cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

Рекламные посты
4 599
Подписчики
-1624 часа
-957 дней
-33430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Aytgancha oilada erkakning ham ma'naviy rollarini jamiyat bir bo'lib oshirishimiz kerak Qizlarni kelinlikka tayyorlagandek, erkaklar ham oila boshlig'i bo'lishga, kimdir 20 yil boshida ko'tarib avaylab katta qilgan qizini endi hamma mas'ulitini olishga tayyorlash kerak. Endi u qizni yig'latmaslik, birovlardan himoya qilish, ehtiyojlarini qondirish uni vazifasi ekanligini anglatish kerak. U qiz oilasi, uyi, o'zi o'rgangan, o'zi sevgan va bilgan hamma narsasini tashlab faqat va faqat o'sha yigit tufayligina keladi begona uyga. Endi bu yerda uni xuddi uyidek sevdirish, himoya qilish yigitni vazifasi ekanligi tushuntirish kerak. Bolali bo'lgach ham ayolga ruhan dalda, yordam bo'lishni o'rgatish kerak. Onalar baqirmasdan, urishmasdan sokin, chiroyli bo'lsin deb talab qilishni bilgandek, u baqirmasligi uchun, u asabiylashmasligi uchun hech bo'lmasa bolasi kichkinaligida ko'ngliga qarash kerakligini tushuntirish kerak. Oilani ushlab qoladigan erkak. Uni ko'proq tayyorlash kerak. Qiz bola ming marta ketaman deb, ming marta qaytishi mumkin. Erkak kishi bir marta ketaman desa ketadi. Oxirida oilani ushlab qolish erkakka bog'liq odatda. Shuning uchun erkakalarni ham tayyorlaylik. Men farzandim uylangach ayoliga uy ishlarida yordam berishini, ko'ngliga qarab, kichkina qizaloqdek erkalatib yurishini xohlagan bo'lardim. Xuddi shunaqa tarbiyalashga ham harakat qilaman. Eng oddiysi biz bolalarimizdan boshlay olamiz. Yigitlarni maktabda qiz bolaga ozor berib masxara qilib, uradigan, qiz bola kuchsiz deb singdirmasdan. Qiz bolani xurmat qilish kerakligini, asrash kerakligini yoshlikdan tushuntiraylik. Ertaga meni rostanam qiynagan bir mavzu haqida post bo'ladi... @Sojida_Karimova
Показать все...
45👍 12❤‍🔥 9🔥 5
Menga onalarga judayam ko'p mas'uliyat yuklanayotgandek ko'rinadi. Men mama bloglarga qarshi emasman. Men ham kuzataman, o'rganaman, kurslarini sotvolaman, Lekin bu narsa menga stress bermasligi kerak. Tan olish kerak, judayam ko'p mama bloggerlar yo alohida yashaydi, yoki chet elda. O'qimasang, ishlamasang, uy ishlaring kam bo'lsa, seni oilangga aralashadigan 3-shaxslar bo'lmasa, tabiiyki faqat va faqat bola bilan ovora bo'lib ideal parvarish mumkin. O'zbek oilalarini aksariyatida kelin oilaviy munosabatlarda, moddiy muammolar girdobida, uy ishlarini yetkizolmay chopayotgan bo'ladi va buni ustiga yana bolasiga yaxshi ona bo'lolmaganini o'ylab siqilish ortiqcha deb bilaman. Vaqtini va imkonini qilib, bolani birinchi o'ringa qo'yish mumkinku! dersiz. Albatta mumkin, imkonsizmas. Lekin ko'p va ko'p narsalardan voz kechishi mumkinda. Aytmoqchimanki, bolaga qanday yedirish, qanday uxlatish kabilarni o'rganing, imkoningiz va vaqtingiz yetganicha qiling, bu kerak va zarur. Lekin sizdan ko'ra imkoniyatlari yuqori odamlar bilan solishtirib bor baxtingizniyam ko'rmay qolmang. Masalan, Imronbekka yangi BLW boshlaganimda har tarelkasiga qanaqadir meva yoki sabzavot qo'shib berolmasdim. Uyda borlarini qilardim. Bir ikki marta turmush o'rtog'imga qarshi chiqib bo'lsayam ekzotik va qimmat mevalardan olganman. Keyin bu narsalar kerak lekin zaruriy emasligini tushunganman. Vaziyatingizdan kelib chiqib harakat qiling. Hamma qimmat kiyim kiyib, eng zo'r joylarda o'ynab, eng zo'r narsa yegan bolagina bu hayotda zo'r bo'ladi degan narsa yo'q. Shunchaki hammasiga real qarang❤️ @Sojida_Karimova
Показать все...
