cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

°Bizga kerakli nimadir°

12.08.20​​ Meni menda demang, menda emasman, Bir men bordir menda mendan ichkari!🍃 @birnimalarniyozamiz

Больше
Страна не указанаЯзык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
179
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Энди тиканлими бу эрка йўллар, Ё йўл тугадими — энди қайтишми? Гуллаган севгидан қолдими чўллар, Энди бегонадай "хайр" айтишми? Оҳ, қачон алдашга ўрганасан сен, Юзингда кулгию лабингда титроқ. Мен учун ўртанмай, ўртанасан сен... Қўрқма! Тилларимда қолмади сўроқ. Не қилай? Юракдан бўшади таним, Нажот — кўнишдами, нажот — ўлишда?.. Азизим, азизим, азизим маним, Айт, қачон улгурдинг жоним бўлишга!?... Усмон Азим
Показать все...
Emrah – Buyuk yalan (BRB).mp34.86 MB
Repost from N/a
Olma🍎 (Boʻlgan voqea) Otam qarib ulgurmay yotoqqa mixlanib qoldilar. Galma-galdan opa-singillarim bilan borib qaraydigan boʻldik. Otamning eti suyaklariga yopishib, ozib ketdilar. Oshqozonga botmasligi uchun hazmi yengil ovqatlar ichirib, yedirib turdik. Oradan oylar oʻtdi. Bir kuni otam meni yoniga chaqirib, olma yegilari kelayotganini aytdilar. Kun sovuq boʻlgani uchun erinib olib kelmadim. Olmani soʻraganlari eslaridan chiqib ketadi deb oʻyladim. Oʻrniga qishga yopilgan olcha qaynatmasidan berdim. Ichmadilar, istamadilar, qoʻllari bilan piyolani itarib, yuzlarini sekingina oʻgirib oldilar. Olma mening esimdan chiqib ketgan edi. Lekin adamlarning eslaridan chiqmagan ekan... Oʻsha kuni shomdan keyin ogʻirlashdilar. Yigʻi-sigʻi bilan atroflariga yigʻilib oʻtirdik. Onam otamning peshonalaridan oqayotgan ter tomchilarini oq chit roʻmol bilan damba-dam artib turar ekanlar, otam koʻzlarini uzmasdan menga tikilib qarab turaverdilar. Yuzlariga yaqin kelib soʻradim: "Adajon u-bu narsa kerakmi?" "Olma yegim kelgandi. Endi kerakmas...", dedilar hansirab. Tomogʻimga tosh tiqildi. Boʻgʻzim achishib, yuragim qattiq siqilib, otamning yuziga qarolmay qoldim. Oʻlim bilan olisha-olisha otamning joni tongda uzildi. Har doim olma koʻrsam oʻzimni koyiveraman. "Oʻsha olmani olib kelsam oʻlib qolarmidim. Axir juda-juda nafslari istagan ekan-ku. Oʻzini yeyolmasalar suvini ichirib qoʻysam boʻlar edi-ku..." Har safar koʻnglimda shu gaplar aylanaveradi. Bilaman foydasi yoʻq. Lekin nima qilay vijdon azobida qovurilganim qovurilgan. Olma yemaganimga yetti yil boʻldi. Bundan keyin ham yeyolmasam kerak. Chunki olmani koʻrganimda koʻzlari javdiragancha yotoqda yotgan otam koʻz oldimda gavdalanaveradi. ©Zulfiya Maxmud.
Показать все...
•PIYOZ TARKIBIDAGI QAYSI MODDA KO’ZNI YOSHLANTIRADI? •1PROPANTIOL
Показать все...
)-1.m4a7.31 KB
Seni sog'insinlar sen ko’p sog'inding, Chora yo'q baribir ikki holda ham. Daryodek tosharding, ko'l kabi tinding Faqat ruhing qoldi sen bilan hamdam Afsus sog'inchning ham bordir adog'i Keyin unutilish bari azobdir Sog'ingan odamning ko'nglida dog'i Sog'intirganga ham oson emasdir! ✍Abdulla Oripov
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Repost from Alisher Sadullaev
01:58
Видео недоступноПоказать в Telegram
«Siz, axir, osmonni olmoqchi boʻlsangiz, Men ne uchun yelkamni tutib bermayin?» @alisher_sadullaev
Показать все...
Yoshlar_tg.mp419.22 MB
Repost from N/a
Sadiy Sheroziyning bir fikrlarini juda yoqtiraman: " Inson uchun eng go'zal narsa o'z holida bo'lib ,hech kimga aralashmaslik,hech kimning yaxshiyu yomoni bilan aloqador bo'lmaslikdir" @medicalblog2022
Показать все...
MY5da live Yurtboshimiz so'zga chiqdilar)☺️
Показать все...