cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

OʻZBEK TILI XAZINASI | Ziyolilar uchun

Ziyolilar uchun: 📚Asarlar 🎧Audiolar 📖Fanlar 📍Manzillar 📋Mavzular 👤Shaxslar 🔠Testlar 🗣Tillar 🎬Videolar 👨‍💻Murojaat uchun: @mening_tilim_bot

Больше
Рекламные посты
1 258
Подписчики
Нет данных24 часа
-147 дней
-6930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Toʻgʻrisini toping.Anonymous voting
  • Bilmagan-ki
  • Bilmaganki
  • Ikkala javob toʻgʻri
0 votes
Фото недоступно
SUBSIDIYA [Lotincha subsidium — yordam, nafaqa, qoʻllab-quvvatlash] Davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablagʻlari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablagʻi yoki natural shaklidagi yordam. Mablagʻlar koʻrinishidagi aniq manzilli subsidiyalar bevosita subsidiya, soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish bilvosita subsidiya deb ataladi. Subsidiya davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. Ular iqtisodiyotni diversifikaciyalash (tarkiban oʻzgartirish), eksport-importni muvozanatlab turish, fan va texnika yangiliklarini oʻzlashtirishni yoʻlga qoʻyish, milliy sanoatni oʻstirish, ayrim hududlarni rivojlantirish, konversiya va boshqa maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab turish uchun bozorga qoʻshimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur boʻlganda davlat oʻz tovarlarini zaxiraga oʻtkazib turgan firmalarga subsidiya berib, tovarlarni saqlab turish xarajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham subsidiya oladi. #izoh / #iqtisod ➡️ O‘zbek tili xazinasi
Показать все...
1
Toʻgʻrisini toping.Anonymous voting
  • Togʻa
  • Togʻay
  • Ikkala javob toʻgʻri
0 votes
Фото недоступно
#davlatlar_va_poytaxtlar / #Malayziya № 6. 🇲🇾 Bu qaysi davlatning bayrogʻi? 🏳️ Davlat nomi: Malayziya ☑️ Poytaxti: Kuala-Lumpur 📅 Tashkil topgan yili: 1857-yil 🌏 Maydoni: 243 km kv. ☎️ Telefon kodi: +60 3 📬 Pochta indeksi: 40xxx - 48xxx, 62xxx - 64xxx 🕘 Vaqt mintaqasi: UTC+8 🚘 Avtomobil kodi: W #davlat / #poytaxt / #telefon_prefiksi / #pochta_indeksi / #pul_birligi / #vaqt_mintaqasi / #qisqartma / #internet_domen ➡️ O‘zbek tili xazinasi
Показать все...
👍 3
Toʻgʻrisini toping.Anonymous voting
  • Yorugʻ
  • Yoriq
  • Ikkala javob toʻgʻri
0 votes
🔥 4👍 2 1
FARAH Shodlik, xursandlik; shodiyona, quvnoqlik; vaqtichogʻlik, sevinch. Doʻstlik bu — muhabbat yangligʻ farahkim, Bilgay u na hadni va na davoni. (A. Oripov, Yillar armoni) Shu Vatanga farzandman, ona! Qalbim cheksiz farahga toʻlur. (M. Ali, Boqiy dunyo) FARAHBAXSH Shodlik, quvonch baxsh etadigan, koʻngil ochadigan; yoqimli. Dunyoda hamma ohanglar orasida eng yoqimli, farahbaxsh ohang — ona allasi taralyapti. (Gazetadan) Koʻklam endi boshlangan, bizning tomorqamizdagi oʻrik daraxtlari gullab, oʻz chechaklari bilan bogʻchaga farahbaxsh tus bergandilar. (S. Ayniy, Esdaliklar) FARAHLI Farahbaxsh. Farahli tong. ▪️ Koʻp farahli boʻlar edi yogʻin ertasi, Qulf urardi lola — togʻning soʻlim erkasi. (X. Saloh) Ona-Yer! Naqadar farahli dunyo, Moviy ufqlarda oʻynar koʻzlarim. (J. Jabborov, Quyosh yurti) Nazarning hayotida bunday bezavol, farahli kechalar juda kam boʻlardi. (E. Usmonov, Yolqin) FARAHLIK Farah, quvonchga toʻlalik, dilrabolik. Muhabbatli, totimli boʻldi turmush, Kelib shodlik, farahlik, ketdi tashvish. (Habibiy, Devon) FARAHMAND Shod, quvnoq, xushhol; farahnok. Kelib jilmaydi Xisrav, boʻldi xursand, Bugun maqsadga yetkandek farahmand. (Habibiy, Devon) FARAHNOK Quvnoq, xushchaqchaq. Dilxush, xushhol, xursand. Farahnok boʻlmoq. Farahnok qilmoq. ​​#izoh / #arabcha / #sheʼriy / #adabiy / #ot_mavhum_ijobiy / #forscha_tojikcha / #kitobiy / #sifat_ijobiy / #eski_kitobiy / #adabiy ➡️ O‘zbek tili xazinasi
Показать все...

