cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

TARIX RENESSANS

☆ Mavzulashtirilgan testlar ☆ Supre qo'llanmalar ☆ Innovatsion online darslar ☆ Audio darsliklar Murojaat uchun: @Javohir_Quramboyev

Больше
Рекламные посты
3 524
Подписчики
-2224 часа
+107 дней
-9530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

🔥 11-sinf O'zbekiston tarixi darsligi bo'yicha tuzilgan testlar to'plami. (javobsiz shaklda) Ko'plab kanallarda aylanib yurgan va siyqasi chiqib ketgan mavzulashtirilgan testlardan sifat va son jihatdan tubdan farq qiladi (ishonmasangiz bemalol solishtirib ko'ravering). 🔰 Testlar soni: 1️⃣0️⃣9️⃣6️⃣ ta 🔰 Sifat: A'lo darajada 🔥 👉 Manzil: @TARIX_RENESSANS_UZ
Показать все...
11-sinf O'zbekiston tarixi mavzulashgan (javobsiz).pdf2.71 MB
👍 7🔥 1🥰 1👏 1
🔥 Ushbu 11-sinf Jahon tarixi darsligi bo'yicha tuzilgan testlar to'plami. (javobsiz shaklda) Ko'plab kanallarda aylanib yurgan va siyqasi chiqib ketgan mavzulashtirilgan testlardan sifat va son jihatdan tubdan farq qiladi (ishonmasangiz bemalol solishtirib ko'ravering). 🔰 Testlar soni: 1️⃣0️⃣4️⃣0️⃣ ta 🔰 Sifat: A'lo darajada 🔥 👉 Manzil: @TARIX_RENESSANS_UZ
Показать все...
11-Jahon tarixi mavzulashtirilgan (javobsiz).pdf2.51 MB
🔥 3👍 1👏 1
«DARSLIKLARNI O'QIGANIM SARI OLDIN O'QIGANLARIM ESIMDAN CHIQIB KETYAPTI... NIMA QILSAM BO'LADI?» Mabodo, sizni shunday savol qiynayotgan bo'lsa, darhaqiqat, bu sizdagi holat normal bo'lib, barcha tarix fanini o'qiydigan yohud ta'lim beradiganlarda uchrab turadi. Fanlar aqliy bilish jihatidan 2 ga bo'linadi: aniq fanlar va mantiqiy fanlar. Aniq fanlar formulaga asoslanadi, bu turdagi fanlarni o'zlashtirish uchun formulalarni tushunib, eslab qolinsa, bas. Mantiqiy fanlarda esa bunday imkoniyat yo'q, ya'ni bu turkum fanlarda, xossatan, tarix fanida formulaning o'zi yo'q. Matematik, fizik, tilshunoslarda misol-masalalarni yechish, gap tuzish, mashq bajarish uchun formula bor, tarixchilarda esa formula yo'qligi uchun bizning yolg'iz qurolimiz bu — yodlashdir! Yodlash asosiga qurilgan fan bilan shug'ullanuvchi kishi esa esdan chiqarish degan muammoga, xohlaydimi, yo'qmi, o'z ustida ishlashdan yiroqlashibdiki, duch kelishi tayin. Davolanish, safarlar kabi omillar tufayli bo'ladigan ma'lum vaqtlik tanaffuslar, ta'til, karantin kabi uzilishlardan keyin hatto repetitorlarda ham o'quvchilar bilan ishlashdan chetlashish oqibatida ba'zi ma'lumotlarni yoddan chiqarish ro'y beradi. Shu o'rinda unutmaslik kerakki, tarix — o'rganish, o'qish davomida tanaffus qilinsa, darhol esdan chiqadigan fandir. Maslahatim, tushkunlikka tushmay, o'qishda davom etavering. O'xshatish o'rnida devor bo'yayotgan odam bo'yoqqa botirilgan cho'tkani bir marta devor sirti bo'ylab harakatlantirishi bilan ko'ngil to'larlik darajada natija hosil bo'lmaydi, shuning uchun rang bir tekisda yoyilishi uchun va bo'yoq tegmay qolgan joylarga bo'yoqni yetkazish uchun uni ikkinchi yoki uchinchi marta bo'yash bilan to'g'rilanadi. Shu singari ilm yo'lini tanlagan inson ham birinchi urinishdanoq to'laqonli bekami-ko'st natijaga erishishni kutishi mantiqsizlikdir. Zero, kamchiliklarni tinimsiz harakat, sidqidildan izlanish orqali to'g'rilab boriladi. Muhimi, bunga ishonish kerak! Anvarxon ASQAROV 👉 Manzil: @TARIX_RENESSANS_UZ 👉 Manzil: @TARIX_RENESSANS_UZ
Показать все...
