cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

MUTOLAA 📖📚

08.07.2021

Больше
Страна не указанаЯзык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
179
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#хайрли_тонг 🌸🍃Оптимист бўлинг🌸🍃 Франция инқилобидан олдин икки зўр шоирини қамашди. Уларнинг бири некбин (оптимист), иккинчиси бадбин (пессимист) эди. Иккови калласини қамоқхона дарчасидан чиқарган эди, некбини юлдузларга қараб кулди, аммо бадбини ён кўчадаги лойларни кўриб йиғлаб юборди. Унинг ёмонлик томонини ўйлайверадиганига қаранг. Аслида, ёмонликнинг ўзи йўқ. Аксинча, яхшилик, фатҳ, ғалаба ва ажр бордир. 📚"Ўкинма" китобидан.
Показать все...
Repost from Aziza Shokirova
Фото недоступноПоказать в Telegram
*** Hozircha ko'ngildan qolganimiz yo‘q, Hozircha ko‘ngilga joylashmadik ham... Bitta osmon osti, bitta yer usti, Ayni havolarni ko‘ryapmiz baham. Keyin-chi, bilmadim... Keyinlarimiz kutmoqning kuyiga sozlangan tormi? Hozircha muhabbat manzillarining Qaysi tomonida ikkimiz bormiz? Ayni qo‘shiqqa jo‘r, o‘sha tundan mast Shu yulduzga boqding men ham qaradim. Bulutga aylangan yoshlarim haqqi, Kechib ket... ko‘zlarim osmon bo‘lsa ham. Qancha daqiqalar dorga tikildi , Va qancha kunlarni sovurdik ko‘kka. Bilmaysan... to‘lishar soniya sayin, Mayning havosini simirgan o‘pkam. Nurtalash ufqqa termulaman jim, Va taskin shivirlar sukut cho‘mgan dam: "Hozircha tuyg‘ular o‘lganicha yo‘q, Hozircha muhabbat tug‘ilmadi ham" Keyin-chi, bilmadim... Aziza Shokirova 2022 @AzizaShokirova
Показать все...
Aytudim aa Bonuni o'qila deb😁😁
Показать все...
​​#Diqqat_tanlov 🤫 Pssst, BIZDA TANLOV! ❗️Eng birinchi shart: “Factor books” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Bonu” kitobi titul varag‘iga ruchka bilan: #ism_familiya #Iqbol_Mirzo #Bonu deb yozib, bizga rasmini jo‘nating va tanlov ishtirokchisiga aylaning. 🥳 Romanni o‘qing va umumiy jamg‘armasi 2 million so‘m bo‘lgan tanlovda g‘olib bo‘ling! 🖼 “Eng yaxshi fotosurat” — ijodiy, kreativ rasmlar soni 5 dona bo‘lsin. 📜 “Eng yaxshi taqriz” — Savodxonlikka alohida e’tibor beriladi. Batafsil ma’lumot posterda! 🎙 “Eng yaxshi videomonolog”qo‘lingizda aynan “Factor books”ning “Bonu”si bo‘lsin! 🎥 “Eng yaxshi videorolik” — lavha syujetli bo‘lsin. Ma’lum voqea asosiga qurilgan rolikda “Bonu” kitobi asosiy diqqat markazida turishi kerak. Batafsil posterda👆 ⏳ Ijodiy ishlar 28-iyun soat 23:59 gacha @Factorbooks_tanlov manzilida qabul qilinadi. 🎁 G‘oliblar yoshlar kuni arafasida nashriyotimiz tomonidan tashkil etiladigan katta kitob bayramida taqdirlanadi! @Factorbooks — hoziroq boshlang, vaqt ketdi!❤️
Показать все...
Kech deding mendan azizim, Kechmoq bil oson emas. Kim oson kechsa yoridan, Ishqi chin inson emas.
Показать все...
4_5798609417612035891.mp34.47 MB
2_5231267924555077569.ogg2.50 KB
Mo'minlarning onalari Iymon va huzun Iztirob. Keyingi o'qiladigan kitob ,,Chinor" romani. Asqad Muxtor. Fikrlarimni tartibga solib olsam,Mo'minlarning onalari haqida post tashlayman. Nasib bo'lsa🌼
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
*** Meni sog‘inmaysiz, buni bilaman... Men uchun behuda sarf bo‘lmas qog‘oz. Faqat izn bering, Faqat shu kecha Tushingizga kirgim kelyapti, xolos... Boshqa hech narsani qilmayman talab, Ko‘kda qolaversin yulduzi, oyi. Qolgan barchasiga chidab ketaman, Yaxshiyam, yig‘lashni bergan Xudoyim. Tun tushdi... Havoda portladi zulmat, Sayroqi qushlarning ovozi tindi. Bir quchoq yurakni ko‘tarib olib, Qaysi bir devorga bosh uray endi? O, haqsiz! Baridan kechgan men edim, Boshimga ko‘tarib to‘rtta tomonni. O‘zimga og‘irlik qilyapti juda, Tushingizga tashlab chiqsaydim jonni... Barchasin unuting, istagim o‘sha Ro‘yolar olami - visol saylimi? Hech qachon kirmayman hayotingizga, Tushingizga kirib tursam, maylimi? Maylimi?.. ✍Aziza Shokirova @mutolaa_oni
Показать все...
​​...Balki, hayotning ma'nisi shudir o'zi. Tirikmisan kurashasan. Yo yengasan, yo yengilasan. Qiziq, nega endi yengilish uchun kurashish kerak. Cho'qqiga chiqayotgan odam yengilishni niyat qilmaydi-ku. Kurashdingmi, yengishing shart! O‘tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" @mutolaa_oni
Показать все...
Garov Qalbda uvvos solib yig'lar orzular, Sogʼinch torlaridek uzilgan rishta. Gʻururing, gʻururim sinamoq uchun, Kel, garov bogʻlaymiz sogʻintirishdan. Bir dam tin olsaydi sogʻinchga toʼlgan Osmonni koʼtargan kuraklarimiz. Bu galgi bahsimiz biroz oʼzgacha – Garovga qo'yilgan yuraklarimiz. Toʼxtatib qoʼysaydim jallod nigohing Nayzadek koʼzimga sanchilgan damni. Azizim, shu qadar ogʻir ekan-a Sogʼinish qarshingda turgan odamni?! Simillab ogʻrigan yurakkinamga Quyuq tuman tushgan, koʼrinmayapsan. Qalbingda gʻalayon qilgan gʻururni Hatto yengishga ham urinmayapsan. Qara, koʼryapsanmi, shul gʼururni deb Charchadik biz oʼzni ovuntirishdan. Sen bo'lding, men boʼldim, biz boʼlolmadik, Garov bogʼlaymizmi sogʻintirishdan?! ✍Aziza Shokirova @mutolaa_oni
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.