Hasankhoja Muhammad Sodiq
Открыть в Telegram
Ustoz. Rahbar. Ota. 17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada. Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim. Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman. Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar. P.s. Professional xatokor.
Больше6 009
Подписчики
-1024 часа
-297 дней
-6530 день
Архив постов
Pareto prinsipi
Pareto prinsipini hayotga joriy qilish oddiy. Hamma narsa bir xil ta’sir qilmaydi. Ko‘pincha ozgina inson eng katta ta’sir beradi. Ozgina odat eng katta natija beradi. Ozgina muammo esa eng katta stressni beradi.
Lekin ko‘p odamlar hamma narsaga bir xil energiya beradi. Hamma xabarga javob beradi, hamma ishni teng muhim deb o‘ylaydi, hamma muammoni bir xil darajada ko‘radi. Natijada diqqat tarqaladi va hayot chalkashib ketadi.
Eng muhim ish “20%”ni topish. Qaysi odat Sizning energiyangizni eng ko‘p o‘zgartiryapti
Qaysi insonlar hayotingizga eng katta ta’sir qilyapti. Qaysi ish haqiqiy natija olib kelmoqda
Shuni topgan inson kamroq harakat bilan ko‘proq natija oladi.
Muhammad s.a.v. ham muhim narsani ustuvor qo‘yishni o‘rgatganlar. Bir sahoba nasihat so‘raganda, u zot uzun ro‘yxat emas, eng ta’sirli bitta narsani aytganlar:
“G‘azablanma.” Chunki ba’zan bitta odat o‘zgarsa, ko‘p narsa o‘zgaradi.
Hamma narsani boshqarishga urinmang. Eng katta ta’sir beradigan narsani toping.
Compound effect
O‘zgarishlar ko‘rinmayotgani, ular bo‘lmayapti degani emas. Har safar sport zalga borganingizda tanangiz darrov o‘zgarmaydi. Har safar kitob o‘qiganingizda ham fikringiz birdan chuqurlashmaydi. Har safar farzandingiz bilan sifatli vaqt o‘tkazganingizda ham natija o‘sha kun ko‘rinmaydi. Lekin bular yig‘ilib boradi.
Dastlabki g‘alabalar ko‘pincha tez keladi. Ular motivatsiya beradi. Aslida uzoq davom etadigan g‘alabalar motivatsiya bilan emas, hayot tarzi bilan quriladii. Kichik harakatlar darhol emas, vaqt o‘tib katta farq beradi.
Farzandlaringizga eng yaxshi narsalarni olib berishingiz mumkin.
- Eng yaxshi kiyim.
- Eng yaxshi telefon.
- Eng yaxshi maktab.
- Eng yaxshi sharoit.
Lekin bularning hech biri ularga Sizning eng yaxshi holatingizni bera olmaydi.
Chunki bola:
- Siz nima sotib olganingizni emas, uyga qanday kayfiyat bilan kirganingizni eslaydi.
Unga qancha pul sarflaganingizni emas, unga qancha e’tibor berganingizni his qiladi.
Farzand uchun eng katta ne’mat:
- e'tiborli ota,
- mehribon ona,
- va muhabbat bor uy.
Ko‘p ota-onalar farzandiga hamma narsani berishga harakat qiladi. Lekin eng keraklisini unutib qo‘yadi: vaqtini, mehrini va yaxshi holatini.
Farzandingiz Sizning boyligingizni emas, Siz bilan bo‘lgan bolaligini eslab ulg‘ayadi.
Iste’dod kamdan-kam hollarda g‘alabani kafolatlaydi va omadsizlik ham kamdan-kam hollarda mag‘lubiyatni aniq belgilaydi.
Ular natijaga ta’sir qiladimi? Albatta. Lekin yakuniy hisobni eng ko‘p Sizning munosabatingiz o‘zgartiradi.
Hozir odamlarning uyida barcha zamonaviy texnika va sharoitlar muhayyo boʻlsa-da, soʻnggi oʻttiz yil ichida stressga aloqador kasalliklar, xavotirli nevroz va tushkunlikka oid muammolar misli koʻrilmagan darajada koʻpayib ketdi. Bizning tanazzulimiz bundan buyon moddiy narsalarga bogʻliq emas. Uning asosiy sababi ruhiyatdadir.
