cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Al fasih kutubxonasi | "Peshqadamlar karvoni" qoshidagi maktaba

Al Fasih kutubxonasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! Al Fasih kutubxonasi | "Peshqadamlar karvoni" qoshidagi maktaba

Больше
Рекламные посты
478
Подписчики
+124 часа
-17 дней
-73530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#Juma Muborak! Jumaning xayri va barokati sizga bo'lsin! Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad Yaqinlaringizga ulashing: Telegram | Insatagram | YouTube
Показать все...
ЭЙ ТОЛИБИ ИЛМ • Сени бир кунда бирор (манфатли) китобдан: • 20 вароқ ўқимаслигинг МУСИБАТ. • 10 вароқ ўқимаслигинг ФОЖИЯ. • 1 вароқ ўқимаслигинг ЎЛИМДИР. • Бас ҳеч бўлмаса ўлмасликка ҳаракат қил!.
Показать все...
2🔥 1
Ko‘proq eslab qolish uchun tavsiyalar 📚 G'iyosiddin Yusufning "Men ham kitob o‘qiyman" kitobi asosida ✅ Media yo‘nalishi a'zosi Nabiyeva Zulxumor tayyorladi. Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
Показать все...
2👍 1🔥 1👏 1💯 1
Показать все...
Al fasih kutubxonasi | "Peshqadamlar karvoni" qoshidagi maktaba

Al Fasih kutubxonasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! Al Fasih kutubxonasi | "Peshqadamlar karvoni" qoshidagi maktaba