42👍 8🆒 6🔥 5❤‍🔥 3
Kecha kommentlarni o'chirishga majbur bo'ldim. Bizni eng katta va rivojlanishdan to'sadigan bir illatimizni namoyish qildi. Bu qarshi fikrni umuman to'liq rad etib, radikal pozitsiyada bo'lish. Bahs va munozara sog'lom bo'lishi kerak. Shaxsiyatga o'tilmagan, aniq va tiniq fikrlar berilgan, qarshi tomon fikrida ham jon borligini his qilgan holda. Vaksina zararligini, halolmas, Islomda yo'q, kofirlar chiqargan narsa ekanligini, yahudiylar bizni qirib yuborish uchun chiqarganini, Bil Geyts ham bolalariga emlash olmaganini da'vo qilgan hamma qizlarga rahmat. Shunchalik katta matnni yozish ham osonmas. Vaqtini ayamaslik esa katta narsa😁👍 Lekin ikkala tomonda ham sal bo'sayam to'g'ri fikr bor. Aqlli inson kommentda talashib, hech qachon yutolmasligini anglaydi. Vaqtini bunday narsalarga sarflamaydi. Agar munosabatlarda ham narigi tomon nima xohlayotgani, nimadan qiynalayotgani, nimani to'g'ri deb bilayotganiga qiziqsak anchagina oson bo'lardi. Har qanday masalada radikallik tarafdorimasman. Insonlar o'zaro xurmat, fikriy tolerantlik va kelishmovchiliksiz yashay oladigan ONGga ega mavjudod deb bilaman, Shunchaki inson degan nomga loyiq bo'laylik. Love you all❤️ @Sojida_Karimova
Показать все...
👍 34 18❤‍🔥 9🆒 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Emlash haqida post qo'yib, kommentda hammani talashayotganini tomosha qilayotgan men🤣🤣🤣
Показать все...
😁 80 5🔥 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
Hozirgi postda va bundan avvalgi postlarimni birortasida ham aynan bir donagina shaxsni muhokama qilib, bir kishidagina ko'rgan narsamni yozmaganman. Menga dugonalarim ham aytadi " men haqimda yozibsana" deb. Yo'q. Faqatgina bir kishi uchun yozmayman. Ko'p va ko'p kuzatsam nimadir vaziyatni keyin yozaman. Jamiyatda tendensiya bo'lganini his qilsamgina. Iltimos, yo'q ma'noni topib fitna chiqarmang...
Показать все...
