cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Sarvinozdan chizgilar

• Ruhiy qóllab-quvvatlovchi postlar • Kasbiy va ijodiy rivojlanish haqida fikrlar Psixolog Sarvinoz Omonova Konsultatsiyaga yozilish uchun: @ps_sarvinoz_omonova Kurs va leksiyalar: @sara_kurslar Instagram: sarvinoz.umar

Больше
Рекламные посты
2 309
Подписчики
-224 часа
-317 дней
+1530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Film shunchaki Tokyo tualetlarini tomosha qilish uchun ham kórishga arziydi)
Показать все...
😁 67 10🔥 3🤗 2🕊 1💔 1🍾 1
Qiyin va og'ir ishda ishlayotgani uchun achinarli ahvolda, pulga muhtoj kórinishi mumkin. Lekin odamning ózi buni tanlasa, nima uchun qilayotgani bilsa, u erkindir. Juda obróli, maoshi yirik ishlarda ishlayotgan ba'zi insonlardan ham erkinroqdir.
Показать все...
48🔥 8🕊 2🤗 2🍾 1
Kecha "Perfect days" ("Mukammal kunlar") filmini tomosha qildim. Juda yoqdi. Tokyoda tualet tozalovchisi bólib ishlaydigan, yolg'iz yashaydigan, mutolaa va musiqani sevadigan, daraxtlarni tomosha qilishni yaxshi kóradigan va juda sokin hayot kechiradigan erkak haqida. Filmni meditativ deyishgan, she'rga qiyoslashgan ekan. Qóshilaman. Mayda narsalardan zavqlanish, hayotni his qilishga chorlaydi. Nega filmga "Mukammal kunlar" deb nom berilganiga har xil izohlar bor. Men shunday ma'no topdim: Filmdagi odam eng obrósi past ishlardan birini qilsa ham, buni mas'uliyat, e'tibor bilan qiladi. Ishdan tashqari vaqtlarda unga zavq beradigan narsalari bor. Mukammal kunlar — quvonchdan sakrab, hayratlanarli voqealar róy beradigan kunlar emas. Balki muammolarimizga mas'uliyatli yondashib, hayotimizda zavqli narsalarni topishda davom etadigan kunlarimizdir. Ba'zida biz uchun zavq keltiradigan narsalar uchun qiyinchiliklarga chidashga to'g'ri keladi. Film qahramoni ham bir paytlar shunday tanlov qilganga óxshaydi.
Показать все...
55🕊 12🔥 10🤗 4😁 1🍾 1💅 1
Maqsadsizlik “Maqsadsiz yashamaslik kerak” degan gapni eshitgan boʻlsangiz kerak. XXI asrda yashayotgan boʻlsangiz, eshitgansiz. Yiliga bir emas, oʻnlab maqsadlar qoʻyishni normal holat sifatida koʻradigan boʻlib qoldik. Maqsadli boʻlish borasida kimgadir motivatsiya berish foydalimi? Agar odam umuman maqsad va rejalarsiz yashasa, buning sababi chuqurroq masalalarda boʻlishi mumkin. Depressiya, ogʻir yoʻqotishlar tufayli surunkali qaygʻu, mazoxizm (ehtiyojlarini qondirishga oʻrganmagani uchun) kabi bir qancha holatlarda ruhan sogʻayish, resursli holatga chiqish haqida qaygʻurish kerak. Keyinroq maqsadlar ham paydo boʻlaveradi. Shundogʻam juda koʻp maqsadlar bilan yashaydigan kishilar (nartsisslarga xos holat) esa odatda maqsadsizlikdan qoʻrqishadi. Muvaffaqiyat poygasidan tushib qolish ular uchun juda qiyin, chunki hamma emotsiyalari (maqsadlar bilan bogʻliq) yutuq va magʻlubiyatlar atrofida aylanadi. Yutuqlardan kuch olishi mumkin (boshqalarniki bilan solishtirgani uchun bu qiyinroq masala), lekin oʻzi va hayotni doimiy nazorat ostida ushlash istagi qattiq charchatadi. Toʻxtab, erishgan narsalaridan bahra olish Bir muddat hozirgi darajasida yashash Hayotning syurprizlari uchun vaqt koʻrinishida joy ochish Bular hozirgi zamonda oʻta muhim odat, koʻnikmalardir. Toʻxtaganimizda hayotning boshqa goʻzalliklarini payqay boshlaymiz yoki teginishdan qochib yurgan muammolarimizni hal qilish imkoni paydo boʻladi. Atrofdagilarnikiga oʻxshagan, unchalik ham zavq bermaydigan maqsadlar emas, ilhomlantiruvchi maqsadlar paydo boʻlishni boshlaydi — chunki sokinlashganimizda ehtiyoj va istaklarimizni yaxshiroq anglaymiz. Agar siz uchun sokinlashish, toʻxtash — juda qiyin masala boʻlsa, terapiya olganingiz maqul. Nimadan qochayotganingizni aniqlash, sokinlashgan paytingizda halovat bermaydigan ogʻriq va travmalaringizni davolash uchun.
