cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

BOLAJONIM DILBANDIM

Больше
Узбекистан19 688Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
1 481
Подписчики
Нет данных24 часа
-227 дней
-9830 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

​​🇺🇿 O'ZBEKISTON BAYROG'I 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Qalbimiz to‘la surur, To‘tiyo yurt tuprog‘i, Hilpirab turar mag‘rur, O‘zbekiston bayrog‘i. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Rangi hayot misoli, Yulduzlari hiloli, Mustaqillik timsoli, O‘zbekiston bayrog‘i. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Naqorat: Iftixor dilimizda, U yo‘ldosh yo‘limizda, Yuksalar qo‘limizda, O‘zbekiston bayrog‘i. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Gumbazlarda, yuksakda, Peshtoqlarda, falakda, Ko‘ngillarda, yurakda, O‘zbekiston bayrog‘i. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Rangi hayot misoli, Yulduzlari hiloli, Mustaqillik timsoli, O‘zbekiston bayrog‘i. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
Показать все...

​​🇺🇿 BAYROQ 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 O'n ikkita yulduzcha Hamda bitta yarim oy. Yashil, oq va ko'k ranglar. Uni bezar, Bozorboy. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Qani top-chi, u nima? Bilimingni sinab boq! - Topish muammo emas, U yuzimiz - u bayroq. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Bayroqga va Vatanga Sodiq bo'lgin, o'rtoqjon. Bayroq tug'i ostida, Yashnagay O'zbekiston! 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
Показать все...

​​MAHALLAMIZ JARCHISI (Anvar Obidjon sh'eri) 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Shoxda shaqillar Hakka: – Mehmon kelyapti, aka! 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Tez pishiring palovni, Burab turib mo‘ylovni. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Yeng shimaring, kelinoyi, Damlab qo‘ying ko‘k choyni. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Yoying shoyi dasturxon, Yoping issiq patirnon. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Bo‘shashma, hoy bolakay, Xizmatga sen turgin shay. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Uzgin behi, nok, anor, Bog‘da yana nima bor? 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Qarab ko‘r-chi, qizaloq, Tozami idish-tovoq? 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 So‘ngra yelib-yugurib, Uy-hovlini supurib, 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Yo‘lakka suv sepib qo‘y, Mehmon kelgan uyda – to‘y... 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Endi meni kuzating, Suyunchini uzating. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Boshqalarga ham ulashing👇 https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
Показать все...