4👍 2 1
To‘g‘risini toping.Anonymous voting
  • Manqurt
  • Manqurd
  • Ikkala javob to‘g‘ri
0 votes
01:23
Видео недоступно
#dolzarb ‼️‼️Otangning qotiliga 1% bo‘lsa-da ulushni ilinarmiding!?‼️‼️ Ziyolilar uchun 👉 @mening_tilim
Показать все...
10.15 MB
😢 6👍 4💯 1
To‘g‘risini toping.Anonymous voting
  • Boshbarmoq
  • Boshmaldoq
  • Ikkala javob to‘g‘ri
0 votes
👍 3
Фото недоступно
ZABUN [Forscha — notavon, zaif; magʻlub] 1 Kuchsiz, nimjon, zaif. Hatto erta-kech tanchaning bir tomonini band etadigan oʻzga ishga yaramagan zabun kampirlar ham.. bu «xontaxlit toʻy»ni tomosha qilishdan oʻzlarini tiya olmadilar. (Oybek, Tanlangan asarlar) 2 Nochor, ilojsiz. Mardlikni sevgan, magʻrur yigit oʻzini ojiz, zabun, ixtiyorsiz sezdi. (Oybek, Quyosh qoraymas) 3 Mushkul, ogʻir, tang. Zolimlar qoʻlida zabunlar holim, Bemahal yetishdi, qaytayin, oʻlim. («Bahrom va Gulandom») 4 Xor, ezilgan. Oʻtmishda zabun va mazlum ahvolda boʻlgan oʻzbek xotin-qizlari jamiyatimizda hamma bilan teng qatorda munosib oʻrin egallaganligi quvonchli bir holdir. (Gazetadan) Avaz koʻpdan beri bu vahshiy udumni oʻylab iztirob chekar, bu zabun, mehnatkash toʻda xususida bir sheʼr yozishni moʻljallab qoʻygan edi. (S. Siyoyev, Yorugʻlik) Zabun boʻlmoq 1) yengilmoq, magʻlubiyatga uchramoq; zavolga yuz tutmoq. Xorazmiylarning son jihatdan kam boʻlmasa-da, raqibidan xiyla zaif, tajribasiz qoʻshini, saflari siyraklasha borib, nihoyat zabun boʻldi. (S. Karomatov, Soʻnggi barxan) Turgan gap: u kishi amirlikning zabun boʻlib ketishiga qarshi. (Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik) 2) ahvoli tang boʻlmoq, nochor ahvolga tushib qolmoq. Men uni koʻrmasam, yoʻqdir qarorim, Tura bersam, zabun boʻlar ahvolim. («Bahrom va Gulandom») Suyangan kishilarimiz birin-ketin qoʻlga tushayotir, endi holimiz zabun boʻladi. (J. Sharipov, Xorazm) ZABUNLIK Bechoralik, nochorlik, qashshoqlik; ezilganlik, xorlik. – Mehnat ahli hamisha zabunlikda. Savdogarlar-chi? Barchasi bizning bel va bilak kuchimizdan semirgan haromtovoqlar! – dedi qahr bilan Jumaboy. (Oybek, Ulugʻ yoʻl) #izoh / #sifat / #sifat_salbiy / #insonga_salbiy_taʼrif / #holatga_salbiy_taʼrif Ziyolilar uchun 👉 @mening_tilim
Показать все...
👍 2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.