Показать все...
39🕊 8🔥 6💅 4🤗 3
Kursda ikkita tarif bor: “Kursant” tarifi — bunda darslarda qatnashish, savollar berishingiz mumkin. Bu tarifga 20 kishi qabul qilinadi. Narxi — 720 ming soʻm. “Kliyent” tarifi — bunda kurs davomida yoki yakunlanganidan keyin mendan aynan prokrastinatsiya, oʻqish va karyera masalalarida individual sessiya ham olishingiz mumkin. Sessiya davomiyligi — 60 daqiqa. Bu tarifga 5 kishi qabul qilinadi. Narxi — 920 ming soʻm. 🔔Kursga joy band qilish uchun 400 ming soʻm toʻlashingiz, qolgan summani 10-iyungacha yuborishingiz mumkin. Kursga a’zo boʻlish, koʻproq ma’lumot olish uchun @ps_sarvinoz_omonova akkauntimga murojaat qiling🤍
Показать все...
🔥 17 12😁 2🍾 2💔 1🤗 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
10🔥 8
Salomlar! Kurs haqidagi ma’lumot berishda davom etaman: Birinchi ikki haftamiz hayotingiz, psixikangizdagi holatlarni chuqur analiz qilishga qaratiladi. Keyingi ikki haftada esa oʻzingiz bilan munosabatni sogʻlomlashtirishasiz. Chunki oʻzingiz bilan sogʻlom munosabat — hayotingiz markazida turadigan masala, u yaxshi boʻlsa — qolgan narsalar ham yaxshilanadi, jumladan kun tartibingiz, oʻqishingiz va ishlaringiz ham. Har bir mashgʻulot 1-1,5 soat davom etadi. Zoomda video-darslar koʻrinishida boʻladi va online boʻlolmagan ishtirokchilar keyinroq koʻra olishi uchun yozib olinadi. Kurs quyidagi mavzulardan iborat:
Показать все...
🔥 14 5
Rejadagi ishlarini keyinga suraverish (prokrastinatsiya) yoki amalga oshirolmaslik, kundalik hayotining tartibsiz va stressli ekani, istaganiday harakat qilolmaslik — konsultatsiyamga keladigan kishilarning deyarli yarmi shu muammolarga yechim qidirishadi. Ular bilan ishlash davomida va shaxsiy hayotimda yig'gan tajribalarimni bitta kursga jamlashga qaror qildim. Kursning nomi — "STRUCTURE & FLOW". Hayotga struktura, tartib kiritish (sructure) va hayot oqimiga kóra yashash (flow) haqida bóladi. Nega flow? Faqatgina structure emas? Taym-menedjment — vaqtni boshqarish, yangi odatlarni shakllantirish, maqsadlarga erishishga oid tavsiyalarni qóllashga kópchilik qiynaladi. Uy qurishdan avval qanday zamin, tuproq bilan ishlashga to'g'ri kelishini aniqlab olish kerak. Taym-menedjmentga oid bilimlarni — uyga qiyoslasak, psixikani — zamin deyishimiz mumkin. Aynan sizning psixikangizda nimalar bólyapti, qanday muammolar bor, (psixikaga ta'sir qiluvchi) miya va organizmingiz qay holatda ekanini bilmay turib — rejali va tartibli yashash deyarli imkonsiz. Hayotiy shart-sharoitlar va psixikadagi jarayonlar ózgarib turgani uchun, ularga moslashishga to'g'ri keladi. Rejalarimiz va kundalik tartibimiz ham shunga kóra ózgarishlarga uchrashi lozim. Hayot oqimini ham hisobga olishimiz lozim. Kursda aynan mana shu jihatga katta e'tibor bóladi. Psixika