39👍 14💯 7🆒 5
Odatda bolani qanaqa parvarish qilishim, tarbiya uslubim haqida yozmayman. Chunki har bir bola INDIVIDUAL. Kimnidir bolasi qila oladigan narsani kimdir qila olmas. Men bu yerda," mana meni bolam yuryapti" desam shu bilan teng bolasi yurmayotgan Ona solishtirishni boshlaydi. Ortiqcha va keraksiz solishtiruv stressga sabab bo'ladi. Har qanaqa vaziyatda holatda kelib chiqib vaziyatga baho berishimiz kerak. Masalan, hozir Imronbek ummuman kitobga qiziqmayapti. O'qimayapti. Yurgisi kelyapti, to'p tepkisi kelyapti. Men bunga oddiy qarayman. Meni bolam kitob o'qimaydigan, aqlsiz deb siqilmayman. Hozir nimaga ehtiyoj sezsa shuni qila qolsin. Yana yiqilsa likillab borib turgizmayman. O'zi turib ketadi. Agar og'risa va yordam so'rasa boraman. Bizda shu narsaniyam oshirvoriladi. Qo'ldan qo'ymay ko'tariladi, erkin harakatiga imkon berilmaydi. Bola ham alohida SHAXS. U erkin yurib hayotni o'rganishi kerak. Zararli narsalardan himoyalab lekin erkinlik berilishi kerak. Qachon o'zi yig'lab yordam so'rasa hamma ishimni tashlab borib birga o'ynab, birga aylanamiz. Menga ehtiyoj sezmasa indamay kuzataman. Xullas nima demoqchiman. Onalikni mirakkablashtirmang. Hammasi oson aslida. Bolamga eng zo'rini qilaman, boshqacha tarbiya qilaman deb boshqa muammolarni keltirib chiqarmang. Qizlar bolaga qarash uchun ilm olish tarafdoriman. Lekin normada. Hayot faqatgina shundan iborat bo'lib qolmasin. Siz onasiz, lekin kimnidir turmush o'rtog'iyam, farzandi, dugonasi, ustoziyam❤️ Bolaga ideal Ona kerakmas, Unga o'zini onasi kerak. Ming o'qigan, ilmli, mukammal bo'lsayam qo'shnini onasi bilan to'kis baxt his qilmaydi... Davomi bor... @Sojida_Karimova
Показать все...
👍 41 20💯 4🆒 3
Emlash kerakmi? Bugun qizlar uchun kanalchamda emlash haqida gaplashdik. Ba'zilar emlash zararli deb emlash olishmas ekan. Butun dunyo olimlari qaror qilgan narsaga, o'zbekcha yoki chala Inglizcha bir ikkita maqola o'qib nima uchun qarshi chiqamiz? Shunchalik zarar ekan, nima uchun hamma davlatda olinadi? Odamlarni zaharlash, kasal qilish kabilar uchun ataylab beradi degan narsaga haliyam ishonuvchilar bormi? O'sha vaksinani rivojlangan davlatdagilar ham oladi. Agar zararli bo'lganda hech bo'masa o'zini davlatiga joriy qilmasdi. Hech o'ylab ko'rganmisiz "vaksina zarar" degan tushgunchani balkim fitna sifatida tarqatishgandir. Hamma narsaga tanqidiy qaray bilish kerak. Vaksina tarkibida og'ir metall borligi rost gap. Bu yomon kasalliklar keltirib chiqarishi ham bor gap. Lekin vaksina olmay turib yomon kasallikka chalinsa natijasi o'limgacha boradi. Yaqinda Kun Uz da ko'rsatuv chiqdi. Hali emlanmay turib qizamiqqa chalingan bolajonlar davosiz dardga chalingani haqida. Emlash bilan bir necha haftada tuzaladigan qizamiqni asorati o'limgacha. Poliolit kabi yomon kasallikalarni gapirmasa ham bo'ladi. Shu sohada diplom olgan mutaxasis fikridan ko'ra qaysidir kanalda ko'rgan narsangizga ishonib ketavermang. Hamma narsaga tanqidiy qarab, analiz qilib, tekshirib ko'rishni o'rganing. Hamma onalar aytishadi "emlash olish yo olmaslik Ota onani qarori" deb. Aslida bittagina Bakalavr diplomi bor yo yo'q Ota Ona qanaqasiga Jahon tashkilotlari chiqargan normaga qarshi qaror qiladi? Koreyada ham xuddi O'zbekistondagidek vaksinalar qilinadi. Biz hammasini olganmiz. Men bunga oddiy qaraganman. Hayotimizni murakkablashtirmaylik. Just live it
Показать все...