👍 8 3🔥 2💯 2👏 1
#ISLOHOT 🔰 Amir Shohmurod (Buxoro amiri. 1785-1800-yillar) 1️⃣ mamlakat hayotida savdogar va hunarmand qatlamining qanchalik ahamiyatga egaligini to‘g‘ri baholay oldi. 2️⃣ Buxoro aholisiga Tarxon yorlig‘i yozib berdi. Unga ko‘ra, aholi savdo daromadidan to‘laydigan boj solig‘idan ozod etildi. 3️⃣ Hunarmandlardan pul yig‘ish, ularni majburiy mehnatga jalb etish taqiqlandi. 4️⃣ Asosiy soliq - xiroj miqdori kamaytirildi. 5️⃣ o‘shinning xarajati uchun jul deb ataluvchi yangi soliq joriy etildi. 6️⃣ Zarafshon vodiysida, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida sug‘orish tizimlarini qayta tiklatdi. 7️⃣ Ayni paytda markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan viloyat hokimlariga qarshi shiddatli kurash olib bordi. 8️⃣ Rais (muhtasib) va qozi askar (harbiy sud) mansablarining nufuzini yanada orttirdi. 9️⃣ Mamlakat iqtisodini yo‘lga qo‘yishda Shohmurod o‘tkazgan pul islohoti ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan tangalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi. Islohotga ko‘ra, sof kumush tanga muomalaga kiritildi. Shuningdek, kimda kumush bo‘lsa, zarbxonaga kelib undan pul zarb ettirib olishiga ruxsat etildi 🔟 Shohmurod joriy qilgan qonun bo‘yicha kim mol-mulkka xiyonat qilsa, jamiyatdagi martabasidan qat’i nazar qattiq jazoga tortilardi. Bu xalq manfaatlariga qarshi qilinadigan tajovuzlarning oldini oldi. 👉 Manzil: @TARIX_RENESSANS_UZ 👉 Manzil: @TARIX_RENESSANS_UZ
Показать все...
👍 3
🔰 1721-YILDA BUXOROGA YUBORILGAN FLORIO BENEVENINING VAZIFALARI 1️⃣ Rossiya elchisiga o’rta Osiyoga olib boriladigan suv va quruqlik yo‘llarini o‘rganish 2️⃣ rus savdosini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlash 3️⃣ Buxoro xonini Rossiya bilan ittifoq tuzishga ko‘ndirish 4️⃣ xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish 5️⃣ qayerda qancha oltin konlari borligini aniqlash va ularni xaritaga tushirish; 6️⃣ xonlikdagi qal’alar va qo‘shinning ahvolini o‘rganish 7️⃣ xonlikning ichki ahvolini, shuningdek, Eron, Xiva va Usmonli bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish 👉 Manzil: @TARIX_RENESSANS_UZ
Показать все...
🔰 XOXLOV 1620-YILDA BUXOROGA YUBORILGAN ROSSIYA ELCHISINING VAZIFALARI 1️⃣ Buxoro xonligining tashqi siyosiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumot to‘plash 2️⃣ Rossiyaning kuch-qudratiga xonni ishontirish 3️⃣ Buxoro xonligi qurolli kuchlari, xonlikning xazinasi ahvolini batafsil o‘rganish 4️⃣ B uxoro—Xiva munosabatlari masalalarini tahlil qilib chiqish 👉 Manzil: @TARIX_RENESSANS_UZ
Показать все...
#ISLOHOT Sechjon Buyuk (Koreya. 1418-1450-yillar) 1️⃣ Soliq tizimida islohot o‘tkazadi, 2️⃣ Davlat boshqaruvini takomillashtirib boradi. 3️⃣ Uning davrida koreys madaniyati va san’ati gullab yashnaydi. 4️⃣ Ilk bor milliy koreys universitetiga asos solingan 5️⃣ Budda ibodatxonasi hisoblangan – Pulguksa quriladi. 6️⃣ Uning boshqaruvi davrida maorif, ilm-fan va qishloq xo‘jaligida ulkan muvaffaqiyatlarga erishiladi 7️⃣ Qirol Sechjon ishtirokida yangi taqvim tuziladi 8️⃣ yomg‘irni oldindan aniqlaydigan asbob, shamol tezligi va yo‘nalishini belgilaydigan asbob, quyosh va suv soatlari, yulduzlar xaritasi yaratiladi. 9️⃣ Sechjon Buyuk rahbarligida qirol akademiyasi olimlari koreys alifbosini yaratadi. 👉 Manzil: @TARIX_RENESSANS_UZ
Показать все...
