ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT
Закрытый канал
Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs
Больше3 617
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней
Архив постов
#pronunciation
PRONOUNCE TOP 50 BRAND NAMES IN ENGLISH
Dunyoning eng mashhur brendlarini qanday talaffuz qilishni bilasizmi? Videoni oxirigacha ko'ring...
Kanalga obuna bo'ling👇
@SpeakingEnglish_uz
#attention #diqqat #mustread
Law of Forced Efficiency says,
"There is never enough time to do everything, but there is always enough time to do the most important things."
#attention #diqqat #mustread
Different ways to say "I am busy"
I'M ALL BOOKED UP!
I'm all booked up today but I could fit you in on Monday.
I'M SWAMPED!
I haven't had any time to myself recently - I've been so swamped with work!
I'VE GOT A LOT TO DO!
I need to crack on - I've got a lot to do!
I'VE GOT A LOT GOING ON!
Don't call her until Monday - she has a lot going on right now!
I'VE GOT A LOT ON THE GO!
I've got so much on the go right now - I don't think I can cope!
I'VE GOT A LOT ON MY PLATE!
In January I'll start my new position and I'll have a lot more on my plate!
I'M UP TO MY EARS!
Will doesn't have any time to watch rugby - he's up to his ears with farm work.
I'M TIED UP!
I can't come over right now because I am tied up!
I CAN'T TAKE ANYTHING ELSE ON!
I would love to volunteer for your project but I can't take any more on.
Source: English with Lucy
@SpeakingEnglish_uz
Faqat bitta guruh ochaman, birinchi darsga kelib ko'rishingiz mumkin.
#attention #diqqat #mustread
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida offline SPEAKING kursi ochyapman. Faqat intermediate (B1; B2) darajadagilar uchun.
To'liq malumot: @Baxtiyor_Toshboyev
#attention #diqqat #mustread
QANDAY QILIB MIYADA TARJIMA QILISHNI TO'XTATISH VA INGLIZ TILIDA O'YLASHNI BOSHLASH MUMKIN?
#part2
Ingliz tilida miyangizda o'ylash orqali gapirish qobilayatingizni ham rivojlantirishingiz mumkin. Shuningdek, bosim kamroq bo'ladi, hech kim sizni "notog'ri gapiryapsan" deb tanqid qilmaydi. Xato qilish haqida havotirlanmasangiz ham bo'laveradi. Xatolar qilishingiz va bir vaqtning o'zida nima haqida o'ylayotganingizni tushuna olishingiz mumkin.
MIYANGIZDA TARJIMA QILISHNI TO'XTATISH VA INGLIZ TILIDA O'YLASHNI BOSHLASH
1. KUNINGZINI HIKOYA QILIB BERING.
Tasavvur qiling, hayotingiz hujjatli film, siz esa unda hikoyachisiz (narrator). Chunki, hujjatli filmlarda kuzatgan bo'lsangiz hikoyachi film davomida voqealarni sharxlab boradi. Siz ham xuddi shunday qilishingiz kundalik hayotingizda bo'layotgan doimiy voqea va hodisalarni (ular qiziqarli yoki zerikarli bo'lishi mumkin, lekin unutmang asosiy maqsad miyada ingliz tilida o'ylashni shakllantirish) tasavvur qilishingiz, ularni ingliz tilida miyangizda sharxlab borishingiz mumkin. Siz buni o'zingizni ovozingizda yoki uchinchi shaxsda — biron mashxur inson sharxlayotgandek o'zingizni tutishingiz mumkin.
2. SUHBATLAR O'YLAB TOPING
Biron tema tanlang va shu tema asnosida o'zingizni kim bilandir suhbat qilayotgandek tuting. Agar imtihonga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsangiz, o'zingizni imtihon xonasida, imtihon oluvchini qarshisida o'tirganingizni tasavvur qiling va barcha savollarga xayoliy javob bering (savolni ham, javobni ham o'zingiz berasiz, chunki bularni hammasi sizning miyangizda sodir bo'lyapti). Yangi so'zlar o'rganayapsizmi, unda so'zlarni yodlash jarayonida o'zingizdan savollar so'rashingiz mumkin. Qanday mavzu tanlashingizning ahamiyati yo'q, muhimi domiy praktika qilish, o'z ustingizda ishlashni to'xtatmaslik.