​​Birinchi qoʻngʻiroq 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Qoʻlimizda bir quchoq Gul bilan keldik yana. Yangi oʻquv yiliga Chorlar qoʻngʻiroq, ana. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Har yon gulga burkanib Bayramona tus olgan. Maktab hovlisi bugun Toʻyxonaga aylangan. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Ustozlar koʻzida nur Porlab bizni kutadi. Oʻquvchilar mehrini Gulga qoʻshib tutadi. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Shu tob yangrar madhiya, Barcha unga joʻr ovoz. Vatan tuygʻusi singgan Qalblar oʻrtanadi, rost. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Kimdir minbarga chiqib Bayram bilan tabriklar. Bolalar qoʻshiq aytib Ustozlarini qutlar. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Favqulotda holatlar Bagʻringdan ayirmasin. Maktabim, qadrdonim, Qanotlar qayrilmasin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Hammadan-da quvongan Birinchi sinflar boʻldi. Prezident sovgʻasi-la Koʻksi quvonchga toʻldi: 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 – Yangi Oʻzbekistonning Qudratimiz boʻlajak. Yurt rahbari ishongan Oʻsha bizmiz – kelajak. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Zahro Hasanova 🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Показать все...
​​Birinchi ustoz 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Qalam tutib qo’limga ilk bor, Yozuv chizuv o’rgatgan Ustoz! Eslagaymiz biz sizni ko’p bor, Ta’lim bergan birinchi Ustoz! 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar, Siz uchun yaralsin bari roxatlar. O’quvchimas sizga go’yo farzandlar, Jon fido aylagan birinchi Ustoz! 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Bizni yetaklagan kamolot sari, Bilim berganida ketmagin nari. Aylanar haqiqat bularning bari, Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz! 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Ko’p ozorlar bersak ham sizga, Barcha bilganlariz o’rgatdiz bizga. Bolada sho’xliklar qiladi menga, Deb yana boshimiz silagan Ustoz! 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Hanuz sog’inaman yoshlik chog’larim, Deysiz bular mening óquvchim. Ko’chada ko’rganda o’g’il,qizlarim, Qayta o’qisaydim birinchi Ustoz! 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi, O’tgan bolaligim yoddan chiqmaydi. Beg’ubor damlarim kutub tursaydi, A’lo baholarni olardim Ustoz! 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Shamshod Safar o’tdi yoshliging, Ko’p beg’ubor ko’p sho’xliging. Armon bo’ldi aziz maktabing, Siz ardoqda birinchi Ustoz! 🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Показать все...
​​Ustoz haqida sher 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Ulug’ ilm ildizi sizda mujassam, Turli xil sohadan berasiz ta’lim. Uni tinglaganda kichik jussam ham, Yetuk inson kabi o’sgay, muallim. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Qalbingizda doim ilm porlaydi, Go’yo u nur kabi bizni chorlaydi. Siz mening tundagi yorug’ yulduzim, Nurli kunduzimsiz, aziz muallim. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Показать все...
​​BOG'CHA OPAMIZ 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Shirindir har bir so'zi, Chaqnab boqadi ko'zi, Aytaymi kimdir o'zi, Bizning bog'cha opamiz. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Kutar har kuni tongdan, Sevadi bizni jondan, Qolishmas onajondan, Bizning bog'cha opamiz. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Ko'plab ertak so'zlaydi, Baxtimizni ko'zlaydi, Yosh bo'lsak-da sizlaydi, Bizning bog'cha opamiz. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Sira tortmaymiz bo'yin, Sevamiz raqs, kuyin, O'ynatar turli o'yin, Bizning bog'cha opamiz. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 O'g'il-qizmiz - ko'rkam bog', Orzumiz go'yoki tog', Doimo bo'lsinlar sog', Bizning bog'cha opamiz. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 ✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV Mirzacho'l tumani 🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Показать все...
​​Qushar 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Bahor keldi bir zumda, Qushlar sayray boshlaydi. Gulga qo‘ngan oq qushlar, Qo‘shiq ayta boshlaydi 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Yozgi ta'til 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Quvnadik biz bolalar bilan, Yoz o‘tdi juda maroqli. Hamma shodon bo‘ldi hurram, Tugadi ta'til maroqli 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Parda 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Uyizmizda yashaydi parda, Uning rangi sap-sariq. U go‘zaldir oy kabi, Quyoshdan saqlar bizni 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Sabrina Raximova 🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Показать все...
​​Qushar 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Bahor keldi bir zumda, Qushlar sayray boshlaydi. Gulga qo‘ngan oq qushlar, Qo‘shiq ayta boshlaydi 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Yozgi ta'til 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Quvnadik biz bolalar bilan, Yoz o‘tdi juda maroqli. Hamma shodon bo‘ldi hurram, Tugadi ta'til maroqli 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Parda 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Uyizmizda yashaydi parda, Uning rangi sap-sariq. U go‘zaldir oy kabi, Quyoshdan saqlar bizni 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Sabrina Raximova 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Boshqalarga ham ulashing👇 https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
Показать все...

​​BOG'CHA OPAMIZ 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Shirindir har bir so'zi, Chaqnab boqadi ko'zi, Aytaymi kimdir o'zi, Bizning bog'cha opamiz. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Kutar har kuni tongdan, Sevadi bizni jondan, Qolishmas onajondan, Bizning bog'cha opamiz. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Ko'plab ertak so'zlaydi, Baxtimizni ko'zlaydi, Yosh bo'lsak-da sizlaydi, Bizning bog'cha opamiz. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Sira tortmaymiz bo'yin, Sevamiz raqs, kuyin, O'ynatar turli o'yin, Bizning bog'cha opamiz. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 O'g'il-qizmiz - ko'rkam bog', Orzumiz go'yoki tog', Doimo bo'lsinlar sog', Bizning bog'cha opamiz. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 ✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV Mirzacho'l tumani 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Boshqalarga ham ulashing👇 https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
Показать все...

Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.