👍 1 1🔥 1💯 1
00:55
Видео недоступноПоказать в Telegram
“Bu kitob hayotingizni hisobga tutishingizga sabab boʻladi…”
📚 Sizningcha bu qaysi kitob? ©️ “Kutubxonalar tashkil etish va ularni kitoblar bilan ta’minlash” yoʻnalishi a’zosi Ra’no Xontoʻrayeva. Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
Показать все...
IMG_7793.MP411.02 MB
👍 1🔥 1👏 1
🔶 “Peshqadam Karvoni”ning “Ilmiy faoliyat” yo‘nalishi Ramazon oyida “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh kitoblarida Ramazon oyi fazilatlari va ro‘zaga doir masalalarning yoritilish tahlili” mavzusida ilmiy-ommabop maqolalar tanlovini e’lon qilgan edi. ⬆️ Unda turli mutaxassisliklar bo‘yicha tadqiqotchilar hazratimizning kitoblariga o‘z ixtisosliklari yuzasidan yondashib, maqola taqdim etishlari shart qilingandi. ☑️ Ko‘plab materiallar orasidan Gulhayo Gʻofurovaning maqolasi saralab olinib, g‘oliblikka loyiq deb topildi. Maqola ingliz tilida yozilgan bo‘lib, unda hazratning Ramazon va unga doir masalalarni yoritish jihatlari tahlil qilingan. 🎁 Gʻolibimizga loyihamizning 2 yillik “O‘tmish, bugun va kelajak” nomli sarhisob tadbirimizda ustoz Odinaxon Muhammad Sodiq tomonidan esdalik sovg‘alari va shahodatnoma topshirildi. 🙏 Gulhayo Gʻofurovaga fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning ilmiy merosini keng yoyish yo‘lidagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz! Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
Показать все...
1🔥 1
"Kutubxonangiz bilan o‘rnak bo‘ling" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi! 📚 Yurtimizdagi har bir xonadonda xoh kichik xoh katta bo‘lsin kutubxona tashkil qilish, xalqimizni kitobsevar millatga aylantirish maqsadida o‘tgan yilning oktyabr oyidan boshlab "Peshqadam Karvoni" loyihasi tomonidan "Kutubxonangiz bilan o‘rnak bo‘ling" chorlovi  o‘tkazib kelinmoqda. ✅ Ushbu tanlovda ishtirokchilar o‘z uylarida kutubxona tashkil qilgan bo‘lishlari va ana shu kutubxonaning suratini loyiha xodimiga yuborishi kerak bo‘ladi. Loyiha xodimi esa kutubxonalarni navbati bilan kanalda berib, ziyo maskani tashkil qilingan xonadonlarni namuna bo‘lishini ta’minlashi kerak edi. Dastlabki 3 oydagi ishtirokchilar orasidan g‘olib aniqlanib, loyihaning yanvar oyida tashkil qilingan kichik sarhisob tadbirida "Oltin silsila" to‘plami bilan taqdirlangan edi. 🎁 Loyihamizning ikki yillik sarhisob tadbirida esa keyingi 6 oylikda ishtirok etgan kutubxona egalari Abidjonovlar va Abdullayevlar oilasi ustozamiz Odinaxon Muhammad Sodiq tomonidan taqdirlandilar. ✅ Yaqinda boshlanadigan "Kutubxonangiz bilan o‘rnak bo‘ling" tanlovining 3-mavsumida siz ham ishtirok eting va o‘z kutubxonangiz bilan g‘oliblikni qo‘lga kiriting. Tanlovda ko‘rishguncha! Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
Показать все...
1🥰 1
"O‘tmish, bugun va kelajak" — loyihaning 2 yillik hisobot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 💎 2-iyun kuni "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida Peshqadam Karvoni loyihasining 2 yillik sarhisob tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ustozlar, yozuvchilar, matbuot xodimlari, loyiha a’zolari va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi. O‘zgacha ko‘tarinki ruh bilan kechgan sarhisob dasturi 6 soat davom etdi. 🎁 Tadbir davomida har bir yo‘nalishga oid qimmatli va muhim ma’lumotlar mehmon notiqlar tomonidan berib borildi va yo‘nalishlarning hisobot videolari tashrif buyuruvchilarning e’tiboriga taqdim qilindi. Shuningdek yil davomida e’lon qilingan "Kutubxonangiz bilan o‘rnak bo‘ling" , "Kitobxonlik tadbiri tashkil etish" tanlovlari hamda "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh kitoblarida Ramazon oyi fazilatlari va ro‘zaga doir masalalarning yoritilish tahlili" mavzusidagi maqolalar tanlovi g‘oliblari, samarali faoliyat olib borgan a’zolar, eng faol loyiha xodimi taqdirlandi. 📹 Tadbirga tashrif buyurgan ustozlar nutqi, yo‘nalishlarning hisobot videolari, mehmonlarning taassurotlarini tez kunda e’tiboringizga havola etamiz. Bizni kuzatishda davom eting! Tadbir birinchi qismini tomosha qiling ➡️ https://www.youtube.com/live/1YodOg8PR4Q?si=zd1esRtbzTTgFi51 Tadbir ikkinchi qismini tomosha qiling ➡️ https://www.youtube.com/live/G2Lrjctsc00?si=OIRoM02QkS8645Te
Показать все...
1🥰 1
Repost from Al Fasih markazi
Samarqanddagi xususiy, eng ko’p kitoblar to’plamiga ega bo’lgan kutubxona! Al fasih kutubxonasi 1 yildan buyon Samarqand shahrida kitobxonlarga xizmat qilib kelmoqda! Hozirga qadar 50 dan ortiq doimiy 100 dan ortiq umumiy kitobxonlar kitoblardan foydalanib kelishmoqda. Kutubxonamizda esa 700 ga yaqin kitoblar bor. Siz ham kelib foydalanishingiz mumkin! Kitoblar ro'yxatini onlayn ko'rishingiz mumkin! Ayollar uchun: 07:00 - 10:00 , 16:00-18:00 Erkaklar uchun: 18:00 - 22:00 📍 Manzil: Samarqand shahri, Mirzo Ulug’bek ko'chasi 17-uy Mo'ljal: "Makon mall" binosining ro'parasida, "Al Fasih" markazi To'liq ma'lumot uchun ☎️+998954344888 @Alfasihmarkazi
Показать все...
👍 1 1🔥 1👏 1
00:46
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Ekskursiya #O’zbekiston milliy kutubxonasi
Показать все...
IMG_0128.MP43.99 MB
👍 1🥰 1