Soʻnggi paytda axborotning nihoyatda koʻpayib ketishi natijasida biz koʻp narsa bilishga (kerakli va keraksiz maʼlumotlar) va koʻrishga ulgurdik. Ongostida oʻzimizni boshqalar bilan solishtirishni, boshqalardagi maqom va boylikka intilishni boshladik. Doimiy havas va hasad tuygʻusi esa bizni aqldan ozdirmoqda.
Repost from Ustoz Kundaligi
Bugungi podkastimizda Sodiq School maktabi rahbari Hasanxo‘ja Muhammadsodiq bilan ta’limdagi eng dolzarb mavzular haqida suhbatlashdik.
Suhbat davomida quyidagi savollarga javob topasiz:
* Qanday qilib kuchli va talabgir ustoz bo‘lish mumkin? * Kuchli xususiy maktablarga ishga kirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? * Bugungi ta’lim tizimining asosiy muammolari nimalar? * Prezident maktablari va xususiy maktablar ta’limga qanday ta’sir qilmoqda? * Xususiy maktablarda oyliklar qancha va ular qanday shakllanadi? * Ustozlar boy bo‘la oladimi? * Moliyaviy erkinlikka o‘qituvchilik orqali erishish mumkinmi? * Xalqaro sertifikatlar, AP imtihoni va zamonaviy ustozning rivojlanish yo‘li qanday?Podkastni tomosha qiling: 👇 https://youtu.be/RGgfHm2zcIk?si=BlC5S4Tfq4w71AQo @Ustoz_kundaligi
Teskari harakat qonuni
Inson qanchalik koʻp narsani istasa, oʻsha narsaga qanoat hosil qilolmaydi. Boy boʻlish istagi qanchalik kuchli boʻlsa (qancha pul ishlab topishingizdan qatʼi nazar), shunchalik oʻzingizni qambagʻal his qilaverasiz. Goʻzal va jozibali boʻlish xohishi qanchalik ustun boʻlsa, oʻz koʻzingizga shunchalik xunuk va besoʻnaqay koʻrinaverasiz. Baxtli va suyukli boʻlish orzusiga qancha urgʻu bersangiz, atrofingizdagi insonlar kimligidan qatʼi nazar oʻzingizni shuncha yolgʻiz va xafahol tuyaverasiz. Ruhiy barkamollikka erishishni qanchalik koʻp istasangiz, unga erishish yoʻlida shunchalik xudbin va arzon kimsaga aylanib boraverasiz
Jimlik ko‘pincha muammoni kattalashtiradi.
Siz javob hali yo‘qligi uchun (yoki yomon xabarni aytishni istamaganingiz uchun javobni kechiktirsangiz, boshqa tomon kutmaydi. U taxmin qila boshlaydi. Bu taxminlar odatda salbiy bo‘ladi. Muammo ko‘pincha ma’lumot yo‘qligida emas. Aloqa yo‘qligida.
Siz jim qolsangiz: odamlar o‘zicha hikoya tuzadi, noaniqlik oshadi, ishonch pasayadi
Lekin oddiy xabar vaziyatni o‘zgartiradi. “Hali o'ylayapman.” “Tez orada javobini aytaman”
Shu qisqa aloqa ham ishonchni saqlab qoladi. Odamlar noaniqlikni yomon ko‘radi va uni tezda to‘ldirishga harakat qiladi.
Farzandlarimiz uchun qaysi maktabni tanlashimiz kerak?
Loyihamizning navbatdagi sonida xususiy maktablar mavzusi muhokama qilindi. Unda maktab rahbarlari Hasanxo'ja Muhammad Sodiq va Javohir Izzatulloh tomonidan ota-onalarda tez-tez uchraydigan savollarga amaliy javob va tavsiyalar berib o'tildi.
Suhbat davomida siz:
• Maktab tanlashda nimaga e'tibor berish kerak? • Davlatmi yoki xususiymi? • Ta'lim sifatini qanday baholash mumkin? • Xususiy maktab narxi o'zini oqlaydimi? • Maktab haqida ishonchli fikrni qayerdan olish mumkin? • Qachon maktabni almashtirish kerak? • Nega ko'plab xususiy maktab rahbarlari davlat maktabida o'qigan? • Farzandlarimiz uchun ustoz qanday tanlanadi kabi savollarga javob olasiz.❗️ Farzandingiz hayotidagi eng muhim qarorda adashmang, ko'rsatuvni tomosha qiling: https://youtu.be/d_gpqvw2xXQ @alohidamavzu
Tasdiqlashga moyillik (confirmation bias).