haqida chuqur ilmiy bilimlar beraman. Kursda bir necha ilmiy psixologik yondashuvlarga tayanaman. Shuningdek, "Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi" haqida alohida dars bóladi. Bu sindrom sizda bólsa, ushbu xususiyatingizga kóra yashashga yordam beruvchi bilim va tavsiyalar olasiz. Kurs 4 hafta davom etadi, haftada 2tadan dars ótamiz (jami 8ta dars). Ertaga kurs tarkibidagi mavzular va kurs narxini e'lon qilaman. Joylar soni chegaralangan bóladi. Kurs online bóladi va keyinchalik yozib olingan variantda qayta sotilmaydi. Darslar 11-iyunda boshlanadi. Bu kursni ótishdan ózim juda xursandman. Kutib qoling💫
Показать все...
🔥 44 24🤗 9🕊 7🍾 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Yuzning tabiiy tonlarini hosil qilishni uncha yoqtirmayman. Qizil, sariq, kók va oq bóyoqlarni har xil miqdorda qorishtirib, son-sanoqsiz jigarrang tonlarni hosil qilsa bóladi — istaganlarimni tayyorlashga erinib ketaman. Shuning uchun guashda portret chizishdan qochib yurgandim. Axiyri jarayon yoqmasa — yakunlamaslikka qaror qilib, shu portretni boshladim. Lekin bóyoqlarni aralashtirganim sari, órganib qoldim. Oxirigacha yetkazdim bugun, qarab maza qilyapman endi💅🏻
Показать все...
85🔥 11🤗 8🕊 6🍾 2
Oxirgi paytlarda kórayotgan film va seriallarim, óqiyotgan kitoblarimda psixoterapiyaga oid epizodlarga tez-tez duch kelyapman. Dunyoda ham, Ózbekistonda ham terapiya nimaligi haqida odamlar kóproq tasavvurga ega bólyapti. Bu meni xursand qiladi. 5 yil oldin psixolog nima ish qilishi haqida postlar yozardim. Shunaqa postlarni yozishimga va odamlarga elementar narsalarni tushuntirishga to'g'ri kelayotgani, nega ulg'aygunimcha bizda psixologiya rivojlanib bólmagani haqida kuyinardim😅😅 Jamiyatga nisbatan talablarim yuqori edi. "5 yil oldingi men" bilan gaplashish imkonim bólganida — "kuyinma, shunchaki ishingni yaxshi qilishda davom et" degan bólardim. Hali uncha rivojlanmagan, ommalashmagan kasb egasi bólsangiz, shunaqa xayollar uchrab turishi mumkin: • "interyer dizayneri bólmayman, chunki bizda yaxshi brendlar, Ikea yóq, odamlarning ham didi yaxshimas, g'oyalarimni amalga oshirolmayman" • "ózbek tiliga jahon adabiyoti juda kam tarjima qilingan, book-bloger bólmayman" • "intimroq sahnalari bor roman yozgim keladi, lekin bizda senzura kuchli, yozganimdan nima naf" Vaqt ótib esa, bozor ham rivojlanib, xaridorlar ham "ósib" qoladi. Boshqalar sizning g'oyangizni amalga oshirayotganini kórib, afsuslanish va hasad hissi tuyasiz. Shuning uchun sevimli ishingizga taalluqli mahsulot yoki xizmatga talab yóqligi uchun chekinish shart emas. Imkoningiz boricha, ikkinchi faoliyatingiz sifatida bólsa ham davom ettirib kóring. Muvaffaqiyatga erishmasangiz ham, qimmatli tajribalar bólishi aniq.
Показать все...
58🔥 10🤗 8🕊 2😁 1