'ralgan savolga muxtasar javob) 1. Academia.edu sayti. Afzalligi: 1. Boshqa manbalarga qaraganda ishlatishga qulay va ochiq. 2. Tanlab o'qigan maqolangizga qarab siz qaysi sohaga qiziqishingizni tushunib oladi va shu mavzuga yaqin tavsiyanomalar beradi. Bergan tavsiyalari 90% holatda haqiqatda kaminani qiziqtirayotgan va qidirib yurgan mavzulari doirasida bo'lib chiqadi. 3. Muallifiga savol yuborish yoki rahmat aytish mumkin. Noqulayligi: Sayt imkoniyatlaridan to'la foydalanish uchun premium versiyani sotib olish kerak. Buni noqulaylik deb ham atamasdim, chunki bepul qismining o'zidagi servis ham yetarlicha yaxshi. Yuklab olish bepul, asosiysi. 2. researchgate.net sayti. Afzalligi: 1. Sizni qiziqtirgan manba tez va oson topiladi. 2. Yuklab olish bepul, muallifi haqida o'zi e'lon qilgan barcha ma'lumotlarni olish mumkin. 3. Agar ro'yxatdan o'tib, a'zo bo'lsangiz, sizga mos tavsiyalar berilibgina qolmay, mualliflar sahifasiga to'la obuna bo'lish, munozaraga kirishish va savollarni muhokama qilish mumkin. Noqulayligi: A'zo bo'lish uchun sizda aniq tashkilot yoki o'qish joyidan berilgan korporativ pochta hamda tadqiqotchiligingizni isbotlaydigan ilmiy ish bo'lishi kerak. Ma'lumotlaringiz tekshirilishi 2-3 kunga cho'zilishi mumkin. 3. Google scholar akademiyasi. Afzalligi: 1. Xohlagan mavzuyingizda istalgan tilda ilmiy manba topish mumkin. 2. Bepul va ochiq. Ro'yxatdan o'tish va pochtani tasdiqlash kabi kabi hech qanday talab yo'q. Noqulayligi: Konkret natija olish uchun kalit so'zlarni aniq bilish kerak :) Manbalar aslida ko'p, yuqorida sevimlilarigina eslandi. Keyingi postlarda yana bu mavzuga qaytamiz. @komp_ling_uz
Показать все...
👍 8 1
#Urfga_qaytgan_chorlov Dasturlashni o'rganish bir bahona edi... @komp_ling_uz
Показать все...
🤓 2👍 1😁 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Hayotiy dalillar asosida tushuntirish) @komp_ling_uz
Показать все...
🤣 7😁 5👍 4 1
"Tur o'rningdan, yig'lama, sen mening qizimsan!" Litseyning ikkinchi kursi boshlanganda, taxminan oktabr oyida, akademik litseylar o'rtasida turli fanlar bo'yicha ichki olimpiada o'tqiziladigan bo'ldi. Yutuq uchun katta miqdorda pul qo'yilgan edi. Kaminani litsey terma jamoasiga qabul qilishdi. Tabiiyki, ona tili fani chekimga tushgan edi. G'alaba va mag'lubiyat doim yonma-yon yuradi. Afsuski, g'alaba qilish o'sha kuni peshonamga yozilmagan ekan. Alamimni yig'idan olishga tushib ketdim (16 yoshli o'smirning qo'lidan nima kelardi boshqa). Yutuq uchun emas, berilgan ishonchni oqlay olmaganim uchun chiday olmaganman. Qizarib ketgan o'quvchini ko'rgan o'qituvchilar gap nimadaligini tushunishgan: yupatmoqchi bo'lishgan, yupatmay o'tib ketishgan, o'zining o'quvchisi emas, men yutqazganim uchun kulib ketishgan... shu vaqti yig'idan bir gap ushlab qolgan: "Tur o'rningdan, yig'lama, sen mening qizimsan, mening qizim ojizligini birovga ko'rsatadigan kuchsiz emas. Boshingni ko'tarib, kulib o'tib ket!". Bu qudratli so'zlar butun umrimga yetadigan saboq bergandi, natija nima bo'lishidan qat'i nazar, atrofdagilarga ojizligimni ko'rsatmaydigan bo'ldim. Undan keyin juda ko'p g'alabalar keldi: tanlovlar, tuman, shahar olimpiadalaridagi birinchiliklar... ammo respublika bosqichiga kelganda aytishga ham arzimaydigan farq bilan yetkachilikni boy berib qo'yganimda... yana o'sha gaplarni esladim — yig'lamadim! O'qishga imtiyoz bilan kirishdek masala hal bo'layotgan palla bo'lsa ham! Meni shunday kuchli qilib tarbiyalagan inson, umrini, vaqtini, mehrini va qahrini ayamagan insondan — ustozim Iqbola O'razovadan bir umr minnatdorman. Otalarimiz bizni ko'kdan yerga olib tushadilar, ustozlarimiz esa yerdan yana ko'kka olib chiqadilar! Ustoz, ikkichi o'quvchingizdan arzimas tabrikni qabul qiling: tavallud kuningiz muborak bo'lsin! @komp_ling_uz
Показать все...
❤‍🔥 17👍 2🔥 2 1
21-okt(y)abr Oktabr–oktyabr – arosat fasl, Tugal bir mezon yo’q, qonun yo’q, kor yo’q. Qasddan tahqirlanib kelding muttasil, Seningdek to’kis yo’q, sendek afgor yo’q. Pishmagan mevasan, na bahor kuzsan, Kimga nima foyda bor-u yo’qliging? Ilmiliq xayolsan, na olov, muzsan, Na tirik, na murda– sevgim, ko’hligim. Ayoldek ulug’san, ayoldek nochor, Faqat bayramlarda tushasan yodga. Ongimni g’ajiydi dahshatli savol: Ayt, qachon qaytasan, yorug’ hayotga?! ✍️Mehrinoz @abbosova_mehrinoz
Показать все...
👍 6 2❤‍🔥 1🔥 1🥰 1😢 1
Mutaxassislar uchun (Reklama emas) Tilshunoslikka o'zini qisman bo'lsa ham daxldor hisoblaydiganlar uchun mana bu kanallarni doimiy kuzatib borishni tavsiya qilinadi: 1. https://t.me/xatoliklar 2. https://t.me/oriftolib 3. https://t.me/shevashunos 4. https://t.me/birgap Ilg'or mutaxassis nafaqat o'zidan oldingi, balki o'zi bilan bir davrda javlon urib faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislarni ham faol kuzatishi kerak. Bu manbalar orqali ko'p yangiliklarni o'rganish mumkin. Birinchi shaxsda yozish ko'pincha erish tuyiladi. Hali "men" tilidan yozishga ancha borday. Aksariyat postlar shaxsi umumiy yoki noma'lum galarda yozilishi sababi shundan. Aytgancha, KL mutaxassislariga ixtisoslashgan boshqa manabalar ham keyinroq ulashiladi. @komp_ling_uz
Показать все...
👍 2 1👏 1
#yoʻldagi_oʻylar Esing og'adigan darajada ilm-fanga kirib ketib qolishdan zo'r rohat ko'rmadim, hozircha. Bundagi lazzatni boshqa hech narsaga o'xshatib bo'lmaydi. Intellektual lazzat olishdan zo'rroq yana nima bor?
Показать все...
8👍 2👏 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.