cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

MINENERGY.UZ

- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali - Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: [email protected]

Больше
Рекламные посты
13 896
Подписчики
+624 часа
-127 дней
+11130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

“Saneg” Markaziy Osiyoda savdo uchun metan chiqindilari dasturini ro‘yxatdan o‘tkazgan birinchi kompaniya bo‘ldi “Saneg” Markaziy Osiyoda o‘zining ishlab chiqarish aktivlarida metan chiqindilarini kamaytirish loyihasini amalga oshirgan birinchi kompaniya bo‘lib, uni Germaniya atrof-muhit vazirligi tasarrufidagi Germaniya chiqindilar savdosi agentligi (DEHSt) ro‘yxatdan o‘tkazdi. Kompaniya shu kunlarda o‘zining infratuzilma obyektlarini texnik modernizatsiya qilishning keng ko‘lamli dasturi birinchi bosqichini yakunladi. Bu esa metan chiqindilarining sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. 👉Batafsil ————— «Saneg» стала первой компанией в Центральной Азии, зарегистрировавшей программу по выбросам метана для торговли Ведущая узбекская нефтегазовая компания «Saneg» стала первой компанией в Центральной Азии, реализовавшей проект по сокращению выбросов метана на своих производственных активах и зарегистрировавшей его в Агентстве по торговле выбросами (DEHSt), которое находится в ведении Министерства окружающей среды Германии. Компания только что завершила первый этап масштабной программы технической модернизации своих инфраструктурных объектов, что привело к значительному сокращению выбросов метана. 👉Подробнее Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Axborot 24: O‘zbekiston energetika haftaligi doirasidagi tadbirlar haqida reportaj. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Burg‘ilash samaradorligi oshib, texnologik jarayonlar aniq va xavfsiz boshqariladi Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan mamlakatda ilk bor Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazi to‘liq ishga tushirildi. 👉Batafsil / Батафсил ————— Повышается эффективность бурения, а технологические процессы будут управляться точно и безопасно В целях обеспечения выполнения поручений Главы государства со стороны АО «Узбекнефтегаз» впервые в стране полностью введен в эксплуатацию Центр управления бурением. 👉Подробнее Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Andijon viloyatidagi 500 kuchlanishli “Lochin” podstansiyasiga 3 ta yangi transformator o‘rnatildi va o‘tkazuvchanlik quvvati oshirildi “Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini zamonaviylashtirish va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasining 1-bosqich modernizatsiya dasturi doirasida “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi podstansiyalarni, ya’ni maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilmoqda. Navbatdagi modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari 500/220/10 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyasida olib borildi. “Lochin” podstansiyasida shu kunga qadar:Modernizatsiya dasturi doirasida 5 dona 500 kV va 12 dona 220 kV kuchlanishli havoli o‘chirgichlar o‘rniga zamonaviy elegaz o‘chirgichlar o‘rnatildi; ➖ 2 dona 500 kV kuchlanishli va 11 dona 220 kV kuchlanishli ajratkichlar almashtirildi; ➖ 3 dona 500 kV kuchlanishli hamda 21 dona 220 kV kuchlanishli tok transformatorlari almashtirildi; ➖ 6 dona 500 kV (OPN) va 9 dona 220 kV (OPN) razryadniklar almashtirilib, ishga tushirildi. Joriy yilning 11-may kuni “Lochin” podstansiyasining quvvatini oshirish hamda aholini ishonchli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida mavjud AT-2 3x167 MVAli avtotransformatorlar o‘rniga 3x267 MVA quvvatli yangi avtotransformatorlar ishga tushirildi. Buning natijasida podstansiyada qo‘shimcha 300 MVA quvvat yaratildi. Hozirda podstansiyaning umumiy o‘rnatilgan quvvati 1302 MVAga yetkazildi. Eslatib o‘tamiz: 2024-yil yakuniga qadar AT-1 3x167 MVAli avtotransformatorlar o‘rniga 3x267 MVA quvvatli yangi avtotransformatorlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida podstansiyada qo‘shimcha 300 MVA quvvat yaratiladi. Ishlar yakunlangandan so‘ng podstansiyaning umumiy quvvati 1602 MVAga yetkaziladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Rishton tumanida 3,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Rishton tumanida faoliyat yurituvchi “F.M.” MCHJning mas’ul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasiga o‘rnatilgan kompressor agregatlarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 2,7 mln kVt•soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 3,6 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Ахборот 24: 14 мая стартовала Энергетическая неделя Узбекистана. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Ахborot 24: 14-may kuni O‘zbekiston energetika haftaligi start oldi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
#Xorij_xabarlari Rekord: 2023-yilda dunyoda muqobil energiya manbalari ulushi 33 foizga yetdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
O‘zbekiston energetika haftaligi ————— Энергетическая неделя Узбекистана ————— Uzbekistan Energy Week Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
Bugun “Energetika, energiya tejamkorligi, muqobil energiya manbalari – #PowerUzbekistan_2024” 17-Xalqaro hamda “O‘zbekiston neft va gazi – #OGU_2024” 26-Xalqaro ko‘rgazmalari rasman ochildi. “Energetika, energiya tejamkorligi, muqobil energiya manbalari – #PowerUzbekistan_2024” 17-Xalqaro ko‘rgazmasi davomida dunyoning 14 ta mamlakatidan 150 dan ziyod yetakchi kompaniyalar mutaxassislari energetika sanoati uchun keng ko‘lamli yechimlarni namoyish etmoqdalar. Shuningdek, “O‘zbekiston neft va gazi – #OGU_2024” 26-Xalqaro ko‘rgazmasi doirasida 21 mamlakatdan 120 dan ortiq yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar neft va gaz sanoatining ilg‘or mahsulotlari hamda texnologiyalarini taqdim qilmoqdalar. Ko‘rgazmalar 15-16-may kunlari “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma majmuasining 1-, 2-, 3- hamda 4-pavilyonlarida bo‘lib o‘tadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...