👍 2
#ISLOHOT 🔰 O'rxon (Usmoniylar) 1️⃣ Vizantiya shaharlari Nikeya va Nikomediyalarni olib, Qora dengiz sohiliga chiqadi 2️⃣ O‘rxonning boshqaruvi paytida ilk bor vazir lavozimi ta’sis etiladi. 3️⃣ Tanga pul zarb qildirdi 4️⃣ Davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo‘linadi. 5️⃣ O‘rxon harbiy islohot o‘tkazadi va qo‘shinni piyoda va otliq qism («musallam»)larga bo‘lib, harbiy birliklarga aylantiradi. 👉 Manzil: @TARIX_RENESSANS_UZ
Показать все...
👍 3
🔰 XALQLARNING BUYK KO’CHISHLARIGA BO’LGAN SABABLAR 1️⃣German qabilalarida aholi sonining ko‘payib borishi natijasida yangi yerlarga bo‘lgan talabning oshishi 2️⃣mulkiy tabaqalanish kuchayishi German qabilalarini yangi hududlarni egallashga undadi. 3️⃣ xunnlarning IV asrdan Sharqdan ko‘chishlari va hujumlari ko‘plab varvar qabilalarini o‘z yerlaridan siljishga majbur qilgan. 4️⃣ Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi keyingi asrlarda ekinzorlarni qo‘riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni esa botqoqliklarga aylantirdi. 👉 Manzil: @TARIX_RENESSANS_UZ
Показать все...
👏 2
YUBILEYLAR 1️⃣ #Alisher_Navoiy (550 yilligi) ✍️ 1991 2️⃣ #Boborahim_Mashrab (350 yilligi) 🖍 1992 3️⃣ #Z_M_Bobur (510 yilligi) 🤴 1993 4️⃣ #Bahouddin_Naqshband (675 yilligi) ☪️ 1993 sentabr 5️⃣ Mirzo Ulug'bek (600 yilligi) 🌟1994 oktabr 6️⃣ #Mahmud_Zamaxshariy (920 yilligi) 👨‍🏫 1995 7️⃣ #Najmiddin_Kubro (850 yilligi) ☪️👳‍♂️ 1995 8️⃣ #Amir_Temur (660 yilligi) 🗡 1996 9️⃣ #Abdulhamid "Cho'lpon" (100 yilligi) 📝 1997 🔟 #Buxoro shahri (2500 yilligi) 🕌 1997 19-oktabr 11• #Xiva shahri (2500 yilligi) ☸️ 1997 20-oktabr 12• #Berdaq [Berdimurod Qarg'aboy o'g'li] (170 yilligi) 🖌 1998 13• Imom al-Buxoriy (1225 yilligi) 🤲 1998 23-oktabr 14• Ahmad al-Farg'oniy (1200 yilligi) 🆔 1998 24-oktabr 15• #Alpomish_dostoni (1000 yilligi) 📖 1999 16• #Zevar [Ajiniyoz Qosiboy o'g'li] (175 yilligi) ✒️ 1999 17• #Jaloliddin_Manguberdi (800 yilligi) 🛡 1999 5-noyabr 18• #Kamoliddin_Behzod (545 yilligi) 👨‍🎨 2000 noyabr 19• Burhoniddin Marg'inoniy (910 yilligi) 👳‍♂️ 2000 16-17-noyabr 20• Imom al-Moturidiy (1130 yilligi) 🤲 2000 noyabr 21• #Avesto_yaratilganligi (2700 yilligi) 📚 2001 22• #Termiz shahri (2500 yilligi) 📌 2002 2-aprel 23• #Zavqiy [Ubaydulloh/Ubaydulla Solih o'g'li] (150 yilligi) 🖋 2003 24• G'afur G'ulom (100 yilligi) 📖 2003 25• #Shahrisabz shahri (2700 yilligi) 📌 2003 26• #Nukus shahri (70 yilligi) 📌 2003 12-sentabr 27• #Xoja_Ahror_Valiy (600 yilligi) ☪️ 2004 28• #Qarshi [Naxshab/Nasaf] shahri (2700 yilligi) 📌 2004 29• #Samarqand shahri (2750 yilligi) 🕌 2007 25-avgust 30• Marg'ilon shahri (2000 yilligi) 📌 2007 31• #Toshkent shahri (2200 yilligi) 🏢 2009 32• #Erkin_Vohidov (80 yilligi) 🎖 2016 ✏️Sardor Rahimiy 👉 Manzil: @TARIX_RENESSANS_UZ
Показать все...
👍 5👏 1