👍 35 7🔥 3
Abiturienlik paytimda judayam qattiq nazorat qilinadigan o'quv markazda o'qirdim. Qizlar sal ochiq kiyinsa, telefonda ko'p gaplashsayam "maxsus xonaga" chaqirilardi. Men hamma qattiq o'qiydi, hech kim yigit qiz bo'lib sevishib yurmaydi by markazda deb o'ylardim. Tabiiyki meni ham ko'p yigit guruhdoshlarim bo'lsayam birortasiga boshqacha nazarda qaramaganman. Bu narsa taqiqlangan deb qo'rqqanman. Meni jiddiyligimdan yigitlar ham qo'rqib gapirishmagan. Keyin o'qishga kirdik. Xuddi shu markazda o'qigan Namanganlik qiz meni yotoqxonada xonadoshim edi. Markazda o'qiganda qaysi qaysi yigitlar bilash gaplashgani, kim kim bilan sevishganini aytganda meni og'zim ochilib qolgan😅 Yonginamda bo'lgan ishlarga e'tibor ham bermagan ekanman. Sezmaganman ham. O'sha paytda 18-19 yoshli qiz edim. Bunaqa sevgi muhabbatni tushuna oladigan farosatim ham bor edi. Ja unchalik kitobga mukkasidan ketib olamni unutgan ham emasdim. Lekin hamma joyda bo'lsa ham bu markazda bo'lishi mumkinmas, hamma mendek faqat va faqat o'qishga kirishni o'ylayapti deb hisoblardim. Xulosa qildimki, hamma boshqalarni o'ziga o'xshatadi. Samimiy odam hamma samimiy gapiryapti deb o'ylaydi. Ichida yomonlik bor odam hamma menga yomonlik bilan gapiryapti deb o'ylaydi. Masalan, doim "kim bilan gaplashyapsan?" deb sevgan qizini nazorat qiladigan yigit katta ehtimol bilan boshqa qizlarga o'ziyam yozadi, gaplashadi, yoki moyillik bor. O'zi kitob o'qimaydigan odam boshqalarniyam shunday deb o'ylaydi. O'zini dunyoqarashidek dunyoqarash qidiradi hamma. Va bu normal. Biz shunaqa mavjudodmiz. Lekin muhimi shu haqiqatni tushunib, boshqalar sizdan boshqacha bo'lishi mumkinligini tan olish, bu narsa xuddi nohaqlikdek qaramaslikda. Hamma qalbini oynasi qanchalik bo'lsa dunyoni shunday ko'radi. Qalb oynalarimiz toza bo'lsin❤️ @Sojida_Karimova
Показать все...
👍 77❤‍🔥 35 26🔥 11🏆 4🥰 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Zumrad onalik ilmlari bo'yicha blog yuritadi. Kanalida bolalarga qo'shimcha ovqatni qachondan boshlashni, blw bo'yicha qaysi mahsulot qachondan mumkinligi, qanaqa shaklda bolaga taklif qilinishini, blwdagi muhim qoidalarni yozib boradi. Bolajonlar uchun retseptlar ham ulashib boradi. Onalik yo'lida izlanib "Solidstarts" kursida, "Islomiy montessori ona" kursida, "Hey, mama"da ham o'qigan. Onalik ilmlari bo'yicha, yengil tug'ruq bo'yicha seminar va vebinarlarda qatnashgan. Yaqinda bolalarga qo'shimcha ozuqa kiritish konsultanti kursini tamomladi va rasman qo'shimcha ovqat kiritish konsultanti bo'ldi. Allaqachon farzandida ovqatlanish muammosi bor 6 ta onajonga yordam berishga ham ulgurdi. Uyqu rejimi va qo'shimcha ozuqa kiritish haqida jonli efirlar tashkillagan va bu efir ko'plab onalarga foydali bo'lgan. https://t.me/+PlTKEJfRuXRiNzIy
Показать все...
👍 22 5
Zumradni universitet paytidan taniyman. Ham Magistraturada o'qiydi, ham bolajonisiga zo'r qaraydi. Ilhom olaman. Yaqinda boshlanayotgan "Sog'lom bolalik" kursiga menam qo'shildim. Siz ham qo'shiling, birga o'qiymiz 😁 Kurs aslida 300 ming ekan. "Sojidani kanalidan keldim" desangiz 20% chegirma ekan. 240😍 Batafsil https://t.me/c/1226781968/8702
Показать все...
13👍 2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.