Siz xarita chizdingiz va uni hech kimga ko‘rsatmadingiz. Sizga u to‘g‘ridek tuyuladi, lekin u haqiqat emas, bu Sizning tushunish modelingiz. Muammo modelni haqiqat deb qabul qilganingizda boshlanadi. Xato bo‘lsa ham sezilmaydi. Siz o‘zingizni tekshirmaysiz, faqat o‘zingizni tasdiqlaysiz.
Agar Siz xaritangizni boshqalarga ko‘rsatsangiz, vaziyat o‘zgaradi. Kimdir xatoni ko‘radi, kimdir yangi nuqtani qo‘shadi, umumiy rasm aniqroq bo‘ladi.
Ilm ham shunday rivojlangan. Fikrlar bahsda pishadi, yopiq qolsa esa sustlashadi.
Muhammad s.a.v. bir voqeada sahobalardan joylashuv haqida fikr so‘radilar. Sahoba bu vahiy emas, strategiya ekanini bilib, boshqa taklif berdi. U qabul qilindi va natija yaxshilandi.
Kognitiv buzilish (cognitive distortion)
Charchagan ong muammoni kattalashtiradi. Bir vaziyatni qayta-qayta aylantirasiz va u aslidan kattaroq ko‘rinadi. Lekin tana tetik bo‘lsa va ong dam olgan bo‘lsa, o‘sha muammo joyiga tushadi. Aniqlik paydo bo‘ladi, qaror osonlashadi.
Ko‘pincha muammo o‘zi emas. Sizning holatingiz. Shuning uchun ba’zan yechim o‘ylash emas, biroz uyqudir. Uxlang. Tana tiklanlsin. Nafasni tinchlantiring. Keyin qarang.
Muhammad s.a.v. dedilar:
“G‘azablanganingizda tik turgan bo‘lsangiz, o‘tiring. Agar ketmasa, yoting"
Bu holatni o‘zgartirish orqali fikrni ham to‘g‘rilashni ko‘rsatadi.
Haqiqiy qarorlar
Ko‘pchiligimizning qaror qabul qilish “mushaklarimiz” zaif. Biz haqiqiy qaror nimani anglatishini tushunmaymiz. Qat’iy qarorlar ikki joyda ko‘rinadi: kalendaringizda va harajatlaringizda. Siz nima qadrlayman desangiz ham, asl ustuvorliklaringizni bilish uchun o‘tgan yilgi kalendaringiz va xarajatlaringizga qarash kifoya.
Siz “sog‘liq muhim” deysiz.
- Kalendarda: mashq yo‘q
- Xarajatda: fast foodlar ko‘p
Siz “o‘rganaman” deysiz.
- Kalendarda: ijtimoiy tarmoq ko‘p
- Xarajatda: kitobga deyarli pul yo‘q
Inson o‘zini so‘z bilan alday oladi. Lekin vaqt va pul aldamaydi. Ular har doim haqiqatni ko‘rsatadi. Shuning uchun qarorni tekshirish oson:
- yozilgan reja emas
- yashalgan kunni ko‘ring
Bu ulamolar so'zlarida ham aks etadi:
“O‘zingni hisob qilinmasdan oldin hisob qil.”
Bu o‘z hayotini tekshirish, real holatni ko‘rish degani
Vaqtingizni qanday ajratganingizni ko‘ring. Pulni qayerga sarflaganingizni ko‘ring. Shu izlar Siz qabul qilgan haqiqiy qarorlarni ko‘rsatadi.
Fizikiada bir tushuncha bor - entropiya. Har qanday tizim o‘z-o‘zidan tartibga kelmaydi aksincha, vaqt o‘tishi bilan tartib buziladi. Tartibni saqlash esa kuch talab qiladi. Hayotga ham juda mos tushadi:
Tasavvur qiling, bog‘ni qarovsiz qoldirasiz va o‘tlar o‘z-o‘zidan chiqadi. Hech kim ekmagan bo‘lsa ham baribir o‘sadi. Yaxshi narsa esa boshqacha. U o‘zi chiqmaydi. U e’tibor, vaqt va mehnat talab qiladi. Agar Siz nazorat qilmasangiz, tartibsizlik o‘zi paydo bo‘ladi. Fikrlar, odatlar va muhit asta-sekin yomon tomonga og‘adi. Yaxshi natija esa tasodif emas. U ongli tanlov va doimiy e’tibor natijasidir.
