cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Adabiyot kundaligi...

Ushbu kanalda siz asarlarga yozilgan taqrizlar, adiblar hayoti va ijodi, she'rlar va badiiy asarlardan iqtiboslar bilan tanishishingiz mumkin☺

Больше
Рекламные посты
258
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Muallif: Bashorat Otajonova O'qidi: Nilufar Payziyeva @adabiyotkundaligi
Показать все...
Audio_475712.m4a10.11 KB
#asardan_parcha “Odam hech qayoqqa shoshilmasa, hamma narsaga ulguradi.“ "Ityurak" @adabiyotkundaligi
Показать все...
#taqriz Mixail_Bulgakov ITYURAK "Ityurak" qissasi buyuk rus adibi Mixail Bulgakov qalamiga mansub. Asar nomlanishi o'ziga xos - Ityurak. Ushbu nomning tanlanishi ham o'ziga xos majoziy ma'no beradi. Bu asar bosh qahramoni professor Preobrajenskiyning it bilan olib borgan operatsiyasiga bog'liq. Qissa itning sovuq oqshomda och-nahor daydib yurishi, oshpazning uning ustiga qaynoq suv sepib yuborishi hamda professor Preobrajenskiy uni "qutqarib qolishi" bilan boshlanadi. Ushbu asarni shunchaki o'qishning o'zi kifoya emas menimcha. Chunki, asardagi it obrazi majoziy, asarning o'zi esa allegorik- fantastik ruhda yozilgan. Allegorik ( majoziy) deyishimga sabab muallif it vositasida , uning o'y hayollari orqali sovet tuzumi kirdikorlarini fosh qilgan bo'lsa, fantastik deyishga sabab esa gipofiz bezi! Lekin asar satirik qissa sifatida qabul qilingan. Ushbu qissaning garchi 1925 - yilda yozilganiga qaramay nashr etilishi juda kech - 1987 - yilga to'g'ri keladi. Shundan so'ng 1988 - yilda hatto qissa asosida film suratga olinadi. Asardagi asosiy masala shundaki, professor Preobrajenskiy insonni yoshartirish borasida ko'plab ilmiy izlanishlar qilayotgan edi va buning natijasida inson miyasidagi gipofiz bezini it (uning laqabi Sharik)ga ko'chirib o'tkazadi. Buning oqibatida professor va uning yordamchisi misli ko'rilmagan voqeaning guvohi bo'ladilar: it odam qiyofasiga kiradi va gapira boshlaydi. Bu syujet orqali muallif sovet mafkurasi orqali yaratilishi ko'zda tutilgan "mahluq" larni nazarda tutgan bo'lsa ajab emas. Sharikov (endi it o'ziga Poligraf Poligfafovich deya ism sharif tanlaydi) o'z egasi professor qolib unga dushman bo'lgan uy xo'jaligi vakiliga bo'ysunadi, ongsizlarcha unga ergashadi. Sharikning qiliqlari shu darajaga boradiki , professor o'zi bunyod etgan chala odam chala itni yana o'z qo'li bilan operatsiya qilishga majbur bo'ladi... Asar orqali muallif puxta o'ylanmay qilingan tajribaning yakuni halokatli bo'lishi g'oyasini ilgari surgan. Shuningdek , bir tuzumning boshqa tuzumga keskin almashinishi qaysidir nuqtada pand beradi. "Ityurak" orqali inson (itdan battar xarakterdagi) gipofizi bo'lgani bilan it hech qachon inson bo'la olmasligi, majburlab biror g'oya singdirilgani bilan o'sha inson yoki davlat avvalgidek bo'lmasligi kabilar ilgari suriladi.
Показать все...
#asardan_parcha "Hujjat - bu dunyodagi eng muhim narsa" "Ityurak" @adabiyotkundaligi
Показать все...
#asardan_parcha Ammo ko’zlar... Bu shunday narsaki, uzoqdan ham, yaqindan ham o’zgarmaydi, adashtira olmaysan. Xuddi barometrga o’xshaydi ular. Ko’zga qarab, odamning qalbida nimalar kechayotganini bilish mumkin, hammasini payqasa bo’ladi: kimning qalbi Sahroyi Kabir singari bo’m-bo’sh, kimdir hech nimadan-hech nima yo’q etigi bilan qovurg’angga nuqib qoladi.” "Ityurak" @adabiyotkundaligi
Показать все...
Muallif: Usmon Azim O'qidi: Nilufar Payziyeva @adabiyotkundaligi
Показать все...
Usmon_Azim.m4a1.09 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ёлғизликнинг атрофимиздагиларнинг кўп ёки камлигига асло алоқаси йўқ. Ремарк
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#asardan_parcha Odam odamlarsiz yasholmaydi, yana unga toqat ham qilolmaydi
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.