Deylik, bir mavzu haqida bir necha marta miyangizda turli seraniylarni o'ylab ko'rdingiz, endigi bosqich ovoz chiqarib yoki sherik bilan praktika qilish bo'ladi. Bu metod sizning o'zingizga bo'lgan ishonchingizni, qa'tiyatingizni oshiradi, boshqa insonlar bilan suhbatga kirishganda sizda qo'rquv hissi ancha kamayadi.
3. KREATIVLIKNI ISHGA SOLING
Biron nimani ifodalashni doim birdan ortiq yo'llari bo'ladi. Kerakli so'zni eslolmagan taqdiringizda ham, fikringizni kreativlikni ishga solgan holda o'rniga boshqa so'z topish orqali yoki gapni strukturasini o'zgartirish orqali yetkazishingiz mumkin.
Misol uchun, siz kimgadir uyingizni kalitini yo'qotib qo'yganingizni tushuntirishga harakat qilyapsiz, lekin kalit — "key" so'zini eslay olmayapsiz, uning o'rniga "I can't open my door because it's locked" yoki "I can't get into my house, I lost the thing you use to unlock the door"
Ikala gapda ham "key" so'zi ishlatilmagan, lekin sizni bemalol tushuna olishadi, ya'ni kalitni nazarda tutayotganingiz aniq ko'rinib turibdi.
Agar miyangizda ingliz tilida o'ylash jarayonida biron so'zni topolmay bir joyda to'xtab qolsangiz, g'irromlik qilib o'zbek tilidan foydalanmang. Uning o'rniga kretivlikni ishga soling. Fikringizni ifodalashni boshqa alternativ yo'llarini qidiring.
Praktika jarayonida so'z topolmay qolsangiz quyidagi iboralardan foydalanishingiz mumkin:
▪️It's the opposite of...
▪️It's similar to...
▪️It's place where...
▪️It's something you use to...
▪️It's an action you do when...
Ingliz tilida o'ylash va miyada so'zlarni o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilishni to'xtatishning boshqa ko'plab usullari mavjud. Bugun ulardan asosiylarini ko'rib chiqdik.
P.s. Qanchalik ko'p informatsiya olmang, qanchalik ko'p yangi metodlarni o'rganmang, agarda ularni amalda qo'llamasangiz, o'z ustingizda har kuni ishlamasangiz unutmang hech qanday natijaga erisha olmaysiz. Maqsadga harkatsiz erishib bo'lmaydi!
Follow me on Instagram for more useful content.
www.instagram.com/ts_baxtiyor/
www.instagram.com/ts_baxtiyor/ .
#attention #diqqat #mustread
QANDAY QILIB MIYADA TARJIMA QILISHNI TO'XTATISH VA INGLIZ TILIDA O'YLASHNI BOSHLASH MUMKIN?
#part1
"Ingliz tilida gapirayotganimda so'zlarni miyamda ona tilimdan ingliz tiliga tarjima qilishga odatlanganman va natijada oddiy gaplarni tuzish uchun ham juda ko'p vaqt sarflayman"
Bu holat sizga tanishmi?
Ingliz tilida erkin va ravon gapirishni istasangiz, so'zlarni miyangizda tarjima qilishni to'xtatishingiz va ingliz tilida o'ylashni boshlashingiz lozim.
NIMA UCHUN MIYANGIZDA TARJIMA QILISH MUOMMO TUG'DIRADI?
1. Tarjima qilish ko'p vaqt oladi
Insonlar bilan suhbat jarayonida bir vaqtning o'zida informatsiya qabul qilishingiz va javob qaytarishingiz kerak. Buni esa odatda, nisbatan tezroq amalga oshirishingiz kerak bo'ladi.
Miyada tarjima qilib gapirish ba'zan sizni uyatli holatlarga tushirib qo'yishi ham hech gap emas.