Yaratmoqchi bo‘lgan natijangizni tasavvur qiling.
Qayerga yo‘l olayotganingizni iloji boricha batafsil ko‘z oldingizga keltiring. O‘zingizni bu fikrdan qaytarmang. O‘zingizni “realistik bo‘lishga” majburlamang. Haqiqat bilan baribir tez orada yuzlashasiz. Shu bosqichda o‘zingizga to‘siq bo‘lmang.
Biz shunday jamiyatda yashaymizki, u doim “yechimlar”ni sotadi - ortiqcha vaznga, siyraklashayotgan sochga, ishtahaning yo‘qolishiga, muhabbatning susayishiga qarshi turli “yechimlar”.
Biz doimo yechim izlaymiz. Ammo aslida hayot davomida shunday jarayonda bo‘lamizki, unda hech qachon hammasini to‘liq “to‘g‘ri” qilolmaysiz. Hammasini to‘g‘rilashga urinamiz. Hammasini nazorat qilishga harakat qilamiz.
Hayot bu yechim topib tugaydigan masala emas. U davom etadigan jarayon. Unda biz hech qachon hammasini mukammal qilolmaymiz.
Kechiktirilgan mukofot (delayed gratification).
Dunyo tezlashyapti. Odamlar natijani darhol xohlayapti. Sabr kamayyapti. Shu sabab sabr qilganlar ajralib chiqadi. Ko‘pchilik yo‘lning yarmida to‘xtaydi, sabr qilgan esa davom etadi. Vaqt o‘tadi va natija yig‘iladi. Tezlik natija beradi, sabr ustunlik beradi.
Insonning eng katta muammosi kamchilik emas.
Nima haqiqatan muhimligini unutib qo‘yishidir.
Ko‘p odamlar ichidagi haqiqat bilan tashqaridagi hayotni bir xil yashamaydi.
Qilmaydigan ishlari haqida gapiradi.
Yoqtirmaydigan insonlariga tabassum qiladi.
Ishonmaydigan insonlari bilan yaqin yuradi.
Vaqt o‘tib inson asta-sekin o‘zidan uzoqlashadi.
Bu holat ichki nomoslik (inner incongruence) deb ataladi. Ya’ni insonning ichki qadriyati bilan tashqi harakati mos kelmay qoladi.
Shaxsiy hayotda
Inson sog‘liq muhim deydi, lekin uyqusi va odatlari tartibsiz.
Bilim kerak deydi, lekin vaqtining asosiy qismini chalg‘ituvchi narsalarga sarflaydi.
Oila muhim deydi, lekin eng kam vaqtni aynan oilaga beradi.
Rahbarlikda
Rahbar jamoaga samimiyat haqida gapiradi, lekin o‘zi sun’iy munosabat qiladi.
Natija: odamlar so‘zni emas, xulqni qabul qiladi.
“Ikki ne’mat bor, odamlarning ko‘pi ularda aldangandir: sog‘liq va bo‘sh vaqt.”
Bu yerda inson eng qimmat narsaning qiymatini kech tushunishi ko‘rsatilgan.
Bir kishi Hasan al-Basriga dunyo haqida so‘radi.
U kishi aytdilar:
“Dunyo - boshida charchoq, oxirida esa hisob.”
Bu insonning umrini keraksiz narsalarga sarflab yuborish xavfini eslatadi.
Ba’zan o‘zingizdan so‘rang:
Men nimaga eng ko‘p vaqt sarflayapman?
Bu haqiqatan muhimmi?
Agar umr qisqa qolsa, shu narsani davom ettirarmidim?
Shunda hayot tiniqlasha boshlaydi.
Sizning hayotingizda hozir eng ko‘p joy egallayotgan narsa haqiqatan ham eng muhim narsami?
Chunki hayot oxirida insonning nimaga ega bo‘lgani emas, nimaga umr bergani ko‘proq ahamiyatli bo‘ladi.
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
