cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Shayxontohur TAKM

Toshkent shahar Shayxontohur tuman axborot-kutubxona markazining rasmiy sahifasi 📢Yangiliklar 📚Elektron kitoblar 🎧Audio kitoblar Murojaat uchun:

Больше
Рекламные посты
431
Подписчики
Нет данных24 часа
-27 дней
-1130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

01:14
Видео недоступноПоказать в Telegram
6 yilda 54 ta tarixiy film - o‘zbek kinoijodkorlari bunga tayyormi? “Tirik tarix” loyihasi doirasida O‘zbekistonda 2030 yilgacha 54 ta tarixiy film curatga olinishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, milliy qahramon Shiroq, davlatchilik arbobi Alp Er To‘nga, sarkarda Amir Temur va temuriylar, shayboniylar, milliy istiqlol kurashchilari haqida filmlar ishlanadi. Kun.uz ushbu loyiha bo‘yicha qator savollar yuzasidan kinorejissyor Muzaffar Erkinov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kino va teatr aktyori Tohir Saidov bilan suhbat tashkil qildi. 📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
KITOB BOSISH Boʻyoqni bosma formadan qogʻozga oʻtkazib, kitob, jurnal, gazeta va boshqa bosma mahsulotlari tayyorlanadigan ishlab chiqarish jarayonlari. “Kitob bosish” iborasi bosma kitob tayyorlash tarixi haqida fikr yuritilganda ishlatiladi, zamonaviy Kitob bosishda esa poligrafiya termini ancha keng tarqalgan. Kitob bosishning oʻtmishdoshi ksilografik bosma boʻlib, unda bosiladigan butun bir bet yozuv taxtaga oʻyib qoʻyilardi. XI asrdan boshlab Xitoyda kitobni qoʻlda koʻchirishdan bosish usuliga oʻtilgan. Biroq, bu usul keng rivojlanmadi. Faqat taxminan 400 yil oʻtgandan soʻng Yevropada harf terish shrifti ixtiro qilindi. Oʻsha davrda bir vaqtning oʻzida bir necha mamlakatlar — Germaniya, Niderlandiya, Italiya, Fransiyada bir-biridan mustasno bir necha ustalar, bitta muammo ¬– bosma mashina yaratish ustida ish olib borishgan. Hozirgi vaqtda tarixchilar bu muammoni birinchi marta germaniyalik Iogann Gutenberg (1399— 1468) hal qilganligini aytishadi.
Показать все...
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о деятельности и новыми предложениями Центра проектов здравоохранения. #Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #sugurta Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#mutolaa Juda koʻp kitoblar mutolaasida oʻquvchining aqli dam oladi. Sababi oddiy: chunki uni yozishda yozuvchining aqli ham dam olgan. © Charlz Kolton
Показать все...
#kun_tarixi Bugun 22-may 2024-yil, chorshanba. 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 BMT — Xalqaro biologik xilma-xillik kuni. 🌏 Sherlok Xolms kuni. 🌏 Tish pastasi tyubigining tug‘ilgan kuni. 👉 MILLIY BAYRAMLAR: 🇱🇰 Shri-Lanka - Respublika kuni. 🇬🇹 Gvatemala, 🇪🇨 Ekvador - Daraxt ekish kuni. 🇧🇷 Braziliya - Braziliya havo kuchlarining yubileyi. 🇺🇸 AQSh - Milliy dengiz kuni. 🇾🇪 Yaman - Birlik kuni. 🇲🇶 Martinika - Qullikni bekor qilish kuni. 🇯🇵 Yaponiya - Skaut qizlar kuni. ✔️𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐃𝐮𝐧𝐲𝐨 𝐯𝐚 𝐃𝐢𝐥 𝐦𝐚𝐧𝐳𝐚𝐫𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Kichik_hikoya 📖 Bir saxiy inson do‘stidan so‘rabdi. — Bir odamga 10 000 $ ehson qilmoqchiman, nima deysan? — Yo‘g‘-e, do‘stim, bu ko‘p-ku, shuncha ham ehson qilasanmi? — Ha, unda, 1 000 $ bersamchi? — Bu ham ko‘p. — 100 $ bersamchi? — Qo‘ysang-chi, 100-200 ming so‘m bersang ham yetadi. — Eh, do‘stim-a, o‘sha pulni senga bermoqchi edim. Baxilliging sabab, meni ehson qilishdan, o‘zingni esa ne’matdan mahrum qilding. Xulosa o‘zingizdan! 💠 @kitoboqiuz👈
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#kun_hkmati 📖📙✨ Kitobning sirini ocha olsang, u senga dunyo sirlarini ochadi.📖📙✨
Показать все...
Bugun 21-may 2024-yil, seshanba. 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 BMT  - Xalqaro rivojlanish va kelishuvga bag‘ishlangan madaniy rang-baranglik kuni. 🇺🇳 BMT – Xalqaro choy kuni. 🌏 Butunjahon meditatsiya kuni. 🔹 MILLIY BAYRAMLAR: 🇺🇿 O‘zbekiston -  Kutubxonachilar kuni. 🇭🇺 Vengriya - Vatanparvarlar va harbiylar kuni. 🇷🇺 Rossiya - Qutb tadqiqotchilari kuni. 🇵🇭 Filippin - Malabon kuni. 🇺🇸 AQSh - Milliy ofitsiantlar kuni. 🇰🇿 Qozog‘iston - Madaniyat va san'at xodimlari kuni. 🇨🇴 Kolumbiya - Afro-Kolumbiya kuni. 🇲🇪 Chernogoriya - Mustaqillik kuni. 🇨🇱 Chili - Harbiy dengiz floti kuni. 🇮🇳 Hindiston - Terrorizmga qarshi kurash kuni. ✔️ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |  𝐃𝐮𝐧𝐲𝐨 𝐯𝐚 𝐃𝐢𝐥 𝐦𝐚𝐧𝐳𝐚𝐫𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
📆21-may – Kutubxonachilar kuni! ⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” qaroriga koʻra 21-may – Oʻzbekistonda kutubxonachilar kuni sifatida belgilangan. 📙 Aziz kutubxonachilar! Ilmu maʼrifatga oshno talabalarga xizmat qilishdan, oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashdan aslo tolmang!
Показать все...
#Kitobsevar_millat #Bir_adib_haqida_suhbat Shayxontohur tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 2024-yil 17-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti majlislar zalida "Hozirgi zamon falsafasining dolzarb masalalari: muammo va yechimlar" mavzusida o'tkazilgan Xalqaro ilmiy -amaliy konferensiyada "Adabiyotimizning yorqin yulduzi" nomli kitob ko'rgazma bilan ishtirok etdilar. Tadbir mehmonlariga, shu jumladan falsafa fanlari doktori, professor, yetakchi ilmiy xodim Karimov Baxtiyor Rahmanovichga Shayxontohur tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alar berildi. Keng kitobxonlar ommasi kitobxonlikka jalb qilindi. @shayxantaxurakm @shayxontohurakmkitobxon @sh_audiobooks @shayxontohur_klub @worldbooksshayxontohur
Показать все...