Tassavvur qiling yig'ilishdasiz, barcha navbat bilan o'z fikrini bidiryapti, sizni navbatingiz keldi va siz har bitta gapni birinchi tarjima qilib gapriyapsiz. Bu juda ko'p vaqtni olgan bo'lardi.
Shunga o'xshash holatlarda hech kimni siz bilan suhbat qilishga sabri yetmaydi.
2. Tarjima qilish orqali har doim ham aytmoqchi bo'lgan fikringizni to'liq ma'nosini yetkazib bera olmaysiz.
Tillar turlicha.
Ingliz tilidagi aksariyat so'zlarni o'zbek tilida ekvivalenti yo'q.
Ba'zi gramatik strukturalar ham faqat ingliz tilini o'ziga xos. Gaplarni tuzilishi, so'zlarni joylashish o'rnida ham farqlar mavjud.
Bir xil so'z va gramatik strukturalarni topib tarjima qilgan taqdiringizda ham, ular 100% siz nimani nazarda tutayotganingizni anglatmasligi mumkin.
3. Notog'ri tarjima qilish ziddiyat keltirib chiqarishi mumkin.
Bunday holat til o'rganishni endi boshlaganlarda kuzatilishi tabiiy hol. Buni esa o'ziga xos salbiy jihatlari bor.
Misol uchun, ko'pchilik "leave" va "abandon" so'zlarini bir biri bilan almashtirib qo'yishi mumkin. Lekin, bu so'zlarning ingliz tilida ma'nolari umuman boshqa boshqa.
Shu so'zlar bilan bog'liq mashhur mojaro yuzaga kelgan.
1977-yilda AQSH prezidenti Polshaga tashrif buyuradi. Media qarshisida qilgan nutqida "when I left the US" gapi "when I abandon the US" deb polshalik tarjimonlar tomonidan tarjima qilinib ketiladi.
Bu mojaro mamlakatlar ichida tezda tarqalib ketadi. Ikkala davlat mediasi uchun bu mojaro qiziqarli storiga aylanadi.
Aslida, AQSH prezidenti nutqida "mamlakatdan jo'nab ketganini" nazarda tutgan edi. Tarjimonlar esa "mamlakatni tashlab ketgan" deb tarjima qilishgan.
Ko'rib turganingizdek, tarjima qilib gapirish muommolar keltirib chiqarishi va suhbatni yengillashtirish o'rniga murakkablashtirishi mumkin.
Davomi bor...
P.s. Siz ham gapirayotganingizda o'zbek tilidan ingliz tiliga miyangizda tarjima qilishga odatlanganmisiz? Izohlarda javobingizni qoldiring.
Darajasi siz bilan teng bo'lgan boshqalarning izohlariga javob qaytaring.
#attention #diqqat #mustread
SPEAKING SHERIK QIDIRAYAPSIZMI?
1. Izohlarda o'zingizni tanishtiring.
2. Ingliz tili darajangizni yozing.
3. Praktika uchun qancha vaqt ajrata olashingiz haqida ma'lumot qoldiring.
4. Siz bilan darajasi teng boshqa til o'rganuvchilarning yozgan habarlariga javob qaytaring.
Ex: Salom, mening ismim Baxtiyor darajam C2, haftada 3 kun 30 daqiqadan ingliz tilida speaking praktika qilmoqchiman.
@SpeakingEnglish_uz
#newlesson
I UNDERSTAND ENGLISH BUT I CAN'T SPEAK
INGLIZ TILINI TUSHUNAMAN, LEKIN GAPLASHA OLMAYMAN
Juda ko'p til o'rganuvchilar ingliz tilini eshitib tushunadi, ammo gaplashishga kelganda qiynalishadi. Bu muommoni yo'li...
@SpeakingEnglish_uz
🔥20.02.2022 boshlang'ich IELTS darslari.Agar siz kanalga endi azo bo'lgan bo'lsangiz bilishingiz kerak. 👇
🗓1-dars 🗓6-dars 🗓11-dars
🗓2-dars 🗓7-dars 🗓12-dars
🗓3-dars 🗓8-dars
🗓4-dars 🗓9-dars
🗓5-dars 🗓10-dars
🔥Darslarni yuklab olish uchun so'rovnoma yuboring
